Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Moliya vazirligining 53-son, Davlat soliq qoʻmitasining 2008-26-son "Debitorlik va kreditorlik qarzlarini yagona baholarda buхgalteriya hisobi va hisobotida aks ettirish tartibini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida"gi 27.05.2008 y. Qarori (AV tomonidan 30.05.2008 y. 458-1-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

30.05.2008 y.

N 458-1


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MOLIYa VAZIRLIGINING

27.05.2008 y.

N 53

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING

27.05.2008 y.

N 2008-26


QARORI



Debitorlik va kreditorlik qarzlarini yagona

baholarda buхgalteriya hisobi va hisobotida

aks ettirish tartibini oʻz kuchini

yoʻqotgan deb topish toʻrisida


(2008 yil 9 iyundan kuchga kiradi)



Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2000 yil 16 oktyabrdagi 124-sonli buyrui bilan tasdiqlangan Idoraviy me’yoriy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalari (2000 yil 16 oktyabr, roʻyхat raqami 979)ning 83-bandiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan 1998 yil 26 iyundagi 17-07/62 va 98-106-son bilan tasdiqlangan Debitorlik va kreditorlik qarzlarini yagona baholarda buхgalteriya hisobi va hisobotida aks ettirish tartibi (1998 yil 29 iyul, roʻyхat raqami 458) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.


2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyхatiga olingan kundan boshlab oʻn kundan keyin kuchga kiradi.


Moliya vaziri                                                                        R. Azimov



Davlat soliq qoʻmitasi raisi                                               B. Parpiyev



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2008 yil, 22-23-son, 214-modda.