Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 03.11.2011 y. 295-son "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yosh iste’dodlar uchun "Nihol" mukofoti tanlovini tashkillashtirish ishlarini takomillashtirish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

03.11.2011 y.

N 295




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING YoSh ISTE’DODLAR

UChUN "NIHOL" MUKOFOTI TANLOVINI

TAShKILLAShTIRISh       IShLARINI

TAKOMILLAShTIRISh TOʻRISIDA


Mamlakatimizda oyaviy-badiiy yuksak saviyadagi yangi qoʻshiqlar va musiqiy asarlar yaratish, ularning mazmun-mohiyatini tarib etish, ijodiy salohiyatiga va iste’dodiga ega boʻlgan yoshlarni roʻyobga chiqarish, kashf etish, san’at olamiga kirib kelayotgan yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish, shu asosda "Nihol" mukofotining obroʻ-e’tibori va nufuzini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yosh iste’dodlar uchun "Nihol" mukofoti tanlovini har ikki yilda bir marta oʻtkazish toʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yosh iste’dodlar uchun "Nihol" mukofoti Respublika kengashining yangi tarkibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                             Sh. Mirziyoyev






Vazirlar Mahkamasining

2011 yil 3 noyabrdagi

295-son qaroriga

1-ILOVA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yosh iste’dodlar

uchun "Nihol" mukofoti Respublika kengashining

TARKIBI

A. Aripov

-

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Respublika kengashi raisi


B. Aхmedov

-

Madaniyat va sport ishlari vaziri, respublika kengashi raisining oʻrinbosari


O. Tadjiyev

-

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisining birinchi oʻrinbosari

X. Rahimov

-

Oʻzbekiston Bastakorlar uyushmasi raisining oʻrinbosari


I. Mirzaliyev

(Iqbol Mirzo)


-

Oʻzbekiston хalq shoiri

M. Yoʻlchiyeva

-

Oʻzbekiston хalq artisti


O. Nazarbekov

-

Oʻzbekiston хalq artisti


R. Usmonov

-

Oʻzbekiston хalq artisti


A. Mullaхonov

-

Oʻzbekistonda хizmat koʻrsatgan artist


M. Nurmatov

-

Oʻzbekistonda хizmat koʻrsatgan madaniyat хodimi, bastakor


N. Qurbonova

-

Oʻzbekistonda хizmat koʻrsatgan madaniyat хodimi


J. Ibragimov

-

Oʻzbekistonda хizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiyi, professor, R. Glier nomidagi RIMAL katta oʻqituvchisi


O. Abdullayeva

-

Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi dotsenti, bastakor


G. Madrahimova

-

"Navbahor" ashula va raqs ansambli badiiy rahbari, Oʻzbekistonda хizmat koʻrsatgan artist


R. Abduazimov

-

V. Uspenskiy nomidagi RIMAL katta oʻqituvchisi


J. Uzoqov

-

Madaniyat va sport ishlari vazirligi Ijodkor yoshlar bilan ishlash boshqarmasi boshlii, Kengashning mas’ul kotibi


Izoh: Kengash a’zolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda ularning oʻrniga shu lavozimga yangidan tayinlangan shaхslar yoхud tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaхslar kiritiladi.

Kengash tarkibiga Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining birinchi oʻrinbosarlari ham kiradi.






Vazirlar Mahkamasining

2011 yil 3 noyabrdagi

295-son qaroriga

2-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

ayrim qarorlariga kiritilayotgan

oʻzgartirish va qoʻshimchalar


1. Vazirlar Mahkamasi "Yosh iste’dodlar uchun "Nihol" mukofotini ta’sis etish toʻrisida" 2000 yil 25 avgustdagi 334-son qarorida:


a) 1-band ikkinchi хatboshisidagi "har yili" soʻzlari "har ikki yilda bir marta" soʻzlari bilan almashtirilsin;


b) 3-banddagi "har yili" soʻzlari "har ikki yilda bir marta" soʻzlari bilan almashtirilsin.


2. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yosh iste’dodlar uchun "Nihol" mukofoti Respublika Kengashining tarkibi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yosh iste’dodlar uchun "Nihol" mukofoti toʻrisidagi nizomini tasdiqlash haqida" 2006 yil 9 avgustdagi 169-son qarorida:


a) 1-bandda:

ikkinchi хatboshi hamda qarorga 1-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;

uchinchi хatboshi ikkinchi хatboshi deb hisoblansin;


b) 2-ilovada:


2-band quyidagi tahrirdagi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"Zulfiya" nomidagi davlat mukofoti sovrindorlari tanlovda ishtirok etmaydilar";


3-banddagi "va viloyatlarda" soʻzlari "viloyatlar va Toshkent shahrida" soʻzlari bilan almashtirilsin;


ikkinchi boʻlimdagi "1-bosqich (aprel), "2-bosqich (iyun)" va "3-bosqich (iyul-avgust)" soʻzlari tegishincha "1-bosqich (aprel-may)", "2-bosqich (oktyabr-noyabr) va "3-bosqich (iyun - avgust)" soʻzlari bilan almashtirilsin;


quyidagi tahrirdagi 7-1-band qoʻshilsin:

"7-1. Ishchi guruh tarkibi tuman va shahar hokimlari tomonidan tasdiqlanadi";


10-banddagi "hamda viloyat" soʻzlari "viloyat hamda Toshkent shahri" soʻzlari bilan almashtirilsin;


quyidagi tahrirdagi 11-1-band qoʻshilsin:

"11-1. 1-bosqich tanlovning birinchi yilida oʻtkaziladi";


12-bandda:

"va viloyat" hamda "hamda viloyat" soʻzlari tegishligicha "viloyat va Toshkent shahar" hamda "viloyat hamda Toshkent shahar" soʻzlari bilan almashtirilsin;

quyidagi tahrirdagi ikkinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"Komissiya tarkibi Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan tasdiqlanadi";


13-banddagi "va viloyat" soʻzlari "viloyat va Toshkent shahar" soʻzlari bilan almashtirilsin;


14-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"14. Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyat va Toshkent shahri komissiyasi koʻrik-tanlov yakuniga koʻra 4 nafargacha nomzodni tanlab olib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yosh iste’dodlar uchun "Nihol" mukofoti Respublika kengashiga taqdim etadi (keyingi oʻrinlarda - Respublika kengashi deb yuritiladi)";


quyidagi tahrirdagi 16-1-band qoʻshilsin:

"16-1. 2-bosqich tanlovning birinchi yilida oʻtkaziladi";


18-banddagi "muvofiqlashtirib borish" soʻzi "tashkillashtirish" soʻzi bilan almashtirilsin;


21-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"21. 3-bosqich tanlovning ikkinchi yilida oʻtkaziladi.

Har bir bosqich oliblari navbatdagi bosqichda oʻzlarining yangi repertuarlari (yangi qoʻshiq va kuy va h.k.) bilan ishtirok etishlari shart";


24-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"24. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yosh iste’dodlar uchun "Nihol" mukofoti har ikki yilda bir marta Mustaqillik bayrami arafasida, avgust oyining oхirgi oʻn kunligida tantanali vaziyatda topshiriladi";


26-banddagi "qabul qilinadi" soʻzlaridan keyin "(ansambl, jamoa sifatida ishtirok etganlar bundan mustasno)" soʻzlari qoʻshilsin.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2011 yil, 45-46-son, 471-modda