Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktorining 07.05.2015 y. 191-son “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy sertifikatlashtirish tizimida ishlar va хizmatlarga haq toʻlash qoidalariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi Buyrugʻi (AV tomonidan 12.05.2015 y. 2516-1-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

12.05.2015 y.

N 2516-1




OʻZBEKISTON STANDARTLAShTIRISh,

METROLOGIYa VA SERTIFIKATLAShTIRISh

AGENTLIGI BOSh DIREKTORINING

07.05.2015 y.

N 191


BUYRUI


Oʻzbekiston Respublikasi Milliy sertifikatlashtirish

tizimida ishlar va хizmatlarga haq toʻlash qoidalariga

oʻzgartirishlar kiritish toʻrisida



Oʻzbekiston Respublikasining 2014 yil 11 dekabrdagi OʻRQ-381-son "Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida"gi Qonuniga muvofiq BUYuRAMAN:


1. Oʻzbekiston davlat standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktorining 2013 yil 18 sentyabrdagi 439-son buyrui (roʻyхat raqami 2516, 2013 yil 11 oktyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013 y., 41-son, 555-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Milliy sertifikatlashtirish tizimida ishlar va хizmatlarga haq toʻlash qoidalariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.


2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Bosh direktor                                                          A. Kurbanov






Buyruqqa

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Milliy sertifikatlashtirish

tizimida ishlar va хizmatlarga haq toʻlash qoidalariga

kiritilayotgan oʻzgartirishlar


1. 1-banddagi "Bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish organlari" degan soʻzlar "Mahsulotlarni sertifikatlashtirish organlari" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


2. 4-banddagi "Bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish organlari" degan soʻzlar "Mahsulotlarni sertifikatlashtirish organlari" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


3. 6-banddagi "bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish organlariga" degan soʻzlar "mahsulotlarni sertifikatlashtirish organlariga" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


4. 15-banddagi "bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish organi" degan soʻzlar "mahsulotlarni sertifikatlashtirish organi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


5. Mazkur oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2015 yil 18 may, 19-son, 238-modda