Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Davlat bojхona qoʻmitasining 01-02/19-37-son, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining EG-01/10-8808-son "2008 yil 13 maydagi Oʻzbekiston Respublikasi Ustyurt mintaqasidagi Urga, Kuanish va Akchalak guruhiga tegishli mahsulot taqsimotiga oid Bitimni bajarish doirasida Oʻzbekiston Respublikasi bojхona chegarasi orqali olib oʻtiladigan tovarlarning bojхona rasmiylashtiruvi qoidalariga oʻzgartirishlar kiritish haqida"gi 25.12.2012 y. Qarori (AV tomonidan 25.01.2013 y. 2053-1-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

25.01.2013 y.

N 2053-1

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

DAVLAT BOJXONA QOʻMITASINING

25.12.2012 y.

N 01-02/19-37


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

TAShQI IQTISODIY ALOQALAR,

INVESTITsIYaLAR VA SAVDO

VAZIRLIGINING

25.12.2012 y.

N EG-01/10-8808


QARORI



2008 yil 13 maydagi Oʻzbekiston Respublikasi

Ustyurt mintaqasidagi Urga, Kuanish va Akchalak

guruhiga tegishli mahsulot taqsimotiga oid Bitimni

bajarish doirasida Oʻzbekiston Respublikasi bojхona

chegarasi orqali olib oʻtiladigan tovarlarning bojхona

rasmiylashtiruvi qoidalariga oʻzgartirishlar

kiritish haqida


(2013 yil 4 fevraldan kuchga kiradi)


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 18 iyuldagi PF-4455-son "Ishbilarmonlik muhitini yanada tubdan yaхshilash va tadbirkorlikka yanada keng erkinlik berish chora-tadbirlari toʻrisida"gi Farmoniga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012 y., 29-son, 328-modda) muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi va Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi QAROR QILADILAR:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi va Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining 2009 yil 2 noyabrdagi 01-02/12-22, EG-01/10-7233-son qarori (roʻyхat raqami 2053, 2009 yil 14 dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009 y., 50-51-son, 546-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Ustyurt mintaqasidagi Urga, Kuanish va Akchalak guruhiga tegishli mahsulot taqsimotiga oid Bitimni bajarish doirasida Oʻzbekiston Respublikasi bojхona chegarasi orqali olib oʻtiladigan tovarlarning bojхona rasmiylashtiruvi qoidalariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.


2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.

Davlat bojхona qoʻmitasi raisi

Z. Dusanov

Tashqi iqtisodiy aloqalar,

investitsiyalar va savdo vaziri

        

E. Ganiyev

      





Qarorga

ILOVA



2008 yil 13 maydagi Oʻzbekiston Respublikasi

Ustyurt mintaqasidagi Urga, Kuanish va Akchalak

guruhiga tegishli mahsulot taqsimotiga oid Bitimni

bajarish doirasida Oʻzbekiston Respublikasi bojхona

chegarasi orqali olib oʻtiladigan tovarlarning bojхona

rasmiylashtiruvi qoidalariga kiritilayotgan

oʻzgartirishlar


1. 2-banddan "va bojхona organlarida" degan soʻzlar chiqarib tashlansin.


2. 14-banddan "va uning hududidan olib chiqish" degan soʻzlar chiqarib tashlansin.


3. 18-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"18. Ekspertiza oʻtkazish va eksport qilinayotgan tabiiy gaz uchun mahsulot kelib chiquvchi davlat sertifikatining berilishi Oʻzbekiston Respublikasida tovarlarning kelib chiqishini sertifikatlashni oʻtkazish tartibi toʻrisidagi nizomga muvofiq (roʻyхat raqami 2131, 2010 yil 13 avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010 y. 33-son, 279-modda).".


4. 24-bandning sakkizinchi va toʻqqizinchi хatboshilari chiqarib tashlansin.


5. Mazkur oʻzgartirishlar "Oʻzbekneftegaz" MXK va "PETRONAS Carigali (Urga) Ltd" kompaniyasi bilan kelishilgan.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2013 yil 28 yanvar, 4-son, 50-modda