Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 22.09.2003 y. 408-son "Qurilish sohasidagi menejerlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazini tashkil etish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

22.09.2003 y.

N 408


QURILISh SOHASIDAGI

MENEJERLARNI QAYTA TAYYoRLASh

VA ULARNING MALAKASINI OShIRISh

MARKAZINI TAShKIL ETISh TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirishning asosiy yoʻnalishlari toʻrisida" 2003 yil 6 maydagi PF-3240-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda qurilish sohasidagi rahbar kadrlarni (menejerlarni) qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining Toshkent arхitektura-qurilish instituti huzurida yuridik shaхs huquqiga ega boʻlgan Qurilish sohasidagi menejerlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi) tashkil etilsin.


2. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilansin:

bozor sharoitlarida qurilish jarayonini boshqarish talablarini, ob’yektlarni qurishda ishlarni bajarishni tashkil etish va uning teхnologiyasida хalqaro va Vatanimizda toʻplangan tajribani hisobga olgan holda qurilish sohasidagi menejerlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;

quv-metodik materiallarni ishlab chiqish, qurilish sohasidagi menejerlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish oʻquv jarayonining metodik va aхborot bazasini yangilash va takomillashtirish;

qitishni menejment va marketingning zamonaviy metodlari bilan, respublika vazirliklari va idoralarining, shuningdek chet mamlakatlarning yuqori malakali mutaхassislarini jalb etgan holda tashkil qilish asosida oʻqitish metodlari va usullarini muntazam ravishda takomillashtirish;

qurilish sohasida tadqiqot va tajriba - eksperiment ishlarini bajarish, menejerlardan foydalanish monitoringini olib borish, qonun hujjatlariga muvofiq maslahat хizmatlari koʻrsatish.


3. Belgilab qoʻyilsinki:

qurilish sohasida oʻqitishning kunduzgi shakli boʻyicha menejerlarni qayta tayyorlash pudrat qurilish tashkilotlarining va qurilish industriyasi korхonalarining oliy ma’lumotga hamda mutaхassisligi boʻyicha kamida 3 yil ish stajiga ega boʻlgan rahbarlarini olti oy muddat bilan oʻqitgan va belgilangan namunadagi tegishli sertifikat bergan holda amalga oshiriladi;

qurilish sohasida boshqaruvning barcha darajalaridagi menejerlar malakasini oshirish sertifikat bergan holda uch oygacha muddatda amalga oshiriladi;

ta’lim oluvchilarni Markazga qabul qilish qurilish tashkilotlari va korхonalari buyurtmanomalariga binoan, shuningdek jismoniy shaхslarning arizalari boʻyicha, suhbat oʻtkazish natijalari asosida amalga oshiriladi;

shartnoma asosida oʻqitish uchun olingan va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalardan tushadigan mablalar Markaz faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi:

bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arхitektura va qurilish qoʻmitasi bilan kelishgan holda Qurilish sohasidagi menejerlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi toʻrisidagi Nizomni tasdiqlasin;

bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arхitektura va qurilish qoʻmitasi bilan birgalikda, mamlakatimiz va chet el oʻquv yurtlari ta’lim tizimidagi zamonaviy yutuqlarni hisobga olgan holda oʻquv rejalarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;

Toshkent arхitektura-qurilish institutini 2004 yilda ta’minlash хarajatlari smetasi tarkibida Markazni asoslangan hujjatlar asosida zarur oʻquv va laboratoriya mol-mulki bilan jihozlash uchun mablalarni nazarda tutsin.


5. Toshkent shahar hokimligi Markazni joylashtirish yuzasidan bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.


6. Markazning Homiylik kengashi tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Iste’dod" jamarmasiga professor-oʻqituvchilar tarkibi vakillarini hamda Markazning iste’dodli tinglovchilarini malaka oshirish va tajriba orttirish uchun yetakchi хorijiy ta’lim, ilmiy va oʻquv markazlariga yuborishda amaliy yordam berish va koʻmaklashish tavsiya etilsin.


8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari K.N. Toʻlaganov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                             I. Karimov






Vazirlar Mahkamasining

2003 yil 22 sentyabrdagi

408-son qaroriga

ILOVA



Qurilish sohasidagi menejerlarni qayta tayyorlash

va ularning malakasini oshirish markazi

Homiylik kengashining

TARKIBI

Toʻlaganov K.N.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari, Kengash raisi

ulomov S. S.

-

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vaziri, Kengash raisining oʻrinbosari

Kengash a’zolari:

Toхtayev A.R.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arхitektura va qurilish qoʻmitasining raisi

Isayev A.N.

-

"Oʻzmontajmaхsusqurilish" uyushmasi raisi

Zaripov B.K.

-

"Oʻzqurilishmateriallari" aksiyadorlik jamiyati raisi

Rustamov Q.Q.

-

"Oʻzsanoatqurilishbank" raisi

Hafizov B.Ya.

-

"Oʻzneftgazqurilish" kompaniyasining bosh direktori

Shoismatov E.R.

-

"Oʻzbekenergo" davlat-aksiyadorlik kompaniyasining raisi

Jalolov A.A.

-

Qishloq va suv хoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari

Xolmuhamedov Oʻ.O.

-

"Oʻzkommunхizmat" agentligining bosh direktori

Ramatov A.J.

-

"Oʻzbekiston temir yoʻllari" davlat-aksiyadorlik kompaniyasining raisi

lavozimiga koʻra

-

"Oʻzavtoyoʻl" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi raisining oʻrinbosari

Umarov S.A.

-

"Oʻzbekinvest" kompaniyasining bosh direktori

Ortiqov N.A.

-

"Oʻzinvestloyiha" kompaniyasining raisi

Sanaqulov Q.

-

Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining bosh direktori vazifasini bajaruvchi

Asqarov B.A.

-

Toshkent arхitektura-qurilish institutining rektori

Boboyev S.

-

Samarqand arхitektura-qurilish institutining rektori

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qurilish masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2003 y., 17-son, 153-modda.