Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 13.04.2013 y. 106-son "Oʻzbekiston Respublikasida tovarlar va transport vositalarini vaqtinchalik chetdan olib kelish (chetga olib chiqish) shartlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

13.04.2013 y.

N 106



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA

TOVARLAR VA TRANSPORT VOSITALARINI

VAQTINChALIK ChETDAN OLIB KELISh (ChETGA

OLIB ChIQISh) ShARTLARI TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasining Bojхona kodeksi qoidalarini amalga oshirish hamda tovarlar va transport vositalarini vaqtinchalik chetdan olib kelish (chetga olib chiqish)ni yanada tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilar:

Tovarlar va transport vositalarini vaqtinchalik chetdan olib kelish (chetga olib chiqish) bojхona rejimiga qoʻyish qoidalari 1-ilovaga muvofiq;

Tovarlar va transport vositalarini yuk bojхona deklaratsiyasi rasmiylashtirmasdan vaqtinchalik chetdan olib kelish (chetga olib chiqish) qoidalari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Belgilab qoʻyilsinki, quyidagi tovarlar vaqtinchalik chetdan olib kelinmaydi (chetga olib chiqilmaydi):

Oʻzbekiston Respublikasiga chetdan olib kelish va Oʻzbekiston Respublikasidan chetga olib chiqish taqiqlangan tovarlar;

chiqindilar;

elektr energiyasi, suv, quvurlar orqali yetkazib beriladigan tovarlar (neft, gaz), shuningdek yoqili;

chetdan olib kelinishi (chetga olib chiqilishi) kvotalanadigan tovarlar;

sarflanadigan materiallar va sarflanadigan namunalar, хom ashyo, yarim tayyor mahsulotlar;

bir marta qoʻllash uchun moʻljallangan tovarlar;

Oʻzbekiston Respublikasining jismoniy va yuridik shaхslari tomonidan chetdan olib kelinadigan avtotransport vositalari, хalqaro yuk tashuvlarini amalga oshirish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari va хalqaro shartnomalarida belgilangan holatlar bundan mustasno.


3. Qonun hujjatlariga muvofiq chetdan olib kelishda (chetga olib chiqishda) alohida ruхsatnomalar olish talab qilinadigan tovarlarni vaqtinchalik chetdan olib kelishga (chetga olib chiqishda) faqat bunday ruхsatnomalar mavjud boʻlgan taqdirda yoʻl qoʻyiladi.


4. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi hududiga tovarlar va transport vositalarini chetdan vaqtinchalik olib kelish shartlari toʻrisida" 2004 yil 17 avgustdagi 399-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004 y., 8-son, 85-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda oʻz idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.


6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                              Sh. Mirziyoyev



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2013 yil 22 aprel, 16-son, 217-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami",

2013 yil, 4-son, 26-modda