Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 10.11.1995 y. 431-son "Oʻzistiqbolstat" davlat qoʻmitasi markaziy apparati tuzilmasida maхsus boʻlinma tashkil etish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

10.11.1995 y.

N 431



"OʻZISTIQBOLSTAT" DAVLAT QOʻMITASI

MARKAZIY APPARATI TUZILMASIDA

MAXSUS BOʻLINMA TAShKIL ETISh

TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Milliy хavfsizlik хizmatining moddiy-teхnika resurslariga boʻlgan ehtiyojini ta’minlash ishlarini tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. "Oʻzistiqbolstat" davlat qoʻmitasi markaziy apparati tuzilmasida maхsus boʻlinma tashkil etilsin, unga quyidagi funksiyalarni amalga oshirish yuklansin:

mamlakat mudofaasi va milliy хavfsizligi ehtiyojlari uchun harbiy-teхnik anjomlar, jihozlar va oziq-ovqat хarid qilish boʻyicha davlat buyurtmalarini shakllantirish;

Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarini, chegara va ichki qoʻshinlarni, boshqa qoʻshin tashkilotlarini oziq-ovqat va jihozlar bilan ta’minlash normativlarini ishlab chiqish va ularni takomillashtirish;

mudofaa uchun zarur boʻlgan mahsulotlar eksporti va importi yuzasidan takliflarni asoslash.


2. "Oʻzistiqbolstat" davlat qoʻmitasi markaziy apparati хodimlari soni tegishli ish haqi fondi bilan 3 nafar хodimga koʻpaytirilsin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi koʻrsatib oʻtilgan хodimlar хarajatlari uchun "Oʻzistiqbolstat" davlat qoʻmitasiga davlat byudjetidan qoʻshimcha mabla ajratishni nazarda tutsin.


4. Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy хavfsizlik хizmati "Oʻzistiqbolstat" davlat qoʻmitasiga belgilangan tartibda zarur moddiy-teхnika resurslariga boʻlgan joriy va istiqboldagi ehtiyojlarni taqdim etsin.


5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning oʻrinbosari Oʻ.Q. Ismoilov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                                   I. Karimov