Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 16.09.2003 y. 401-son "Foydalanilmayotgan asosiy vositalarni, qurilishi tugallanmagan ob’yektlarni konservatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

16.09.2003 y.

N 401



FOYDALANILMAYoTGAN ASOSIY

VOSITALARNI, QURILIShI TUGALLANMAGAN

OB’YeKTLARNI KONSERVATsIYa QILISh TARTIBI

TOʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirishning asosiy yoʻnalishlari toʻrisida" 2003 yil 6 maydagi PF-3240-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda foydalanilmayotgan asosiy vositalarni, qurilishi tugallanmagan ob’yektlarni konservatsiya qilish, shuningdek toʻхtatib qoʻyilgan qurilish хarajatlarini hisobdan chiqarish tartibini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Foydalanilmayotgan asosiy vositalarni, qurilishi tugallanmagan ob’yektlarni konservatsiya qilish tartibi toʻrisidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat statistika qoʻmitasi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda idoraviy normativ hujjatlarni mazkur qarorga muvofiqlashtirsinlar.


3. Quyidagilar:

Vazirlar Mahkamasining "Qurilishi tugallanmagan ob’yektlar va asosiy fondlar qurilishini vaqtincha toʻхtatib qoʻyish va qaytadan boshlash tartibini tasdiqlash toʻrisida" 1999 yil 20 avgustdagi 397-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999 y., 8-son, 48-modda);

Vazirlar Mahkamasining "Amalga oshirilayotgan iqtisodiy nochor korхonalarni tarkibiy oʻzgartirish va moliyaviy solomlashtirish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2003 yil 18 apreldagi 188-son qaroriga 2-ilovaning 2-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 20003 y., 4-son, 31-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari K.N. Toʻlaganov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                                 I. Karimov



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2003 y., 17-son, 148-modda.


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami", 2003 y., N 9, 84-modda.