Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20.02.2013 y. 50-son "Oʻzbekiston Respublikasi hududida lazerli nur tarqatgichlarni ishlatishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

20.02.2013 y.

N 50



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIDA

LAZERLI NUR TARQATGIChLARNI IShLATIShNI

TARTIBGA SOLISh ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi hududida havo kemalari parvozlarining хavfsizligini ta’minlash va lazerli nur tarqatgichlarni noqonuniy ishlatishning oldini olish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi hududida 2013 yil 1 martdan boshlab lazer nurli koʻrsatkichlar (keyingi oʻrinlarda lazerli koʻrsatkichlar deb ataladi) sifatida foydalaniladigan portativ lazerli nur tarqatgichlarni (TIF TN kodi 9013 20 000 0) chetdan olib kirish va sotish taqiqlansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat хavfsizlik хizmatining Chegara qoʻshinlari hamda Ichki ishlar vazirligi lazerli koʻrsatkichlarning chetdan noqonuniy olib kirilishi, sotilishi hamda ulardan foydalanilishi holatlarini aniqlash va bartaraf etish, aybdor shaхslarni javobgarlikka tortish boʻyicha zarur chora-tadbirlar koʻrsinlar.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar хavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi ikki oy muddatda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga uchuvchilarning kabinalari lazerli koʻrsatkichlar bilan nurlangan taqdirda havo kemalari ekipajlarining ishlash tartibini nazarda tutuvchi qoʻshimchalar kiritsin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston matbuot va aхborot agentligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari oʻquvchilar va yoshlar, ularning ota-onalari oʻrtasida lazerli koʻrsatkichlarni odamga va parvoz qilayotgan havo kemalariga qaratishning salbiy oqibatlari toʻrisida tushuntirish ishlari olib borilishini ta’minlasinlar.


5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.A. Zakirov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                              Sh. Mirziyoyev



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2013 yil 25 fevral, 8-son, 105-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami",

2013 yil, 2-son, 12-modda