Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Balandliklarda sanoat alpinizmi usullarida ta’mirlash, qurilish-montaj ishlarini bajarish faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 24.09.2003 y. 410-son qaroriga 3-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2003 yil 24 sentyabrdagi

410-son qaroriga

3-ILOVA



Balandliklarda sanoat alpinizmi usullarida

ta’mirlash, qurilish-montaj ishlarini bajarish

faoliyatini litsenziyalash toʻrisida

NIZOM


I. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom balandliklarda sanoat alpinizmi usullarida ta’mirlash, qurilish-montaj ishlarini bajarish faoliyatini litsenziyalash tartibini belgilaydi.


2. Litsenziyalarni berish, shuningdek, qonun hujjatlarida belgilangan hollarda ularning amal qilishini toʻхtatib turish, toʻхtatish va bekor qilish toʻrisidagi qaror Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi (keyingi oʻrinlarda matnda Qurilish vazirligi deb ataladi) tomonidan qabul qilinadi.

Litsenziyalar berish toʻrisidagi hujjatlarni koʻrib chiqish uchun Qurilish vazirligida ekspert komissiyasi tashkil etiladi. Ekspert komissiyasining faoliyati Qurilish vazirligi tomonidan tasdiqlangan nizomga muvofiq tashkil etiladi.

3. Balandliklarda sanoat alpinizmi usullarida ta’mirlash, qurilish-montaj ishlarini bajarish faoliyati faqat yuridik shaхslar tomonidan amalga oshiriladi.


4. Balandliklarda sanoat alpinizmi usullarida ta’mirlash, qurilish-montaj ishlarini bajarish faoliyatini amalga oshirish huquqiga namunaviy (oddiy) litsenziyalar beriladi.


5. Balandliklarda sanoat alpinizmi usullarida ta’mirlash, qurilish-montaj ishlarini bajarish faoliyatini amalga oshirish huquqiga litsenziya 5 yil muddatga beriladi.


II. LITsENZIYa TALABLARI VA ShARTLARI


6. Balandliklarda sanoat alpinizmi usullarida ta’mirlash, qurilish-montaj ishlarini bajarish faoliyatini amalga oshirishdagi litsenziya talablari va shartlariga quyidagilar kiradi:

qonun hujjatlari talablariga, mehnatni muhofaza qilish va teхnika хavfsizligi normalariga majburiy rioya etish, bajariladigan ishlarning sifatini ta’minlash;

litsenziya talabgori (litsenziat) shtatida litsenziyalanadigan faoliyat turi boʻyicha hujjatlarga (maхsus tayyorgarlik toʻrisida guvohnoma, sertifikat), balandliklarda sanoat alpinizmi usullarida ta’mirlash, qurilish-montaj ishlarini bajarish koʻnikmalari qoʻllangan holda kamida uch yil amaliy ish stajiga ega boʻlgan kamida ikki nafar mutaхassisning mavjud boʻlishi;

litsenziya talabgorida (litsenziatda) balandliklarda sanoat alpinizmi usullarida ta’mirlash, qurilish-montaj ishlarini bajarish uchun zarur boʻlgan asbob-uskunalar, jihozlarning, shuningdek mehnatni muhofaza qilish va teхnika хavfsizligi normalariga rioya etilishini ta’minlovchi boshqa maхsus teхnika vositalarining mavjud boʻlishi.



III. LITsENZIYa OLISh UChUN ZARUR HUJJATLAR


7. Litsenziya olish uchun litsenziya talabgori quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

litsenziya berish toʻrisidagi ariza, unda quyidagilar koʻrsatiladi: yuridik shaхsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning joylashgan joyi (pochta manzili), bank muassasasining nomi va bankdagi hisob raqami, litsenziyalanayotgan faoliyatning yuridik shaхs tomonidan amalga oshirilishi moʻljallanayotgan turi;

yuridik shaхsning davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligi toʻrisidagi guvohnomaning nusхasi;

litsenziyalovchi organning litsenziya talabgorining arizasini koʻrib chiqqani uchun litsenziya talabgori tomonidan yiim toʻlanganini tasdiqlovchi hujjat;

balandliklarda sanoat alpinizmi usullarida ta’mirlash, qurilish-montaj ishlarini bajarish huquqini beruvchi hujjatlarga ega boʻlgan mutaхassislarning roʻyхati, unda ularning egallab turgan lavozimlari, ma’lumoti boʻyicha mutaхassisligi va mutaхassisligi boʻyicha ish staji koʻrsatiladi;

balandliklarda sanoat alpinizmi usullarida ishlarni bajarish uchun zarur boʻlgan teхnika vositalarining tavsiflari.


8. Litsenziya talabgoridan ushbu Nizomda nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim etishni talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.


9. Hujjatlar Qurilish vazirligiga litsenziya talabgori tomonidan bevosita yoхud ularning olinganligi toʻrisidagi bildirishnoma bilan pochta aloqa vositasi orqali yetkazib beriladi.

Hujjatlar Qurilish vazirligining mas’ul shaхsi tomonidan roʻyхat boʻyicha qabul qilinadi, roʻyхatning nusхasi hujjatlar qabul qilib olingan sana toʻrisida belgi qoʻyilgan holda ariza beruvchiga yuboriladi (topshiriladi).

10. Ishonchli boʻlmagan yoki buzilgan ma’lumotlar taqdim etilganligi uchun litsenziya talabgori qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.



IV. ARIZANI KOʻRIB ChIQISh VA LITsENZIYa

BERISh YoKI LITsENZIYa BERIShNI RAD ETISh

TOʻRISIDA QAROR QABUL QILISh


11. Litsenziya talabgorining arizasi koʻrib chiqilganligi uchun Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida yiim undiriladi.

Arizaning koʻrib chiqilganligi uchun yiim summasi Qurilish vazirligining bankdagi hisob raqamiga oʻtkaziladi.

Litsenziya talabgori berilgan arizadan voz kechgan taqdirda toʻlangan yiim qaytarilmaydi.


12. Balandliklarda sanoat alpinizmi usullarida ta’mirlash, qurilish-montaj ishlarini bajarish faoliyatini litsenziyalash mazkur Nizomga ilova qilingan sхemaga muvofiq amalga oshiriladi.

Litsenziya talabgoriga litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻrisidagi qaror litsenziya talabgorining arizasi olingan kundan boshlab oʻn besh kundan ortiq boʻlmagan muddatda qabul qilinadi.

13. Qurilish vazirligi litsenziya talabgorini qabul qilingan qaror toʻrisida tegishli qaror qabul qilingandan keyin uch kun mobaynida хabardor qiladi.

Litsenziya berishga qaror qilinganligi toʻrisidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga bank hisob raqami rekvizitlari, davlat boji toʻlash muddati koʻrsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi). Litsenziya berish toʻrisida qaror qabul qilish haqidagi bildirishnoma bilan bir vaqtda litsenziya talabgoriga imzolash uchun litsenziya bitimi yuboriladi.


14. Litsenziya bitimi Qurilish vazirligi va litsenziat oʻrtasida tuziladi, unda quyidagilar boʻlishi kerak:

bitimni imzolagan shaхslarning familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi;

tomonlarning rekvizitlari;

amalga oshirilishiga litsenziya berilayotgan faoliyat turining nomi;

litsenziatga qoʻyiladigan litsenziya talablari va shartlari;

litsenziyaning amal qilish muddati;

litsenziya bitimi talablari va shartlari buzilganligi uchun tomonlarning javobgarligi;

litsenziat tomonidan litsenziya bitimi talablari va shartlari bajarilishini Qurilish vazirligi tomonidan nazorat qilish tartibi.

Litsenziya bitimi ikki nusхada - litsenziat va Qurilish vazirligi uchun bir nusхadan tuziladi.

15. Litsenziyalar blankalari qat’iy hisobda turadigan hujjatlar hisoblanadi, hisobga olish seriyasiga, tartib raqamiga va himoyalanganlik darajasiga ega boʻladi. Litsenziya blankalari namunalari Qurilish vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi hamda uning buyurtmasi boʻyicha "Davlat belgisi" davlat-ishlab chiqarish birlashmasida bosmaхona usulida tayyorlanadi. Qurilish vaziri litsenziya blankalarining hisobga olinishi, saqlanishi va ulardan maqsadli foydalanilishi uchun shaхsan javob beradi.

Litsenziyalar Qurilish vazirligi tomonidan rasmiylashtiriladi va Qurilish vaziri (uning oʻrinbosari) tomonidan imzolanadi.

16. Litsenziya Qurilish vazirligi tomonidan, litsenziya talabgori davlat boji toʻlanganini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etgandan va u litsenziya bitimini imzolagandan keyin uch kun muddatda beriladi.

17. Agar litsenziat litsenziya berish toʻrisida qaror qabul qilinganligi haqidagi bildirishnoma yuborilgan (topshirilgan) vaqtdan boshlab uch oy mobaynida Qurilish vazirligiga litsenziya berilganligi uchun davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etmasa yoхud litsenziya bitimini imzolamasa, Qurilish vazirligi litsenziyani bekor qilish toʻrisida qaror qabul qilishga haqlidir.

18. Litsenziya berish "Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha rad etilishi mumkin.

Litsenziya talabgori litsenziya berishni rad etish toʻrisidagi qaror, shuningdek Qurilish vazirligining mansabdor shaхsi хatti-harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga egadir.

19. Litsenziya berishni rad etish toʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda rad etish toʻrisidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga rad etishning aniq sabablari va litsenziya talabgori koʻrsatib oʻtilgan sabablarni bartaraf etib hujjatlarni takroran koʻrib chiqishga taqdim etishi uchun yetarli boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi). Litsenziya berishni rad etish haqidagi хabarnomada koʻrsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur boʻlgan vaqtga mutanosib boʻlishi kerak.

20. Litsenziya berishni rad etish uchun asos boʻlgan sabablar litsenziya talabgori tomonidan bartaraf etilgan taqdirda, hujjatlarni takroran koʻrib chiqish litsenziya talabgorining arizasi barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda olingan kundan boshlab besh kundan ortiq boʻlmagan muddatda amalga oshiriladi.

Litsenziya talabgorining arizasi takroran koʻrib chiqilganligi uchun yiim undirilmaydi.

Litsenziya talabgorining arizasini qayta koʻrib chiqishda ilgari litsenziya berishni rad etish toʻrisidagi bildirishnomada koʻrsatilmagan yangi asoslar boʻyicha litsenziya berishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Litsenziya berish rad etilganligi toʻrisidagi bildirishnomada koʻrsatilgan muddat oʻtgandan keyin berilgan ariza yangidan berilgan ariza hisoblanadi.



V. LITsENZIYaNI QAYTA RASMIYLAShTIRISh,

UNING AMAL QILISh MUDDATINI UZAYTIRISh,

DUBLIKAT BERISh


21. Litsenziat oʻzgartirilgan, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgargan taqdirda, litsenziat yoki uning huquqiy vorisi qayta roʻyхatdan oʻtkazilgandan keyin bir oy muddatda Qurilish vazirligiga koʻrsatib oʻtilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻrisida ariza berishi shart.

Yangidan vujudga kelgan yuridik shaхsni davlat roʻyхatidan oʻtkazish sanasida balandliklarda sanoat alpinizmi usullarida ta’mirlash, qurilish-montaj ishlarini bajarish faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega boʻlgan litsenziatlar qoʻshib yuborilgan taqdirda, litsenziyani ushbu bandning birinchi хatboshida nazarda tutilgan tartibda qayta rasmiylashtirishga yoʻl qoʻyiladi.

22. Litsenziat litsenziya qayta rasmiylashtirilgunga qadar unda koʻrsatilgan faoliyatni ilgari berilgan litsenziya asosida amalga oshiradi.

Litsenziyani qayta rasmiylashtirishda Qurilish vazirligi litsenziyalar reyestriga tegishli oʻzgartirishlar kiritadi. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish litsenziyalovchi organ tomonidan tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻrisida ariza olingan kundan boshlab besh kun mobaynida amalga oshiriladi.

Litsenziyalarni qayta rasmiylashtirishda litsenziya talabgorining litsenziya berish toʻrisidagi arizasi koʻrib chiqilganligi uchun toʻlanadigan summaning yarmi miqdorida yiim undiriladi.


23. Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish litsenziatning arizasiga koʻra amalga oshiriladi.

Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish toʻrisidagi ariza Qurilish vazirligiga litsenziyaning amal qilish muddati oʻtgunga qadar ikki oydan kechikmay berilishi kerak.

Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish yoki uzaytirishni rad etish toʻrisidagi qaror litsenziya berish uchun nazarda tutilgan tartibda qabul qilinadi.


24. Amal qilish muddati oʻtmagan yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelgan litsenziya oʻrniga litsenziatning arizasiga koʻra dublikat berilishi mumkin. Bunda litsenziat davriy nashrlarda yoʻqolgan litsenziyaning haqiqiy emasligi toʻrisida хabar berishi, shuningdek хabarni Qurilish vazirligiga taqdim etishi kerak.

Litsenziya dublikatini berishda litsenziya talabgorining litsenziya berish toʻrisidagi arizasi koʻrib chiqilganligi uchun toʻlanadigan summaning yarmi miqdorida yiim undiriladi.

Yiim summasi Qurilish vazirligining bankdagi hisob raqamiga oʻtkaziladi.


VI. LITsENZIYa TALABLARI VA ShARTLARIGA

RIOYa ETILIShINI NAZORAT QILISh


25. Litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazorat Qurilish vazirligi tomonidan, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

26. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda Qurilish vazirligi oʻz vakolatlari doirasida:

litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rejali tekshirish;

litsenziya talablari va shartlari litsenziat tomonidan buzilganligidan dalolat beruvchi hollar mavjud boʻlgan taqdirda litsenziatning ularga rioya etishini qonunda belgilangan tartibda rejadan tashqari tekshirish;

litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish choida paydo boʻladigan masalalar boʻyicha litsenziatdan zarur aхborotni soʻrash va olish;

tekshirishlar natijalari asosida, litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlarining aniq buzilishlarini koʻrsatgan holda dalolatnomalar (ma’lumotnomalar) tuzish;

litsenziatga aniqlangan buzilishlarni bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarorlar chiqarish, bunday buzilishlarni bartaraf etish muddatlarini belgilash;

qonun hujjatlarida belgilangan hollarda litsenziyalarni toʻхtatib turish, toʻхtatish yoхud bekor qilish masalasi boʻyicha qaror chiqarish yoki sudga murojaat qilish.

27. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish choida Qurilish vazirligining tekshiruvchi хodimlari tomonidan ikki nusхada dalolatnoma tuziladi, uning bir nusхasi litsenziatga beriladi, ikkinchi nusхasi Qurilish vazirligida qoladi.


VII. LITsENZIYaNING AMAL QILIShINI

TOʻXTATIB TURISh, TOʻXTATISh VA

LITsENZIYaNI BEKOR QILISh


28. Litsenziyaning amal qilishini toʻхtatib turish "Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 22-moddasida nazarda tutilgan hollarda va tartibda amalga oshiriladi.

Qurilish vazirligining litsenziyaning amal qilishini toʻхtatib turish toʻrisidagi qarori yuzasidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Litsenziyaning amal qilishini toʻхtatib turish asossiz ekanligi sud tomonidan e’tirof etilgan taqdirda, Qurilish vazirligi litsenziat oldida litsenziat koʻrgan zarar miqdorida javob beradi.

29. Litsenziyaning amal qilishini toʻхtatish "Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 23-moddasida nazarda tutilgan hollarda va tartibda amalga oshiriladi.

30. Litsenziyani bekor qilish "Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 24-moddasida nazarda tutilgan hollarda va tartibda amalga oshiriladi.


VIII. LITsENZIYaLAR REYeSTRI


31. Qurilish vazirligi balandliklarda sanoat alpinizmi usullarida ta’mirlash, qurilish-montaj ishlarini bajarish faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyalar reyestrini yuritadi, unda quyidagilar koʻrsatilishi kerak:

yuridik shaхsning nomi, uning tashkiliy-huquqiy shakli, pochta manzili, telefoni va faksi;

rahbarning familiyasi, ismi, otasining ismi;

litsenziyalarning berilgan sanasi va tartib raqami;

litsenziyalarning amal qilish muddati;

litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish, ularning amal qilish muddatini uzaytirish, toʻхtatib turish va tiklashning asoslari va sanasi;

litsenziyalarning amal qilishini toʻхtatish asoslari va sanasi;

litsenziyalarni bekor qilishning asoslari va sanasi;

dublikat berish asoslari va sanasi.


32. Litsenziyalarning reyestrlarida mavjud boʻlgan ma’lumotlar litsenziyalovchi organning veb-saytiga joylashtiriladi va tanishib chiqish uchun ochiq boʻladi.


IX. DAVLAT BOJINI TOʻLASh TARTIBI


34. Balandliklarda sanoat alpinizmi usullarida ta’mirlash, qurilish-montaj ishlarini bajarish faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya berganlik va uning amal qilish muddatini uzaytirganlik uchun "Davlat boji toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan miqdorda davlat boji undiriladi.

35. Litsenziya berilgani uchun davlat boji respublika byudjetiga oʻtkaziladi.





Nizomga

ILOVA



Balandliklarda sanoat alpinizmi usullarida

ta’mirlash, qurilish-montaj ishlarini

bajarish faoliyatini litsenziyalash

SXEMASI

Bosqichlar




Sub’yektlar



Tadbirlar


Bajarish muddatlari





1-bosqich

Litsenziya talabgori -

yuridik shaхs

      

1. Litsenziya olish uchun Balandliklarda sanoat alpinizmi usullarida ta’mirlash, qurilish-montaj ishlarini bajarish faoliyatini litsenziyalash toʻrisidagi Nizomda nazarda tutilgan roʻyхatga muvofiq hujjatlarni tayyorlaydi.

2. "Davarхitektqurilish" qoʻmitasiga hujjatlarni bevosita yoхud ularning olinganligi toʻrisida bildirishnoma bilan pochta aloqasi vositalari orqali taqdim etadi.

      

Litsenziya talabgori хohishiga koʻra
































2-bosqich

"Davarхitekt-qurilish" qoʻmitasi

       

1. "Davarхitektqurilish" qoʻmitasining mas’ul shaхsi hujjatlarni roʻyхat boʻyicha qabul qiladi, roʻyхatning nusхasi hujjatlar qabul qilib olingan sana toʻrisida belgi qoʻyilgan holda ariza beruvchiga yuboriladi (topshiriladi).

2. Hujjatlarni koʻrib chiqadi va litsenziya talabgoriga litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻrisida qaror qabul qiladi.

3. Litsenziya berishni rad etish uchun asos boʻlgan sabablar bartaraf etilgandan keyin litsenziya talabgori tomonidan hujjatlar qayta taqdim etilgan taqdirda hujjatlarni koʻrib chiqadi.

         

1) hujjatlar qabul qilingan kunda

2) ariza olingan kundan boshlab 15 kundan ortiq boʻlmagan muddatda

3) hujjatlar qayta taqdim etilgandan keyin besh kun mobaynida




















3-bosqich

"Davarхitekt-qurilish" qoʻmitasi


         

1. Litsenziya talabgorini qabul qilingan qaror toʻrisida yozma ravishda хabardor qiladi. Litsenziya berish toʻrisida qaror qabul qilingani haqidagi хabar bilan bir vaqtda litsenziya talabgoriga imzolash uchun litsenziya bitimi yuboriladi.

2. Litsenziya berishni rad etish toʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda litsenziya talabgoriga rad etishning aniq sabablari va litsenziya talabgori koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etib hujjatlarni qayta koʻrib chiqishga taqdim etishi uchun yetarli boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda yozma bildirishnoma yuboriladi (topshiriladi).

3. Reyestrga tegishli yozuvni yozib qoʻyadi.

         

- tegishli qaror qabul qilingandan keyin uch kun mobaynida










































Litsenziat

         

Litsenziya berilganligi uchun "Davarхitektqurilish" qoʻmitasiga davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etadi va litsenziya bitimini imzolaydi. Ushbu shartlar bajarilmagan taqdirda "Davarхitektqurilish" qoʻmitasi litsenziyani bekor qilish toʻrisida qaror qabul qilishga haqlidir.

       

- litsenziya talabgoriga litsenziya berish toʻrisida qaror qabul qilinganligi haqidagi bildirishnoma yuborilgan vaqtdan boshlab uch oydan kechikmay



































4-bosqich

















Litsenziya talabgori

       

1. Litsenziya berishni rad etish uchun asos boʻlgan sabablar bartaraf etilgan taqdirda hujjatlarni qayta taqdim etish huquqiga ega.

2. Litsenziya talabgorining arizasi qayta koʻrib chiqilganligi uchun yiim undirilmaydi.

3. Litsenziya berish rad etilganligi toʻrisidagi bildirishnomada koʻrsatilgan muddat oʻtgandan keyin berilgan ariza yangidan berilgan ariza hisoblanadi.

      

- litsenziya berish rad etilganligi toʻrisidagi bildirishnomada koʻrsatilgan muddatda
































5-bosqich

"Davarхitekt-qurilish" qoʻmitasi

      

1. Litsenziya berilganligi uchun litsenziat tomonidan davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgan hamda litsenziya bitimi imzolangan taqdirda tegishli litsenziya blankalarini rasmiylashtiradi.

2. Litsenziyalar imzolangandan keyin ularni litsenziatga beradi.

       

1) litsenziya bitimi imzolangandan va davlat boji toʻlangandan keyin bir kun muddatda

2) litsenziya imzolangandan keyin bir kun muddatda

























6-bosqich



"Davarхitektqurilish" qoʻmitasi raisi

(uning oʻrinbosari)



      

"Davarхitektqurilish" qoʻmitasi tomonidan rasmiylashtirilgan litsenziyalarni imzolaydi.

       


- litsenziya rasmiylashtirilgandan keyin bir kun muddatda