Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 12.06.2014 y. 156-son "Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan ishlashga roʻyхatdan oʻtkazish guvohnomasini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

12.06.2014 y.

N 156


QIMMATBAHO METALLAR VA QIMMATBAHO

TOShLAR BILAN IShLAShGA ROʻYXATDAN OʻTKAZISh

GUVOHNOMASINI BERISh TARTIBI TOʻRISIDAGI

NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA


Oʻzbekiston Respublikasining "Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruхsat berish tartib-taomillari toʻrisida", "Qimmatbaho metallardan yasalgan buyumlarning asillik darajasi va tamalanishi toʻrisida"gi qonunlariga hamda Vazirlar Mahkamasining "Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruхsat berish tartib-taomillari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida" 2013 yil 15 avgustdagi 225-son qaroriga muvofiq, qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarning aylanishi sohasida tadbirkorlik sub’yektlarining ruхsat berish tartib-taomillaridan oʻtishining yagona tartibini belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:

2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Qimmatbaho va nodir metallar, qimmatbaho toshlar qazib olish faoliyatini litsenziyalash toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida" 2004 yil 9 martdagi 112-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004 yil., 3-son, 25-modda) bilan tasdiqlangan Qimmatbaho va nodir metallar, qimmatbaho toshlar qazib olish faoliyatini litsenziyalash toʻrisidagi nizomga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.


3. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.


4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                          Sh. Mirziyoyev


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2014 yil 23 iyun, 25-son, 306-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami",

2014 yil, 6-son, 62-modda