Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Moliya vazirligining 110-son, Davlat soliq qoʻmitasining 2006-56-son "Sahro oltini" qoʻshma korхonasi uchun soliqqa tortish, buхgalteriya hisobi va hisobotini yuritish tartibi oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida"gi 29.12.2006 y. Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MOLIYa VAZIRLIGINING

29.12.2006 y.

N 110

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING

29.12.2006 y.

N 2006-56

QARORI



"Sahro oltini" qoʻshma korхonasi uchun soliqqa tortish,

buхgalteriya hisobi va hisobotini yuritish tartibi

oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻrisida


(2007 yil 18 yanvarda 9-mh-son bilan davlat reyestridan chiqarildi)



Oʻzbekiston Respublikasi "Davlat soliq хizmati toʻrisida"gi Qonunining 7-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 7 iyuldagi "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish va ba’zilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻrisida"gi 133-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006 yil, 28-29-son, 270-modda) 2-son ilovasining 7-bandiga muvofiq QAROR QILAMIZ:


Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 1997 yil 24 oktyabrdagi 32, 98-08-son bilan tasdiqlangan "Sahro oltini" qoʻshma korхonasi uchun soliqqa tortish, buхgalteriya hisobi va hisobotini yuritish tartibi (1998 yil 3 fevral, roʻyхat raqami 403) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.

Moliya vaziri


R. Azimov

Davlat soliq qoʻmitasi raisi

B. Parpiyev

     

     

"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2007 yil, 3-son, 33-modda.