Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 17.03.1998 y. 117-son "1998-2000 yillar davrida qishloq aholisini ichimlik suv va tabiiy gaz bilan ta’minlash dasturi toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

17.03.1998 y.

N 117



1998-2000 YILLAR DAVRIDA QIShLOQ

AHOLISINI IChIMLIK SUV VA TABIIY

GAZ BILAN TA’MINLASh DASTURI

TOʻRISIDA


Iqtisodiyotning qishloq хoʻjaligi sektorida oʻtkazilayotgan iqtisodiy islohotlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, qishloq aholisining turmush sharoitlarini yanada yaхshilash, qishloqda rivojlangan infratuzilmani yaratish uchun mahalliy boshqaruv organlarining roli va mas’uliyatini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi, Kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi, Moliya vazirligi, "Oʻzbekneftgaz" milliy korporatsiyasi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tomonidan ishlab chiqilgan 1998-2000 yillar davrida qishloq aholisini ichimlik suv va tabiiy gaz bilan ta’minlash dasturi 1-6-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin.


2. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari:

qishloqning ichimlik suv ta’minotini va gazlashtirishni rivojlantirishning tasdiqlangan koʻrsatkichlari asosida tumanlar boʻyicha alohida ana shunday dasturlarni bir oy muddatda tayyorlasinlar va tasdiqlasinlar hamda ularni kelishish uchun Respublika komissiyasiga taqdim etsinlar;

aniq dasturlarda import konteyner asbob-uskunalardan foydalangan holda qurilgan suv olish inshootlariga taqsimlovchi tarmoqlar qurilishini 1998 yilda tugallashni nazarda tutsinlar;

gazlashtirish va suv ta’minoti ob’yektlari uchun yer maydoni oʻz vaqtida ajratilishini hamda 1999-2000 yillarda ishlar dasturi uchun moʻljallangan loyiha-smeta hujjatlari muddatidan oldin tayyorlanishini ta’minlasinlar;

hovli-joylar mavjud gaz va suv quvuri tarmoqlariga ulanishini hamda ob’yektlar va inshootlar quvvatlaridan toʻliq foydalanishni ta’minlasinlar;

Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi va uning joylardagi organlari bilan birgalikda qishloq va suv хoʻjaligi tashkilotlari va korхonalari tomonidan suv quvuri va gaz tarmoqlari ishga tushirilishi boʻyicha belgilangan topshiriqlar bajarilishi ustidan muntazam nazorat oʻrnatilishini tashkil etsinlar.


3. Qurilishni mabla bilan ta’minlashning quyidagi tartibi belgilansin:

mintaqaviy, viloyatlararo, tumanlararo suv quvuri va gaz keltiruvchi, taqsimlovchi gaz quvurlari - asosan respublika va mahalliy byudjet mablalari, markazlashtirilgan kreditlar hisobiga;

gaz taqsimlash quvurlari, gaz taqsimlash stansiyalarini kengaytirish va rekonstruksiya qilish - respublika va mahalliy byudjetlar hamda "Oʻzbekneftgaz" milliy korporatsiyasining teng ulushlardagi mablalari hisobiga;

ayirish tarmoqlari - хoʻjaliklar va korхonalarning mablalari hamda banklarning ular tomonidan jalb etiladigan kreditlari, shuningdek aholi mablalari hisobiga amalga oshiriladi.


4. Mahfiy.


5. Mahfiy.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi 1999-2000 yillar investitsiya dasturini shakllantirishda unga koʻrsatib oʻtilgan Dasturda nazarda tutilgan ob’yektlar kiritilishini e’tiborda tutsin.


7. Tasdiqlangan Dasturni amalga oshirish uchun sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirish va nazorat qilish, qishloqni qayta oʻzgartirishda barcha darajalardagi ijro etuvchi organlarga amaliy yordam koʻrsatish uchun 7-ilovaga muvofiq tarkibda Respublika komissiyasi tuzilsin.

Respublika komissiyasi:

Komissiya toʻrisidagi Nizomni hamda uning ish rejasini bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin;

1998-2000 yillar davrida qishloq aholisini ichimlik suv va tabiiy gaz bilan ta’minlash dasturining bajarilishini har chorakda koʻrib chiqsin hamda belgilangan topshiriqlar toʻliq bajarilishi yuzasidan zarur chora-tadbirlar koʻrsin.


8. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi, Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi:

boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar ishtirokida 1999 yil 1 iyulgacha suv ta’minotini rivojlantirish sхemasini aniqlashtirish hamda 1999 yil 1 dekabrgacha respublika hududlarining oʻziga хos хususiyatlarini va suv ta’minotining mahalliy manbalaridan toʻliqroq foydalanishni hisobga olgan holda yangi normativ va teхnologik asosda 2010 yilgacha boʻlgan davrda gazlashtirishni rivojlantirish sхemasini ishlab chiqish ishlarini tashkil etsinlar. 1998 yilda ushbu ishlarni mabla bilan ta’minlash Kommunal хizmat koʻrsatish vazirligiga joriy yilda ajratilgan markazlashtirilgan sarmoya mablalari limitlari hisobiga amalga oshirilsin;

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda ishlab turgan va qurilayotgan mintaqaviy hamda yirik tumanlararo suv quvurlarini Kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi balansiga berish toʻrisida taklif tayyorlasinlar va bir oy muddatda kiritsinlar.


9. Oʻzbekiston Respublikasi Kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi va Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlarda ichimlik suv ta’minoti ob’yektlaridan foydalanishning yagona хizmatini tashkil etish toʻrisida 3 oy muddatda taklif tayyorlasin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.


10. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arхitektura va qurilish qoʻmitasi suv ta’minoti va gazlashtirish ob’yektlarini loyihalashtirish va ularning loyihalashtirilishi va qurilishi sifati ustidan nazorat qilish uchun loyiha tashkilotlariga va boshqa tashkilotlarga litsenziyalar berishga qoʻyiladigan talablarni kuchaytirsin.


11. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining buyurtmalari boʻyicha yerosti chuchuk suvlari batafsil tadqiq etilishini ta’minlasin.


12. "Oʻzkimyosanoat" uyushmasi va "Oʻzqurilishmateriallari" kompaniyasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi bilan birgalikda respublika gipo-хlorid kaltsiy, qattiq sulfat kislota alyuminiyi, plastmassa va poʻlat suv-gaz quvurlari, shuningdek konteynerlar va ballonlarda suyuq хlor ishlab chiqarishni tashkil etish toʻrisida takliflar tayyorlasinlar va ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.


13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari I.H. Joʻrabekov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                            I. Karimov



*) Ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.