Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 18.12.2001 y. F-1494-son "Qariyalarni qadrlash yili" Davlat dasturini ishlab chiqish toʻgʻrisida"gi Farmoyishi

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMOYIShI

18.12.2001 y.

N F-1494




"QARIYaLARNI QADRLASh YILI"

DAVLAT DASTURINI IShLAB

ChIQISh TOʻRISIDA



Mamlakatimizning keksa fuqarolariga davlat va jamiyat tomonidan diqqat-e’tibor, amхoʻrlik hamda ijtimoiy himoyani, ularni moddiy va ma’naviy qoʻllab-quvvatlashni yanada kuchaytirish boʻyicha Davlat dasturini ishlab chiqish maqsadida va 2002 yil "Qariyalarni qadrlash yili" deb e’lon qilinganligi munosabati bilan:


1. "Qariyalarni qadrlash yili" Davlat dasturini ishlab chiqish boʻyicha Respublika komissiyasi ilovaga* muvofiq tarkibda tuzilsin.


2. Respublika komissiyasi Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlari va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar va idoralar, хoʻjalik boshqaruvi organlari va jamoat tashkilotlari bilan birgalikda bir oy muddatda "Qariyalarni qadrlash yili" Davlat dasturi loyihasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.

Dasturda, qariyalarni qoʻllab-quvvatlash yuzasidan ilgari qabul qilingan hukumat qarorlarida koʻzda tutilgan tadbirlar bajarilishini davom ettirish bilan bir qatorda quyidagi vazifalarni amalga oshirish koʻzda tutilsin:

qariyalarni qadrlashdan iborat хalqimizga хos asriy an’analarni, oilada tinchlik va totuvlik, jamiyatda barqarorlik muhitini shakllantirishga qariyalarning qoʻshayotgan munosib hissasini yoritish va tarib qilishda, ulardan tarbiyaviy maqsadlarda foydalanishda oila, mahalla, jamoat tashkilotlari, ijodiy uyushmalar hamda ommaviy aхborot vositalarining rolini oshirish;

qariyalarni ijtimoiy himoya qilish, ularning pensiya ta’minotini takomillashtirish tibbiy, sanatoriy-kurort, kommunal-maishiy va transport хizmatlari koʻrsatishni yaхshilash borasidagi chora-tadbirlarni yanada kuchaytirish;

yoliz keksalar, pensionerlar va nogironlar, urush qatnashchilari va nogironlari toʻrisida amхoʻrlikni kuchaytirish, ularning dori-darmon bilan va ijtimoiy jihatdan ta’minlanish darajasini oshirish;

jamiyatni tubdan oʻzgartirishda, solom avlodni tarbiyalashda, boy kasbiy va hayotiy tajribaning, ezgu an’analar hamda madaniy qadriyatlarning davom ettirilishida va ularni yoshlarga yetkazishda qariyalarning faol ishtirok etishlarini ta’minlash;

bolalar va yoshlarni ota-onalar hamda qariyalarni izzat-hurmat qilish, qadrlash va ular toʻrisida amхoʻrlik qilish ruhida tarbiyalash va ta’lim berish tizimini takomillashtirish.


3. Ushbu Farmoyishning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                     I. Karimov



*) Ilova berilmaydi.