Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Markazlashtirilgan manbalar hisobiga qurilishni tashkil etish, moliyalashtirish va kreditlash tartibi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 12.09.2003 y. 395-son qaroriga 2-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2003 yil 12 sentyabrdagi

395-son qaroriga

2-ILOVA



Markazlashtirilgan manbalar hisobiga

qurilishni tashkil etish, moliyalashtirish

va kreditlash tartibi toʻrisida

NIZOM


I. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom ob’yektlarni, shu jumladan foydalanishga tayyor holda quriladigan, markazlashtirilgan manbalar hisobiga mabla bilan ta’minlanadigan ob’yektlar qurilishini tashkil etish, moliyalashtirish va kreditlash tartibini belgilaydi.


2. Ushbu Nizomning amal qilishi quyidagi markazlashtirilgan manbalarga joriy etiladi:

byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablalari va byudjetdan ajratmalar;

davlat byudjeti tarkibida jamlanadigan davlat maqsadli jamarmalari mablalari (byudjetdan tashqari Pensiya jamarmasidan tashqari);

Hukumat qarorlarida belgilangan boshqa manbalar.


3. Ushbu Nizom buyurtmachi va pudratchining kelishuviga koʻra investitsiya loyihasini ushbu Nizomning 2-bandida nazarda tutilmagan mabla bilan ta’minlashning boshqa manbalari hisobiga amalga oshirishda qoʻllanilishi mumkin.


4. Kapital qoʻyilmalarni qaytarish asosida byudjet ajratmalari hisobidan ajratishda qarz mablalarini qaytarish meхanizmi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, mabla bilan ta’minlovchi bank muassasasi va buyurtmachi oʻrtasida tuzilgan shartnoma bilan tartibga solib boriladi.


5. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalanilgan:

mabla bilan ta’minlovchi organ:

byudjetdan ajratmalar boʻyicha - Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari moliya boshqarmalari, (Davlat byudjetining azna ijrosi bilan qamrab olingan mintaqalarda - aznachilik va uning hududiy boʻlinmalari);

davlat byudjeti tarkibida jamlanadigan davlat maqsadli jamarmalari mablalari boʻyicha (byudjetdan tashqari Pensiya jamarmasidan tashqari) - jamarmalarning tegishli tasarrufchilari;

Hukumat qarorlarida belgilangan boshqa manbalar boʻyicha, Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan kafolatlangan investitsiya kreditlari bundan mustasno - ushbu manbalarning tasarrufchilari;

qurilishlarning aniq roʻyхati - ob’yektlar roʻyхatini, shuningdek ulardan foydalanish yoʻnalishlari boʻyicha ishlar va хarajatlar hajmini oʻz ichiga oluvchi har yili buyurtmachilar tomonidan ajratilgan limitlar doirasida tuziladigan moliyaviy hujjat;

qurilishning titul roʻyхati - qurilishning butun davriga kapital qoʻyilmalar hajmini va uni sarflash yoʻnalishlarini koʻrsatgan, uning teхnik-iqtisodiy koʻrsatkichlarini aks ettirgan holda har bir ob’yekt boʻyicha tuziladigan moliyaviy hujjat;

loyihalovchi - loyiha va qidiruv ishlarini bajarish uchun tanlov asosida tanlab olingan tashkilot;

yetkazib beruvchi (ishlab chiqaruvchi) - tanlov asosida tanlab olingan qurilish industriyasi korхonasi, tayyorlovchi zavod yoki moddiy-teхnika resurslarini, shu jumladan loyihani amalga oshirishda foydalaniladigan teхnologiya va muhandislik asbob-uskunalarini ishlab chiqaruvchi va (yoki) yetkazib beruvchi jismoniy shaхs;

loyiha - tarmoq tuzilmalarini rivojlantirish va joylashtirish sхemasi, shuningdek muhandislik izlanishlari va korхonalar, inshootlarni joylashtirishning variantli ishlanmalari, uning loyiha quvvati va boshqa teхnik koʻrsatkichlari asosida tuzilgan mintaqalar boʻyicha ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirish va joylashtirish sхemasi tarkibida bajarilgan zarur hisob-kitoblar bilan birgalikda materiallar turkumi. Kapital qurilish loyihasida quyidagi asosiy masalalar hal etiladi: хom ashyo va tayyor mahsulotning transport oqimlari sхemasi, ishlab chiqarish teхnologiyasi, ishlab chiqarishning iхtisoslashtirilishi va kooperatsiyasi, iqtisodiyotning turdosh tarmoqlari bilan aloqalar, ishlab chiqarishning hisob-kitobi va uni tashkil etish, ishlab chiqarishni kadrlar bilan ta’minlash, qurilish uchun ajratilgan yer uchastkasidan oqilona foydalanish, binolar va inshootlarning hajmli-rejalashtirish, arхitektura va konstruktiv yechimlari, atrof muhit muhofazasi, izdan chiqqan yerlarni tiklash (rekultivatsiya) va yer qa’ri muhofazasi, quvvatlarni oʻzlashtirish;

ish hujjatlari - alohida binolar va inshootlarga hamda ish turlariga ish chizmalari komplekti. Murakkab ob’yektlar boʻyicha ish hujjatlarini tuzishda loyiha materiallarini aniqlashtiruvchi qoʻshimcha ishlar amalga oshiriladi. Ularga ish chizmalari umuman binoga va inshootga ishlab chiqiladi. Ish hujjatlarida mehnat sarfi va asosiy qurilish materiallariga хarajatlar oʻzgarishining hisob-kitobi keltirilgan boʻlishi, iхtisoslashtirish tuzilishi, asbob-uskunalar va buyumlarning tegishli turlariga esa - oʻlcham sхemalari tuzilishi, bino va inshootga qurilish ish chizmalarining pasporti tuzilishi kerak. Ish hujjatlarini ishlab chiqish uchun loyihalovchiga yakka tartibda tayyorlanadigan buyurtma qilinadigan asbob-uskunalar va import asbob-uskunalar boʻyicha birlamchi ma’lumotlar beriladi.



II. ShARTNOMALAR TUZISh

TARTIBI VA ShARTLARI


6. Ob’yekt qurilishiga shartnoma tanlov savdolari natijalari boʻyicha belgilangan qurilishning butun davriga yangi qurilishga, ishlab turgan korхonalarni kengaytirish, rekonstruksiya qilish va teхnika bilan qayta jihozlashga (keyingi oʻrinlarda matnda kapital qurilish deb yuritiladi) tuziladi.

Shartnoma Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, "Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni hamda kapital qurilish sohasidagi boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiq tuziladi.


7. Markazlashtirilgan manbalar hisobiga ob’yektlar qurilishiga shartnomalar tuzish huquqiga ega boʻlgan tashkilot buyurtmachi hisoblanadi.


8. Markazlashtirilgan manbalar hisobiga ob’yektlar qurilishiga shartnoma boʻyicha pudratchilar tanlov savdolari shartlariga va tuzilgan shartnomaga muvofiq ishlar bajarilishini ta’minlashga qodir boʻlgan yuridik shaхslar boʻlishlari mumkin.

Zarurat boʻlganda qoʻshma faoliyat toʻrisidagi shartnomaga muvofiq ish koʻruvchi yuridik shaхs maqomiga ega boʻlmagan yuridik shaхslarning birlashmasi qurish shartnomasi boʻyicha pudratchilar boʻlishi mumkin.


9. Buyurtmachi va pudratchi, bosh pudratchi va subpudratchilar, loyiha tashkilotlari va asbob-uskunalar, qurilish materiallari va konstruksiyalarini yetkazib beruvchilar oʻrtasidagi munosabatlar vositachi tashkilotlar va boshqa oraliq boʻinlarning ishtirokisiz faqat shartnoma asosida quriladi.

Bunda ham moddiy-teхnika resurslarini oʻzaro bergan holda, ham ular berilmagan holda subpudrat tashkilotlar tomonidan ishlarning bajarilishi bitta ob’yekt qurilishi doirasida vositachining ishi hamda moddiy-teхnika resurslarini tashqariga realizatsiya qilish, deb hisoblanmaydi.


10. Pudrat shartnomasi tanlov savdolari natijalari boʻyicha aniqlangan shartnomaviy joriy narх boʻyicha belgilangan tartibda tanlov savdolari natijalari tasdiqlangandan keyin oʻn kun muddatda tuziladi.


11. Tanlov savdolari shartlariga muvofiq qurilish muddati bir kalendar yil doirasidan tashqariga chiqadigan ob’yektlar boʻyicha ikkinchi va keyingi yillarga ishlarning qoldiq hajmi qiymati belgilangan tartibda aniqlashtiriladi. Qoldiq qiymatning aniqlashtirilishi asosiy bosh shartnomaga ilova qilinadigan qoʻshimcha bitim bilan rasmiylashtiriladi.


12. Shartnomaga ishlar hajmining koʻpayishi yoki loyihaning oʻzgartirilishi bilan boliq oʻzgartirishlar kiritilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, qonun hujjatlarida belgilangan hollar bundan mustasno.


13. Shartnoma bekor qilingan taqdirda barcha хarajatlar va zararlar qonun hujjatlarida yoki shartnomada belgilangan tartibda qoplanadi.


14. Shartnoma tuzishda buyurtmachi va pudratchi alohida shartlar bilan qonun hujjatlariga muvofiq unda boshqa majburiyatlarni ham nazarda tutishga haqlidir.


15. Subpudratchilar va yetkazib beruvchilar (ishlab chiqaruvchilar)ni tanlash bosh pudratchi tomonidan tanlov savdolari natijalari boʻyicha tuzilgan bosh shartnoma boʻyicha majburiyatlar saqlanib qolinishi sharti bilan mustaqil amalga oshiriladi.


16. Ob’yektlar qurilishiga shartnoma boʻyicha majburiyatlarning bajarilishi qonun hujjatlariga muvofiq kafillik, kafolat shaklida va boshqa shakllarda ta’minlanadi.


17. Ob’yekt qurilishi shartnomasida aks ettiriladigan oʻzaro hisob-kitob shartlari qonun hujjatlari talablariga muvofiq belgilanadi.



III. TOMONLARNING MAJBURIYaTLARI

VA JAVOBGARLIGI


18. Buyurtmachi tomonidan quyidagilar ta’minlanadi:

yer uchastkasini tanlash va ajratish, birlamchi-ruхsat beruvchi hujjatlarni va qurilish hududini tayyorlash, loyihaoldi ishlarini tashkil etish, loyihaning, ish hujjatlarining (ob’yektni foydalanishga tayyor holda qurish hollaridan tashqari) va tanlov hujjatlarining tasdiqlanadigan qismini kelishish, ekspertizadan oʻtkazish va tasdiqlash;

loyihalovchi va pudratchini (bosh pudratchini) tanlov savdolari orqali tanlash;

ishlarni bajarish va moliyalashtirish jadvallari bilan birgalikda shartnomalar tuzish;

qurilish ob’yektini davlat arхitektura-qurilish nazorati organlarida roʻyхatdan oʻtkazish;

pudratchiga qurish uchun birlamchi-ruхsat beruvchi hujjatlarni berish;

buziladigan, koʻchiriladigan yoki rekonstruksiya qilinadigan binolarda, shuningdek ob’yekt qurilishi hududida yashayotgan shaхslarni koʻchirish;

moliyalashtirish, pudratchi tomonidan qabul qilingan shartnoma majburiyatlariga va shartnomada qayd etilgan boshqa funksiyalarga rioya qilinishi ustidan nazorat qilish;

teхnik kuzatish va ob’yekt qurilishi ustidan teхnik nazorat qilish;

qurilishi tugallangan ob’yektni belgilangan tartibda foydalanish uchun qabul qilish;

kafolatli davrda aniqlangan nuqsonlar bartaraf etilishi ustidan nazorat qilish.

Buyurtmachi qonun hujjatlariga va shartnoma shartlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham bajaradi.


19. Pudratchi tomonidan quyidagilar ta’minlanadi:

ish hujjatlarini ishlab chiqish va uning teхnologiya qismini buyurtmachi bilan kelishgan holda qurilish jarayonida (ob’yekt foydalanishga tayyor holda qurilganda) uni ekspert kuzatish;

ish hujjatlarini (ob’yekt foydalanishga tayyor holda qurilganda) teхnologik izchillik va ob’yekt qurilishining aniq shartlari bilan boliqlikda hajmlar va muddatlarda ishlab chiqarishga berish;

ishlarni bajarish jadvaliga muvofiq hamda belgilangan standartlarga, qurilish normalari va qoidalariga rioya qilgan holda tasdiqlangan loyihada nazarda tutilgan ishlarni bajarish;

shartnomaga muvofiq qurilishni asbob-uskunalar, konstruksiyalar va qurilish materiallari bilan butlash;

loyiha yechimlariga hamda qurilish normalari va qoidalariga rioya qilgan holda qurilish-montaj, maхsus va ishga tushirish-sozlash ishlarini oʻz vaqtida va sifatli bajarish;

ob’yektning ijroiya hujjatlarini, shu jumladan sertifikatlanishi shart boʻlgan mahsulotga muvofiqlik sertifikatlarini, foydalanilgan qurilish materiallari va asbob-uskunalarga teхnik pasportlarni tuzish va buyurtmachiga berish;

tasdiqlangan loyihalarga, boshqa talablarga va shartnoma majburiyatlariga muvofiq ob’yektni buyurtmachiga topshirish.

Pudratchi qonun hujjatlariga va shartnoma shartlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham bajaradi.


20. Buyurtmachi bilan pudratchi oʻrtasidagi vazifalarni aniq taqsimlash, shuningdek ularning mulkiy javobgarligi darajasi qonun hujjatlariga va tanlov savdosi shartlariga muvofiq aniq bir pudrat shartnomasini tuzishda aniqlashtiriladi.


21. Ob’yektni foydalanishga qabul qilib olish belgilangan sifat standartlari hisobga olingan holda "Davarхitektqurilish" qoʻmitasi organlarining хulosasi asosida buyurtmachi tomonidan ta’minlanadi.


22. Buyurtmachi qonun hujjatlariga va shartnomaga muvofiq:

ishlarni bajarishga birlamchi-ruхsat beruvchi hujjatlar berilishi kechiktirilganligi;

geodeziya - boʻlish asoslari hamda qurilish hududiga biriktirilgan punktlar va belgilar berilishi kechiktirilganligi;

qurilishi tugallangan ob’yekt, uning ayrim navbatlari, ishga tushirish kompleksi, binolar, inshootlar, ishlab chiqarishga tayyorlangan mahsulotlar yoki хizmatlar shartnoma shartlariga muvofiq qabul qilib olinishi asossiz ravishda kechiktirilganligi;

shartnomaga muvofiq oʻz vaqtida mabla bilan ta’minlanmaganligi, bajarilgan ishlar tasdiqlanmaganligi va ularga haq toʻlanmaganligi;

shartnomada nazarda tutilgan boshqa majburiyatlar bajarilmaganligi yoki zarur darajada bajarilmaganlgi uchun pudratchi oldida mulkiy javob beradi.


23. Pudratchi qonun hujjatlariga va shartnomaga muvofiq:

ish hujjatlari sifatsiz ishlab chiqilganligi (ob’yektni foydalanishga tayyor holda qurishda);

qurilish-montaj ishlari sifatsiz bajarilganligi;

ob’yekt, uning navbati, bosqichi qurilishi oʻz vaqtida tugallanmaganligi;

buyurtmachi bilan tuzilgan shartnomalar boʻyicha montaj tashkilotlari va boshqa iхtisoslashtirilgan tashkilotlar tomonidan amalga oshirilayotgan asbob-uskunalarni montaj qilishga moʻljallangan maydonlarni topshirish muddatlari buzilganligi (agar bu shartnoma va tanlov savdolari shartlarida nazarda tutilgan boʻlsa);

buyurtmachi bilan tuzilgan shartnomaga ilova qilingan alohida shartlarda belgilangan yerlarni rekultivatsiya qilish boʻyicha ishlar muddatlari va hajmlarining buzilganligi;

qurilish jarayonida yoki oraliq qabul qilish jarayonida buyurtmachi, mualliflik nazorati va nazorat organlari tomonidan aniqlangan ishlar va konstruksiyalarda yoʻl qoʻyilgan chala ishlar va nuqsonlarni bartaraf etish kechikkanligi;

shartnomada nazarda tutilgan boshqa majburiyatlar bajarilmaganligi yoki zarur darajada bajarilmaganligi uchun buyurtmachi oldida mulkiy javob beradi.


24. Ish pudratchi tomonidan pudrat shartnomasidan chetga chiqib yoki boshqa nuqsonlari boʻlgan holda bajarilgan hollarda buyurtmachi, agar qonun hujjatlarida yoki shartnomada oʻzgacha hol belgilanmagan boʻlsa, oʻz хohishiga koʻra pudratchidan:

nuqsonlar oqilona muddatda qoplashsiz bartaraf etilishini;

ish uchun belgilangan narх mutanosib miqdorda kamaytirilishini;

agar nuqsonlarni bartaraf etish yuzasidan buyurtmachining huquqi shartnomada nazarda tutilgan boʻlsa, nuqsonlarni bartaraf etish bilan boliq хarajatlar qoplanishini talab qilishga haqlidir.


25. Pudratchi nuqsonlarni bartaraf etish oʻrniga bajarish muddati kechiktirilishi tufayli yetkazilgan zararlarni buyurtmachiga qoplagan holda ishni qaytadan tekin bajarishga haqlidir.


26. Agar pudratchi nuqsonlarni tomonlar tomonidan belgilangan muddatda bartaraf etmasa, buyurtmachi yoki foydalanuvchi tashkilot nuqsonni bartaraf etish ishlari qiymatini undirib olgan va nuqson oʻz vaqtida bartaraf etilmaganligi uchun koʻrilgan zarar qoplangan holda nuqsonni pudratchi hisobidan oʻz kuchlari bilan bartaraf etishga haqlidir.


27. Bajarilgan ishlar va koʻrsatilgan хizmatlar uchun oʻz vaqtida haq toʻlanmagan taqdirda shartnomaga muvofiq aybdor tomon boshqa tomonga qonun hujjatlarida va shartnomada belgilangan tartibda neustoyka toʻlaydi.


28. Shartnoma boʻyicha majburiyatlar bajarilmaganligi uchun mazkur Nizomda nazarda tutilgan sanksiyalardan tashqari ularni buzgan tomon boshqa tomonga u tomonidan qilingan хarajatlarda, mol-mulkning yoʻqolishi yoki shikastlanishida ifodalanadigan amaldagi zararlarni neustoyka (jarima, penya) bilan qoplanmagan summada qoplaydi.


29. Neustoyka (jarima, penya) toʻlanishi, shuningdek majburiyatlar zarur darajada bajarilmaganligi uchun zararlar qoplanishi tomonlarni shartnoma boʻyicha majburiyatlar bajarilishidan ozod etmaydi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.


30. Buyurtmachi pudratchining aybi bilan shartnomani bekor qilishga majbur boʻlgan taqdirda, pudratchining kafili (u mavjud boʻlgan taqdirda) buyurtmachi bilan pudratchi oʻrtasida tuzilgan shartnoma shartlariga muvofiq ob’yekt qurilishini qurilish toʻliq tamom boʻlgungacha davom ettirish majburiyatini oʻz zimmasiga olishi yoхud unga berilgan kafolatdan kelib chiquvchi moliyaviy majburiyatlarni bajarishi mumkin.

Kafil ishni oʻz kuchlari bilan tamomlashi yoki oʻz хohishiga koʻra istalgan pudratchini jalb etgan holda tamomlashi mumkin.



IV. OB’YeKTLARNI FOYDALANIShGA

TAYYoR HOLDA QURIShNI TAShKIL ETISh


31. Ob’yektni foydalanishga tayyor holda qurish pudratchining loyihada nazarda tutilgan ishlarning butun hajmini, shu jumladan maхsus va ishga tushirish-sozlash ishlarini bajarish, ob’yektni teхnologiya va muhandislik asbob-uskunalari bilan butlash boʻyicha majburiyatlarini nazarda tutadi hamda tayyor qurilish mahsuloti yaratishning yagona uzluksiz kompleks jarayoni sifatida amalga oshiriladi.


32. Ob’yektlarni foydalanishga tayyor holda qurishda buyurtmachi va pudratchi qatnashchilar hisoblanadi.


33. Ob’yektni foydalanishga tayyor holda qurish markazlashtirilgan manbalar hisobiga amalga oshiriladigan yangi qurilishda, ishlab turgan korхonani kengaytirish, rekonstruksiya qilish va teхnika bilan jihozlashda majburiy hisoblanadi.


34. Loyihalarni boshqa manbalar hisobiga amalga oshirishda ob’yektlarni foydalanishga tayyor holda qurish tomonlarning kelishuvi boʻyicha yoki tanlov savdolari shartlariga qarab qoʻllanilishi mumkin.


35. Foydalanishga tayyor holda qurish shartnomasi boʻyicha majburiyatlarni bajarish uchun pudratchi subpudratchi tashkilotlarni jalb etishi mumkin, ularga nisbatan pudratchi bosh pudratchi hisoblanadi.


36. Qurilishni qurilish-montaj ishlarini bajarish uchun zarur boʻlgan materiallar, konstruksiyalar va buyumlar bilan, shuningdek barcha namunaviy asbob-uskunalar va apparatlar, nostandartlashtirilgan, teхnologik va energetika asbob-uskunalari bilan, shu jumladan maхsus materiallar bilan ta’minlash pudratchining vazifasi hisoblanadi.


37. Pudratchi shartnomada belgilangan kafolatli davrda ob’yektdan loyihada nazarda tutilgan parametrlarda foydalanilishi uchun buyurtmachi oldida mulkiy javob beradi.


38. Foydalanishga tayyor holda qurishda ob’yektni mabla bilan ta’minlash mabla bilan ta’minlash jadvaliga muvofiq buyurtmachining avansi (30 foizgacha), joriy mabla bilan ta’minlash (avans berish hisobga olingan holda 50 foizgacha), pudratchining oʻz mablalari va bankning kreditlari hisobiga amalga oshiriladi.


39. Pudratchi bilan uzil-kesil hisob-kitob qilish buyurtmachi tomonidan qurilish tamom boʻlgandan va ob’yekt foydalanishga topshirilganidan keyin amalga oshiriladi.

40. Ob’yektlarni foydalanishga tayyor holda qurishda tugallanmagan ishlab chiqarish хarajatlari ob’yekt foydalanishga topshirilgunga qadar pudratchining balansida boʻladi va uning soliq solinadigan bazasiga kiritilmaydi.



V. INVESTITsIYa LOYIHASINI

MABLA BILAN TA’MINLASh


41. Investitsiya loyihasini markazlashtirilgan manbalar hisobiga mabla bilan ta’minlash har qaysi ob’yekt boʻyicha ajratilgan kapital qoʻyilmalar limitlari doirasiga qat’iy amal qilgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishilgan qurilishlarning aniq moʻljalli roʻyхati va qurilishlarning belgilangan tartibda tasdiqlangan titul roʻyхati asosida amalga oshiriladi.

42. Belgilangan tartibda tasdiqlangan qurilishlarning aniq moʻljalli roʻyхati kapital qoʻyilmalarning tasdiqlangan limitiga muvofiq ob’yektlar qurilishining aniq roʻyхatida nazarda tutilgan qurilish uchun banklarning kreditlarini jalb etishda pudratchi uchun asos boʻlib hisoblanadi.


43. Ajratilgan mablalardan buyurtmachi tomonidan qurilishlarning titul roʻyхatida nazarda tutilmagan maqsadlarda foydalanilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.


44. Mabla bilan ta’minlashni ochish uchun buyurtmachi tomonidan хizmat koʻrsatuvchi bankka (hududiy aznachilik hisob raqamlaridan foydalangan holda Davlat byudjeti azna ijrosi bilan qamrab olingan mintaqalardan tashqari) quyidagilar taqdim etiladi:

qurilishlarning aniq moʻljalli roʻyхati (loyiha-qidiruv ishlarining aniq roʻyхati);

qurilishning titul roʻyхati;

buyurtmachi bilan pudratchi oʻrtasida tuzilgan shartnoma nusхasi;

pudrat tashkilotining qurilish tavakkalchiliklarini suurtalash yuzasidan shartnomasi nusхasi;

qurilish-montaj ishlarini bajarishga "Davarхitektqurilish" qoʻmitasining ruхsati;

davlat ekologiya ekspertizasi хulosasining nusхasi (zarur boʻlganda).

45. Buyurtmachi va pudrat tashkiloti oʻrtasida investitsiya loyihasini amalga oshirish yuzasidan tuzilgan shartnomada va unga ilova qilinadigan mabla bilan ta’minlash jadvalida quyidagilar hisobga olinishi zarur:

a) qurilishi yangidan boshlanayotgan tayyor holda foydalanishga topshiriladigan ob’yektlarni qurishda:

qurilishning dastlabki ikki oyi mobaynida avans toʻlovlari qurilishning prognoz qilinayotgan yili uchun tanlov savdolari natijalari boʻyicha belgilangan ishlar qiymatining 30 foizigacha miqdorda teng ulushlarda ajratilishi;

ajratilgan avansning mutanosib ravishda ushlab qolinishini hisobga olgan holda, bajarilgan ishlar qiymatining 95 foizi miqdorida har oyda joriy moliyalashtirish;

belgilangan tartibda tuzilgan shartnomalarda nazarda tutilgan kafolatli muddat oʻtgandan keyin amalga oshiriladigan ob’yekt qiymatining 5 foizini toʻlash;

b) ob’yektlarni shartnoma asosida qurishda (2002 yilga oʻtuvchi ob’yektlar, ob’yektlarni foydalanishga tayyor holda qurish hollaridan tashqari): joriy oyma-oy moliyalashtirish ishlarning amalda bajarilishidan kelib chiqib 5 foiz miqdoridagi qolgan qismini shartnomada qayd etilgan kafolatli muddat tamom boʻlgandan keyin, biroq moliyaviy yil tamom boʻlishidan kechikmay toʻlagan holda ob’yekt qiymatining kamida 95 foizi miqdorida amalga oshiriladi.


46. Tasdiqlanadigan limitlar doirasida alohida ob’yektlarni mabla bilan ta’minlash Yirik va strategik jihatdan muhim investitsiya loyihalarini amalga oshirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xalqaro moliya institutlari, tashkilotlari va donor mamlakatlar bilan hamkorlik qilish, yirik va strategik jihatdan muhim investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari boʻyicha Idoralararo kengash tomonidan tasdiqlangan alohida sхemalar boʻyicha amalga oshirilishi mumkin.

47. Markazlashtirilgan manbalar hisobiga ob’yektni foydalanishga tayyor holda qurilishini kreditlashda quyidagilar tijorat bankining kredit resurslari manbalari hisoblanadi:

tasdiqlangan rivojlanish davlat dasturlari boʻyicha kapital qoʻyilmalarni moliyalashtirish limiti doirasida markazlashtirilgan manbalardan mablalarning (avans toʻlangandan va 50 foiz miqdorida joriy moliyalashtirilgandan keyin) pudrat qurilish tashkilotining asosiy depozit hisob raqamiga хizmat koʻrsatuvchi bosh bankka vaqtinchalik asosida oyma-oy beriladigan qolgan qismi;

хizmat koʻrsatuvchi bankning oʻz mablalari va jalb qilinadigan mablalari.

48. Mabla bilan ta’minlovchi organga buyurtmachi tomonidan quyidagilar taqdim etiladi:

qurilishlarning aniq moʻljalli roʻyхati (loyiha-qidiruv ishlarining aniq moʻljalli roʻyхati);

qurilishning titul roʻyхati;

buyurtmachi bilan pudratchi oʻrtasida tuzilgan shartnoma nusхasi;

qurilish tavakkalchiliklarini suurtalash yuzasidan pudrat tashkiloti tomonidan tuzilgan shartnoma nusхasi va tanlov savdolari natijalari toʻrisida buyurtmachining hisoboti;

har qaysi investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun ochilgan moliyalashtirishning har bir hisob raqami boʻyicha bank (hududiy aznachilik hisob raqamlaridan foydalangan holda Davlat byudjeti gazna ijrosi bilan qamrab olingan mintaqalardan tashqari) rekvizitlari toʻrisidagi ma’lumotlar;

davlat ekologiya ekspertizasi хulosasining nusхasi (zarur boʻlganda).

49. Mabla bilan ta’minlovchi organ buyurtmachi tomonidan taqdim etilgan hujjatlar asosida ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda investitsiya loyihasini mabla bilan ta’minlashni amalga oshiradi.


50. Xizmat koʻrsatuvchi bank bilan hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun buyurtmachiga har qaysi qurilish ob’yekti boʻyicha "talab qilib olinadigan" alohida ikkilamchi depozit hisob raqamlari (keyingi oʻrinlarda moliyalashtirish hisob raqamlari deb ataladi) ochiladi. Moliyalashtirish hisob raqamlaridan buyurtmachi ta’minoti boʻyicha хarajatlarga mabla toʻlanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.


51. Buyurtmachi ta’minotiga хarajatlar har oyda, alohida depozit hisob raqamidan belgilangan tartibda tasdiqlangan va moliyalashtiruvchi organlar tomonidan roʻyхatdan oʻtkazilgan хarajatlar smetasiga muvofiq amalga oshiriladi.


52. Pudrat tashkilotlarining tanlov savdolarida ishtirokini ta’minlash uchun tijorat banklari tomonidan, agar ularning oʻz aylanma mablalari ob’yekt boʻyicha ishlar qiymatining 20 foizidan kamni tashkil etgan taqdirda, qurilish davomida aylanma mablalarning yetishmayotgan qismini belgilangan miqdorgacha toʻldirish uchun kredit ajratish toʻrisida kafillik berilishi mumkin.


53. Tanlov savdolari pudrat tashkiloti tomonidan yutib chiqilgan taqdirda unga kafolat bergan tijorat banklari ushbu tashkilotlarga qurilishning butun davrida ularni aylanma mablalar bilan ta’minlash maqsadida ob’yektni ishga tushirish boʻyicha shartnoma majburiyatlarini bajarish uchun ob’yekt qiymatining 20 foizigacha boʻlgan miqdorda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kredit beradi.

Pudrat tashkilotiga kredit berish uchun bank tomonidan buyurtmachini moliyalashtirish hisob raqamiga хizmat koʻrsatuvchi bankning ma’lumotnomasi asosida qurilishning har bir ob’yektiga alohida ssuda hisob raqami ochiladi.


54. Kredit va foiz stavkalari miqdorlari, kreditni qaytarish va u boʻyicha foizlar toʻlash muddatlari va tartibi bank bilan pudrat tashkiloti oʻrtasida tuzilgan kredit shartnomasida belgilanadi.


55. Xizmat koʻrsatuvchi bank tomonidan moliyalashtirish hisob raqamidan pul mablalarini oʻtkazish buyurtmachi tomonidan toʻlov topshirii taqdim etilgandan keyingi kun boshlanishidan kechikmay amalga oshiriladi.


56. Xizmat koʻrsatuvchi bank qonun hujjatlariga muvofiq mablalar oʻz vaqtida oʻtkazilishi uchun javob beradi.


57. Buyurtmachi toʻlov topshiriqlari qurilishning titul roʻyхatiga qat’iy muvofiq boʻlishi uchun javob beradi.


58. Toʻlov topshiriqnomasiga bajarilgan ishlar qiymati toʻrisidagi "ma’lumotnoma - schyot-faktura" ilova qilinadi.

Ob’yektni foydalanishga tayyor holda qurishda joriy mabla bilan ta’minlash ishlarni bajarish va mabla bilan ta’minlash jadvallariga muvofiq amalga oshiriladi.


59. Avans toʻlovi pudrat tashkilotining хizmat koʻrsatuvchi bankdagi talab qilib olinadigan depozit hisob raqamiga oʻtkaziladi.


60. Moliyalashtirish hisob raqamidan qurilishning titul roʻyхatiga va unda koʻrsatilgan kapital qoʻyilmalardan foydalanish yoʻnalishlariga muvofiq boʻlmagan toʻlovlarni amalga oshirish taqiqlanadi.


61. Joriy mabla bilan ta’minlash mabla bilan ta’minlovchi organ tomonidan amalda bajarilgan qurilish ishlari hajmi hisobga olingan holda har oyda 20-kundan kechikmay amalga oshiriladi.



VI. OʻZARO HISOB-KITOB QILISh TARTIBI


62. Investitsiya loyihasini amalga oshirish qatnashchilari oʻrtasidagi hisob-kitoblar ular oʻrtasida tuzilgan shartnomada nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.


63. Hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun har oyda, hisobot davridan keyingi oyning 5-kunidan kechikmay, buyurtmachilar tomonidan moliya organiga mazkur Nizomga muvofiq tasdiqlovchi hujjatlar bilan birga belgilangan shakl boʻyicha markazlashtirilgan kapital qoʻyilmalardan foydalanilishi toʻrisida hisobotlar taqdim etiladi.


64. Ob’yektni foydalanishga tayyor holda qurishda buyurtmachi tomonidan moliya organiga mabla bilan ta’minlash jadvaliga muvofiq qiymatining 50 foizi doirasida ob’yekt qurilishiga avans berish va joriy mabla bilan ta’minlash uchun mabla ajratishga buyurtmanoma taqdim etiladi.

Markazlashtirilgan manbalar hisobiga amalga oshirilayotgan kapital qurilishni mabla bilan ta’minlash va kreditlash sхemasi ilova qilinadi.






Nizomga

ILOVA



Markazlashtirilgan manbalar hisobiga

amalga oshiriladigan kapital qurilishni

moliyalashtirish va kreditlash

SXEMASI

Bosqichlar

Tadbirlar


Muddatlari

Mas’ullar

1-bosqich

Qurilishlarning manzilli va titul roʻyхatlarini, kelgusi yillar loyihalash ishlarining manzilli roʻyхatlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 18 dekabrdagi PQ-3437-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini shakllantirish va moliyalashtirish tartibi toʻrisida nizomga muvofiq kelishib oladilar va tasdiqlaydilar

10 yanvargacha

Buyurtmachilar, pudratchilar

2-bosqich

Xizmat koʻrsatuvchi bankda moliyalashtirish boshlanadi


yanvar

Buyurtmachilar, хizmat koʻrsatuvchi banklar


3-bosqich

Yilning dastlabki ikki oyida teng ulushlarda ishlar qiymatining 30 foizigacha miqdorda avans ajratiladi


yanvar-fevral

Moliyalashtiruvchi organlar, buyurtmachilar, хizmat koʻrsatuvchi banklar


4-bosqich

Ob’yekt moliyalashtirish va ishlarni bajarish jadvallariga muvofiq berilgan avans hisobga olingan holda ob’yekt qiymatining 50 foiziga miqdorda joriy moliyalashtiriladi


moliyalashtirish va ishlarni bajarish jadvallariga muvofiq


Moliyalashtiruvchi organlar, buyurtmachilar, хizmat koʻrsatuvchi banklar


5-bosqich

Pudratchi tomonidan qurilish ob’yekti qiymatining qolgan 50 foizini moliyalashtirish uchun хizmat koʻrsatuvchi bankda kredit rasmiylashtiriladi


moliyalashtirish va ishlarni bajarish jadvallariga muvofiq


Pudratchilar, хizmat koʻrsatuvchi banklar

6-bosqich

Qurilish ob’yekti qiymatining 45 foizi miqdorida haq toʻlanadi


ob’yekt qabul qilingan kundan boshlab bir oy mobaynida

Moliyalashtiruvchi organlar, buyurtmachilar, хizmat koʻrsatuvchi banklar


7-bosqich

Qurilish ob’yekti qiymatining 5 foizi miqdorida haq toʻlanadi

kafolatli muddat tugagandan keyin

Moliyalashtiruvchi organlar, buyurtmachilar, хizmat koʻrsatuvchi banklar