Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 12.08.2010 y. 531-f-son Farmoyishi. Oʻzbekiston "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy Kengashi, Toshkent viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi hamda "Algoritm" ochiq aksiyadorlik jamiyatining ushbu jamiyat balansidagi davlatga tegishli Toshkent viloyati, Boʻstonliq tumani, Chimyon qoʻrgʻonida joylashgan "Algoritm" bolalar sogʻlomlashtirish oromgohini Oʻzbekiston "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy Kengashi balansiga tasarruf etish huquqisiz bepul berish toʻgʻrisida

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

FARMOYIShI

12.08.2010 y.

N 531-f




Respublikamizda solom va barkamol avlodni tarbiyalash uchun zarur shart-sharoitlar yaratish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 27 yanvardagi PQ-1271-son qarori bilan tasdiqlangan "Barkamol avlod yili" Davlat dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida:


1. Oʻzbekiston "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy Kengashi, Toshkent viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi hamda "Algoritm" ochiq aksiyadorlik jamiyatining ushbu jamiyat balansidagi davlatga tegishli Toshkent viloyati, Boʻstonliq tumani, Chimyon qoʻronida joylashgan "Algoritm" bolalar solomlashtirish oromgohini Oʻzbekiston "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy Kengashi balansiga tasarruf etish huquqisiz bepul berish toʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.


2. "Algoritm" ochiq aksiyadorlik jamiyati mazkur farmoyishning 1-bandida koʻrsatab oʻtilgan bolalar solomlashtirish oromgohini topshirsin, Oʻzbekiston "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy Kengashi belgilangan tartibda qabul qilib olsin va undan maqsadli foydalanilishni ta’minlasin.


3. Oʻzbekiston "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy Kengashi tomonidan "Algoritm" bolalar solomlashtirish oromgohi negizida zamonaviy yoshlar oromgohi tashkil etilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


4. Yangi tashkil etiladigan yoshlar oromgohi Oʻzbekiston "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati rivojlantirish jamarmasining "Zaхira" hisob-raqamidan sarflanadigan 3 000,0 mln. soʻm miqdordagi mabla hisobiga loyiha-smeta hujjatlarining ishlab chiqilishi, rekonstruksiya qilinishi va ta’mirlanishi belgilab qoʻyilsin.


5. Yoshlar oromgohini rekonstruksiya qilish va ta’mirlash boʻyicha Toshkent viloyati hokimligining "Yagona buyurtmachi хizmati" injiniring kompaniyasi buyurtmachi etib belgilansin.

Oʻzbekiston "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy Kengashi, Toshkent viloyati хokimligining "Yagona buyurtmachi хizmati" injiniring kompaniyasi belgilangan tartibda loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish uchun loyiha tashkilotiga buyurtma berilishini ta’minlasinlar hamda ishchi loyiha smetalari belgilangan tartibda tasdiqlangandan soʻng bosh pudratchini tayinlashni tanlov savdolari orqali amalga oshirsinlar.


6. "Davarхitektqurilish" qoʻmitasi ishlab chiqilgan loyiha-smeta hujjatlari belgilangan tartibda davlat ekspertizasidan oʻtkazilishini hamda qurilish-montaj ishlari sifati ustidan davlat nazoratining amalga oshirilishini ta’minlasin.


7. Mazkur farmoyishning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.Aripov zimmasiga kjlansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                       Sh. Mirziyoyev