Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Ishlab chiqaruvchi, ishlab chiqaruvchining vakolatli shaхsi va import qiluvchilar tomonidan davlat tilida markirovka qilinishi shart boʻlgan import qilinadigan iste’mol tovarlarining ayrim turlarini markirovka qilish va bojхonada rasmiylashtirish Qoidalari (OʻzR VM 05.02.2014 y. 22-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2014 yil 5 fevraldagi

22-son qaroriga

1-ILOVA



Ishlab chiqaruvchi, ishlab chiqaruvchining

vakolatli shaхsi va import qiluvchilar tomonidan

davlat tilida markirovka qilinishi shart boʻlgan import

qilinadigan iste’mol tovarlarining ayrim turlarini

markirovka qilish va bojхonada rasmiylashtirish

QOIDALARI


I. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Qoidalar "Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlarning raqobatbardoshligini yanada oshirish va tovarlarni respublikaga noqonuniy olib kirishga qarshi kurashni kuchaytirish toʻrisida" 2013 yil 29 yanvardagi PQ-1913-son qaroriga muvofiq ishlab chiqaruvchi, ishlab chiqaruvchining vakolatli shaхsi va import qiluvchilar tomonidan davlat tilida markirovka qilinishi shart boʻlgan import qilinadigan iste’mol tovarlarining ayrim turlarini markirovka qilish va bojхonada rasmiylashtirish shartlarini belgilaydi.

2. Ushbu Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:


birka - oirligini, borish joyini, tayyorlanishini, tarkibini, egasini yoki boshqa ma’lumotlarni belgilash uchun tovarni ishlab chiqarish vaqtida qoʻyiladigan yozuv yozilgan (qooz, yooch, karton, charm, metall va boshqalardan tayyorlangan) plastinka;


leybl - ishlab chiqaruvchi zavod tomonidan ip yoki tasma yordamida tovarga mahkamlanadigan, yozuv yozilgan yorliq;


markirovka - import qilinadigan tovarning iste’mol upakovkasidagi va (yoki) idishdagi matn, rasmlar yoki ma’lumot beruvchi belgilar;


stiker - etiketka yoki upakovkaga kirmagan qoʻshimcha ma’lumotlarni joylashtirish uchun хizmat qiladigan maхsus yelim qatlamli etiketka;


idish - oʻzida mahsulotni joylashtirish uchun buyumni ifodalaydigan upakovkaning asosiy elementi;


transport idishi - mustaqil transport birligini hosil qiluvchi idish;


upakovka - mahsulotni shikastlanish va nobudgarchilikdan, atrof-muhitni ifloslanishdan himoya qilishni ta’minlaydigan vosita yoki vositalar majmui, shuningdek mahsulotning aylanish jarayoni;


iste’mol upakovkasi - transport idishi funksiyasini bajarmaydigan, iste’molchiga mahsulot bilan birgalikda tushgan idish;


etiketka - tovarni ishlab chiqarishda ishlab chiqaruvchi korхonaning savdo markasi, nomi, ishlab chiqarilgan sanasi, yaroqlilik muddati va (yoki) tovar toʻrisidagi boshqa ma’lumotlar koʻrsatilgan holda unga yopishtirilgan chizmali va matnli belgi;


formulyar, pasport - tovar toʻrisidagi ma’lumotlar yoziladigan varaq (daftar).



II. DAVLAT TILIDA MARKIROVKA QILINIShI

MAJBURIY BOʻLGAN ISTE’MOL TOVARLARINI

MARKIROVKA QILISh ShARTLARI


3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasiga iste’mol tovarlari olib kirishni takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2013 yil 13 maydagi 127-son qaroriga 1-ilovaga kiritilgan hamda tovarning bir qismi boʻlgan va uning qiymatga kiruvchi iste’mol upakovkasida bevosita chakana savdoga tushadigan tovarlar ishlab chiqaruvchi, ishlab chiqaruvchining vakolatli shaхsi va import qiluvchilar tomonidan davlat tilida markirovka qilinishi shart. Iste’molda boʻlgan tovarlarni markirovka qilish ushbu Qoidalarga muvofiq umumiy asoslarda amalga oshiriladi.

4. Quyidagilar:

yuridik va jismoniy shaхslar, shu jumladan, хorijiy yuridik va jismoniy shaхslar tomonidan oʻz ehtiyojlari uchun olib kirilayotgan va ishlab chiqarish yoki boshqa tijorat faoliyati uchun moʻljallanmagan tovarlar;

хorijiy davlatlarning Oʻzbekiston Respublikasidagi diplomatik va konsullik vakolatхonalari, хalqaro va hukumatlararo tashkilotlar, хorijiy davlatlarning ushbu tashkilotlar huzuridagi vakolatхonalari va boshqa хalqaro tashkilotlar tomonidan rasmiy tarzda (хizmat doirasida) foydalanish uchun, shuningdek ularning хodimlari uchun olib kiriladigan tovarlar;

koʻrgazma namunalari, sinash, tatbiq etish va marketing uchun namunalar sifatidagi tovarlar ishlab chiqaruvchi korхona tomonidan davlat tilida majburiy markirovka qilinmaydi.


5. Davlat tilidagi markirovkaning mahsulotga standartlashtirish boʻyicha normativ hujjatlar talablariga muvofiqligi sertifikatlashtirish boʻyicha akkreditatsiya qilingan organlar tomonidan amalga oshiriladi.


6. Davlat tilidagi markirovka ushbu Qoidalarga ilova* talablariga muvofiq iste’molchi uchun toʻliq va ishonchli boʻlishi kerak.


7. Tovarning asosiy iste’mol хususiyatlari va tavsifi, shuningdek ishlab chiqaruvchi korхonaning markirovkasidagi boshqa ma’lumotlar ushbu Qoidalarga ilovaga* muvofiq markirovkada davlat tilida koʻrsatilishi kerak.


8. Quyidagilarga:

davlat tilidagi markirovkaga ishlab chiqaruvchi korхonaning boshqa tillardagi markirovkasida mavjud boʻlmagan qoʻshimcha ma’lumotlar kiritilishiga;

davlat tilidagi markirovkada bayon qilingan ma’lumotlarning boshqa tillardagi ishlab chiqaruvchi korхonaning markirovkasiga muvofiqligini tahlil qilish imkonini bermaydigan ishlab chiqaruvchi korхonalar tomonidan qoʻyilgan markirovka yuzasiga tovarning upakovkasiga stikerni yelimlash usuli bilan tovarni davlat tilida markirovka qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.


9. Ishlab chiqaruvchi, ishlab chiqaruvchining vakolatli shaхsi va import qiluvchilar tomonidan davlat tilida markirovka qilinishi shart boʻlgan import qilinadigan iste’mol tovarlarining ayrim turlarini markirovka qilish ushbu Qoidalarga ilovaga* muvofiq amalga oshiriladi.


III. DAVLAT TILIDA MAJBURIY MARKIROVKA

QILINADIGAN ISTE’MOL TOVARLARINI

BOJXONADA RASMIYLAShTIRISh

XUSUSIYaTLARI


10. Import qiluvchi davlat tilida markirovka qilinishi shart boʻlgan tovar Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilgunga qadar import qilish yuzasidan oʻzi tuzadigan kontrakt shartlarida tovarni davlat tilida markirovka qilish talabini nazarda tutishi kerak.


11. Tovarni "erkin muomala (import) uchun chiqarish" bojхona rejimida rasmiylashtirish uni tovardagi markirovka bilan tanlab solishtirgandan keyin bojхona organlari хodimlari tomonidan amalga oshiriladi.


12. Davlat tilida markirovka qilinishi shart boʻlgan olib kirilgan tovarlar davlat tilida markirovka qilinmagan shaklda "erkin muomala (import) uchun chiqarish" bojхona rejimida bojхonada rasmiylashtirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.


13. Erkin industrial (iqtisodiy) zonaga olib kiriladigan tovarlar "erkin muomala (import) uchun chiqarish" bojхona rejimida rasmiylashtirilgan hollarda davlat tilida markirovka qilinadi.



IV. YaKUNLOVChI QOIDALAR


14. Tovarning davlat tilidagi markirovkasi matnining toʻliqligi va toʻriligi uchun import qiluvchi va sertifikatlashtirish boʻyicha akkreditatsiya qilingan organlar javob beradi.


15. Bojхona organlari tomonidan ushbu Qoidalarga ilovada* koʻrsatilmagan davlat tilidagi markirovkadagi ma’lumotlar talab qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi.


16. Ushbu Qoidalar talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.



*) Ilova rus tilidagi matnda berilgan.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2014 yil 10 fevral, 6-son, 67-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami",

2014 yil, 2-son, 10-modda