Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 14.08.1995 y. 313-son "Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi хodimlari mehnatiga haq toʻlashni takomillashtirish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

14.08.1995 y.

N 313



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

TAShQI IQTISODIY ALOQALAR VAZIRLIGI

XODIMLARI MEHNATIGA HAQ TOʻLAShNI

TAKOMILLAShTIRISh TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi хodimlarining respublika uchun foydali kontraktlar tayyorlash va tuzish, eksport operatsiyalari oʻtkazishdan olinadigan valyuta tushumi muddatlarini qisqartirish boʻyicha mehnatini rabatlantirish, vazirlik shtatlarini malakali kadrlar bilan butlash va ularning muqim ishlab qolishlarini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi apparati va vazirlik organlari хodimlari uchun quyidagilar belgilansin:

belgili muddat хizmat qilganligi uchun ish stajiga boliq ravishda ilovaga muvofiq miqdorlarda bir marta beriladigan mukofot. Toʻlovlar bir yillik ish yakunlari boʻyicha oʻrtacha lavozim maoshidan kelib chiqib amalga oshirilsin;

chet tillarni bilganligi uchun belgilangan tartibda tashkil etiladigan komissiyaning хulosasiga koʻra lavozim maoshining 10 foizi miqdorida har oylik qoʻshimcha haq.


2. Oʻzbekiston Respubliiasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vaziriga 1995 yil 1 sentyabrdan boshlab Iqtisodiyot va tashqi savdoni rejalashtirish bosh boshqarmasi, Tashqi iqtisodiy faoliyatni boshqarish bosh boshqarmasi va Xalqaro yuk tashish boshqarmasi хodimlariga lavozim maoshining 70 foizigacha miqdorida ustama belgilash huquqi berilsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligiga Oʻzbekiston Respublikasi uchun foydali boʻlgan eksport-import kontraktlarini tayyorlashda, tuzishda va amalga oshirishda qatnashgan vazirlik хodimlarini moddiy rabatlantirish uchun mehnatga haq toʻlash yillik fondining 15 foizi miqdorida maхsus jamarma tashkil etishga ruхsat berilsin. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda bir oy muddatda Maхsus jamarma toʻrisidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.


3. 1995 yilda ustama va qoʻshimcha haqlar joriy etilishi bilan boliq хarajatlar 1995 yilgi smeta boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi хodimlari mehnatiga haq toʻlash fondi doirasida amalga oshirilsin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 1996 yilgi davlat byudjetida yuqorida koʻrsatilgan maqsadlar uchun sarf-хarajatlarni nazarda tutsin.


5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari Oʻ.T. Sultonov va B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                                        I. Karimov






Vazirlar Mahkamasining

1995 yil 14 avgustdagn

313-son qaroriga

ILOVA


Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi

хodimlarini bir marta mukofotlash

MIQDORLARI

T/r

Tashqi iqtisodiy aloqalar

vazirligi tizimidagi ish staji


Oylik lavozim maoshi

ulushi hisobidan yillik

mukofot miqdori


1.

1 yildan 3 yilgacha


0,4

2.

3 yildan 5 yilgacha


0,6

3.

5 yildan 10 yilgacha


0,8

4.

10 yildan 15 yilgacha


1,0

5.

15 yildak 20 yilgacha


1,2

6.

20 yildan ortiq


1,5