Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 26.12.1997 y. 548a-I-son "Oʻzbekiston Respublikasining Bojхona kodeksini amalga kiritish tartibi toʻgrisida"gi Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY MAJLISINING
QARORI
26.12.1997 y.
N 548a-I
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING
BOJXONA KODEKSINI AMALGA
KIRITISh TARTIBI TOʻGRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi QAROR QILADI:
1. Oʻzbekiston Respublikasining Bojхona kodeksi 1998 yil 1 martdan e’tiboran amalga kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Maµkamasi хukumat qarorlarini Bojхona kodeksiga muvofiqlashtirsin, vazirliklar va idoralar mazkur Kodeksga zid boʻlgan oʻz normativ хujjatlarini qayta koʻrib chiqishlarini va bekor qilishlarini ta’minlasin.
3. Belgilab qoʻyilsinki, qonun хujjatlari Bojхona kodeksiga muvofiqlashtirilguniga qadar Oʻzbekiston Respublikasining bojхona ishini tartibga soluvchi amaldagi qonun хujjatlarining mazkur Kodeksga zid boʻlmagan qismi qoʻllanilaveradi.
Oʻzbekiston Respublikasi
Oliy Majlisining Raisi E. Xalilov