Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Markaziy bank Boshqaruvining 12.10.2002 y. 519 (23/8)-son "Oʻzbekiston Respublikasi banklarida nomoddiy aktivlarning buхgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi Yoʻriqnomani tasdiqlash haqida"gi Qarori (AV tomonidan 14.01.2003 y. 1199-sonbilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

14.01.2003 y.

N 1199




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING

12.10.2002 y.

N 519 (23/8)


QARORI



Oʻzbekiston Respublikasi banklarida

nomoddiy aktivlarning buхgalteriya hisobi

toʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida


(2003 yil 24 yanvardan kuchga kiradi)


Oʻzbekiston Respublikasining "Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki toʻrisida"gi Qonuni 3, 7 va 51-moddalariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi QAROR QILADI:


1. "Oʻzbekiston Respublikasi banklarida nomoddiy aktivlarning buхgalteriya hisobi toʻrisida"gi yoʻriqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Buхgalteriya hisobi, hisoboti va Davlat byudjetining kassa ijrosi departamenti (D.A. Oripov) ga ushbu Nizomni 10 kun muddat davomida Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga davlat roʻyхatidan oʻtkazish uchun taqdim etsin.


3. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan vaqtdan boshlab oʻn kundan keyin kuchga kiradi.


4. Mazkur qaror kuchga kirgan kundan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2000 yil 5 fevraldagi 462-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi banklarida asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, kam baholi va tez eskiruvchi buyumlarning buхgalteriya hisobi toʻrisida Yoʻriqnomaning (2000 yil 18 martda 912-son bilan roʻyхatga olingan, "Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarning me’yoriy aktlarning Byulleteni", 2000 y., 6-son) nomoddiy aktivlarning buхgalteriya hisobini yuritish qismi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


5. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish yuzasidan javobgarlik Markaziy bank raisining birinchi oʻrinbosari M.R. Jumagaldiyevga yuklatilsin.



Markaziy bank Boshqaruvi raisi                              F.M. Mullajanov