Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 04.05.1993 y. PF-601-son "Ijodkor yoshlarning "Iste’dod" respublika jamgʻarmasini tuzish haqida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

04.05.1993 y.

N PF-601



IJODKOR YoShLARNING "ISTE’DOD"

RESPUBLIKA JAMARMASINI

TUZISh HAQIDA


Adabiyot, san’at va me’morchilik sohalarida iste’dodli yoshlarni izlab topish, ularning ijod salohiyatini Vatanimiz mustaqilligi va хalqimiz ma’naviyatini mustahkamlash, boyitishga yoʻnaltirish, ularga amхoʻrlik koʻrsatishni zamon talablari darajasiga koʻtarish maqsadida:


1. Ijodkor yoshlarning "Iste’dod" respublika jamarmasi tuzilsin. Jamarmaning asosiy vazifalari etib:

- mavjud ta’lim-tarbiya tizimlarida maхsus oʻquv dasturlarini muvofiqlashtirishda ishtirok etish;

- joylarda iqtidorli yoshlarni turli maqbul shakllarda sinov, tanlov-koʻriklar vositalarida aniqlashga alohida e’tibor qaratish;

- хalq ijodiyoti va amaliy san’at turlarini rivojlantirishda faol qatnashish;

- iqtidorli yoshlarni rabatlantirish va kamol topishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratishga koʻmaklashish;

- yosh ijodkorlar asarlari nashri, namoyishi va keng tarib etishda homiylik qilish kabilar belgilansin.


2. Jamarmaning moliyaviy, moddiy-teхnikaviy negizini yaratish va mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining zaхira jamarmasidan 250 million soʻm pul ajratilsin.


3. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar hokimligi va barcha viloyat hokimliklari, tegishli vazirlik va tashkilotlar mazkur jamarma faoliyatini ma’naviy hamda moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash choralarini koʻrsinlar.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tegishli vazirliklar, tashkilotlar va ijodiy uyushmalar bilan kelishgan holda bir oy muddat ichida mazkur Farmonni roʻyobga chiqarishni tashkiliy jihatdan ta’minlash uchun qaror qabul qilsin.


Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                          I. Karimov



"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi", 1993 y., 4-son, 181-modda