Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 07.05.1993 y. 872-XII-son "Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish tartibi toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY KENGAShINING

QARORI

07.05.1993 y.

N 872-XII



"ALOHIDA MUHOFAZA ETILADIGAN

TABIIY HUDUDLAR TOʻRISIDA"GI

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI

AMALGA KIRITISh TARTIBI TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi QAROR QILADI:


1. "Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni e’lon qilingan kundan e’tiboran amalga kiritilsin.


2. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunlari "Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiqlashtirilgunga qadar qonun hujjatlarining ushbu Qonunga zid boʻlmagan qismlari qoʻllanilaveradi.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi uch oylik muddat ichida:

Oʻzbekiston Respublikasining qonunlarini "Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiqlashtirishga oid takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashiga kiritsin;

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlarini "Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiqlashtirsin;

Oʻzbekiston Respublikasining vazirliklari, davlat qoʻmitalari, idoralari, korporatsiyalari, konsernlari ushbu Qonunga zid keladigan oʻz me’yoriy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari hamda bekor qilishlarini ta’minlasin.



Oʻzbekiston Respublikasi

Oliy Kengashining Raisi                                                    Sh. Yoʻldoshev



"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Aхborotnomasi", 1993 y., N 6, 256-modda