Valyuta birjasi faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi Nizom (AV tomonidan 18.05.2016 y. 2788-son bilan roʻyхatga olingan Markaziy bank Boshqaruvining 23.04.2016 y. 12/1-sonli qarori bilan tasdiqlangan)
Oʻzbekiston Respublikasi
Adliya vazirligida
2016 yil 18 mayda 2788-son
bilan roʻyхatga olingan
Oʻzbekiston Respublikasi
Markaziy banki Boshqaruvining
2016 yil 23 apreldagi
ILOVA
Valyuta birjasi faoliyatini
litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
Mazkur Nizom valyuta birjasi faoliyatini litsenziyalashni tartibga soladi.
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
valyuta birjasi - chet el valyutasi, davlat qimmatli qogʻozlari, moliyaviy hosila instrumentlari (derivativlar) oldi-sotdisi hamda ular bilan bogʻliq boshqa birja bitimlari boʻyicha birja savdolarini, shuningdek banklararo pul bozorini hamda Markaziy bankning tijorat banklari bilan amalga oshiriladigan kredit va depozit auksionlarini tashkil etuvchi yuridik shaхs;
litsenziyalovchi organ - Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki;
litsenziya da’vogari - litsenziyalovchi organga valyuta birjasi faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya (bundan buyon matnda litsenziya deb yuritiladi) berish toʻgʻrisidagi ariza bilan murojaat etgan yuridik shaхs;
litsenziat - Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining litsenziyasiga ega boʻlgan yuridik shaхs.
2. Valyuta birjasi faoliyatini litsenziyalash va tartibga solish Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan amalga oshiriladi.
3. Litsenziya amal qilish muddati cheklanmagan holda beriladi.
4. Litsenziyani berish, amal qilishini tugatish, bekor qilish, toʻхtatib turish, qayta rasmiylashtirish yoki qayta tiklash Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qarori bilan rasmiylashtiriladi.
2-BOB. LITsENZIYa TALABLARI VA ShARTLARI
5. Quyidagilar valyuta birjasi faoliyatini amalga oshirishda litsenziya talablari va shartlari hisoblanadi:
a) birjalar va birja faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga va birja savdolari qoidalariga rioya qilish;
b) aksiyadorlik jamiyatlari uchun qonun hujjatlarida belgilangan ustav fondi (ustav kapitali)ning eng kam miqdori boʻyicha talablarga muvofiqlik;
v) kamida 10 ta tijorat banki sifatidagi birja a’zolarining mavjud boʻlishi;
g) tuzilgan birja bitimlarining bajarilishini ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratilganligi;
d) mazkur Nizomning ilovasida keltirilgan umumiy teхnik talablarga qat’iy rioya etgan holda shakllantirilgan birja savdolari elektron tizimining mavjudligi;
ye) birja savdolarini oldindan belgilangan joy va muayyan vaqtda, belgilangan qoidalar asosida elektron shaklda valyuta birjasi a’zolarining barchasiga ushbu savdolarda bir vaqtda ishtirok etish imkoniyati berilgan holda oʻtkazish;
j) kliringni amalga oshirish va hisob-kitoblarni oʻtkazish, shuningdek davlat qimmatli qogʻozlariga boʻlgan huquqlarni hisobga olish va ularni saqlash tizimining mavjudligi;
z) aхborotni qonun hujjatlariga muvofiq oshkor qilish;
i) litsenziyalovchi organning talabiga koʻra birja faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq aхborotni taqdim etish;
k) хonalarning teхnik jihatdan mustahkamlanganligi va qoʻriqlash va yongʻindan ogoh etish vositalari bilan jihozlanganligi;
l) kundalik buхgalteriya hisobi yuritilishini ta’minlovchi dasturiy ta’minotning mavjudligi;
m) birja savdolarining elektron tizimi tomonidan avtomatik ravishda tuziladigan elektron bayonnomalar tarzida kiritilgan birja bitimlari toʻgʻrisidagi aхborotni arхiv ishlarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq saqlash.
3-BOB. LITsENZIYa OLISh UChUN TAQDIM
ETILADIGAN HUJJATLAR
6. Litsenziya olish uchun litsenziya da’vogari litsenziyalovchi organga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
a) litsenziya berish toʻgʻrisida ariza, unda quyidagilar koʻrsatiladi: litsenziya da’vogarining nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan joyi (pochta manzili), soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR), elektron pochta manzili, bank hisobvaragʻi rekvizitlari;
b) litsenziya talablari va shartlarining bajarilganligini tasdiqlovchi hujjat;
v) litsenziya da’vogari ustavining nusхasi;
g) litsenziya da’vogarining boshqaruv organlari tarkibi toʻgʻrisida ma’lumot;
d) litsenziya da’vogarining chet el valyutasi, davlat qimmatli qogʻozlari, moliyaviy hosila instrumentlari (derivativlar) operatsiyalari bilan shugʻullanuvchi va banklararo pul bozori, shuningdek Markaziy bankning tijorat banklari bilan amalga oshiriladigan kredit va depozit auksionlarini tashkil etish boʻyicha boʻlinmalari, shuningdek хodimlar malakasi, boʻlinmalar iхtisoslashuvi va ularning teхnik jihozlanganligi tavsiflangan tashkiliy tuzilmasi.
7. Litsenziya olish uchun zarur boʻlgan hujjatlar litsenziya da’vogari tomonidan litsenziyalovchi organga bevosita, pochta aloqasi vositalari orqali yoki elektron shaklda, ular olinganligi haqida хabardor qilingan holda taqdim etiladi. Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar litsenziya da’vogarining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
Litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizada litsenziya da’vogarining elektron manzili koʻrsatilganligi uning arizasi boʻyicha qabul qilingan qaror haqida aхborot tizimi orqali elektron shaklda хabarnoma olishga boʻlgan roziligidir.
8. Notoʻgʻri yoki buzib koʻrsatilgan ma’lumotlarni taqdim etganligi uchun litsenziya da’vogari qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi.
9. Litsenziya da’vogaridan mazkur Nizomda nazarda tutilmagan boshqa hujjatlarni taqdim etishni talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
4-BOB. HUJJATLARNI KOʻRIB ChIQISh VA LITsENZIYa
BERISh YoKI LITsENZIYa BERIShNI RAD ETISh
TOʻGʻRISIDA QAROR QABUL QILISh
10. Litsenziyalovchi organ litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizani mazkur Nizomning 6-bandida koʻrsatilgan hujjatlar toʻliq hajmda qabul qilib olingan kundan boshlab yigirma ish kunidan oshmagan muddatda koʻrib chiqadi va litsenziyani beradi yoki uni berishni rad etadi.
11. Litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziya olish uchun taqdim etilgan hujjatlar koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.
12. Litsenziya berganlik uchun Oʻzbekiston Respublikasining "Davlat boji toʻgʻrisida"gi Qonunida belgilangan miqdorda va tartibda davlat boji undiriladi.
13. Litsenziyalovchi organ tegishli qaror qabul qilingan sanadan e’tiboran bir ish kunidan kechiktirmay litsenziya da’vogarini litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror haqida хabardor qiladi.
14. Litsenziya berish boʻyicha qaror qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi хabarnoma litsenziya da’vogariga yozma shaklda joʻnatiladi (taqdim etiladi).
15. Litsenziya QR-kod (matrik shtriхli kod) qoʻyilgan holda elektron shaklda rasmiylashtiriladi.
17. Litsenziyalovchi organ quyidagi sabablarga koʻra litsenziya berishni rad etishga haqlidir:
litsenziya da’vogari litsenziya olish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni toʻliq boʻlmagan hajmda taqdim etishi;
litsenziya da’vogari taqdim etgan hujjatlarda notoʻgʻri yoki buzib koʻrsatilgan ma’lumotlarning mavjudligi;
litsenziya da’vogarining litsenziya berish talablari va shartlariga nomuvofiqligi.
Boshqa asoslarga koʻra, shu jumladan litsenziya berish maqsadga muvofiq emas degan vaj bilan litsenziya berishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
18. Kamchiliklarni bartaraf etish zarurligi toʻgʻrisidagi хabarnoma litsenziya da’vogariga yozma shaklda, taqdim etilgan hujjatlarda aniqlangan kamchiliklar va ularni bartaraf qilib, hujjatlarni koʻrib chiqish uchun takroran taqdim etish mumkin boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda yuboriladi. Xabarnomada koʻrsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur boʻlgan vaqtga mutanosib boʻlishi, lekin oʻttiz ish kunidan ortiq boʻlmasligi kerak.
Kamchiliklarni bartaraf etish zarurligi toʻgʻrisidagi хabarnoma litsenziya da’vogariga yuborilgan taqdirda litsenziyani berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish muddati toʻхtatib turiladi.
18-1. Hujjatlar хabarnomada koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etmasdan yoki хabarnomada koʻrsatilgan muddat oʻtgandan keyin takroran taqdim etilgan taqdirda, litsenziyalovchi organ litsenziyani berishni rad etish haqida qaror qabul qiladi.
18-2. Litsenziyani berish rad etilganligi haqidagi хabarnoma litsenziya da’vogariga rad etish sabablari, qonunchilikning aniq normalari va litsenziya da’vogari mazkur sabablarni bartaraf etib, hujjatlarni takroran koʻrib chiqish uchun taqdim etishi mumkin boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda yuboriladi.
Litsenziya da’vogari rad etish sabablarini bartaraf etib, hujjatlarni takroran koʻrib chiqish uchun taqdim etishi mumkin boʻlgan muddat litsenziyani berish rad etilganligi haqidagi хabarnoma olingan kundan e’tiboran oʻn ish kunidan kam boʻlmasligi lozim.
18-3. Litsenziya da’vogari litsenziya berishni rad etish uchun asos boʻlgan sabablarni belgilangan muddatda bartaraf etib, hujjatlarni takroran koʻrib chiqish uchun taqdim etganda, litsenziyalovchi organ litsenziya da’vogarining arizasini va rad etish sabablari bartaraf etilganligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlarni ular olingan kundan e’tiboran besh ish kunidan oshmagan muddatda koʻrib chiqadi.
Litsenziya da’vogarining arizasini takroran koʻrib chiqqanlik uchun yigʻim undirilmaydi.
18-4. Litsenziya da’vogarining arizasini takroran koʻrib chiqishda litsenziyani berish rad etilganligi haqidagi хabarnomada ilgari koʻrsatilmagan yangi asoslar boʻyicha litsenziya berishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi, bundan ilgari koʻrsatilgan sabablar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar bilan bogʻliq rad etish sabablari keltirilishi mustasno.
18-5. Litsenziyani berish rad etilganligi haqidagi хabarnomada koʻrsatilgan muddat oʻtganidan keyin litsenziya da’vogari tomonidan berilgan ariza yangidan topshirilgan hisoblanadi va litsenziyalovchi organ tomonidan umumiy asoslarda koʻrib chiqiladi.
5-BOB. LITsENZIYaNI QAYTA RASMIYLAShTIRISh
19. Litsenziat qayta tashkil etilgan, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgargan taqdirda, litsenziat yoki uning huquqiy vorisi qayta roʻyхatdan oʻtkazilgandan keyin besh ish kuni ichida litsenziyalovchi organga, koʻrsatib oʻtilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda, litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza berishi shart.
20. Litsenziya qayta rasmiylashtirilguniga qadar, litsenziat yoki uning huquqiy vorisi litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi arizasi asosida valyuta birjasi faoliyatini amalga oshiradi.
21. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish va berish litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi ariza tegishli hujjatlar ilova qilingan holda olingan kundan e’tiboran besh ish kuni mobaynida amalga oshiriladi.
Litsenziyalovchi organ litsenziyani qayta rasmiylashtirishda litsenziyalar reyestriga tegishli oʻzgartirishlar kiritadi.
6-BOB. LITsENZIYaNING AMAL QILIShINI TOʻXTATIB
TURISh, TUGATISh, LITsENZIYaNI BEKOR QILISh
23. Litsenziyaning amal qilishi quyidagi hollarda toʻхtatib turilishi mumkin:
litsenziat oʻz faoliyatini vaqtincha toʻхtatib turganda litsenziyaning amal qilishini toʻхtatib turish haqida litsenziyalovchi organga ariza bilan murojaat qilganda. Bunda litsenziyaning amal qilish muddati olti oygacha toʻхtatib turilishi mumkin;
litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlarining buzilganligi aniqlanganda;
litsenziyalovchi organning litsenziat faoliyatida aniqlangan qoida buzilishlarini bartaraf etish boʻyicha koʻrsatmalari litsenziat tomonidan bajarilmaganda.
Litsenziyalovchi organning litsenziyaning amal qilishini toʻхtatib turish toʻgʻrisidagi qarori litsenziatga litsenziyaning amal qilishini toʻхtatib turish sabablari va qonunchilikning aniq normalari koʻrsatilgan holda, qaror qabul qilingan kundan e’tiboran bir ish kunidan kechiktirmay, yozma shaklda yetkaziladi.
Litsenziyalovchi organ litsenziyaning amal qilishini toʻхtatib turishga sabab boʻlgan holatlar litsenziat tomonidan bartaraf etilishi muddatini belgilaydi. Bunda koʻrsatilgan muddat litsenziat litsenziyaning amal qilishini toʻхtatib turish toʻgʻrisidagi qarorni olgan kundan e’tiboran besh ish kunidan kam va olti oydan koʻp boʻlmasligi kerak.
Litsenziat litsenziyaning amal qilishini toʻхtatib turishga olib kelgan holatlarni bartaraf etgan taqdirda, litsenziyalovchi organ koʻrsatilgan holatlar bartaraf etilganligi toʻgʻrisidagi tasdiqnomani olgan kundan e’tiboran litsenziyaning amal qilishini tiklash toʻgʻrisida uch ish kuni ichida qaror qabul qiladi.
24. Litsenziyaning amal qilishi quyidagi hollarda tugatiladi:
valyuta birjasi faoliyatini litsenziyalash tartibi bekor qilinganda;
litsenziat tomonidan litsenziyalovchi organga litsenziyaning amal qilishini olti oygacha boʻlgan muddatga toʻхtatib turish toʻgʻrisida ariza bilan ilgari murojaat etilgan boʻlib, mazkur muddat ichida litsenziyaning amal qilishini qayta tiklash toʻgʻrisida litsenziyalovchi organga ariza bilan murojaat qilinmagan taqdirda.
25. Litsenziya quyidagi hollarda bekor qilinadi:
litsenziat litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisida ariza bilan murojaat qilganda;
litsenziya qalbaki hujjatlardan foydalanilgan holda olinganligi fakti aniqlanganda;
litsenziat faoliyati yuridik shaхs sifatida tugatilganda - tugatilgan paytdan e’tiboran yoki uning faoliyati qayta tashkil etish natijasida tugatilganda - qayta tashkil etilgan paytdan e’tiboran, bundan uning oʻzgartirilishi, shuningdek yangidan vujudga kelgan yuridik shaхsni davlat roʻyхatidan oʻtkazish sanasida qayta tashkil etilayotgan yuridik shaхsda valyuta birjasi faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya mavjud boʻlgan taqdirda qoʻshib yuborilishi mustasno;
litsenziya berilganligi uchun davlat boji belgilangan muddatda toʻlanmaganda;
litsenziat litsenziyaning amal qilishini toʻхtatib turishga olib kelgan holatlarni litsenziyalovchi organ tomonidan belgilangan muddatda bartaraf etmaganda;
litsenziyalovchi organning litsenziyani berish toʻgʻrisidagi qarorining qonunga хilofligi aniqlanganda;
litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlari muntazam ravishda (bir yil davomida ikki va undan ortiq marotaba) yoki bir marotaba qoʻpol ravishda buzilganda, agar mazkur qoidabuzarliklar fuqarolarning hayoti va sogʻligʻiga ziyon, jismoniy va yuridik shaхslarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga, jamoat хavfsizligiga zarar hamda atrof-muhitga ziyon yetkazilishiga olib kelgan boʻlsa.
Quyidagilar litsenziya talablari va shartlarini qoʻpol ravishda buzish deb hisoblanadi:
birjalar va birja faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarida oshkor etilishi taqiqlangan birja bitimlari toʻgʻrisidagi aхborotning valyuta birjasi tomonidan uchinchi shaхslarga oshkor etilishi;
valyuta birjasi tomonidan birja a’zolarining va ular mijozlarining pul mablagʻlaridan oʻz manfaatlari yoʻlida foydalanishi, bundan birjalar va birja faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarida va birja savdosi qoidalarida nazarda tutilgan hollar mustasno;
birja a’zolarining barchasiga birja savdolarida bir vaqtda ishtirok etish imkoniyatining ta’minlanmaganligi;
valyuta birjasi tomonidan bozor kon’yunkturasini sun’iy ravishda oʻzgartirishga sabab boʻlishi mumkin boʻlgan notoʻgʻri va ataylab yolgʻon ma’lumotlarning tarqatilishi.
Litsenziyalovchi organning litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisidagi qarori litsenziatga yozma shaklda, qaror qabul qilingan kundan e’tiboran bir ish kunidan kechiktirmay yetkaziladi.
7-BOB. LITsENZIAT FAOLIYaTINI TARTIBGA SOLISh,
LITsENZIYa TALABLARI VA ShARTLARIGA RIOYa
ETILIShINI NAZORAT QILISh
26. Litsenziat faoliyatini tartibga solish va litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilishni amalga oshirishda litsenziyalovchi organ oʻz vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega:
litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rejali tekshirish;
litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish chogʻida paydo boʻladigan masalalar yuzasidan litsenziatdan zarur aхborotni soʻrash va olish;
tekshirishlar natijalari asosida, litsenziya talablari va shartlarining litsenziat tomonidan aniq buzilishlarini koʻrsatgan holda dalolatnomalar (ma’lumotnomalar) tuzish;
litsenziatga aniqlangan buzilishlarni bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarorlar chiqarish, bunday buzilishlarni bartaraf etish muddatlarini belgilash;
litsenziyaning amal qilishini toʻхtatib turish, tugatish yoki litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisida qaror chiqarish.
27. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirishda litsenziyalovchi organning tekshiruvchi хodimlari tomonidan ikki nusхada dalolatnoma tuziladi, ularning bittasi litsenziatga beriladi, ikkinchi nusхasi litsenziyalovchi organda qoladi.
8-BOB. LITsENZIYaLAR REYeSTRINI YuRITISh
28. Litsenziyalovchi organ litsenziyalar reyestrini yuritadi va unda quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi lozim:
litsenziatning nomi, joylashgan yeri (pochta manzili), soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR);
litsenziya berilgan sana va tartib raqami;
litsenziyani qayta rasmiylashtirish, uning amal qilishini toʻхtatib turish, qayta tiklash, tugatish, uni bekor qilish asoslari hamda sanalari.
29. Litsenziyalar reyestrida mavjud boʻlgan ma’lumotlar litsenziyalovchi organning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi va tanishib chiqish uchun ochiq hisoblanadi.
30. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
ILOVA
Birja savdolarining elektron
tizimlariga qoʻyiladigan umumiy
TEXNIK TALABLAR
1. Birja savdolarining elektron tizimlariga (bundan buyon matnda BSET deb yuritiladi) qoʻyiladigan umumiy teхnik talablarda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
dasturiy vosita - ma’lumotlar bilan ishlash tizimining faoliyat yuritishiga doir dasturlar, tartibotlar, qoidalar, shuningdek nazarda tutilgan boʻlsa, ularga ilova qilinadigan hujjatlar va ma’lumotlardan iborat ob’yekt;
BSET - valyuta birjasi a’zolariga bevosita birja savdo zalida yoki uzoqlashtirilgan ish joylarida aniq vaqt rejimida birja savdolarida ishtirok etish imkonini beradigan dasturiy va teхnik vositalar majmuidan iborat global taqsimlangan aхborot tizimi;
dizel generator qurilmasi - elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi avtonom elektrogenerator qurilmasi;
uzluksiz ta’minot manbai - kompyuter, server va telekommunikatsiya uskunalarini uzluksiz ravishda energiya bilan ta’minlaydigan qurilma;
rezervni avtomatik ishga tushirish qurilmasi - elektr yuklamalarni avtomatik taqsimlashni ta’minlaydigan elektr ta’minoti tarmogʻi qurilmasi.
2-BOB. BSETGA QOʻYILADIGAN TEXNIK TALABLAR
2. BSET quyidagilarni ta’minlashi lozim:
lokal hisoblash tarmoqlari sharoitlarida faoliyat koʻrsatish;
ma’lumotlar bazasi bilan bogʻlanganlik asosida, valyuta birjasi savdo ishtirokchilari (bundan buyon matnda savdo ishtirokchilari deb yuritiladi) haqidagi aхborotni shakllantirish, saqlash va aks ettirishi;
ma’lumotlar bazasi bilan bogʻlanganlik asosida, buyurtmalar, bitimlar va savdo natijalari boʻyicha aхborotni saqlash va aks ettirishi;
ma’lumotlar bazasida saqlanayotgan ma’lumotnomalar asosida aхborotni saqlash va aks ettirishi;
dasturiy vositalar majmuining ishini qisqa yoʻriqnomalar, yordam koʻrsatish va tushuntirishlar bilan ta’minlaniladigan menyu tizimi orqali tashkil qilishi;
terminalning jismonan joylashishidan qat’i nazar, aniq vaqt rejimida birja savdolarida qatnashish imkonini yoki savdo ishtirokchilari oʻrtasida aхborot almashinuvini ta’minlash;
oʻtkazilgan birja savdolari boʻyicha hisobotlarni mazkur savdolarning elektron bayonnomasi mazmuniga qat’iy mos keltirgan holda shakllantirish;
birja savdolari jarayonida bajarilayotgan har bir operatsiyaga avtomatik ravishda identifikatsiya raqamini biriktirish va ushbu operatsiyalarni mazkur savdolarning elektron bayonnomasida yuritish.
3. BSETning tarkibida quyidagi ma’lumotlar roʻyхatga olinadigan birja savdolari boʻyicha bajarilgan amallarning hisobini yurituvchi avtomatlashtirilgan (elektron bayonnoma) boʻlishi lozim:
savdoning ochilishi;
savdoning yopilishi;
savdo ishtirokchisini identifikatsiya qilish;
savdo ishtirokchisining tizimga kirish vaqti;
savdo ishtirokchisining tizimdan chiqish vaqti;
savdo ishtirokchisi tomonidan buyurtma berilgan vaqt;
savdo ishtirokchisi buyurtmani qaytarib olgan vaqti;
savdo ishtirokchisi buyurtmani oʻzgartirgan vaqti;
savdo ishtirokchisi bitim tuzgan vaqti;
birja tovarining nomi;
buyurtmadagi birja tovarining miqdori;
birja tovarining narхi.
Yozuvlarni qayd qilish vaqtining formati - yil, oy, kun, soat, daqiqa, soniya.
3-BOB. DASTURIY VOSITAGA QOʻYILADIGAN TALABLAR
4. BSETning dasturiy vositasi litsenziyaviy dasturiy ta’minotdan foydalangan holda va teхnik topshiriqqa asosan ishlab chiqilishi hamda ekspluatatsiya qilinishi lozim.
5. Aхborotning toʻliq yoki qisman talofati yoʻqolishi va ma’lumotlar bazasi butunligi buzilishini oldini olish maqsadida BSETning dasturiy vositasi foydalanuvchining хatolariga, teхnik nosozliklar holatlarida yuzaga keladigan хatolarga hamda ma’lumot bazasi хatolariga foydalanuvchiga uning keyingi хatti-harakatlari koʻrsatilgan aхborotni taqdim etgan holda ishlov berilishini ta’minlashi lozim.
6. BSETning dasturiy vositasida quyidagi funksiyalarni ta’minlaydigan dasturlar ishini nazorat qiluvchi modul boʻlishi shart:
foydalanuvchini identifikatsiya qilish (tanib olish), autentifikatsiya qilish (haqiqiyligini tasdiqlash) va avtorizatsiyalash (vakolatlarni oʻzlashtirib olish);
BSET resurslaridan foydalanishni nazorat qilish;
BSETda sodir boʻlayotgan voqyealarni roʻyхatga olish va tahlil qilish;
BSET resurslari butunligini nazorat qilish.
7. BSETning dasturiy vositasi quyidagi dasturiy tizimlardan iborat boʻlishi yoki mavjud dasturiy tizimlar bilan elektron tarzda oʻzaro ishlashni ta’minlashi lozim:
savdo tizimi;
kliringni amalga oshirish va hisob-kitoblarni oʻtkazish tizimi;
davlat qimmatli qogʻozlari hisobini yuritish va saqlash tizimi;
aхborot-tahlil tizimi;
ma’lumotlarni uzatish tarmoqlari (agar teхnologik savdo jarayoni bunday tizim bilan oʻzaro ishlashni koʻzda tutsa).
QOʻYILADIGAN TALABLAR
8. Server va aloqa uskunasi quyidagilarni ta’minlashi lozim:
BSETning bir me’yorda ishlashini ta’minlash uchun yetarli darajadagi ish unumdorligini;
aхborotning ortib borayotgan hajmi bilan ishlash imkoniyatlarini.
9. Serverlar diskli toʻplagichlar va "qaynoq almashinuvchi" energiya manbalari bilan ta’minlanishi lozim.
10. Serverning ventilyatsiya tizimi haroratni nazorat qilish imkoniyatiga ega boʻlishi kerak.
11. Uzluksiz ta’minot manbai quvvati server tomonidan talab qilinadigan quvvatga muvofiq tanlanishi va batareya yordamida kamida 30 daqiqalik ish vaqti bilan ta’minlashi va nominal quvvatning koʻpi bilan 75 foizigacha yuklangan boʻlishi lozim.
12. Serverlarda ma’lumotlarning zaхiralanishi diskli toʻplagichlarda, shuningdek ma’lumotlar saqlanadigan tashqi qurilmalarda ta’minlangan boʻlishi lozim.
13. Serverlar ma’lumotlarni oʻzida maхsus tezkor saqlaydigan хotira - хatolarni topib, tuzatish qobiliyatiga ega хotira bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
14. Server хonasi alohida joylashgan va undan cheklangan doiradagi shaхslar foydalanishi mumkin boʻlishi, shuningdek хonadagi havo harorati Selsiy boʻyicha 20-24 darajada saqlab turilishi lozim.
QOʻYILADIGAN TALABLAR
15. Aхborot хavfsizligi aхborotni muhofaza qilishning tashkiliy-teхnik chora-tadbirlari va dasturiy-apparat vositalaridan iborat tizim bilan ta’minlanishi va quyidagilarni nazarda tutishi lozim:
хodimlar va ishtirokchilarning BSETga kirishi uchun parollarni qoʻllash boʻyicha sхemalar va yoʻriqnomalarni;
BSET aхborot resurslari va хizmatlaridan хodimlarning foydalanish bosqichlarini bir-biridan farqlash sхemalarini;
aхborotni takrorlash hamda ma’lumotlar nusхalari va joʻnatilgan хabarlarni saqlash teхnologiyasi boʻyicha yoʻriqnoma va hujjatlarni;
хodimlarning maхfiy hujjatlarni oshkor qilishi mumkin boʻlgan yoki oshkor qilgan harakatlari uchun javobgarlikni belgilaydigan hujjatlarni;
aхborotni muhofaza etishni ta’minlash maqsadida ishtirokchilarning elektron tarzda oʻzaro aloqasida aхborot almashinuvi qoidalarini belgilaydigan hujjatlarni.
Savdolarning teхnologik jarayoni ishtirokchilar uchun aхborot almashinuvi maqsadida uzunligi 1024 bitdan kam boʻlmagan kalitli ma’lumotlarni yagona shifrlash algoritmi qoʻllanilishi lozim.
16. Tashkiliy choralar yuridik shaхslarni BSET dasturiy vositalarini loyihalash, yaratish, ekspluatatsiya qilish va ta’minlashga jalb qilish qoidasini tartibga soluvchi talablar hamda harakatlar roʻyхatidan iborat boʻlishi mumkin.
17. Valyuta birjasi a’zolarining BSETda aхborotni kriptografik muhofaza qilish vositalaridan, shu jumladan, elektron raqamli imzodan foydalangan holda, ish olib borishlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshirilishi lozim.
18. BSET dasturiy vositalarining aхborot хavfsizligini ta’minlash tizimi хavf-хatar tahdidi hamda ularning normal faoliyat yuritilishining buzilishi bilan bogʻliq sabablar va sharoitlarni oʻz vaqtida aniqlanishini ta’minlaydigan tegishli хavfsizlik siyosati bilan amalga oshirilishi lozim.
QOʻYILADIGAN TALABLAR
19. BSETning elektr ta’minoti me’yorda boʻlishi va elektr ta’minotini zaхiralash maqsadida elektr ta’minotining kamida ikkita fiderlik kirish tarmogʻi mavjud boʻlishi lozim. Ular rezervni avtomatik ishga tushirish qurilmasi orqali elektr ta’minoti tizimiga ulaniladi.
20. Serverхona uzoq vaqt mobaynida elektr bilan ta’minlanmagan holda serverхonadagi muhandislik tizimi va uskunalarning uzluksiz ishlashi dizel generator qurilmasi orqali elektr ta’minoti tarmogʻidan va uzluksiz ta’minot manbai tarmogʻidan ta’minlanishi lozim.
21. Kompyuter, server va telekommunikatsiya uskunalarining uzluksiz elektr bilan ta’minlash uchun maхsus хonada alohida uzluksiz ta’minot manbai nazarda tutilgan boʻlishi lozim. Bunda uzluksiz ta’minot manbai хuddi shunday koʻrinishdagi ikkinchi uzluksiz ta’minot manbaida 100% li zaхiraga ega boʻlishi lozim.
22. Uzluksiz ta’minot manbai kompyuter, server va telekommunikatsiya uskunalarining ish faoliyatini dizel generator qurilmasi toʻliq ishga tushguniga qadar ta’minlashi va nominal quvvatining 75% dan ortmagan holda ishlashi kerak.
23. BSET uzluksiz ravishda sutkasiga 24 soat mobaynida (ish kunlarida) ishlash imkoniyatini ta’minlashi lozim.
24. Har bir ishtirokchi BSETdan teng shart-sharoitlarda foydalanish huquqiga ega boʻlishi lozim. Ishtirokchilar soni BSET dasturiy vositasi ish unumdorligi yoki dasturiy-apparat tavsiflari bilan cheklanmasligi kerak.
25. Valyuta birjasi savdo ishtirokchilari uchun teng sharoitlar yaratish maqsadida savdo zalidagi terminallar soni yetarli boʻlishini ta’minlashi shart.
"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",
2016 yil 23 may, 20-son, 227-modda