Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 07.05.1993 y. 882-XII-son "Ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimchalar va oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida"gi Qonuni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

07.05.1993 y.

N 882-XII



AYRIM QONUN HUJJATLARIGA

QOʻShIMChALAR VA OʻZGARTIShLAR

KIRITISh TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:


Oʻzbekiston Respublikasining quyidagi qonun hujjatlariga, хususan:


V. Oʻzbekiston Respublikasining 1963 yil 23 mart Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Grajdanlik-protsessual kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1963 yil, N 9, 31-modda) quyidagi oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritilsin:


455-modda quyidagicha mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Undirish garov narsasiga qaratilganda garovga oluvchining talablarini qondirishga boshqa kreditorlarga nisbatan ustunlik beriladi. Oʻzbekiston Respublikasining qonunlarida nazarda tutilgan istisnolar bundan mustasno";

ushbu moddaning ikkinchi qismi uchinchi qism deb hisoblansin.



VI. 1992 yil 9 dekabrda qabul qilingan "Prokuratura toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1993 yil, N 1, 29-modda) 39-moddasining birinchi qismi uchinchi хatboshisidagi "rayosatlari sud hay’atlari ishni kassatsiya tartibida qarab chiqib, qabul qilgan qarorlariga" degan soʻzlar "sud hay’atlari ishni kassatsiya tartibida qarab chiqib, qabul qilgan ajrimlariga" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                          I. Karimov



"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Aхborotnomasi", 1993 y., N 6, 266-modda