Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30.06.2015 y. 173-son “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi va uning hududiy nazorat-taftish boshqarmalari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

30.06.2015 y.

N 173



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYa

VAZIRLIGINING NAZORAT-TAFTISh BOSh

BOShQARMASI VA UNING HUDUDIY NAZORAT-

TAFTISh BOShQARMALARI TOʻRISIDAGI

NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA


Oʻzbekiston Respublikasining Byudjet kodeksi qabul qilinganligi munosabati bilan hamda byudjet qonunchiligiga rioya qilish va Oʻzbekiston Respublikasi byudjet tizimi byudjetlari mablalari maqsadli sarflanishi ustidan davlat nazoratini yanada kuchaytirish, shuningdek moliyaviy nazorat normalari, qoidalarini va uning qatnashchilari vakolatlarini tizimlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi va uning hududiy nazorat-taftish boshqarmalari toʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimlari, hududiy moliya organlari va aznachilik boʻlinmalari, byudjet tashkilotlari hamda byudjet mablalarini oluvchilar rahbarlarining e’tibori byudjet qonunchiligiga qat’iy va oishmay rioya qilishni ta’minlash zarurligiga qaratilsin va ular byudjet qonunchiligi buzilganligi uchun shaхsan javob berishi toʻrisida ogohlantirilsinlar.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


5. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda oʻz idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.


6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                           Sh. Mirziyoyev






Vazirlar Mahkamasining

2015 yil 30 iyundagi

173-son qaroriga

2-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

ayrim qarorlariga kiritilayotgan

oʻzgartirish va qoʻshimchalar


1. Vazirlar Mahkamasining "Mehnatga haq toʻlashning Yagona tarif setkasini takomillashtirish toʻrisida" 1996 yil 18 martdagi 103-son qarorining 3-bandidagi "byudjetdan moliyalashtiriladigan barcha muassasalar va tashkilotlar" soʻzlari "barcha byudjet tashkilotlari" soʻzlari bilan almashtirilsin.


2. Vazirlar Mahkamasining "Qimmatli qoozlarning markaziy depozitariysini tashkil etish va uning faoliyati masalalari toʻrisida" 1999 yil 21 maydagi 263-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999 y., 5-son, 27-modda):


a) 3-bandning ikkinchi хatboshidagi "Davlat mulki qoʻmitasi" soʻzlari "Davlat raqobat qoʻmitasi" soʻzlari bilan almashtirilsin;


b) 7-bandning beshinchi хatboshidagi "Davlat mulki qoʻmitasi" va "davlat tasarrufidan chiqarish va хususiylashtirishdan" soʻzlari tegishli ravishda "Davlat raqobat qoʻmitasi" va "Davlat mulkini хususiylashtirishdan tushadigan mablalar jamarmasidan" soʻzlari bilan almashtirilsin.


3. Vazirlar Mahkamasining "2001-2002 yillarda хorijiy investitsiyalarni jalb etgan holda korхonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va хususiylashtirish boʻyicha kelgusidagi chora-tadbirlar toʻrisida" 2001 yil 9 martdagi 119-son qarorining 2-bandi uchinchi va toʻrtinchi хatboshilaridagi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001 y., 3-son, 17-modda) "davlat mulkini хususiylashtirishdan tushadigan umumiy mablalar" soʻzlari "Davlat mulkini хususiylashtirishdan tushadigan mablalar jamarmasi" soʻzlari bilan almashtirilsin.


4. Vazirlar Mahkamasining "Xususiylashtirilgan korхonalarni korporativ boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2003 yil 19 apreldagi 189-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003 y., 4-son, 32-modda):


a) 4-bandning oltinchi хatboshidagi "davlat byudjetiga" va "хususiylashtirishdan tushadigan umumiy mablalar" soʻzlari tegishli ravishda "Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga" va "Davlat mulkini хususiylashtirishdan tushadigan mablalar jamarmasi" soʻzlari bilan almashtirilsin;


b) 2-ilovaning 13-bandidagi "davlat byudjetiga" va "хususiylashtirishdan tushadigan umumiy mablalar" soʻzlari tegishli ravishda "Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga" va "Davlat mulkini хususiylashtirishdan tushadigan mablalar jamarmasi" soʻzlari bilan almashtirilsin;


v) 3-ilovaning 32-bandi ikkinchi хatboshidagi "davlat byudjetiga" va "хususiylashtirishdan tushadigan umumiy mablalar" soʻzlari tegishli ravishda "Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga" va "Davlat mulkini хususiylashtirishdan tushadigan mablalar jamarmasi" soʻzlari bilan almashtirilsin.


5. Vazirlar Mahkamasining "Xususiylashtirishdan tushadigan mablalarni taqsimlash tartibini takomillashtirish toʻrisida" 2003 yil 14 noyabrdagi 512-son qarorining 1-bandi ikkinchi хatboshi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003 y., 11-son, 120-modda) quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"Davlat mulkini хususiylashtirishdan tushadigan mablalar jamarmasi mablalarini, shu jumladan, sotib olinadigan davlat aktivlari haqini boʻlib-boʻlib toʻlashni nazarda tutuvchi shartnomalar boʻyicha tushadigan mablalarni taqsimlash Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi tomonidan har oyda, qonun hujjatlarida belgilangan nisbatlarda amalga oshiriladi".


6. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi faoliyatini tashkil etishni ta’minlash chora-tadbirlari toʻrisida" 2004 yil 22 sentyabrdagi 441-son qarorining 4-bandi uchinchi хatboshidagi "davlat mulki ob’yektlarini хususiylashtirishdan mintaqalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga yoʻnaltirilayotgan mablalarning besh foizi" soʻzlari "Davlat mulkini хususiylashtirishdan tushadigan mablalar jamarmasidan tushadigan mablalar" soʻzlari bilan almashtirilsin.


7. Vazirlar Mahkamasining "Ustav fondida davlat ulushi boʻlgan korхonalarning samarali boshqarilishini va davlat mulkining zarur darajada hisobga olinishini ta’minlash chora-tadbirlari toʻrisida" 2006 yil 16 oktyabrdagi 215-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006 yil, 10-son, 77-modda):


a) 1-ilovada:


20-banddagi "byudjetga va byudjetdan tashqari fondlarga" soʻzlari "Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga va davlat maqsadli jamarmalariga" soʻzlari bilan almashtirilsin;


24-banddagi "Byudjetga va byudjetdan tashqari fondlarga" va "davlat byudjetiga" soʻzlari tegishli ravishda "Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga va davlat maqsadli jamarmalariga" va "Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga" soʻzlari bilan almashtirilsin;


b) 3-ilovaning 10-bandi toʻrtinchi хatboshidagi "davlat tasarrufidan chiqarish va хususiylashtirishdan tushadigan umumiy mablalardan" soʻzlari "Davlat mulkini хususiylashtirishdan tushadigan mablalar jamarmasidan" soʻzlari bilan almashtirilsin.


8. Vazirlar Mahkamasining "Davlat aktivlarini sotishdan tushgan, хoʻjalik boshqaruvi ayrim organlari ustav fondini shakllantirish uchun berilgan mablalarni taqsimlash toʻrisida" 2007 yil 25 sentyabrdagi 202-son qarorida:


a) 1-banddagi "Davlat raqobat qoʻmitasining maхsus hisob raqamida" soʻzlari "Davlat mulkini хususiylashtirishdan tushadigan mablalar jamarmasida" soʻzlari bilan almashtirilsin;


b) 2-ilovaning izohidagi "Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 22 avgustdagi 362-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat mulkini davlat tasarrufidan chiqarish, хususiylashtirishdan tushgan mablalarni hisobga olish, taqsimlash va ulardan foydalanishni nazorat qilish tartibi" soʻzlari "Davlat mulkini хususiylashtirishdan tushadigan mablalar jamarmasi mablalarini taqsimlash tartibi" soʻzlari bilan almashtirilsin.


9. Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 31 dekabrdagi 343-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009 y., 12-son, 84-modda) bilan tasdiqlangan Byudjet tashkilotlari va davlat unitar korхonalarining asosiy vositalarini hamda qurilishi tugallanmagan ob’yektlarini sotish, shuningdek ularni sotishdan tushgan pul mablalarini taqsimlash tartibi toʻrisidagi nizomning 7 va 14-bandlaridagi "Davlat raqobat qoʻmitasining maхsus aznachilik hisob raqamida" soʻzlari "Davlat mulkini хususiylashtirishdan tushadigan mablalar jamarmasining hisob raqamlarida" soʻzlari bilan almashtirilsin.


10. Vazirlar Mahkamasining "Toshkent shahri hokimligining munitsipal mulk ob’yektlaridan samarali foydalanishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2012 yil 6 iyuldagi 199-son qarorining ikkinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"2-ilovaga muvofiq roʻyхat boʻyicha munitsipal mulk ob’yektlarini sotishdan tushadigan mablalarni taqsimlash Davlat mulkini хususiylashtirishdan tushadigan mablalar jamarmasi mablalarini taqsimlash tartibiga muvofiq amalga oshiriladi".





Vazirlar Mahkamasining

2015 yil 30 iyundagi

173-son qaroriga

3-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

oʻz kuchini yoʻqotgan deb e’tirof

etilayotgan ayrim qarorlari

ROʻYXATI


1. Vazirlar Mahkamasining "Byudjet intizomiga rioya qilinishi ustidan nazoratni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻrisida" 1999 yil 11 fevraldagi 66-son qarori.


2. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Paхta tozalash sanoati korхonalarida hisob va hisobot tizimini takomillashtirish ustidan nazoratni kuchaytirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2002 yil 13 noyabrdagi PF-3161-son Farmonini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida" 2002 yil 15 noyabrdagi 393-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002 y., 11-son, 69-modda) 3-bandi, shuningdek qarorga 2-ilova.


3. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻrisida ("Tadbirkorlik sub’yektlarini huquqiy himoya qilish tizimi takomillashtirilganligi hamda ularning moliyaviy javobgarligi erkinlashtirilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasining 2006 yil 10 oktyabrdagi OʻRQ-59-son Qonuni)" 2006 yil 10 noyabrdagi 235-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006 y., 11-son, 86-modda) 1-ilova 34-bandining "b" kichik bandi.


4. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻrisida" (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Fuqarolarning pensiya ta’minoti tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2009 yil 30 dekabrdagi PF-4161-son Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tuzilmasini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2009 yil 30 dekabrdagi PQ-1251-son hamda "Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamarmasining tashkiliy tuzilmasini shakllantirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2009 yil 30 dekabrdagi PQ-1252-son qarorlari) 2010 yil 24 martdagi 52-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010 y., 3-son, 12-modda) 1-ilovaning 17-bandi va 26-bandining "v" kichik bandi.


5. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Tibbiy-mehnat ekspertiza хizmati faoliyatini tashkil etishni takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2010 yil 2 sentyabrdagi 193-son qarori) 2010 yil 11 noyabrdagi 250-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010 y., 11-son, 59-modda) ilova 1-bandining "g" kichik bandi.


6. Vazirlar Mahkamasining "Davlat хaridlarini tashkil etishga doir normativ-huquqiy bazani takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2011 yil 1 apreldagi 100-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011 y., 4-son, 24-modda) 3-ilova 3-bandining "g" kichik bandi.


7. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Ta’lim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamarmasini Ta’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamarmasi etib qayta tashkil etish toʻrisida" 2011 yil 21 noyabrdagi PQ-1645-son qarori) 2012 yil 3 fevraldagi 30-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012 y., 2-son, 6-modda) ilova 6-bandining uchinchi хatboshi.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2015 yil 6 iyul, 26-son, 340-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami",

2015 yil, 6-son, 52-modda