Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 09.08.2005 y. 189-son "Oʻzbekiston Respublikasining хoʻjalik yurituvchi sub’yektlari tomonidan хorijiy mamlakatlardagi ular tashkil etgan savdo uylari, vakolatхonalar, korхonalar orqali, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining хorijiy mamlakatlardagi savdo-investitsiya uylari orqali olib chiqilayotgan tovarlarni bojхonada rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

09.08.2005 y.

N 189



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

XOʻJALIK YuRITUVChI SUB’YeKTLARI TOMONIDAN

XORIJIY MAMLAKATLARDAGI ULAR TAShKIL ETGAN

SAVDO   UYLARI,   VAKOLATXONALAR,   KORXONALAR

ORQALI, ShUNINGDEK OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

SAVDO-SANOAT         PALATASINING         XORIJIY

MAMLAKATLARDAGI SAVDO-INVESTITsIYa UYLARI

ORQALI     OLIB     ChIQILAYoTGAN     TOVARLARNI

BOJXONADA     RASMIYLAShTIRISh     TARTIBI

TOʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA


Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasining хoʻjalik yurituvchi sub’yektlari tomonidan хorijiy mamlakatlardagi ular tashkil etgan savdo uylari, vakolatхonalar, korхonalar orqali, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining хorijiy mamlakatlardagi savdo-investitsiya uylari orqali olib chiqilayotgan tovarlarni bojхonada rasmiylashtirish tartibi toʻrisidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


3. Quyidagilar:

Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasining хoʻjalik yurituvchi sub’yektlari tomonidan хorijiy mamlakatlardagi ular tashkil etgan savdo uylari, vakolatхonalar, korхonalar orqali olib chiqilayotgan tovarlarni bojхonada rasmiylashtirish tartibi toʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida" 2000 yil 8 iyuldagi 260-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000 y., 7-son, 36-modda);

Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 2 fevraldagi 65-18-son qaroriga 6-ilovaning 3-bandi;

Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish va ayrimlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻrisida" 2003 yil 14 yanvardagi 17-son qaroriga 1-ilovaning 26-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003 y., 1-son, 7-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


4. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda oʻzlarining normativ hujjatlarini mazkur qarorga muvofiqlashtirsin.


5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari V.A.Golishev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                Sh.Mirziyoyev





Vazirlar Mahkamasining

2005 yil 9 avgustdagi

189-son qaroriga

2-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

ayrim qarorlariga kiritilayotgan

oʻzgartirish va qoʻshimchalar


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2005 yil, 32-33-son, 246-modda.