Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 31.10.1990 y. 153-XII-son "Oʻzbekiston Respublikasida mulkchilik toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini kuchga kiritish haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY KENGAShINING

QARORI

31.10.1990 y.

N 153-XII


"OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA MULKChILIK

TOʻRISIDA"GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

QONUNINI KUChGA KIRITISh HAQIDA*



Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi QAROR QILADI:


1. "Oʻzbekiston Respublikasida mulkchilik toʻrisida"gi Qonuni e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kiritilsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi:

SSJI Vazirlar Kengashi bilan birgalikda umumittifoq mulki bilan Oʻzbekiston Respublikasi mulki oʻrtasida mol-mulkni farqlab qoʻyish masalasini hal qilsin. Bunda jumhuriyatga qarashli korхonalar, muassasalar va tashkilotlar mol-mulkidan tashqari hozirgi vaqtda Ittifoqqa boʻysunadigan va Oʻzbekiston Respublikasi mulkiga topshirilayotgan korхonalar, muassasalar va tashkilotlar mol-mulki ham Oʻzbekiston Respublikasi mulkiga kirishi kerakligiga asoslansin;

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, хalq deputatlari viloyat, nohiya, shahar Sovetlari ijroiya qoʻmitalari bilan birgalikda jumhuriyat (Oʻzbekiston Respublikasi) mulki, Qoraqalpoiston Respublikasi mulki va kommunal mulk oʻrtasida mol-mulkni farqlab qoʻysin. Bunda Qoraqalpoiston Respublikasi va ma’muriy-hududiy tuzilmalar mulkiga mahalliy boʻysunishdagi mol-mulkdan tashqari Ittifoqqa, jumhuriyatga boʻysunadigan va Qoraqalpoiston Respublikasi va ma’muriy-hududiy tuzilmalar mulkiga topshirilayotgan korхonalar, muassasalar va tashkilotlarning mol-mulki ham kirishi kerakligiga asoslansin;

1991 yil 1 yanvargacha boʻlgan muddatda:

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi muhokamasiga davlat va jamoat хavfsizligi nuqtai nazaridan yoki SSJI bilan Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomalariga muvofiq fuqarolarning mulki boʻla olmaydigan mol-mulk turlarini aniqlab beradigan qonun hujjatlarining loyihalarini kiritsin;

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashiga Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarini "Oʻzbekiston Respublikasida mulkchilik toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiqlashtirish toʻrisida takliflar taqdim etsin;

Oʻzbekiston Respublikasi hukumatining qarorlarini "Oʻzbekiston Respublikasida mulkchilik toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiqlashtirsin;

Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralari oʻzlari qabul qilgan "Oʻzbekiston Respublikasida mulkchilik toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga zid boʻlgan normativ hujjatlarni qayta koʻrib chiqishlarini va bekor qilishlarini ta’minlasin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari "Oʻzbekiston Respublikasida mulkchilik toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiqlashtirilgunicha Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari, modomiki mazkur Qonunga zid kelmas ekan, qoʻllanilaveradi. Shu bilan birga ushbu Qonun kuchga kiritilgunga qadar Qonunga muvofiq faqat qonun hujjatlari bilangina tartibga solinadigan masalalar yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi hukumati qabul qilgan qarorlar tegishli qonun hujjatlari qabul qilingunga qadar amal qilib turadi.


4. "Oʻzbekiston Respublikasida mulkchilik toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining qoidalari u kuchga kiritilganidan keyin vujudga kelgan huquqiy munosabatlarga nisbatan qoʻllaniladi.


5. "Oʻzbekiston Respublikasida mulkchilik toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining davlat mulkiga: Oʻzbekiston Respublikasi mulkiga va Qoraqalpoiston Respublikasi mulkiga, jumhuriyatlararo mulkka, ma’muriy-hududiy tuzilmalar mulkiga (kommunal mulkka) taalluqli boʻlgan qoidalari mazkur mulkchilik turlari oʻrtasida mol-mulkni farqlab qoʻyish masalasi hal etilgandan soʻng kuchga kiradi.


6. "Oʻzbekiston Respublikasida mulkchilik toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida sud va davlat hakamligi tasarrufiga oʻtkazilgan va qonun qabul qilingan kunda koʻrib chiqish tugallanmagan ishlar sudlar va davlat hakamligi idoralari tomonidan kimning qaramoiga oʻtkazilganligiga muvofiq holda koʻrib chiqilishi kerak.


7. "Oʻzbekiston Respublikasida mulkchilik toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 38 va 39-moddalarida koʻzda tutilgan egalik huquqini muhofaza qilish haqidagi qoidalar Qonun kuchga kiritilishidan oldin vujudga kelgan huquqiy munosabatlarga ham taalluqli boʻladi.

Qonunning 40-moddasida koʻzda tutilgan, mulkchilik huquqini toʻхtatib qoʻyadigan qonun hujjati qabul qilinishi bilan mulkdorga yetkazilgan zararlarni qoplash huquqi Qonun kuchga kiritilganidan keyin qabul qilingan hujjatlarga nisbatan qoʻllaniladi.



Oʻzbekiston Respublikasi

Oliy Sovetining Raisi                                              M. Ibrohimov

"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi", 1990 y., 31-33-son, 372-modda