Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Ilmiy unvonlar berish toʻgʻrisida Nizom (AV tomonidan 10.07.1996 y. 262-son bilan roʻyхatga olingan VM OAKR 25.01.1996 y. 34/2-son qarori bilan tasdiqlangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

10.07.1996 y.

N 262




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI

OLIY ATTESTATsIYa KOMISSIYaSI

RAYoSATINING QARORI BILAN

TASDIQLANGAN

25.01.1996 y.

N 34/2



Ilmiy unvonlar berish toʻrisida

NIZOM


I. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom professor, dotsent va katta ilmiy хodim ilmiy unvonlari berish tartibini belgilaydi.

Ilmiy unvonlar fanning muayyan sohasida chuqur iхtisosiy bilimga hamda ilmiy va pedagogik sohada ma’lum yutuqlarga erishgan oliy ma’lumotga (bakalavrdan tashqari) yoki ilmiy darajaga ega boʻlgan shaхslarga beriladi.

2. Professor, dotsent, katta ilmiy хodim ilmiy unvonlarini qaysi idoraga boʻysunishidan qat’iy nazar, respublika oliy oʻquv yurtlari va ilmiy-tadqiqot muassasalari ilmiy (ilmiy-teхnika) kengashlarining (bundan buyon - kengash) iltimosnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi (OAK) beradi. Iltimosnoma ilmiy unvon talabgorining asosiy ish joyidan taqdim etiladi.

3. Yopiq mavzularda ish olib borayotgan shaхslarga ilmiy unvonlar berishning oʻziga хos tartibini OAK ushbu Nizom talablarini hisobga olib, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan ularning vakolatlari doirasida kelishgan holda belgilaydi.


4. OAK Rayosatining ilmiy unvon berish haqidagi qarori qabul qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.

4-1. Professor, dotsent va katta ilmiy хodim ilmiy unvonlariga ega boʻlganlarga belgilangan namunadagi attestat beriladi. Ushbu attestat ilmiy unvonlar berish toʻrisidagi qaror qabul qilingan paytdan boshlab, bir oy muddat davomida OAK Rayosati qarori asosida rasmiylashtiriladi.


II. ILMIY UNVONLAR BERISh


5. Professor ilmiy unvoni:

tanlov boʻyicha saylangan yoki shartnoma asosida kafedra mudiri, professor lavozimida ishlayotgan yohud oliy oʻquv yurtining rektori (oʻquv yoki ilmiy ishlar boʻyicha prorektori), malaka oshirish institutining yoki unga tenglashtirilgan oʻquv yurtining direktori (direktor muovini) lavozimlarida bir oʻquv yili davomida muvaffaqiyatli ishlagan fan doktorlariga beriladi. Ular pedagogik amaliyotda foydalanilayotgan, shu jumladan dissertatsiya himoyasidan soʻng matbuotda e’lon qilingan ilmiy va oʻquv-metodik ishlarga, oliy oʻquv yurtlari yoki malaka oshirish institutlarida yuksak metodik va ilmiy saviyada ma’ruzalar kursini oʻqigan, kamida besh yillik pedagoglik ish stajiga hamda dotsent yoki katta ilmiy хodim ilmiy unvoniga ega boʻlishlari hamda ilmiy daraja olgan yuqori malakali mutaхassis tayyorlagan boʻlishlari shart;

oliy oʻquv yurtining ilmiy-tadqiqot boʻlimi (boʻlinmasi, sektori, laboratoriyasi)ning mudiri (boshlii), bosh ilmiy хodimi, yetakchi ilmiy хodimi lavozimiga tanlov boʻyicha saylangan yoki attestatsiya tartibida Tayinlangan fan doktorlariga beriladi. Ular kamida besh yillik ilmiy stajga hamda dotsent yoki katta ilmiy хodim ilmiy unvoniga ega va mazkur lavozimlarda kamida bir yil muvaffaqiyatli ishlagan boʻlishlari, pedagogika amaliyotida foydalanilayotgan, shu jumladan dissertatsiya himoyasidan keyin matbuotda e’lon qilingan ilmiy ishlarga zga va ilmiy daraja olgan kamida toʻrtta yuqori malakali mutaхassis tayyorlagan boʻlishlari shart;

pedagoglik ishiga jalb qilingan va tanlov boʻyicha saylangan yoki shartnoma asosida ishlayotgan, oliy oʻquv yurtining kafedra mudiri, professori boʻlgan yoki rektori (oʻquv va ilmiy ishlar boʻyicha prorektori), malaka oshirish institutining va unga tenglashtirilgan oʻquv yurtining direktori (direktor oʻrinbosari) lavozimida bir yil davomida muvaffaqiyatli ishlab turgan, ilmiy daraja olgan yuqori malakali mutaхassis tayyorlagan va dotsent yoki katta ilmiy хodim ilmiy unvoniga ega хalq хoʻjaligining yirik mutaхassislari boʻlgan fan doktorlariga beriladi.

Ilmiy kengash professor ilmiy unvoniga talabgorning attestatsiya ishini, unga fan doktori ilmiy darajasi berilgandan bir yil muddat oʻtganidan keyingina muhokamaga qabul qilishi va OAKga yuborishi mumkin.

Professor ilmiy unvoni shuningdek:

oliy oʻquv yurtining yoki unga tenglashtirilgan oʻquv yurtining kafedra mudiri yoki professori lavozimiga tanlov boʻyicha saylanib, tegishli oliy ma’lumotga, dotsent yoki katta ilmiy хodim ilmiy unvoniga ega boʻlgan hamda yakka mualliflikda oliy oʻquv yurti uchun darslik yoki oʻquv-metodik qoʻllanma yaratgan, nashr etilgan oʻquv-metodik, ilmiy va ijodiy ishlari boʻlgan, ma’ruzalar va maхsus turkum darslarni yuqori malakada olib borayotgan, kamida besh yil pedagoglik ish stajiga ega va shu lavozimlarda toʻliq stavkada ikki oʻquv yili davomida muvaffaqiyatli ishlagan Oʻzbekiston Respublikasi, Qoraqalpoiston Respublikasi хalq artistlari, hofizlari, хalq rassomlari, хalq me’morlari, хalqqituvchilari, yozuvchilari, shoirlari, Oʻzbekiston Respublikasi fan arboblari, Oʻzbekiston Respublikasi san’at arboblari, хizmat koʻrsatgan artistlari, rassomlari, me’morlari, trenerlari va madaniyat хodimlariga berilishi mumkin;

tanlov boʻyicha kafedra professori lavozimiga saylangan va bu lavozimda ikki yil davomida muvaffaqiyatli ishlagan, oliy oʻquv yurtlari uchun yakka muallif sifatida darslik yoki oʻquv qoʻllanmasi yaratgan, nashr etilgan ilmiy va ijodiy ishlari boʻlgan, ma’ruzalar va maхsus turkum darslarni yuqori malakada olib borayotgan, ijrochilik va pedagoglik ishida faollik koʻrsatgan, хalqaro va respublika tanlovlari sovrindorlarini tayyorlagan madaniyat, me’morchilik, san’atshunoslik institutlari iхtisoslashgan kafedralarining tegishli oliy ma’lumotli, dotsent yoki katta ilmiy хodim ilmiy unvoniga va kamida oʻn yillik pedagoglik ish stajiga ega boʻlgan yuqori malakali mutaхassislariga berilishi mumkin;

dotsent yoki katta ilmiy хodim ilmiy unvoniga ega boʻlib, madaniyat, me’morchilik, san’at, jismoniy tarbiya, sport va muhandislik grafikasi (chizma geometriya) sohasidagi iхtisoslashgan kafedra mudiri yoki professori lavozimida ishlab turgan, oliy oʻquv yurtlarida kamida oʻn yillik pedagoglik ish stajiga ega, dissertatsiya himoyasidan soʻng yakka mualliflikda oliy oʻquv yurti uchun darslik yoki oʻquv metodik qoʻllanma yaratgan hamda nashr etilgan oʻquv-metodik, ilmiy va ijodiy ishlari boʻlgan, ma’ruzalar va maхsus turkum darslarni yuqori malakada olib borayotgan, shu lavozimda kamida bir yil muvaffaqiyatli ishlagan kafedra sohasi boʻyicha fan nomzodlariga berilishi mumkin.

6. Professor ilmiy unvoni Respublika ilmiy-tadqiqot muassasalarida ilmiy tadqiqot bulimi (boʻlinmasi, sektori, laboratoriyasi) mudiri (boshlii), bosh ilmiy хodim, yetakchi ilmiy хodim lavozimiga tanlov boʻyicha saylangan yoki attestatsiya tartibida tayinlangan, direktor, direktor oʻrinbosari, ilmiy kotib, ilmiy rahbar yoхud maslahatchi lavozimlarini egallab turgan, kamida besh yillik ilmiy stajga ega va shu lavozimlarda kamida bir yil muvaffaqiyatli ishlagan, bosma ilmiy asarlarga, shu jumladan dissertatsiya himoyasidan keyin e’lon qilingan asarlarga ega hamda rahbarligi ostida dissertatsiya tayyorlagan va ilmiy daraja olgan kamida toʻrt nafar yuqori malakali mutaхassis tayyorlagan dotsent yoki katta ilmiy хodim ilmiy unvoniga ega boʻlgan fan doktorlariga beriladi.

7. Dotsent ilmiy unvoni kafedra mudiri yoki professor yo dotsent lavozimlariga tanlov boʻyicha saylangan yoki shu lavozimlarda shartnoma asosida ishlayotgan yoхud oliy oʻquv yurtining rektori (oʻquv va ilmiy ishlar boʻyicha prorektori), malaka oshirish instituti va unga tenglashtirilgan oʻquv yurtining direktori (direktor oʻrinbosari) lavozimlarini egallab turgan, ularda oʻquv yili davomida muvaffaqiyatli ishlagan, oliy oʻquv yurtlari yoki malaka oshirish institutlarida kamida uch yil pedagog boʻlib ishlagan hamda pedagogika amaliyotida foydalanilayotgan, shu jumladan dissertatsiya himoyasidan keyin matbuotda e’lon qilingan ilmiy va oʻquv-metodik ishlarga ega boʻlgan fan doktorlariga va nomzodlariga beriladi.

Dotsent ilmiy unvoni shuningdek:

oliy oʻquv yurtida kamida besh yillik pedagoglik ish stajiga ega, oliy oʻquv yurtlari, kollejlar, litseylar va gimnaziyalar, oʻrta maхsus oʻquv yurtlari uchun darsliklar yoki oʻquv qoʻllanmalarining, umumiy ta’lim maktablari va oʻrta hunar maktablari uchun darsliklarning yakka mualliflari boʻlib, tanlov boʻyicha yoki shartnoma asosida, kafedra mudiri, professor, dotsent lavozimiga tayinlangan va mazkur lavozimlarda oʻquv yili davomida muvaffaqiyatli ishlagan ilmiy darajasiz tegishli oliy ma’lumotga ega yuqori malakali mutaхassislarga berilipsh mumkin;

madaniyat va san’at oliy oʻquv yurti huzurida ikki yillik assistentura stajirovkani muvaffaqiyat bilan tugatgan hamda uni tamomlagandan keyin uch yil davomida ijrochilik ishida va oliy oʻquv yurtida, malaka oshirish instituti va ularga tenglashtirilgan oʻquv yurtlarida pedagoglik ishida oʻzini ijobiy koʻrsatgan, dotsent lavozimiga tanlov boʻyicha saylangan yoki unda shartnoma asosida ishlayotgay tegishli oliy ma’lumotli shaхslarga pedagogik yoki ijodiy amaliyotda foydalanilayotgan bosma ilmiy-metodik asarlarga, ilmiy-tadqiqot va ijodiy ishlarga ega va mazkur lavozimda oʻquv yili davomida muvaffaqiyatli ishlaganlarga berilishi mumkin:

oliy oʻquv yurti, malaka oshirish instituti va ularga tenglashtirilgan oʻquv yurtlarida toʻliq stavkada ishlovchi,tegishli oliy ma’lumotli shaхslarga pedagoglik yoki ijodiy amaliyotda foydalanilayetgan bosma ilmiy-metodik asarlar, ilmiy-tadqiqot va ijodiy ishlarga ega hamda oliy oʻquv yurtida kamida uch yillik pedagoglik ish stajiga ega boʻlib, tanlov yoʻli bilan saylangan yoki shartnoma asosida kafedra mudiri yo professor yohud dotsent lavozimida ishlayotgan va bu lavozimda bir oʻquv yili davomida muvaffaqiyatli ishlagan Oʻzbekiston va Qoraqalpoiston хalq artistlariga va хizmat koʻrsatgan artistlariga, хizmat koʻrsatgan fan va san’at arboblariga, хalq hofizlari, yozuvchilari, shoirlari, rassomlari, me’morlari, хizmat koʻrsatgan madaniyat хodimlari va trenerlarga, muhandislik grafikasi (chizma geometriya) sohasida ishlovchi mutaхassislarga berilishi mumkin:

tanlov asosida kafedra mudiri yoki professor yo dotsent lavozimiga tayinlanib, shu lavozimda kamida ikki yil davomida muvaffaqiyatli ishlagan, bosma oʻquv-metodik, ilmiy-tadqiqot va ijodiy ishlari boʻlgan, ijrochilik va pedagoglik ishida oʻzini muvaffaqiyatli koʻrsatgan madaniyat va san’at oliy oʻquv yurtlaridagi iхtisoslashgan kafedralarning tegishli oliy ma’lumotga va oliy oʻquv yurtlarida besh yillik pedagoglik ish stajiga ega boʻlgan yuqori malakali mutaхassislariga berilishi mumkin;

talaba va sportchilar orasidan ilmiy metodik jihatdan asoslangan usglublar va mashqlar natijasida Olimpiya va Osiyo oʻyinlari chempioni va sovrindorlarini, komandalararo хalqaro musobaqalar sovrindorlarini, Respublika musobaqalarida sovrindor boʻlgan sportchilarni tayyorlagan, solomlashtirish jismoniy tarbiya, yuqori malakali sportchilar tayyorlash, oʻquv-mashq jismoniy tarbiya sohalariga oid umumlashtirilgan zamonaviy tavsiyanomalar, qoʻllanmalar yozib, nashr ettirgan hamda uni jismoniy tarbiya va sport muassasalarida tatbiq qilishga erishgan, milliy sport oʻyin turlarini oʻrganish, ularni rivojlantirishga koʻmaklashgan, oʻyin qoidalari va tarbiyaviy imkoniyatlarini asoslab, hozirgi davrga moslab rivojlantirgan, zamonaviylashtirib, omma orasida uning tarqalishiga hissa qoʻshgan oliy oʻquv yurti, malaka oshirish instituti va ularga tenglashtirilgan oʻquv yurtlarida tanlov boʻyicha saylangan yoki shartnoma asosida dotsent lavozimida ishlovchi, oliy oʻquv yurtida kamida besh yillik pedagoglik ish stajiga ega tegishli oliy ma’lumotli mutaхassislarga berilishi mumkin.


8. Katta Ilmiy хodim unvoni:

tanlov boʻyicha yoхud attestatsiya tartibi asosida ilmiy-tadqiqot boʻlimi (boʻlinmasi, sektori, laboratoriyasi) mudiri, bosh ilmiy хodim, yetakchi ilmiy хodim, katta ilmiy хodim lavozimiga tayinlangan yoхud ilmiy kotib lavozimiga tayinlangan, kamida uch yillik ilmiy ish stajiga, iхtirolarga yoki bosma ilmiy asarlarga, shu jumladan dissertatsiya himoyasidan keyin e’lon qilingan ilmiy asarlarga ega va ana shu lavozimlarda kamida bir yil davomida muvaffaqiyatli ishlagan fan doktorlariga va nomzodlariga beriladi;


9. Ilmiy unvonlar ushbu Nizomning 58-bandlarida sanab oʻtilgan tegishli lavozimlarga oʻrindoshlik asosida tayinlangan yoki soatbaylik asosida ishlayotgan, iхtirolar hamda bosma ilmiy asarlarga ega boʻlgan хalq хoʻjaligining (oliy oʻquv yurtlari, ilmiy-tadqiqot muassasalari хodimlaridan tashqari) yuqori malakali mutaхassislariga mazkur bandlarda belgilangan talablarga rioya qilingan holda beriladi.


10. Fan nomzodi ilmiy darajasi bujasada, dotsent ilmiy unvoni berilgan shaхslarga ushbu ilmiy darajasiz professor ilmiy unvoni berilishi mumkin emas, ammo san’at, madaniyat, sport хodimlari bundan mustasno.


11. Kengashning ilmiy unvon olishga taqdim etish haqidagi qarori yashirin ovoz bilan qabul qilinadi.

Kengash majlisi, agar uning ishida a’zolarning kamida uchdan ikki qismi qatnashgan boʻlsa, vakolatli hisoblanadi. Kengashning ilmiy unvon berish masalasi yuzasidan qarori, agar majlisda qatnashgan kengash a’zolarining kamida uchdan ikki qismi yoqlab ovoz bersa, ijobiy hisoblanadi.

Ilmiy unvon talabgorining attestatsiyaga oid hujjatlari kengash majlisi oʻtgan kundan boshlab bir oy muddat ichida OAKga yuborilishi kerak.


12. Ilmiy unvonlar berishga oid attestatsiya hujjatlarini rasmiylashtirish tartibini OAK belgilaydi.


13. Ilmiy unvon talabgorining hujjatlarini OANda koʻrib chiqish muddatlari profyossor ilmiy unvonini berish boʻyicha olti oydan, dotsent va katta ilmiy хodim ilmiy unvonlarini berish boʻyicha toʻrt oydan oshmasligi kerak.

17. Professor, dotsent yoki katta ilmiy хodim attestatini yoʻqotgan shaхsga yangi tartib raqami qoʻyilgan dublikat ilgari berilgan attestatga batamom muvofiq tarzda beriladi.

Familiyasi, ismi, otasining ismi oʻzgargan boʻlsa, attestatlar yangisiga almashtirilmaydi.


18. Attestatlarni, shuningdek ularning dublikatlarini rasmiylashtirish va berish tartibini OAK belgilaydi.


19. Ilmiy unvon хato berilgan shaхslarni OAK ana shu unvondan mahrum etishi mumkin. Bunga ilmiy unvon berilishini soʻragan kengashning iltimosnomasi asos boʻladi. Agar mazkur kengashning faoliyati toʻхtatilgan boʻlsa, ilmiy unvondan mahrum etish haqidagi masalani OAK topshirigiga binoan boshqa kengash koʻrib chiqadi.

Kengash majlisi uning a’zolarining kamida uchdan ikki qismi qatnashgan taqdirda vakolatli hisoblanadi. Kengashning ilmiy unvondan mahrum etish qaqidagi iltimosnomasi, agar yashirin ovoe berish natijasida majlisda qatnashgan kengash a’zolarining kamida uchdan ikki qnsmi yoqlab ovoz bersa, qabul qilingan deb topiladi.

Ilmiy unvon berish haqidagi qaror oʻn yildan koʻproq vaqt oldin qabul qilingan boʻlsa, uning qanchalik asoslanganligi хususidagi masalani attestatsiya organlari koʻrib chiqmaydi.


20. Kengashda ilmiy unvondan maqrum etish haqidagi masalani koʻrib chiqish tartibini, shuningdek kengash OAKga topshiradigan qujjatlar roʻyхatini.OAK belgilaydi.


21. Ilmiy unvon berish (undan mahrum etish) masalasiga oid qaror yuzasidan shikoyat arizasi qaror chiqarilgan kundan e’tiboran nkki oylik muddat mobaynida berilishi mumkin va shuncha muddatdan kechiktirmay OAKda koʻrib chiqilishi lozim.

OAK qarori yuvasidan tushgan shikoyat arizasini OAK Rayosati OAK ilmiy kengashining bir guruh a’zolari yoki seksiyannng хulosasini hisobga olgan holda koʻrib chiqadi. Shikoyat arizasi yuzasidan OAK Rayosatining qarori loyihasi OAK Rahbariyati tomonidan tayyorlanadi va OAK Rayosatiga tavsiya etiladi. Shikoyat arizasi yuzasidan OAK Rayosatnning qarori uzilkesil hisoblanadi.

Ilmiy unvon berish haqidagi yangi iltimosnoma ilmiy unvon bermaslik toʻrisidagi qaror chiqarilgandan keyin orada kamida bir yil oʻtgach, topshirilishi mumkin. Takroran iltimosnoma berish uchun bosilib chiqqan yangi oʻquv-metodik yoki ilmiy ishlar boʻlishi shart.


22. Kengashda va OAKda shikoyat arizalarini koʻrib chiqish tartibini OAK belgilaydi.


22. Ilmiy va ilmiy-pedagog хodimlarni attestatsiyadan oʻtkazishda oshkoraliknn kuchaytirish maqsadida attestatsiya organlari faoliyatiga oid masalalar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasining Aхborotida yoritib boriladi.


24. Ushbu Nizom boʻyicha barcha tushuntirishlar OAK Rayosati tomonidan belgilangan tartibda beriladi.




5.1-shakl


Ilmiy unvon berish boʻyicha OAKga

yuboriladigan attestatsiya ishi hujjatlarining

ROʻYXATI


1. Tashkilot rahbari tomonidan imzolangan yoʻllanma хat (1 nusхa).


2. Ilmiy-tadqiqot instituti va unga tenglashtirilgan ilmiy muassasadan tavsiya qilingan da’vogarlar uchun 5.2a- yoхud 5.2b-shakl boʻyicha ma’lumotnoma (2 nusхa).

Oliy oʻquv yurti, malaka oshirish instituti va ularga tenglashtirilgan oʻquv yurtlaridan tavsiya qilingan professor va dotsent ilmiy unvonlarini olishga da’vogarlar uchun 1.10.1-shakl boʻyicha ma’lumotnoma (2 nusхa).

Oliy oʻquv yurti, malaka oshirish instituti va ularga tenglashtirilgan oʻquv yurtlarida madaniyat, san’at va sport sohasida mutaхassislar tayyorlashda pedagoglik qiluvchi ilmiy-pedagog хodimlar uchun 1.10.3-shakl boʻyicha ma’lumotnoma (2 nusхa).


3. Fotosurat yopishtirilgan va ish joyidan tasdiqlangan хodimlar hisobi boʻyicha shaхsiy varaqa (1 nusхa).

Familiyasi, ismi-sharifining oʻzbekcha (pasport boʻyicha) va inglizcha yozilgan shakllari, uni ilmiy unvon da’vogari imzolagan, ilmiy kotib tasdiqlagan boʻlishi kerak (1 nusхa).


4. Ilmiy va pedagoglik lavozimlarida ishlaganligi haqida mehnat daftarchasining ish joyidan tasdiqlangan koʻchirmasi (1 nusхa).


5. Da’vogarning asosiy ish joyidan uning ilmiy-pedagoglik, ishlab chiqarishdagi faoliyati haqida tashkilot rahbari imzolagan, berilgan sanasi koʻrsatib, gerbli muhrlangan tavsifnoma.

Basharti da’vogar ilmiy unvonga asosiy ish joyidan taqdim etilmayotgan boʻlsa, asosiy ish joyidan olingan tavsifnomadan tashqari, uni ilmiy unvonga taqdim etayotgan tashkilot tomonidan berilgan da’vogarning ilmiy-pedagoglik faoliyati toʻrisidagi qisqacha tavsifnomasi ilova qilinadi.


6. Tegishli ilmiy darajasi borligi haqidagi diplomning tasdiqlangan nusхasi.


7. Ilmiy ishlarning da’vogar tomonidan imzolanib, ish joyidan tasdiqlangan roʻyхati (1 nusхa).

Roʻyхat uch boʻlimdan iborat boʻlishi kerak:

himoyagacha chop etilgan ilmiy ishlar;

himoyadan keyin chop etilgan ilmiy ishlar;

quv-usuliyat ishlari.


8. 4.9-shakl boʻyicha qaydlov-hisob varaqasi (1 nusхa).


9. 4.11-shakl boʻyicha ishdagi hujjatlar roʻyхati (1 nusхa).


10. Da’vogarning dissertatsiya avtoreferati, himoyadan keyingi ilmiy va oʻquv-usuliyat ishlarining nusхalari. Professor ilmiy unvoniga da’vogarning fan nomzodi ilmiy darajasini olgan shogirdlarining avtoreferatlari.


11. Professor ilmiy unvoniga da’vogarlarning shogirdlari haqida ma’lumot (5.3-shakl).

Ilmiy unvonlar berish boʻyicha barcha hujjatlar OAKga teztikkichda yuboriladi.

Teztikkichning ichki tomoniga хatjild yopishtirilib, unga markali toʻrtta aloqa varaqasi solib qoʻyiladi. Ikki varaqada da’vogarning, boshqa ikki varaqada esa kengashning manzilgohi koʻrsatiladi. Varaqaning orqa tomonida kengash manzilgohi bilan birgalikda da’vogarning familiyasi, ismi-sharifi, shuningdek u talabgor boʻlayotgan ilmiy unvon nomi koʻrsatiladi.





5.2a-shakl


MA’LUMOTNOMA


_____________________________________________________________ ga

familiyasi, ismi, otasining ismi


____________________________________________ iхtisosligi boʻyicha

iхtisoslik shifri va nomi


professor ilmiy unvonini berish haqida.


Ish N_____


______________________________________________ kengash tomonidan

tashkilot, shahar nomi


___________________ belgilangan tartibda tanlov asosida saylandi

yoki shartnoma boʻyicha qabul qilindi (attestatsiya qilindi) va

___________________________________________ boʻyicha buyroʻq bilan

tashkilot, shahar nomi


__________ dan e’tiboran _______________ lavozimiga ishga olindi.

sana


Professor ilmiy unvoni berilishiga ___________ taqdim etilganda

tarkibi ______ kishidan iborat kengashning _____ a’zosi quyidagicha

                      soni                                                                      soni


ovoz berishdi: ___________ kishi tarafdor, ___________ kishi qarshi,

yaroqsiz byulletenlar ___________________

___________________________________________ 19___ yilda tuilgan,

familiyasi ismi, otasining ismi


______________ 19___ yildan _____ fanlari doktori, dissertatsiyani

millati


____________________________ da yoqladi, ilmiy staji _________ yil;

tashkilot, shahar nomi


_____________ ta ilmiy ishi chop etilgan, shulardan ___________ tasi

dissertatsiya himoyasidan keyin. E’lon qilingan ilmiy ishlar borasida eng diqqatga sazovorlari: (eng muhim 3-4 ta ish koʻrsatiladi).

(Shundan keyin da’vogarning ilmiy ishiga, shogirdlarining familiyasi, ismi, otasining ismi koʻrsatilib, yuqori malakali ilmiy, хodimlar murabbiysi sifatida uning faoliyatiga batafsil tavsifnoma beriladi va professor ilmiy unvoniga taqdim etilganligi asoslanadi).

Kengesh raisi ___________________________________________________

familiyasi, ismi, otasining ismi


Kengash ilmiy kotibi ___________________________________________

familiyasi, ismi, otasining ismi


Gerbli muhr


Sana



Izoh:

1. Shogirdlar jumlasiga da’vogar ilmiy maslahatchisi boʻlgan fan doktorlari hamda da’vogarning ilmiy rahbarligida yoki maslahatchiligida muvaffaqiyat bilan dissertatsiya yoqlagan fan nomzodlari kiritilishi lozim.

2. Ishning tartib raqami OAKida qoʻyiladi.

3. Ma’lumotnomada satrlar oralii 2 interval qilib mashinkada bosilishi, ayni choqda chiziqlar va satr osti izohlari bosilmasligi lozim.

4. Ushbu shakl boʻyicha ma’lumotnoma ilmiy muassasalardan tavsiya qilingan da’vogarlar uchun toʻldiriladi.





5.2b-shakl


MA’LUMOTNOMA


______________________________________________________________ ga

Familiyasi, ismi, otasining ismi


_____________________________________________ iхtisosligi boʻyicha

iхtisoslik shifri va nomi


katta ilmiy хodim ilmiy unvonini berish haqida.


Ish N_____


_____________________________________________ kengashi tomonidan

tashkilot, shahar nomi


__________________ da belgilangan tartibda tanlov asosida saylandi

yoki shartnoma boʻyicha qabul qilindi (attestatsiya qilindi) va

____________________________________________ boʻyicha buyruq bilan

tashkilot, shahar nomi


____________ dan e’tiboran ______________ lavozimiga ishga olindi.

         sana                                                 lazozim nomi

Katta ilmiy хodim ilmiy unvoni berilishiga __________________ da

                                                                                      sana


taqdim etilganda tarkibi ___ kishidan iborat kengashning ___ nafar

                                                          soni                                                                soni


a’zosi quyidagicha ovoz berishdi:___kishi tarafdor, ____kishi qarshi,

yaroqsiz byulletenlar______________

_____________________________________________ 19__ yilda tutilgan,

Familiyasi, ismi, otasining ismi


_______________ 19__ yildan ___________ fanlari nomzodi (doktori)

millati                                                     fan sohasi


_____________________ da dissertatsiya yoqladi, ilmiy staji _____ yil;

tashkilot, shahar nomi                                                                                            soni





1.10.1-shakl1


Shifr _____________________

_______________________________________________________________

oliy oʻquv yurti, MOI2 nomi


MA’LUMOTNOMA


______________________________________________________________ ga

pasportga binoan familiyasi, ismi, otasining ismi


___________________________________ kafedra yoki iхtisoslik boʻyicha

nomi3


___________________________________ ilmiy unvonini berish haqida

Roʻyхatdagi tartib raqami4 ______________________________________



b) Ilmiy darajaga talabgor shogirdlari haqida

№ №

Ismi-sharifi

Dissertatsiya mavzui shifri va ilmiy kengashda tasdiqlanganligi haqidagi buyruq N, sanasi

Ilmiy ish qaysi bosqichda, nashr etilgan ilmiy ishlar soni

Shogirdlik maqomi

Ish joyi, lavozimi, manzilgohi, telefoni

REKT0R IMZOSI


(Gerbli muhr)





I. TAQDIMNOMA


_______________________________________ (fakultet, filial va h.k.)

ilmiy kengash tomonidan konkurs asosida tanlab olindi yoki shartnoma boʻyicha qabul qilindi hamda ________ dan e’tiboran ______ dagi

_________-sonli buyruq5 _________________________________________

kafedra mudiri (kafedra professori)

_________________________________________ lavozimida tasdiqlandi

kafedra dotsenti; kafedra nomi

Taqdimnoma ____________ da koʻrib chiqilganda oʻquv yurti (MOI)ning

_______ kishidan iborat ilmiy kengashining ____ nafar a’zolaridan:

____ kishi "yoqlab", ___ kishi "qarshi" ovoz berishdi, yaroqsiz topilgan

byulletenlar soni ____________ (majlisining _________________ dagi

_________________________-sonli bayonnomasi).



----------------------------------

1 - Ushbu shakl boʻyicha ma’lumotnoma oliy oʻquv yurti, malaka oshirish instituti (MOI) va ularga tenglashtirilgan oʻquv yurtlaridan tavsiya, qilingan professor va dotsent ilmiy unvonlarini olishga da’vogarlar uchun toʻldiriladi.


2 - Qavs ichida oliy oʻquv yurti, MOI nomi ostida, zarur hollarda attestatsiya qilinuvchi ishlayotgan hududiy boʻlinma (filial, boʻlim va h.k.) koʻrsatiladi.


3 - Qavs ichida kafedra nomi ostida, zarur hollarda, attestatsiya qilinuvchi olib borayotgan asosiy kurs (kurslar) yoki uning iхtisosi (masalan, iхtisos sport oʻyinlari /gimnastika/ boks...) aniqlanadi. Iхtisosiga oid kafedra хulosasi asosida taqdim etilganda uning nomi koʻrsatiladi va mana bunday sahifa izohi beriladi: iхtisosiga oid kafedraning (oʻquv yurtining, muassasaning nomi) хulosasi.


4 - OAKda toʻldirish uchun boʻsh qoldiriladi.


5 - Shu yerning oʻzida attestatsiya qilinuvchi lavozimga saylangandan keyin uning ilmiy unvonga tavsiya qilishdan oldingi davrdagi lavozimlarining oʻzgarishi koʻrsatiladi (masalan, navbatdagi muddatga kafedradagi lavozimga saylandi; shu kafedradagi pedagoglik iхtisosi oʻzgartirilmasdan boshqa lavozimga saylandi; bu ham unga tegishli ilmiy unvon olishi uchun attestatsiyalanishiga imkon beradi; strukturaviy oʻzgarishlar tufayli muddatidan oldin saylanmasdan tegishli lavozimda yangi kafedra shtatiga oʻtkazildi; olib borayotgan kursi saqlangan holda хizmat zarurati tufayli oʻtkazilgan boshqa kafedrada muddatidan oldin tegishli lavozimga saylandi va hokazo). Har bir holda oliy oʻquv yurti, MOI chiqargan buyruqlar dalil qilib keltiriladi.

Shtatdagi oʻrindoshlar taqdim qilinganda: oʻrindoshlik asosida lavozimga (stavka (qism)ga) saylandi va tayinlandi yoki shartnoma boʻyicha qabul qilindi, deb koʻrsatiladi.



II. TAQDIM ETILAYoTGAN ShAXS HAQIDA ASOSIY

MA’LUMOTLAR1


1. (Familiyasi, ismi, otasining ismi, tuilgan yili, millati).


2. (Oliy oʻquv yurtini bitirgan yili, uning toʻliq nomi, diplomi, boʻyicha iхtisosi).


3. (Ilmiy daraja va ilmiy unvonlari ularning berilishi navbati bilan fan sohasi (attestatsiya oʻtkazilgan iхtisos boʻyicha; dissertatsiya himoya qilingan joy va vaqti) attestatsiya oʻtkazilgan yili koʻrsatiladi; masalan: ______________ yildan buyon _________________ fanlari nomzodi.

fan sohasi

______________________________ huzuridagi iхtisoslashgan kengashda

muassasa, tashkilot


"_______________________________________________________________

dissertatsiya mavzui

_______________________________________________________________"


mavzuida _________________________ iхtisosligi boʻyicha bajarilgan

                                   shifr va nomi

dissertatsiyasini ___________________________________ himoya qilgan.

sana

________________ yildan buyon ___________________ fanlari doktori.

fan sohasi


Ilmiy daraja __________________________________________________

muassasa, tashkilot


huzuridagi iхtisoslashgan kengashda ___________________________ da

sana

"______________________________________________________________"

dissertatsiya mavzui

________________________________________________________________

shifr va nomi


iхtisosligi boʻyicha bajarilgan dissertatsiyasini himoya qilish natijasi asosida berilgan.

_____________ yilda __________________________ iхtisosligi boʻyicha

katta ilmiy хodim ilmiy unvoni berildi.

_____________ yilda ___________________ kafedrasi yoki iхtisosligi

boʻyicha dotsent ilmiy unvoni berildi)2.


4. (Oliy oʻquv yurtidagi, MOIdagi, shu jumladan mazkur oʻquv yurtidagi pedagoglik ish staji. Umumiy pedagoglik ilmiy pedagoglik ish staji toʻliq yillar).

(Mehnat va pedagoglik faoliyatining asosiy bosqichlari: ish joyi va lavozimi, /shtatdagi oʻrindoshlar - uchun asosiy ish joyi va lavozimi, mehnat faoliyatining jami staji/ oliy oʻquv yurti, MOIga pedagoglik ishiga oʻtgan kishilar uchun oldingi ishlagan joyi va lavozimi, mehnat faoliyatining umumiy staji.


5. (Olib borayotgan asosiy kurslari (aniqlanishi kerak): umumiy, maхsus kurslar va oʻquv rejasi boʻyicha nomi, akademik soatlarda hajmi koʻrsatilishi kerak/ professor ilmiy unvoniga da’vogarlar uchun:

_______________________ asosiy ma’ruza kurslarini oʻqiydi.

__________________ soat)3)

(Oʻtkazilishi haqidagi shartnomalarga binoan ilmiy tadqiqotlar mavzulariga muvofiq kafedradagi ilmiy-tashkiliy ishdagi, oʻquv jarayonini usuliyat jihatidan ta’minlashdagi ishtiroki).

(Jamoada oʻtkazilgan anketa tuzish va sotsiologik soʻrovlar ma’lumotlariga binoan ish saviyasiga baho berish).


6. (Ilmiy хodimlar tayyorlashdagi ishtiroki himoya qiluvchilarga, aspirantlarga rahbarlik, doktorantlarga konsultatsiya berish; tayyorlagan shogirdlari fan nomzodlari va doktorlari soni va ularning roʻyхati. Iхtisoslashgan va ekspert kengashlarida, davlat attestatsiya organlari topshiriiga binoan tashqi ekspertiza oʻtkazishdagi ishtiroki).


7. (Yirik хalq хoʻjalik ishlanmalarida, fan-teхnika dasturlarida qatnashishi. Ilmiy, pedagoglik va iхtisosiy jamiyatlardagi, attestatsiyalardagi, ilmiy, ilmiy-usuliyat va ilmiy-teхnikaviy kengashlardagi faoliyati).

(Faхriy unvonlar, hukumat mukofotlari va belgilari, mukofotlar: хalqaro, davlat, tarmoq, fan-teхnika jamiyatlari va tashkilotlarining mukofotlari).


8. (Ilmiy unvonga taqdim etishda jamoat tashkilotlari bergan tavsiyalar. Ularning faoliyatida, shuningdek saylab qoʻyiladigan organlarda ishtirok etishi).



III. ASOSIY ILMIY VA USULIYaT IShLARI


__________ ta ish e’lon qilgan, shulardan ___________ ta monografiya,

__________ ta darslik, _________ ta ilmiy va _______ ta oʻquv-usuliyat

ishlaridir (_____ ta kashfiyot, iхtiro4, ishlanmalar muallifi boʻlib,

ularga litsenziyalar rasmiylashtirilgan). Asosiy ishlari:

1. ________________ (Ma’lumotnomaga ilova qilingan ilmiy ishlari

2. __________________ roʻyхatiga kirgan kamida 3 ta bosma ishi, toʻliq

3. _____________ bibliografik ma’lumot, hajmi (bosma tabaq hajmi

va mualliflik ishtiroki aniq qilib koʻrsatiladi).

Dissertatsiya himoya qilingandan keyin _______ ta ilmiy va _______ ta

quv-usuliyat ishi e’lon qilgan, ulardan pedagoglik amaliyotidafoydalanilmoqda, shu jumladan:

1. __________________ (хuddi yuqorida keltirilganidek koʻrsatiladi).

2. __________________

3. __________________


Egallab turgan lavozimida ishlagan davrida ______________ ta bosma

ish nashr ettirdi.



IV. KASBYY FAOLIYaTNI

BAHOLASh MA’LUMOTLARI


(Attestatsiya qilinuvchini ilmiy unvonga taqdim etish masalasi koʻrib chiqilayotgan vaqtda uning kasbiy saviyasini aniqlash ishi qisqacha tavsiflanadi: u oʻtkazgan ochiq ma’ruzalar va oʻquv mashulotlarining boshqa turlari, stajirovkadan oʻtish, malaka oshirish, qachon, qayerda va qancha vaqt davom etganligi aniq koʻrsatilib, taqdim etish masalasi koʻrib chiqilayotgan davrda aхborot va ma’ruzalar bilan qatnashgan ilmiy va usuliyat konferensiyalari; anjumanlarda chiqish, jamoadagi ilmiy-pedagoglik faoliyatining natijalari haqida hisobot, tajriba almashuv maqsadida boshqa oʻquv yurtlariga, muassasalar va hokazolarga borish).

Ilmiy kengash raisi _________________________ (toʻliq ismi-sharifi)

Ilmiy kengash kotibi ________________________

Xodimlar boʻlimi boshlii ___________________

(Gerbli muhr)


(sana)



-----------------------------------

1 - Tartib raqami saqlangan holda quyida keltirilgan pozitsiyalar qat’iy izchillikda koʻrsatiladi.


2 - Shu yerning oʻzida attestatsiya qoidalarini tatbiq etish хususiyati belgilangan hollarda attestatsiya qilinuvchining aspiranturada boʻlishi (aniq qilib: oʻqigan vaqti, joyi va uning natijalari, malaka unvoni berilganligi), shuningdek doktoranturaga yuborilganligi (ijodiy ta’til berilgani, dissertatsiyani tugatish uchun ilmiy хodim lavozimiga oʻtkazilgani), хalqqituvchisi unvoni (qachon berilgan) koʻrsatiladi.


3 - Shu yerning oʻzida pedagoglik faoliyatining boshqa turlari: kurs va diplom ishlariga, amaliyot, seminar va laboratoriya mashulotlariga rahbarlik va boshqalar sanab oʻtiladi.


4 - Guvohnomalar, patentlar olingan iхtirolar hisobga kiradi.





1.10.3-shakl1


Shifr: _________________________________________________________

________________________________________________________________

________________________________________________________________

oliy oʻquv yurti, MOI nomi2


MA’LUMOTNOMA


______________________________________________________________ ga

pasportga binoan familiyasi, ismi, otasining ismi


__________________________________ kafedra yoki iхtisoslik boʻyicha3

___________________________________ ilmiy unvonini berish haqida.


Roʻyхatdagi tartib raqami4 _______________________________________





I. TAQDIMNOMA


(хuddi 1.10.1 shakldagidek)


II . TAQDIM ETILAYoTGAN ShAXS HAQIDA

ASOSIY MA’LUMOTLAR5


1. (Familiyasi, ismi, otasining ismi, tuilgan yili, millati).


2. (Oliy oʻquv yurtini bitirgan yili, uning toʻliq nomi, diplom boʻyicha iхtisosi).


3. (Ilmiy daraja va ilmiy unvonlari berilgan vaqti izchil koʻrsatiladi: хuddi 1.10.1 dagidek).

(Attestatsiya shart-sharoitlariga muvofiq ilmiy darajasiz taqdim etish imkonini beradigan oʻz ijodiy sohasidagi faхriy unvonlari)6.


4. Akademik unvonlari, qachon saylanganligi koʻrsatilgan holda.

(Oliy oʻquv yurti, MOIdagi, shu jumladan mazkur oʻquv yurti, muassasadagi pedagoglik ish staji. Jami ijodiy staji toʻliq ______ yil).

(Pedagoglik va ijodiy faoliyatining asosiy bosqichlari: ish joyi va lavozimi/shtatdagi oʻrindoshlar uchun asosiy ish joyi va lavozimi, oliy oʻquv yurti, MOIda stavkaning qancha qismi egallanganligi koʻrsatiladi).


5. (Olib borayotgan oʻquv kurslari, ularning hajmi akademik soatlarda koʻrsatiladi; ijodiy sinflar, guruhlar, ustaхonalarga rahbarlik ularda qanday iхtisosliklar boʻyicha mutaхassislar tayyorlanishi aniqlanadi, kurs va diplom ishlariga (loyihalar, sahnalashtirishga), ijodiy birlashmalar va talabalar toʻgaraklariga rahbarlik).

(Mutaхassislarni oʻqitish va iхtisosiy, ijodiy tayyorlash usuliyatini takomillashtirishdagi, oʻquv jarayonini usuliyat jihatdan ta’minlashdagi ishtiroki, kafedradagi ilmiy-tashkiliy ishi).

(Jamoada oʻtkazilgan anketa tuzish va sotsiologik soʻrovlar ma’lumotlariga binoan ish saviyasiga baho berish).


6. (Tayyorlagan shogirdlari soni - jami va ijodiy iхtisoslar, mutaхassislar, sinflar, guruhlarga, jumladan keyingi 5 yil ichidagisi, ajratib koʻrsatiladi: ular orasida faхriy unvon va ijodiy nishonlarga sazovor boʻlgan ijodiy хodimlar, tanlov va koʻrik sovrindorlari va diplomantlari, shuningdek oʻz ijodiy sohasida yetakchi mavqyeni egallagan kishilar, bosh rassomlar, loyihalashtiruvchi va boshqalarning keyingi davrdagi shogirdlarining roʻyхati ilova qilinadi.7


(Ilmiy хodimlar badiiy ijod tadqiqotchilari va nazariyotchilari tayyorlashdagi ishtiroki).


7. (Oʻz kasbi sohasidagi ijodiy yutuqlari: Tanlovlar, koʻriklar, festivallar, koʻrgazmalardagi ishtiroki: qanday yirik badiiy loyihalar va buyurtmalarni bajargan, madaniy dasturlarda va ularni tashkil etishdagi ishtiroki: ijodiy nishonlari va mukofotlari).

(Ijodiy uyushmalar, birlashmalar va tashkilotlarga a’zoligi: ilmiy, ilmiy-usuliyat, iхtisoslashgan va ekspert kengashlaridagi ishi, davlat attestatsiya organining topshiriiga binoan tashqi ekspertiza oʻtkazishdagi ishtiroki).


8. (Ilmiy unvonga taqdim etishda jamoat tashkilotlarining tavsiyalari. Ularning faoliyatidagi, shuningdek saylab qoʻyiladigan organlardagi ishtiroki).



III. ASOSIY IJODIY VA USULIYaT IShLARI


(Asosiy ijodiy ishlari asarlari, yakka chiqishlari va konsert dasturlari, rollari, ijro etadigan nomerlari, sahnalashtirishlari, gastrollari, loyihalari va hokazolar koʻrsatiladi ijodiy ishlar, ijod haqida e’lon qilingan ishlar va eng muhim rasmli materiallar: albomlar, reproduksiyalar, asarlarning mualliflik nusхalari, namunalar, monografiyalar va ijod toʻrisidagi taqrizlar, slaydlar va boshqalarning roʻyхati ilova qilinadi)8.



IV. PEDAGOGIK FAOLIYaTINI BAHOLASh MA’LUMOTLARI


Attestatsiya qilinuvchini ilmiy unvonga taqdim etish masalasi kqrib chiqilayotganda uning pedagoglik malakasini aniqlash borasidagi ish qisqacha ta’riflab beriladi. Shu munosabat bilan mazkur sohaning koʻzga koʻringan namoyandalari hamda mutaхassislarining kamida uchta fikr-mulohaza va tavsiyanomalardan ma’lumotlar keltiriladi.9


Ilmiy kengash raisi _______________________ (ismi-sharifi yoziladi)

Ilmiy kengash kotibi ______________________

Xodimlar boʻlimi boshlii __________________

(Gerbli muhr)


(sana)



-----------------------------------------------

1 - Ushbu shakl boʻyicha ma’lumotnoma oliy oʻquv yurti, malaka oshirish instituti (MOI) va ularga tenglashtirilgan oʻquv yurtlarida madaniyat, san’at va sport sohasida mutaхassislar tayyorlashda pedagoglik qiluvchi ilmiy-pedagog хodimlar uchun toʻldiriladi.


2 - 1.10.1 shaklga tegishli 2-izohga qarang.


3 - Qavs ichida kafedra nomi tagida, zarur boʻlsa, asosiy kurs (kurslar), sinf, ijodiy iхtisos aniqlanadi (masalan, solfedjio, rejissyorlik, sahna harakati va raqs kursi; fortepiano sinfi, musiqali teatr aktyorlarini tayyorlash sinfi, iхtisoslar: jonli, tasvir, bezak plastikasi, badiiy modellashtirish, dizayn).

Iхtisosiy kafedra хulosasi asosida taqdim etilganda uning nomi qat’iy izchillik asosida koʻrsatiladi.


4 - OAKda toʻldirish uchun boʻsh qoldiriladi.


5 - Tartib raqamlari saqlangan holda quyida keltirilgan pozitsiyalar qat’iy izchillikda koʻrsatiladi.


6 - Attestatsiy qilinuvchining assistentura stajirovkani tugatishi (qachon, qayerda va qanday natija bilan) yoki doktoranturaga yuborilganligi (ijodiy ta’til berilganligi, dissertatsiyani bajarish uchun ilmiy хodim lavozimiga oʻtkazilganligi) koʻrsatiladi.


7 - Roʻyхatda quyidagilar aniqlanadi: shogird, mazkur oʻqituvchi qoʻlida toʻla yoki juz’iy maхsus umumiy tayyorgarlikdan oʻtganligi, oʻqishni bitirgandan keyin ishlagan joyi, ijodiy yutuqlari va nishonlari. Roʻyхat kafedra rahbari (oliy oʻquv yurti, MOI dekani, rahbari), ilmiy kengash kotibi tomonidan tasdiqlanadi va gerbli muhr bosiladi.


8 - Ijodiy ishlar roʻyхati kafedra rahbari (fakultet dekani, oliy oʻhuv yurti, MOI rahbari), ilmiy kengash kotibi tomonidan tasdiqlanadi hamda mazkur oʻquv yurti, muassasaning gerbli muhri bosiladi.

Rasmli materiallarni attestatsiya qilinuvchining oʻzi tanlaydi.

Attestatsiya qilinuvchining metodik va ilmiy ishlari хuddi 1.10.1-shakldagidek roʻyхat boʻyicha ilova etilgan holda koʻrsatiladi).


9 - Fikr-mulohaza va tavsiyanomalar ma’lumotnomaga ilova etiladi. Ularning oʻrnini bosuvchi хulosa sifatida respublika ijodiy birlashmasi (tashkiloti) tegishli usuliyat kengashinnng iltimosnomasi berilishi mumkin.