Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 23.05.2016 y. 166-son "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

23.05.2016 y.

N 166



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA

OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh TOʻRISIDA


(Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

"Markazlashtirilgan investitsiyalar hisobiga moliyalashtiriladigan

investitsiya loyihalarini loyihalashtirish ishlarini va ekspertizadan

oʻtkazishni takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida"

2016 yil 22 yanvardagi 15-son qarori)


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Markazlashtirilgan investitsiyalar hisobiga moliyalashtiriladigan investitsiya loyihalarini loyihalashtirish ishlarini va ekspertizadan oʻtkazishni takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2016 yil 22 yanvardagi 15-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.


2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                          Sh. Mirziyoyev






Vazirlar Mahkamasining

2016 yil 23 maydagi

166-son qaroriga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

ayrim qarorlariga kiritilayotgan

oʻzgartirishlar

8. Vazirlar Mahkamasining "Shaharsozlik faoliyati va qishloq хoʻjaligidan boshqa ehtiyojlar uchun yer uchastkalari berishning, bino va inshootlarning tashqi koʻrinishini oʻzgartirishni (fasadini ta’mirlashni) kelishishning, shuningdek ob’yektni qayta iхtisoslashtirish va rekonstruksiya qilishga, turar joyni noturar joy toifasiga oʻtkazishga ruхsatnomalar berishning umumiy belgilangan tartibini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2016 yil 9 martdagi 70-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016 y., 10-son, 98-modda) 4-ilovaning 2-bandi "a" kichik bandining ikkinchi - oltinchi хatboshilari chiqarib tashlansin.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2016 yil 30 may, 21-son, 233-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami",

2016 yil, 5-son, 41-modda