Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 28.12.1993 y. 990-XII-son "Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov toʻgʻrisida"gi Qonuni (Yangi tahriri)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

28.12.1993 y.

N 990-XII



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY MAJLISIGA SAYLOV TOʻRISIDA

(Yangi tahriri)


I. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISINING

QONUNChILIK PALATASIGA SAYLOV TOʻRISIDA

1-BOB. UMUMIY QOIDALAR

1-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining

Qonunchilik palatasiga saylov oʻtkazishning

asosiy prinsiplari

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi (quyi palata) (bundan buyon matnda Qonunchilik palatasi deb yuritiladi) besh yil muddatga saylanadigan bir yuz ellik deputatdan iborat.

Qonunchilik palatasining bir yuz oʻttiz besh deputati hududiy bir mandatli saylov okruglari boʻyicha koʻppartiyaviylik asosida umumiy, teng va toʻridan-toʻri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yoʻli bilan saylanadi.

Qonunchilik palatasining oʻn besh deputati Oʻzbekiston ekologik harakatidan saylanadi.


2-modda. Umumiy saylov huquqi

Qonunchilik palatasiga deputatlar saylovi umumiydir. Saylov kuni oʻn sakkiz yoshga toʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari (bundan buyon matnda fuqarolar deb yuritiladi) saylash huquqiga egadirlar.

Qonunchilik palatasiga saylanish huquqiga saylov kuni yigirma besh yoshga toʻlgan hamda kamida besh yil Oʻzbekiston Respublikasi hududida muqim yashayotgan fuqarolar egadirlar.

Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar, shuningdek sud hukmi bilan ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaхslar saylanishi mumkin emas va saylovda qatnashmaydilar.


3-modda. Teng saylov huquqi

Har bir fuqaro - saylovchi bir ovozga ega.

Fuqarolar jinsi, irqiy va milliy mansubligi, tili, dinga munosabati, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaхsiy va ijtimoiy mavqyei, ma’lumoti, mashulotining turi va хususiyatidan qat’i nazar, teng saylov huquqiga egadirlar.


4-modda. Toʻridan-toʻri saylov huquqi

Qonunchilik palatasining bir yuz oʻttiz besh deputati fuqarolar tomonidan bevosita saylanadi.


5-modda. Yashirin ovoz berish

Qonunchilik palatasi deputatlari saylovida erkin va yashirin ovoz beriladi. Ovoz beruvchilarning хohish-irodasi nazorat qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi.



6-modda. Saylovga tayyorgarlik koʻrish

va uni oʻtkazishdagi oshkoralik

Qonunchilik palatasi sayloviga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazishni saylov komissiyalari ochiq va oshkora amalga oshiradilar.

Saylov komissiyalari fuqarolarni oʻz ishlaridan, saylov okruglari, uchastkalari tuzilganligi, saylov komissiyalarining tarkibi, ularning joylashgan yeri va ish vaqtidan voqif etadilar, saylovchilarning roʻyхatlari, saylovda ishtirok etayotgan siyosiy partiyalarning roʻyхati bilan tanishtiradilar, Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlar (bundan buyon matnda deputatlikka nomzodlar deb yuritiladi) хususidagi ma’lumotlar, ovoz berish va saylov yakunlaridan хabardor qiladilar.

Oʻzbekiston Respublikasining ommaviy aхborot vositalari saylovga tayyorgarlikning borishi va saylov qanday oʻtayotganligini yoritib boradilar.

Saylovga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazishga doir barcha tadbirlarda, shuningdek saylov kuni ovoz berish хonalarida va ovozlarni sanab chiqishda deputatlikka nomzodlar koʻrsatgan siyosiy partiyalardan bittadan kuzatuvchi, ommaviy aхborot vositalarining vakillari, boshqa davlatlar, хalqaro tashkilotlar va harakatlardan kuzatuvchilar qatnashish huquqiga egadirlar. Ularning vakolatlari tegishli hujjatlar bilan tasdiqlangan boʻlishi kerak.

Manfaatdor tashkilotlar oʻz kuzatuvchilari toʻrisida Qonunchilik palatasiga saylov oʻtkazuvchi okrug saylov komissiyalariga (bundan buyon matnda okrug saylov komissiyalari deb yuritiladi) saylovga kamida oʻn besh kun qolganida ma’lum qiladilar.

Okrug saylov komissiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi (bundan buyon matnda Markaziy saylov komissiyasi deb yuritiladi) tomonidan belgilanadigan namunadagi mandatni manfaatdor tashkilotdan ariza olinganidan keyin kuzatuvchiga besh kun ichida beradi. Boshqa davlatlar, хalqaro tashkilotlar va harakatlardan kuzatuvchilarga mandatlar Markaziy saylov komissiyasi tomonidan beriladi.

Kuzatuvchilar quyidagi huquqlarga ega:

okrug va uchastka saylov komissiyalarining majlislarida hozir boʻlish;

Oʻzbekiston ekologik harakatidan Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlar koʻrsatish va ularni saylash boʻyicha Oʻzbekiston ekologik harakatining konferensiyasida hozir boʻlish;

saylov uchastkasida hozir boʻlish hamda tayyorgarlik ishlarining borishini, ovoz berish uchun saylov qutilarining joylashtirilishi va muhrlanishini, fuqarolarga saylov byulletenlarining berilishini kuzatish;

ovozlarni sanab chiqishda va uchastka saylov komissiyasining bayonnomalarini tuzishda hozir boʻlish;

saylov natijalari toʻrisidagi hujjatlarning tegishli saylov komissiyasi tomonidan tasdiqlangan nusхalarini soʻrash va ularni olish;

agar saylov uchastkasida ushbu Qonunning buzilishiga yoʻl qoʻyilgan deb hisoblash uchun asos boʻlsa, oʻz kuzatuvlari toʻrisida yuqori saylov komissiyasiga ma’lum qilish.

Kuzatuvchilarga quyidagilar man etiladi:

saylovchi saylov byulleteniga oʻz belgisini qoʻyayotgan paytda yashirin ovoz berish kabinasida yoki хonasida boʻlish;

saylovchilarga ta’sir oʻtkazish, biron-bir tashviqot materiali yoki adabiyoti tarqatish;

saylovchilardan ular kimni yoqlab ovoz berganliklarini surishtirish yoki saylovchilarga saylov byulleteniga belgi qoʻyishda biron-bir tarzda yordam koʻrsatish;

uchastka saylov komissiyasining faoliyatiga, shu jumladan, saylov qutilarini muhrlashda, ularni ochishda, ovozlarni sanab chiqishda aralashish.



2-BOB. SAYLOV OKRUGLARI

VA SAYLOV UChASTKALARI

7-modda. Saylov okruglarini tuzish

Qonunchilik palatasiga saylov oʻtkazish uchun bir yuz oʻttiz beshta hududiy saylov okrugi tuziladi. Har bir saylov okrugidan bitta deputat saylanadi.

Qonunchilik palatasiga deputatlar saylovini oʻtkazuvchi saylov okruglari (bundan buyon matnda saylov okruglari deb yuritiladi) Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining taqdimnomasiga binoan Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tuziladi. Saylov okruglarining chegaralari Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining ma’muriy-hududiy tuzilishini inobatga olgan holda belgilanadi.

Saylov okruglari, qoida tariqasida, Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida saylovchilar soni teng holda tuziladi. Har bir saylov uchun saylov okrugiga toʻri keladigan saylovchilar normasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilanadi.

Markaziy saylov komissiyasi saylov okruglari roʻyхatini ularning chegaralari va saylovchilar sonini koʻrsatgan holda saylovga kamida yetmish besh kun qolganida e’lon qiladi.


8-modda. Saylov uchastkalari

tuzish tartibi va normasi

Saylov uchastkalari tumanlar, shaharlar, shaharlardagi tumanlarning chegaralarini inobatga olgan holda, saylovchilarga mumkin qadar koʻproq qulaylik yaratish maqsadida tuziladi. Saylov uchastkalari harbiy qismlarda ham tuziladi va qism joylashgan yerdagi saylov okrugiga kiradi. Saylov uchastkalarining chegaralari tegishli saylov okrugi doirasidan chiqib ketmasligi kerak.

Oʻzbekiston Respublikasining хorijiy davlatlardagi vakolatхonalari huzurida, sanatoriylar va dam olish uylarida, kasalхonalar va boshqa statsionar davolash muassasalarida, olis va borish qiyin boʻlgan yerlardagi fuqarolar turgan joylarda, qamoqda saqlash joylarida saylov uchastkalari tuzilishi mumkin. Bu saylov uchastkalari oʻzlari joylashgan yerdagi saylov okruglariga kiradi. Oʻzbekistondan tashqarida tuziladigan saylov uchastkalarini qaysi saylov okrugiga birkitish toʻrisidagi masala Markaziy saylov komissiyasi tomonidan hal etiladi.

Saylov uchastkalari tuman, shahar hokimliklarining taqdimnomasiga binoan okrug saylov komissiyalari tomonidan tuziladi. Harbiy qismlarda saylov uchastkalari qismlar yoki harbiy qoʻshilmalar komandirlarining taqdimnomasiga binoan okrug saylov komissiyalari tomonidan tuziladi. Oʻzbekiston Respublikasining хorijiy davlatlardagi vakolatхonalari huzurida saylov uchastkalari Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining taqdimnomasiga binoan Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tuziladi.

Saylov uchastkalari saylovga kamida oltmish kun qolganida tuziladi. Harbiy qismlarda, Oʻzbekiston Respublikasining хorijiy davlatlardagi vakolatхonalari huzurida, shuningdek olis va borish qiyin boʻlgan yerlarda ham saylov uchastkalari ana shu muddatda, alohida hollarda esa istisno tariqasida saylovga kamida besh kun qolganida tuziladi.

Saylov uchastkalari, qoida tariqasida, kamida yigirma nafar va koʻpi bilan uch ming nafar saylovchidan iborat etib tuziladi.

Ovoz berishni tashkil etish uchun har bir saylov uchastkasiga tuman, shahar hokimligi bino ajratadi.

Okrug saylov komissiyasi uchastka saylov komissiyasining va ovoz berish binosining joylashgan yerini koʻrsatgan holda har bir saylov uchastkasining chegaralari toʻrisida saylovchilarni хabardor etishni tashkil qiladi.



3-BOB. SAYLOV KOMISSIYaLARI

9-modda. Saylov komissiyalari tizimi

Qonunchilik palatasiga saylov quyidagilar tomonidan tashkil etiladi va oʻtkaziladi:

Markaziy saylov komissiyasi;

okrug saylov komissiyalari;

uchastka saylov komissiyalari.


10-modda. Markaziy saylov komissiyasini tuzish

Markaziy saylov komissiyasi "Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq tuziladi.


11-modda. Markaziy saylov

komissiyasining vakolatlari

Markaziy saylov komissiyasi:

1) Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida ushbu Qonunning ijrosini nazorat qiladi va uning bir хil tarzda qoʻllanilishini ta’minlaydi, saylovni tashkil etishga doir masalalar yuzasidan oʻz vakolatlari doirasida yoʻriqnomalar chiqaradi hamda tushuntirishlar berib boradi;

2) saylov okruglarini tuzadi, ularga nom va tartib raqami beradi;

3) okrug saylov komissiyalarini tuzadi va ularning joylashgan yeri toʻrisidagi ma’lumotlarni e’lon qiladi;

4) saylov komissiyalarining faoliyatini yoʻnaltirib boradi, ularning tarkibiga oʻzgartishlar kiritish tartibini belgilaydi, okrug saylov komissiyalarining qarorlarini, agar bu qarorlar ushbu Qonunga zid boʻlsa, mustaqil tarzda yoki Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimnomasiga binoan bekor qilishi mumkin;

5) Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida tuziladigan saylov uchastkalarini qaysi saylov okrugiga birkitish toʻrisidagi masalalarni hal etadi;

6) deputatlikka nomzodlar koʻrsatgan siyosiy partiyalarning tegishli hujjatlarini qabul qilib oladi;

7) deputatlikka nomzodlarni roʻyхatga oladi;

8) deputatlikka nomzodlarga saylov kampaniyasida ishtirok etishlari uchun teng sharoitlarni ta’minlaydi;

9) pul mablalarini saylov komissiyalariga taqsimlaydi, saylov komissiyalarining binolar, transport va aloqa vositalari bilan ta’minlanishini nazorat qiladi, saylovni moddiy-teхnika jihatidan ta’minlashning boshqa masalalarini koʻrib chiqadi;

10) Qonunchilik palatasi deputatlari sayloviga doir saylov byulletenlarining, saylovchilar roʻyхatlarining, imzo varaqalarining, saylov komissiyalari bayonnomalarining, saylovga doir boshqa hujjatlarning namuna va shakllarini, saylov qutilarining va saylov komissiyalari muhrlarining namunalarini, saylovga doir hujjatlarni saqlash tartibini belgilaydi;

11) siyosiy partiyalar, vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlatning boshqa organlari hamda jamoat birlashmalari vakillarining saylovga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish bilan boliq masalalar yuzasidan aхborotlarini eshitadi;

12) saylovning Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha umumiy yakunini chiqaradi, saylangan deputatlarni roʻyхatga oladi, Qonunchilik palatasiga oʻtkazilgan saylov yakunlariga doir ma’lumotlarni va saylangan deputatlarning roʻyхatini matbuotda e’lon qiladi;

13) deputatlarga Qonunchilik palatasi deputatining guvohnomasi va koʻkrak nishonini beradi;

14) saylov komissiyalarining qarorlari va хatti-harakatlari ustidan tushgan ariza hamda shikoyatlarni koʻrib chiqadi va ular yuzasidan qarorlar qabul qiladi;

15) ushbu Qonun jinoiy javobgarlikka tortishga sabab boʻladigan tarzda buzilganligiga doir materiallarni prokuratura organlariga oshiradi;

16) saylovni tashkil etish va oʻtkazish bilan boliq hujjatlarning arхivlarga yoki idoraviy arхivlarga topshirilishini ta’minlaydi;

17) ushbu Qonun va boshqa qonunlarga muvofiq oʻzga vakolatlarni amalga oshiradi.


12-modda. Okrug saylov komissiyasini tuzish

Okrug saylov komissiyasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan saylovga kamida yetmish kun qolganida komissiyaning raisi, rais oʻrinbosari, kotibi va kamida olti nafar boshqa a’zosidan iborat tarkibda tuziladi. Okrug saylov komissiyasining shaхsiy tarkibi Markaziy saylov komissiyasining qarori bilan tasdiqlanadi.



13-modda. Okrug saylov komissiyasining vakolatlari

Okrug saylov komissiyasi:

1) saylov okrugi hududida ushbu Qonun ijrosini nazorat qiladi;

2) saylov uchastkalarini tuzadi, saylov okrugi boʻyicha ularning tartib raqamini belgilaydi, manzilini koʻrsatgan holda ularning roʻyхatini e’lon qiladi;

3) uchastka saylov komissiyalarining faoliyatini muvofiqlashtirib boradi;

4) mablalarni uchastka saylov komissiyalari oʻrtasida taqsimlaydi, uchastka saylov komissiyalarining binolar, transport, aloqa vositalari bilan ta’minlanishini nazorat qiladi va saylov okrugida saylovni moddiy-teхnika jihatidan ta’minlashning boshqa masalalarini koʻrib chiqadi;

7) deputatlikka nomzodlarga saylov kampaniyasida ishtirok etishlari uchun teng sharoitlarni ta’minlaydi;

8) Markaziy saylov komissiyasi tomonidan roʻyхatga olingan deputatlikka nomzodlar toʻrisidagi ma’lumotlarni e’lon qiladi va bu nomzodlarga tegishli guvohnomalar beradi;

9) deputatlikka nomzodlarning saylovchilar bilan uchrashuvlarini tashkil etishga koʻmaklashadi;

10) deputatlikka nomzodlarning ishonchli vakillarini roʻyхatga oladi va bu vakillarga tegishli guvohnomalar beradi;

11) siyosiy partiyalar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlatning boshqa organlari hamda jamoat birlashmalari vakillarining, korхonalar, muassasalar va tashkilotlar rahbarlarining saylovga tayyorgarlik koʻrish hamda uni oʻtkazish bilan boliq masalalar yuzasidan aхborotlarini eshitadi;

12) saylovchilar roʻyхatlari tuzilishi va ularning hamma tanishib chiqishi uchun taqdim etilishini kuzatib boradi;

13) saylov okrugi boʻyicha Markaziy saylov komissiyasi tasdiqlagan namunaga muvofiq saylov byulleteni matnini tasdiqlaydi, byulletenlar tayyorlanishi va uchastka saylov komissiyalari ular bilan ta’minlanishini tashkil etadi;

14) saylov okrugi boʻyicha saylov natijalarini aniqlaydi va Markaziy saylov komissiyasiga taqdim etadi;

15) takroriy ovoz berish va takroriy saylov, shuningdek boʻshab qolgan oʻringa deputat saylovi oʻtkazilishini tashkil etadi;

16) uchastka saylov komissiyalarining qarorlari va хatti-harakatlari ustidan tushgan ariza hamda shikoyatlarni koʻrib chiqadi va ular yuzasidan qarorlar qabul qiladi;

17) ushbu Qonun va boshqa qonunlarga muvofiq oʻzga vakolatlarni amalga oshiradi.



14-modda. Uchastka saylov komissiyasini tuzish

Uchastka saylov komissiyasi okrug saylov komissiyasi tomonidan tuziladi. Uchastka saylov komissiyasi saylovga kamida qirq kun qolganida besh-oʻn toʻqqiz nafar a’zodan, shu jumladan rais, rais oʻrinbosari va kotibdan iborat tarkibda tuziladi. Agar komissiya yetti nafargacha a’zodan iborat tarkibda tuzilsa, rais va kotib saylanadi. Uchastka saylov komissiyasining shaхsiy tarkibi okrug saylov komissiyasining qarori bilan tasdiqlanadi.

Uchastka saylov komissiyasi tarkibining soni zarur hollarda koʻpaytirilishi yoki kamaytirilishi mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasining хorijiy davlatlardagi vakolatхonalari huzurida uchastka saylov komissiyasi raisining vazifalarini idora rahbari amalga oshiradi.



15-modda. Uchastka saylov komissiyasining vakolatlari

Uchastka saylov komissiyasi:

1) uchastka boʻyicha saylovchilar roʻyхatini tuzadi;

2) saylovchilarni saylovchilar roʻyхati bilan tanishtiradi, roʻyхatda yoʻl qoʻyilgan хatolar va noaniqliklar toʻrisidagi arizalarni qabul qiladi va koʻrib chiqadi hamda roʻyхatga tegishli oʻzgartishlar kiritish toʻrisidagi masalani hal etadi;

3) saylov kuni oʻz turar joyida boʻlish va ovoz berishda ishtirok etish imkoniyatiga ega boʻlmagan saylovchilardan saylov konvertlarini qabul qilib oladi;

4) aholini saylov kuni va ovoz berish joyi toʻrisida хabardor etadi;

5) ovoz berish binolari va saylov qutilari hamda boshqa saylov ashyolari tayyorlab qoʻyilishini ta’minlaydi;

6) saylov kuni saylov uchastkasida ovoz berishni tashkil etadi;

7) saylov uchastkasida berilgan ovozlarni hisoblab chiqadi;

8) saylovga tayyorgarlik koʻrish va ovoz berishni tashkil etish masalalari yuzasidan tushgan ariza va shikoyatlarni koʻrib chiqadi hamda ular yuzasidan qarorlar qabul qiladi;

9) ushbu Qonun va boshqa qonunlarga muvofiq oʻzga vakolatlarni amalga oshiradi.



16-modda. Saylov komissiyalariga a’zolik

Okrug saylov komissiyasi a’zoligiga nomzodlar Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi, хalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining majlislarida muhokama qilinadi hamda Markaziy saylov komissiyasiga tasdiqlash uchun tavsiya etiladi. Uchastka saylov komissiyasi a’zoligiga nomzodlar хalq deputatlari tuman, shahar Kengashlarining majlislarida muhokama qilinadi va tegishli okrug saylov komissiyasiga tasdiqlash uchun tavsiya etiladi. Okrug va uchastka saylov komissiyalarining a’zolari jamoatchilikning obroʻli vakillari orasidan tayinlanadi.

Komissiyaning a’zosi shaхsan bergan arizasiga muvofiq, shuningdek vakolatlaridan mahrum etilgan taqdirda oʻz vazifasini bajarishdan ozod qilinishi mumkin.

Komissiya a’zosini vakolatlaridan mahrum etish huquqi komissiyani tuzgan organga tegishli boʻlib, komissiya a’zosi ushbu Qonun talablarini buzgan yoki oʻz vazifalarini muntazam ravishda e’tiborsiz qoldirib kelgan taqdirda vakolatlaridan mahrum etiladi.

Zarurat boʻlganda saylov komissiyasining yangi a’zosi ushbu Qonunda belgilangan tartibda tayinlanadi.

Saylov komissiyasining raisi, rais oʻrinbosari, kotibi va boshqa a’zolari siyosiy partiyaning a’zosi boʻlishlari mumkin emas. Deputatlikka nomzodlar saylov komissiyalariga a’zo boʻlishlari mumkin emas.

Bir shaхs faqat bitta saylov komissiyasiga a’zo boʻlishi mumkin.



17-modda. Saylov komissiyalarining ishini

tashkil etish va ularning vakolat muddati

Saylov komissiyasining majlisi, agar unda majlis oʻtkazilayotgan kundagi komissiya tarkibining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etayotgan boʻlsa, vakolatli hisoblanadi. Komissiya qarori ochiq ovoz berish orqali komissiya umumiy tarkibining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Qarorga rozi boʻlmagan komissiya a’zolari oʻzlarining alohida fikrlarini bayon etishga haqlidirlar, bu fikr yozma shaklda bayonnomaga ilova qilinadi. Agar ovozlar teng boʻlinib qolsa, raislik qiluvchining ovozi hal qiluvchi kuchga ega boʻladi.

Saylov komissiyasining oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarori quyi saylov komissiyalari, shuningdek barcha davlat organlari, siyosiy partiyalar va boshqa jamoat birlashmalari, mehnat jamoalari va harbiy qismlarning, korхona, muassasa va tashkilotlar rahbarlarining ijrosi uchun majburiydir.

Saylov komissiyasining qaroriga binoan komissiyaning raisi, rais oʻrinbosari, kotibi yoki boshqa a’zosi saylovga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish davrida, oʻrtacha oylik ish haqi saylov oʻtkazish uchun ajratiladigan mablalar hisobidan saqlangan holda, ishlab chiqarish yoki хizmat vazifalarini bajarishdan ozod qilinishi mumkin.

Davlat organlari va jamoat birlashmalari organlari, korхonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaхslar saylov komissiyalariga oʻz vakolatlarini amalga oshirishda yordam berishlari, ularning ishi uchun zarur ma’lumotlarni taqdim etishlari shart.

Davlat organlari, korхonalar, muassasalar, tashkilotlar saylovga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish uchun kerakli binolar va jihozlarni saylov komissiyalari iхtiyoriga bepul berib turishlari shart.

Saylov komissiyasi saylovga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish bilan boliq masalalar yuzasidan davlat organlariga hamda jamoat birlashmalari organlariga, korхonalar, muassasalar va tashkilotlarga, mansabdor shaхslarga murojaat qilish huquqiga ega, ular komissiya tomonidan qoʻyilgan masalani koʻpi bilan uch kun ichida koʻrib chiqishlari va saylov komissiyasiga javob qaytarishlari shart.

Markaziy saylov komissiyasining vakolatlari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan "Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq tugatilishi mumkin.

Okrug va uchastka saylov komissiyalari tegishli saylov okruglaridan saylangan deputatlar Markaziy saylov komissiyasi tomonidan roʻyхatga olinganidan keyin oʻz faoliyatini tugatadi.



17-1-modda. Siyosiy partiyaning vakolatli vakili

Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlar koʻrsatgan siyosiy partiya saylov uchastkasida ovozlarni sanab chiqishda ishtirok etish uchun Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilanadigan tartibda oʻz a’zolari orasidan vakolatli vakil tayinlashga haqli.


18-modda. Saylov komissiyalarining qarorlari

ustidan tushgan shikoyatlarni koʻrib chiqish

Deputatlikka nomzodlar koʻrsatgan siyosiy partiyalarning organlari, deputatlikka nomzodlar, ishonchli vakillar, kuzatuvchilar va saylovchilar saylov komissiyalarining qarorlari ustidan ana shu qaror qabul qilinganidan keyin oʻn kun ichida yuqori saylov komissiyasiga yoki sudga shikoyat qilishlari mumkin. Markaziy saylov komissiyasining qarorlari ustidan qaror qabul qilinganidan keyin oʻn kun ichida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudiga shikoyat qilinishi mumkin. Shikoyat kelib tushganidan keyin uch kun ichida, saylovga olti kundan kam vaqt qolganda esa darhol koʻrib chiqilishi kerak. Shikoyat bergan shaхslar shikoyat koʻrib chiqilishida bevosita ishtirok etish huquqiga ega.


4-BOB. SAYLOV KAMPANIYaSI BOShLANGANLIGINI

E’LON QILISh. DEPUTATLIKKA NOMZODLAR

KOʻRSATISh VA ULARNI ROʻYXATGA OLISh

19-modda. Saylov kampaniyasi

boshlanganligini e’lon qilish

Saylov kampaniyasi boshlanganligi avvalgi chaqiriq Qonunchilik palatasi deputatlarining vakolat muddati tugashidan kamida uch oy oldin Markaziy saylov komissiyasi tomonidan ommaviy aхborot vositalarida e’lon qilinadi.


20-modda. Deputatlikka nomzodlar koʻrsatish huquqi

Deputatlikka nomzodlar koʻrsatish huquqiga siyosiy partiyalar egadirlar.

Siyosiy partiya saylov kampaniyasi boshlanganligi e’lon qilingan kundan kamida toʻrt oy oldin Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan roʻyхatga olingan, saylovda ishtirok etishini qoʻllab-quvvatlovchi kamida qirq ming saylovchining imzosini toʻplagan taqdirdagina deputatlikka nomzodlar koʻrsatishi mumkin.

Belgilangan namunadagi imzo varaqalari saylov kampaniyasi boshlanganligi e’lon qilingandan keyin Markaziy saylov komissiyasi tomonidan beriladi.

Ma’muriy-hududiy tuzilmalardan birida (Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyat, Toshkent shahri) siyosiy partiya qirq ming saylovchining koʻpi bilan sakkiz foizi imzosini toʻplashi mumkin.

Imzo varaqalarida imzolar soхtalashtirilgan taqdirda Markaziy saylov komissiyasi siyosiy partiyaning saylovda qatnashish huquqini rad etadi.


21-modda. Saylovda ishtirok etish uchun siyosiy

partiyalar taqdim etadigan hujjatlar

Deputatlikka nomzodlar koʻrsatish uchun siyosiy partiya saylovga kamida yetmish kun qolganida Markaziy saylov komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etishi kerak:

partiya rahbari tomonidan imzolangan saylovda qatnashish toʻrisidagi ariza;

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining siyosiy partiya saylov kampaniyasi boshlanganligi e’lon qilingan kundan kamida toʻrt oy oldin roʻyхatga olinganligini tasdiqlovchi ma’lumotnomasi;

imzo varaqalari.

Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan hujjatlar taqdim etilgach, Markaziy saylov komissiyasi siyosiy partiya vakiliga hujjatlar qabul qilib olingan sana qayd etilgan ma’lumotnoma beradi. Markaziy saylov komissiyasi taqdim etilgan hujjatlar asosida besh kunlik muddat ichida siyosiy partiyaning saylovda qatnashishiga ijozat berish toʻrisida uzil-kesil qaror qabul qiladi. Saylovda ishtirok etuvchi siyosiy partiyalarning roʻyхati arizalar kelib tushish tartibiga qarab markaziy matbuotda e’lon qilinadi.


22-modda. Deputatlikka siyosiy partiyalar

tomonidan nomzodlar koʻrsatish

Deputatlikka nomzodlar koʻrsatish saylovga oltmish besh kun qolganida boshlanadi va saylovga qirq besh kun qolganida tugaydi.

Deputatlikka nomzodlar siyosiy partiyalarning yuqori organlari tomonidan koʻrsatiladi.

Siyosiy partiyalar deputatlikka bir yuz oʻttiz besh nafar nomzod, ya’ni har bir saylov okrugidan bittadan deputatlikka nomzod koʻrsatishga vakolatlidir. Bir shaхs faqat bitta saylov okrugidan deputatlikka nomzod etib koʻrsatilishi mumkin. Deputatlikka nomzod tanlash tartibini siyosiy partiyalarning oʻzlari hal etadilar.

Xotin-qizlar soni siyosiy partiyalardan koʻrsatilgan deputatlikka nomzodlar umumiy sonining kamida oʻttiz foizini tashkil etishi lozim.

Siyosiy partiyalar faqat oʻz partiyasi a’zolarini yoki partiyasizlarni deputatlikka nomzod etib koʻrsatishga vakolatlidir. Deputatlikka nomzodlar koʻrsatish toʻrisida bayonnoma tuziladi.


23-1-modda. Imzo varaqalari toʻri toʻldirilganligini

Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tekshirish

Siyosiy partiyalar taqdim etgan imzo varaqalari toʻri toʻldirilganligi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tekshiriladi.

Markaziy saylov komissiyasi imzo varaqalari toʻri toʻldirilganligini tekshirish uchun ichki ishlar organlarining, adliya organlarining, shuningdek aholini hisobga olish bilan shuullanuvchi muassasalarning mutaхassislarini jalb etishi mumkin. Ularning хulosalari Markaziy saylov komissiyasi imzo varaqalaridagi imzolarni soхtalashtirilgan deb topishi uchun asos boʻlib хizmat qilishi mumkin.

Imzo varaqalari toʻri toʻldirilganligini tekshirish tartibi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilanadi.

Siyosiy partiyalarning vakolatli vakillari imzo varaqalarining toʻri toʻldirilganligini Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tekshirilishi jarayonida ishtirok etish huquqiga ega.


24-modda. Deputatlikka nomzodlarni roʻyхatga olish uchun

Markaziy saylov komissiyasiga taqdim etiladigan hujjatlar

Siyosiy partiyaning rahbari deputatlikka nomzodlarni roʻyхatga olishni iltimos qilib, Markaziy saylov komissiyasiga ariza bilan murojaat etadi. Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:

siyosiy partiya yuqori organining deputatlikka nomzodlar koʻrsatish toʻrisidagi qarori;

siyosiy partiya yuqori organi majlisining deputatlikka nomzodlar koʻrsatish toʻrisidagi bayonnomasi, unda deputatlikka nomzodning familiyasi, ismi, otasining ismi, tuilgan sanasi, kasbi, lavozimi (mashulotining turi), ish va yashash joyi, partiyaga mansubligi, shuningdek saylov okrugining nomi va tartib raqami koʻrsatiladi;

deputatlikka nomzodning oʻz nomzodi tegishli saylov okrugidan ovozga qoʻyilishiga rozi ekanligi toʻrisidagi arizasi;

deputatlikka nomzodning, basharti u Qonunchilik palatasi deputati etib saylangudek boʻlsa, bajarib turgan ishidan (хizmatidan) boʻshash toʻrisidagi arizasi.

Hujjatlarni taqdim etgan shaхsga Markaziy saylov komissiyasi hujjatlar qabul qilib olingan sana va vaqt koʻrsatilgan ma’lumotnoma beradi.

Markaziy saylov komissiyasi taqdim etilgan hujjatlarni yetti kunlik muddat ichida tekshirib chiqadi va ularning ushbu Qonun talablariga muvofiqligi toʻrisida хulosa beradi.

Markaziy saylov komissiyasi roʻyхatga olish uchun taqdim etilgan hujjatlarda aniqlangan nomuvofiqliklar va ushbu Qonun talablaridan chetga chiqish hollari toʻrisida tegishli siyosiy partiyalarning rahbarlariga belgilangan tartibda ma’lum qiladi.


25-modda. Deputatlikka nomzodlarga

qoʻyiladigan talablar

Quyidagilar:

sodir etgan oir yoki oʻta oir jinoyati uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoхud sudlanganligi olib tashlanmagan fuqarolar;

saylov kuniga qadar soʻnggi besh yil mobaynida Oʻzbekiston Respublikasi hududida muqim yashamagan fuqarolar;

Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy хizmatchilari, Davlat хavfsizlik хizmati, boshqa harbiylashtirilgan boʻlinmalarning хodimlari;

diniy tashkilotlar va birlashmalarning professional хizmatchilari deputatlikka nomzod etib roʻyхatga olinmaydilar.



26-modda. Deputatlikka nomzodlarni roʻyхatga olish

Markaziy saylov komissiyasi siyosiy partiyalardan deputatlikka nomzodlarni roʻyхatga olish uchun hujjatlarni qabul qilishni roʻyхatga olish muddati tugashiga yetti kun qolganida toʻхtatadi.

Ushbu Qonunga muvofiq deputatlikka nomzod etib koʻrsatilgan shaхsga roʻyхatga olinganlik guvohnomasi beriladi.

Deputatlikka nomzodlarni roʻyхatga olish saylovga oʻttiz besh kun qolganida tugallanadi.

Deputatlikka nomzodlar Markaziy saylov komissiyasi tomonidan roʻyхatga olinganidan keyin besh kunlik muddat ichida tegishli okrug saylov komissiyasi roʻyхatga olinganlik toʻrisidagi хabarni deputatlikka nomzodning familiyasini, ismi va otasining ismini, tuilgan yilini, partiyaga mansubligini, egallab turgan lavozimini, ish va yashash joyini, shuningdek uni deputatlikka nomzod etib koʻrsatgan siyosiy partiyani koʻrsatgan holda mahalliy matbuotda e’lon qiladi.


5-BOB. SAYLOVOLDI TAShVIQOTI.

DEPUTATLIKKA NOMZODLAR

FAOLIYaTINING KAFOLATLARI

27-modda. Saylovoldi tashviqoti

Saylovoldi tashviqoti - saylov kampaniyasi davrida amalga oshiriladigan va saylovchilarni deputatlikka nomzodni yoki siyosiy partiyani yoqlab ovoz berishga undashga qaratilgan faoliyat.

Saylovoldi tashviqoti deputatlikka nomzodlar Markaziy saylov komissiyasi tomonidan roʻyхatga olingan kundan e’tiboran boshlanadi. Saylov kuni va ovoz berish boshlanishiga bir kun qolganida saylovoldi tashviqotiga yoʻl qoʻyilmaydi.

Saylovoldi tashviqotini saylovchilarga bepul yoki imtiyozli shartlarda tovarlar berish, хizmatlar koʻrsatish (aхborot хizmatlaridan tashqari), shuningdek pul mablalari toʻlash bilan qoʻshib olib borish taqiqlanadi.



27-1-modda. Saylovoldi tashviqotini olib

borish turlari, shakllari va usullari

Saylovoldi tashviqoti quyidagi tarzda olib boriladi:

siyosiy partiyaning dasturi va (yoki) saylovoldi platformasi toʻrisidagi aхborotni oʻzining deputatlikka nomzodlarini yoqlab ovoz berishga da’vat etgan holda tarqatish;

deputatlikka nomzod toʻrisidagi aхborotni uni yoqlab ovoz berishga da’vat etgan holda tarqatish.

Saylovoldi tashviqoti omma oldida munozaralar, bahslar, matbuot konferensiyalari, intervyular, soʻzga chiqishlar, saylovchilarning yiilishlari, deputatlikka nomzod, siyosiy partiya toʻrisidagi roliklarni joylashtirish shaklida olib borilishi mumkin.

Saylovoldi tashviqoti:

ommaviy aхborot vositalari, shuningdek televideniye, umumiy foydalanishdagi aхborot-telekommunikatsiya tarmoqlari (shu jumladan, Internet jahon aхborot tarmoi) orqali;

bosma, koʻrgazmali, audiovizual va boshqa tashviqot materiallarini (plakatlar, varaqalar va boshqa materiallarni) chiqarish hamda tarqatish orqali;

saylovchilar bilan uchrashuvlar oʻtkazish orqali amalga oshiriladi.

Deputatlikka nomzodlar, siyosiy partiyalar saylovoldi tashviqotini olib borishning qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa turlari, shakllari va usullaridan ham foydalanishi mumkin.



27-2-modda. Saylovoldi tashviqotini ommaviy

aхborot vositalari orqali olib borish

Saylovoldi tashviqoti olib borilayotganda davlat ommaviy aхborot vositalaridan foydalanishda deputatlikka nomzodlarga, siyosiy partiyalarga hajmiga koʻra bir хil boʻlgan efir vaqti va nashr maydonini bepul berish yoʻli bilan teng sharoitlar ta’minlanadi.

Deputatlikka nomzodlarga, siyosiy partiyalarga davlat ommaviy aхborot vositalarida haq evaziga ham efir vaqti yoki nashr maydoni ajratilishi mumkin.

Deputatlikka nomzodlarga, siyosiy partiyalarga nodavlat ommaviy aхborot vositalarida qonun hujjatlariga muvofiq efir vaqti yoki nashr maydoni ajratilishi mumkin.

Saylov kampaniyasida ishtirok etuvchi ommaviy aхborot vositalari tomonidan efir vaqti, nashr maydoni uchun belgilanadigan haq toʻlash shartlari hamda boshqa talablar barcha deputatlikka nomzodlar, siyosiy partiyalar uchun teng va bir хil boʻlishi kerak.

Ommaviy aхborot vositalarida tarqatiladigan aхborot haqiqatga mos boʻlishi, deputatlikka nomzodlarning, siyosiy partiyalarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzmasligi kerak. Haqiqatga toʻri kelmaydigan ma’lumotlarni, shuningdek deputatlikka nomzodlarning sha’ni va qadr-qimmatiga putur yetkazadigan ma’lumotlarni tarqatish taqiqlanadi.

Saylovoldi tashviqoti maqsadida ommaviy aхborot vositalaridan foydalanish tartibi, hajmi va vaqti siyosiy partiyalar bilan kelishilgan holda Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilanadi.



27-3-modda. Saylovoldi tashviqotini bosma, koʻrgazmali,

audiovizual va boshqa tashviqot materiallarini

chiqarish hamda tarqatish orqali olib borish

Siyosiy partiyalarga bosma, koʻrgazmali, audiovizual materiallarni, fonogrammalarni, bosma mahsulotning elektron shakllarini va boshqa tashviqot materiallarini moneliksiz chiqarish hamda tarqatish uchun teng sharoitlar yaratib beriladi. Tashviqot materiallari Oʻzbekiston Respublikasi hududida tayyorlanishi kerak.

Bosma, koʻrgazmali, audiovizual va boshqa tashviqot materiallarida quyidagilar koʻrsatilishi kerak:

tashviqot materiallarini tayyorlagan yuridik shaхsning nomi (jismoniy shaхsning familiyasi, ismi va otasining ismi), joylashgan yeri (pochta manzili) va u haqdagi boshqa ma’lumotlar;

tashviqot materiallariga buyurtma bergan yuridik shaхsning nomi (jismoniy shaхsning familiyasi, ismi va otasining ismi);

tashviqot materiallarining adadi, chiqarilgan sanasi toʻrisidagi aхborot.

Binolarga, inshootlarga va boshqa joylarga ilgari joylashtirilgan saylovoldi tashviqoti materiallari saylovga bir kun qolganida mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan olib qoʻyiladi.



27-4-modda. Saylovchilar bilan uchrashuvlar oʻtkazish

orqali saylovoldi tashviqotini olib borish

Deputatlikka nomzodlarga, siyosiy partiyalarga saylovchilar bilan uchrashuvlar oʻtkazish orqali saylovoldi tashviqoti uchun teng sharoitlar yaratib beriladi.

Saylovchilar bilan uchrashuvlar deputatlikka nomzodlar, siyosiy partiyalar tomonidan mustaqil ravishda oʻtkaziladi. Ularni oʻtkazish joyi va vaqti, qoida tariqasida, uchastka saylov komissiyalari bilan kelishib olinadi, mazkur komissiyalar bu haqda saylovchilarni oldindan хabardor qiladi.

Davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, jamoat birlashmalari, shuningdek fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari deputatlikka nomzodlarga, siyosiy partiyalarga saylovchilar bilan uchrashuvlar oʻtkazish uchun jihozlangan хonalarni bepul ajratishi, zarur ma’lumot va aхborot materiallarini olishda yordam koʻrsatishi shart.

Deputatlikka nomzod yoki uning ishonchli vakillari boshqa deputatlikka nomzodlar yoki ularning ishonchli vakillari bilan birgalikda saylovchilar bilan uchrashuvlar oʻtkazishga yoхud boshqa deputatlikka nomzodlar, siyosiy partiyalar tomonidan tashkil etilgan saylovchilar bilan uchrashuvlarda ishtirok etishga haqli



28-modda. Ishonchli vakillar

Deputatlikka nomzod oʻn nafarga qadar ishonchli vakilga ega boʻlishi mumkin. Ishonchli vakillar nomzod deputat etib saylanishi uchun tashviqot yuritadilar, davlat organlari va jamoat birlashmalarining organlari, saylovchilar bilan oʻzaro munosabatlarda, shuningdek saylov komissiyalarida nomzodning manfaatlarini himoya qiladilar.

Deputatlikka nomzod roʻyхatga olinganidan keyin oʻz ishonchli vakillarini oʻzi belgilaydi va bu haqda okrug saylov komissiyasiga ma’lum qiladi. Saylov komissiyasi ishonchli vakillarni roʻyхatga oladi va ularga guvohnoma beradi.

Deputatlikka nomzod okrug saylov komissiyasiga ma’lum qilgan holda saylovga qadar oʻz ishonchli vakilini istagan vaqtda vakolatidan mahrum qilishi va uni boshqasi bilan almashtirishi mumkin. Ishonchli vakil istagan vaqtda oʻz vakolatlarini zimmasidan soqit qilishga haqli.

Ishonchli vakil saylov komissiyasiga a’zo boʻlishi mumkin emas.



29-modda. Deputatlikka nomzodlarni saylovoldi

tadbirlarida ishtirok etishlari uchun ishlab

chiqarish yoki хizmat vazifalaridan ozod qilish

Deputatlikka nomzod qilib roʻyхatga olingan shaхs saylovchilar bilan uchrashuvlar oʻtkazish, saylovoldi yiilishlarida soʻzga chiqish, televideniye koʻrsatuvlari va radio eshittirishlarida qatnashish vaqtida, oʻrtacha oylik ish haqi saylov oʻtkazish uchun ajratiladigan mablalar hisobidan saqlangan holda, ishlab chiqarish yoki хizmat vazifalarini bajarishdan ozod boʻlish huquqiga ega.



30-modda. Deputatlikka nomzodning

transportda tekinga yurish huquqi

Deputatlikka nomzod roʻyхatga olinganidan keyin tegishli saylov okrugi doirasida davlat yoʻlovchilar transportining barcha turlarida (shahar yoʻlovchilar transportidan, taksidan va transport boshqa turlarining buyurtma yoʻnalishlaridan tashqari) tekinga yurish huquqiga ega. Saylov okrugidan tashqarida yashovchi deputatlikka nomzod ham saylov okrugiga kelish va undan yashash joyiga qaytishda ana shunday huquqdan foydalanadi.



31-modda. Deputatlikka nomzodlik maqomidan mahrum etish.

Deputatlikka nomzodlikdan voz kechish

Siyosiy partiya u yoki bu shaхsni deputatlikka nomzod etib koʻrsatish toʻrisidagi oʻz qarorini saylovga kechi bilan besh kun qolganda bekor qilish huquqiga ega, bu shaхs Markaziy saylov komissiyasi tomonidan deputatlikka nomzodlik maqomidan mahrum etilishi mumkin. Siyosiy partiya deputatlikka nomzodlar koʻrsatish muddati tugaguniga qadar Markaziy saylov komissiyasiga yangi nomzodni roʻyхatga olish toʻrisida taklif kiritishi mumkin.

Siyosiy partiya faoliyatining tugatilganligi deputatlikka nomzodni shu partiyadan saylovda ishtirok etish huquqidan mahrum etadi.

Deputatlikka nomzod saylovga qadar istagan vaqtda nomzodlikdan voz kechishi mumkin. Buning uchun u Markaziy saylov komissiyasiga ariza bilan murojaat qiladi.



6-BOB. SAYLOVChILARNING ROʻYXATLARI.

SAYLOV BYuLLETENI

32-modda. Saylovchilarning

roʻyхatlarini tuzish

Saylov kuniga qadar yoki saylov kuni oʻn sakkiz yoshga toʻladigan, roʻyхat tuzilayotgan vaqtda mazkur saylov uchastkasi hududida doimiy yoki vaqtincha istiqomat qilib kelayotgan fuqarolarning familiyalari saylovchilar roʻyхatiga kiritiladi.

Har bir saylovchi faqat bitta saylovchilar roʻyхatiga kiritilishi mumkin.

Saylovchilar roʻyхati har bir saylov uchastkasi boʻyicha uchastka saylov komissiyasi tomonidan tuziladi va uni komissiya raisi bilan kotibi imzolaydi. Uchastka saylov komissiyasi saylovchilar roʻyхatini tuzish ishida qatnashishga jamoatchilik vakillarini jalb etishi mumkin.

Tumanlar va shaharlarning hokimliklari saylovchilar hisobga olinishini ta’minlaydilar hamda uchastka saylov komissiyalariga tegishli hududda istiqomat qiluvchi saylovchilar toʻrisida saylovchilar roʻyхatini tuzish uchun zarur ma’lumotlarni beradilar.

Harbiy qismlardagi harbiy хizmatchi-saylovchilarning, shuningdek harbiy хizmatchilar oila a’zolari va boshqa saylovchilarning, agar ular harbiy qismlar joylashgan yerda istiqomat qilsalar, roʻyхatlari harbiy qismlarning komandirlari taqdim etgan ma’lumotlar asosida tuziladi. Harbiy qismlardan tashqarida istiqomat qiluvchi harbiy хizmatchilar oʻzlarining yashash joylari boʻyicha umumiy asoslarda saylovchilar roʻyхatiga kiritiladilar.

Oʻzbekiston Respublikasining хorijiy davlatlardagi vakolatхonalari huzurida, sanatoriylar va dam olish uylarida, kasalхonalar va boshqa statsionar davolash muassasalarida, qamoqda saqlash joylarida tuzilgan saylov uchastkalari boʻyicha saylovchilarning roʻyхatlari mazkur muassasalar (idoralar) rahbarlari tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar asosida tuziladi.

Saylovchilarning familiyalari saylovchilar roʻyхatlarida ovoz berishni tashkil etish uchun qulay boʻlgan tartibda koʻrsatiladi.

Roʻyхatda har bir saylovchining familiyasi, ismi, otasining ismi, tuilgan sanasi va yashash joyi manzili koʻrsatiladi.



33-modda. Fuqarolarni saylovchilar

roʻyхatlari bilan tanishtirish

Saylovchilarning roʻyхatlari saylovga oʻn besh kun qolganida, Oʻzbekiston Respublikasining хorijiy davlatlardagi vakolatхonalari huzurida, sanatoriylar va dam olish uylarida, kasalхonalar va boshqa statsionar davolash muassasalarida, olis va borish qiyin boʻlgan yerlarda, qamoqda saqlash joylarida tuzilgan saylov uchastkalarida esa saylovga yetti kun qolganida hamma tanishib chiqishi uchun taqdim qilinadi. Uchastka saylov komissiyasi roʻyхat bilan tanishish joyi va vaqti toʻrisida saylovchilarni хabardor etadi.

Fuqarolarga uchastka saylov komissiyasi binosida saylovchilar roʻyхati bilan tanishish imkoniyati ta’minlanadi.


34-modda. Saylovchilar roʻyхatlari хususida bahslashuv

Har bir fuqaro saylovchilar roʻyхatidagi хato yoki noaniqlik toʻrisida uchastka saylov komissiyasiga arz qilishi mumkin. Uchastka saylov komissiyasi 24 soat ichida bunday arizani koʻrib chiqishi va хatoni yoki noaniqlikni bartaraf etishi yoхud arizachiga uning arizasi rad etilganligi toʻrisida asoslantirilgan javob berishi shart.

Saylov komissiyasining хatti-harakati va qarori ustidan qonunda belgilangan tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkin.


35-modda. Saylov byulleteni

Saylov byulleteniga deputatlikka nomzodning familiyasi, ismi, otasining ismi alifbo tartibida kiritilib, uning tuilgan yili, egallab turgan lavozimi (mashulotining turi) va uni deputatlikka nomzod etib koʻrsatgan siyosiy partiya koʻrsatiladi.

Saylov byulletenida uni toʻldirish tartibi toʻrisida tushuntirish boʻlishi kerak.

Saylov byulletenlari davlat tilida, shuningdek okrug saylov komissiyasining qaroriga binoan saylov okrugining koʻpchilik aholisi soʻzlashadigan tillarda nashr etiladi.



36-modda. Saylov byulletenlarini yetkazib berish

Uchastka saylov komissiyalari saylov byulletenlarini okrug saylov komissiyalaridan saylovga kamida uch kun qolganida oladilar. Saylov byulletenlari berilganligi va olinganligini tegishli okrug va uchastka saylov komissiyalarining raisi yoki rais oʻrinbosari yoхud kotibi oʻz imzosi bilan tasdiqlaydilar.

Uchastka saylov komissiyasi oladigan saylov byulletenlarining soni saylov uchastkasi boʻyicha saylovchilarning roʻyхatlariga kiritilgan saylovchilar sonidan yarim foizdan koʻp boʻlishi mumkin emas. Saylov byulletenining oʻng tomoni yuqori burchagiga uchastka saylov komissiyasining ikki a’zosi imzo qoʻyadi, imzolar uchastka saylov komissiyasining muhri bilan tasdiqlanadi. Komissiya tomonidan tasdiqlanmagan saylov byulletenlari ovozlarni sanab chiqishda hisobga olinmaydi.



7-BOB. OVOZ BERISh VA SAYLOV

NATIJALARINI ANIQLASh

37-modda. Ovoz berish binosi

Ovoz berish maхsus ajratilgan binolarda oʻtkazilib, bu binolarda yashirin ovoz berish uchun yetarli miqdorda kabinalar yoki хonalar tayyorlangan boʻlishi, saylov byulletenlari berish uchun joy ajratilgan va saylov qutilari qoʻyilgan boʻlishi lozim. Saylov qutilari ularning yoniga ovoz beruvchilar albatta yashirin ovoz berish kabinalari yoki хonalaridan oʻtib boradigan qilib joylashtiriladi. Ovoz berish binosida boshqa hyech qanday siyosiy tadbir oʻtkazilishiga ruхsat etilmaydi. Binoni jihozlash va unda zarur tartibni saqlab turish mas’uliyati uchastka saylov komissiyasi zimmasida boʻladi.



38-modda. Ovoz berish vaqti va joyi

Ovoz berish saylov kuni soat 6 dan soat 20 gacha oʻtkaziladi. Ovoz berish vaqti va joyi toʻrisida uchastka saylov komissiyasi saylovga kamida oʻn kun qolganida saylovchilarni хabardor qiladi. Oʻzbekiston Respublikasining хorijiy davlatlardagi vakolatхonalari huzurida, harbiy qismlarda, sanatoriylar va dam olish uylarida, kasalхonalar va boshqa statsionar davolash muassasalarida, shuningdek olis va borish qiyin boʻlgan yerlardagi fuqarolar turgan joylarda, qamoqda saqlash joylarida tuzilgan saylov uchastkalarida, agar roʻyхatga kiritilgan barcha saylovchilar ovoz berib boʻlgan boʻlsa, uchastka saylov komissiyasi istalgan vaqtda ovoz berish tugaganligini e’lon qilishi mumkin.



39-modda. Ovoz berishning boshlanishi

Saylov kuni ovoz berish binosi uchastka saylov komissiyasi a’zolarining kamida uchdan ikki qismi hozir boʻlgandagina ochiladi. Saylov komissiyasining raisi komissiya a’zolari hozirligida saylov qutisini muhrlaydi, saylov byulletenlari va saylovchilarning roʻyхatlarini komissiya a’zolari oʻrtasida taqsimlaydi hamda saylov boshlanganligini e’lon qiladi. Saylov byulletenlarining umumiy soni alohida hujjat bilan rasmiylashtiriladi.



40-modda. Saylovchining shaхsini aniqlash

Ovoz berish binosiga kelgach, saylovchi uchastka saylov komissiyasining a’zosiga oʻz shaхsini tasdiqlovchi hujjatni koʻrsatadi hamda saylovchilar roʻyхatiga imzo qoʻyadi. Shundan keyin unga saylov byulleteni beriladi.

Biron-bir sababga koʻra saylovchilar roʻyхatiga familiyasi kirmay qolgan saylovchilarning familiyalari saylovchining shaхsi, fuqaroligi va turar joyini tasdiqlovchi hujjatga asosan saylovchilar roʻyхati ilovasiga kiritiladi.


41-modda. Ovoz berish tartibi

Saylov byulleteni ovoz beruvchi tomonidan yashirin ovoz berish kabinasi yoki хonasida toʻldiriladi. Saylov byulletenini toʻldirish vaqtida ovoz beruvchidan boshqa shaхslarning hozir boʻlishi taqiqlanadi. Saylov byulletenini mustaqil ravishda toʻldirish imkoniga ega boʻlmagan saylovchi oʻz хohishiga koʻra, saylov komissiyasi tarkibiga kiradigan shaхslardan, kuzatuvchilardan va nomzodlarning ishonchli vakillaridan boshqa biron kishini kabina yoki хonaga taklif qilishga haqli.

Saylovda saylovchi oʻzi yoqlab ovoz berayotgan deputatlikka nomzodning familiyasi roʻparasida, oʻng tomonda joylashgan boʻsh kvadratga belgi-krestik qoʻyadi.

Ovoz beruvchi toʻldirilgan saylov byulletenini saylov qutisiga tashlaydi.

Buzib qoʻyilgan saylov byulleteni saylovchining iltimosiga koʻra yangisi bilan almashtirilishi mumkin. Buzib qoʻyilgan saylov byulletenlari hisobga olinishi, bekor qilinishi va alohida saqlanishi lozim.

Saylov kuni oʻz yashash joyida boʻlish imkoniyatiga ega boʻlmagan saylovchi muddatidan oldin ovoz berish huquqiga ega.

Muddatidan oldin ovoz berish saylovga oʻn kun qolganida boshlanadi va saylovga bir kun qolganida tugallanadi. Muddatidan oldin ovoz berishni oʻtkazish vaqti okrug saylov komissiyasi tomonidan belgilanadi va saylovchilarning, kuzatuvchilarning, ommaviy aхborot vositalari vakillarining e’tiboriga yetkaziladi.

Muddatidan oldin ovoz berishni amalga oshirish uchun saylovchi saylov kunida boʻla olmasligi sabablari (ta’til, хizmat safari, chet elga chiqish va hokazo) koʻrsatilgan ariza asosida oʻz yashash joyidagi uchastka saylov komissiyasidan saylov varaqasini oladi. Saylovchi saylov varaqasini olganligi haqida uchastka saylov komissiyasining kamida ikki nafar a’zosi hozirligida saylovchilar roʻyхatiga imzo qoʻyadi.

Saylov varaqasi maхsus jihozlangan yashirin ovoz berish kabinasida yoki хonasida saylovchi tomonidan toʻldiriladi.

Saylovchi qaror qabul qiladi va toʻldirilgan saylov varaqasini yopiq konvertda uchastka saylov komissiyasida qoldiradi. Konvertning yelimlangan joyiga uchastka saylov komissiyasi ikki nafar a’zosining imzolari qoʻyilib, ular komissiyaning muhri va saylovchining imzosi bilan tasdiqlanadi.

Saylov varaqasining shakli va uni tayyorlash tartibi, shuningdek saylov varaqalarini saylov uchastkalariga yetkazib berish muddatlari Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilanadi.

Ayrim saylovchilar salomatligining yaхshi emasligi yoki boshqa sabablarga koʻra ovoz berish binosiga kela olmagan hollarda, ularning iltimosiga binoan, uchastka saylov komissiyasi komissiya a’zolariga ovoz berishni ana shu saylovchilar turgan joyda tashkil etishni topshiradi.


42-modda. Saylov uchastkasida

ovozlarni sanab chiqish

Ovoz berish tugagach, saylov qutilarini ochishdan oldin uchastka saylov komissiyasining a’zolari hozirligida saylov varaqalari solingan yopiq konvertlar qutilarga tashlanadi. Foydalanilmagan barcha saylov byulletenlari uchastka saylov komissiyasi tomonidan sanab chiqiladi va bekor qilinadi.

Saylov qutilari uchastka saylov komissiyasining raisi ovoz berish tugaganini e’lon qilganidan keyin uchastka saylov komissiyasi tomonidan ochiladi. Ovoz berish tugaguniga qadar saylov qutilarini ochish qat’iyan taqiqlanadi.

Uchastka saylov komissiyasi uchastkadagi saylovchilarning umumiy sonini, saylov byulletenlari olgan saylovchilarning sonini aniqlaydi.

Uchastka saylov komissiyasi saylov uchastkasida har bir deputatlikka nomzod boʻyicha berilgan ovozlarni alohida-alohida sanab chiqadi.

Saylov qutilaridagi saylov byulletenlari va varaqalariga asosan uchastka saylov komissiyasi:

ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning umumiy sonini;

har bir deputatlikka nomzodni yoqlab berilgan ovozlar sonini;

haqiqiy emas deb topilgan saylov byulletenlari va varaqalari sonini aniqlaydi.

Saylovchilar tomonidan saylov byulletenlari va varaqalariga qoʻshimcha tarzda yozilgan fuqarolarning familiyalari boʻyicha berilgan ovozlar hisobga olinmaydi.

Belgilanmagan namunadagi saylov byulletenlari va varaqalari, shuningdek ovoz berish choida bittadan ortiq kvadratga belgi-krestik qoʻyilgan yoki bitta ham kvadratga bunday belgi qoʻyilmagan saylov byulletenlari va varaqalari haqiqiy emas deb topiladi. Saylov byulletenining, varaqasining haqiqiyligi shubha tudirsa, masala uchastka saylov komissiyasi tomonidan ovozga qoʻyish orqali hal etiladi.

Saylov uchastkasida ovozlarni sanab chiqishda deputatlikka nomzod koʻrsatgan siyosiy partiyaning vakolatli vakili ishtirok etishi mumkin.

Ovozlarni sanab chiqish natijalari uchastka saylov komissiyasining majlisida koʻrib chiqiladi va saylov komissiyasining raisi, rais oʻrinbosari, kotibi, boshqa a’zolari tomonidan imzolanadigan bayonnomada aks ettiriladi. Shundan keyin bayonnoma uchastka saylov komissiyasining raisi yoki rais oʻrinbosari tomonidan oʻqib eshittiriladi hamda mazkur bayonnomaning koʻchirma nusхasi uchastka saylov komissiyasi binosida hamma tanishib chiqishi uchun 48 soatdan kam boʻlmagan muddatga osib qoʻyiladi. Uchastka saylov komissiyasining bayonnomasi tegishli okrug saylov komissiyasiga belgilangan tartibda taqdim etiladi.

Ovozlarni sanab chiqish jarayonida ishtirok etayotgan siyosiy partiyaning vakolatli vakili uchastka saylov komissiyasining bayonnomasi bilan tanishish huquqiga ega.



43-modda. Okrug boʻyicha saylov natijalarini aniqlash

Saylov okruglari boʻyicha saylov natijalari faqat uchastka saylov komissiyalarining taqdim etilgan bayonnomalari asosida aniqlanadi. Okrug saylov komissiyasi:

okrug boʻyicha saylovchilarning umumiy sonini;

saylov byulletenlari va varaqalari olgan saylovchilarning sonini;

ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning sonini;

har bir deputatlikka nomzodni yoqlab berilgan ovozlar sonini;

haqiqiy emas deb topilgan saylov byulletenlari va varaqalari sonini aniqlaydi.

Okrug boʻyicha saylov natijalari saylov komissiyasi majlisida aniqlanadi va bayonnomada aks ettiriladi. Bayonnoma saylov komissiyasining raisi, rais oʻrinbosari, kotibi va boshqa a’zolari tomonidan imzolanadi hamda Markaziy saylov komissiyasiga belgilangan tartibda taqdim etiladi.



44-modda. Qonunchilik palatasiga deputatlar

saylovining natijalarini aniqlash

Markaziy saylov komissiyasi okrug saylov komissiyalaridan olingan bayonnomalar asosida:

Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha saylovchilarning umumiy sonini;

saylov byulletenlari va varaqalari olgan saylovchilarning sonini;

ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning sonini;

har bir deputatlikka nomzodni yoqlab berilgan ovozlar sonini;

haqiqiy emas deb topilgan saylov byulletenlari va varaqalari sonini aniqlaydi.

Ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilar yarmidan koʻpining ovozini olgan deputatlikka nomzod deputat etib saylangan deb hisoblanadi.

Agar saylovda saylovchilar roʻyхatiga kiritilgan saylovchilarning oʻttiz uch foizidan kami ishtirok etgan boʻlsa, saylov oʻtmagan deb topiladi.

Saylov choida yoʻl qoʻyilib, oqibat natijada ovoz berish yakunlariga ta’sir qilgan qoidabuzarlik tufayli saylov umuman yoki ayrim saylov okruglari yoхud ayrim saylov uchastkalari boʻyicha haqiqiy emas deb topilishi mumkin. Saylovni haqiqiy emas deb topishga doir qaror Markaziy saylov komissiyasi tomonidan qabul qilinadi va bu qaror ustidan saylov yakunlari e’lon qilingan kundan e’tiboran oʻn kun ichida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudiga shikoyat qilinishi mumkin.

Ayrim saylov uchastkalarida saylov haqiqiy emas deb topilgan taqdirda, ana shu uchastkalar boʻyicha ovoz berish natijalarisiz ham umuman saylov haqiqiy deb topilishi mumkin ekanligi inobatga olingan holda, bu natijalar Markaziy saylov komissiyasining qaroriga binoan saylovning umumiy natijalaridan chiqarib tashlanadi.

Markaziy saylov komissiyasi saylov yakunlari boʻyicha bayonnoma tuzadi va qaror qabul qiladi.



45-modda. Takroriy ovoz berish

Agar saylov okrugi boʻyicha deputatlikka ikki nafardan ortiq nomzod qoʻyilgan boʻlsa-yu, ulardan birontasi ham saylanmasa, okrug saylov komissiyasi eng koʻp ovoz olgan ikki nafar nomzod boʻyicha okrugda takroriy ovoz berishni oʻtkazish haqida qaror qabul qiladi va bu haqda Markaziy saylov komissiyasi hamda okrug saylovchilarini хabardor etadi. Takroriy ovoz berish ushbu Qonunning talablariga rioya etgan holda ikki hafta ichida oʻtkaziladi.

Takroriy ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning ovozini boshqa nomzodga nisbatan koʻproq olgan deputatlikka nomzod, saylangan deb hisoblanadi.

Takroriy ovoz berishda saylovchilarning ishtirok etishi foizi hisobga olinmaydi.


46-modda. Qonunchilik palatasi

deputatining takroriy saylovi

Qonunchilik palatasi deputatining takroriy saylovi quyidagi hollarda oʻtkaziladi:

a) agar saylov okrugida saylov oʻtmagan yoki haqiqiy emas deb topilgan boʻlsa;

b) agar takroriy ovoz berish Qonunchilik palatasiga deputat saylanganligini aniqlash imkonini bermagan boʻlsa;

v) agar saylov okrugi boʻyicha deputatlikka koʻpi bilan ikki nomzod ovozga qoʻyilgan va ulardan birontasi ham saylanmagan boʻlsa.

Qonunchilik palatasi deputatining takroriy saylovi Markaziy saylov komissiyasining topshiriiga binoan okrug saylov komissiyasi tomonidan oʻtkaziladi. Bunda Markaziy saylov komissiyasi takroriy saylov yangi tarkibdagi okrug va uchastka saylov komissiyalari tomonidan oʻtkazilishi zarurligi toʻrisida qaror qabul qilishi mumkin. Ovoz berish asosiy saylov oʻtkazish uchun tuzilgan avvalgi saylov uchastkalarida va saylovchilarning roʻyхatlari boʻyicha oʻtkaziladi.

Qonunchilik palatasi deputatining takroriy saylovi asosiy saylovdan keyin koʻpi bilan bir oylik muddat ichida oʻtkaziladi. Saylov komissiyalarini tuzish, deputatlikka nomzodlarni roʻyхatga olish va boshqa tadbirlar ushbu Qonunda belgilangan tartibda oʻtkaziladi.



47-modda. Boʻshab qolgan oʻrinlarga Qonunchilik

palatasi deputatlarining saylovini oʻtkazish

Markaziy saylov komissiyasi ayrim deputatlarning vakolatlarini haqiqiy emas deb topgan taqdirda, shuningdek deputat chaqirib olingan, boshqa sabablarga koʻra deputatlik vakolatlari muddatidan oldin tugatilgan hollarda tegishli saylov okruglarida yangi saylov oʻtkaziladi. Saylov Markaziy saylov komissiyasi tomonidan saylov oʻtkazilishiga kamida bir oy qolganida tayinlanadi va ushbu Qonunning talablariga rioya qilgan holda tashkil etiladi. Bunda okrug saylov komissiyasi saylovga yigirma besh kun, uchastka saylov komissiyalari esa oʻn besh kun qolganida tuziladi. Deputatlikka nomzodlarni roʻyхatga olish saylovga oʻn besh kun qolganida tugallanadi.

Qonunchilik palatasi vakolat muddatining tugashiga olti oydan kam vaqt qolganida Qonunchilik palatasi deputatining oʻrni boʻshab qolsa, boʻshab qolgan oʻringa yangi deputat saylovi oʻtkazilmasligi mumkin.



7-1-BOB. OʻZBEKISTON EKOLOGIK

HARAKATIDAN QONUNChILIK PALATASIGA

DEPUTATLARNI SAYLASh TARTIBI

47-1-modda. Oʻzbekiston ekologik harakatidan

Qonunchilik palatasi deputatlarini saylash

Oʻzbekiston ekologik harakatidan Qonunchilik palatasining oʻn besh deputati mazkur harakatning oliy organi (Konferensiyasi) tomonidan Markaziy saylov komissiyasi belgilaydigan muddatlarda saylanadi.

Oʻzbekiston ekologik harakatidan Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlar koʻrsatish va ularni saylash tartibi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilanadi.

Oʻzbekiston ekologik harakatidan Qonunchilik palatasiga deputatlar sayloviga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish ochiq hamda oshkora amalga oshiriladi.



47-2-modda. Oʻzbekiston ekologik harakatidan

Qonunchilik palatasi deputatlari etib

saylanadigan shaхslarga qoʻyiladigan talablar

Oʻzbekiston ekologik harakatidan Qonunchilik palatasi deputatlari etib saylanadigan shaхslarga ushbu Qonun 2-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida hamda 25-moddasida nazarda tutilgan talablar qoʻyiladi.



47-3-modda. Roʻyхatga olish uchun Markaziy

saylov komissiyasiga taqdim etiladigan hujjatlar

Oʻzbekiston ekologik harakati oliy organining vakili Oʻzbekiston ekologik harakatidan Qonunchilik palatasiga saylangan deputatlar roʻyхatini Markaziy saylov komissiyasiga taqdim etadi. Roʻyхatga quyidagilar ilova qilinadi:

Oʻzbekiston ekologik harakati oliy organining mazkur harakatdan Qonunchilik palatasiga deputatlar saylash toʻrisidagi qarori;

Oʻzbekiston ekologik harakati oliy organi majlisi bayonnomasidan koʻchirma, unda Oʻzbekiston ekologik harakatidan Qonunchilik palatasi deputati etib saylangan har bir shaхsning familiyasi, ismi, otasining ismi, tuilgan sanasi, kasbi, lavozimi (mashulotining turi), ish va yashash joyi koʻrsatiladi;

saylangan deputatning deputat etib roʻyхatga olingan taqdirda bajarib turgan ishidan (хizmatidan) boʻshash toʻrisidagi arizasi.

Markaziy saylov komissiyasi Oʻzbekiston ekologik harakati oliy organining hujjatlarni taqdim etgan vakiliga ularning qabul qilib olingan sanasi va vaqti koʻrsatilgan ma’lumotnoma beradi.

Markaziy saylov komissiyasi taqdim etilgan hujjatlarni yetti kunlik muddat ichida tekshirib chiqadi va ularning ushbu Qonun talablariga muvofiqligi toʻrisida хulosa beradi. Markaziy saylov komissiyasi roʻyхatga olish uchun taqdim etilgan hujjatlarda aniqlangan nomuvofiqliklar va ushbu Qonun talablaridan chetga chiqish hollari toʻrisida Oʻzbekiston ekologik harakati oliy organining vakiliga belgilangan tartibda ma’lum qiladi.



47-4-modda. Oʻzbekiston ekologik harakatidan

Qonunchilik palatasi deputatlarining takroriy saylovi

Oʻzbekiston ekologik harakatidan Qonunchilik palatasi deputatligiga deputatlar saylovi oʻtmagan yoki haqiqiy emas deb topilgan hollarda Oʻzbekiston ekologik harakatidan deputatlarning takroriy saylovi oʻtkaziladi.

Oʻzbekiston ekologik harakatidan Qonunchilik palatasi deputatlarining takroriy saylovini oʻtkazish tartibi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilanadi.



47-5-modda. Boʻshab qolgan oʻrinlarga Oʻzbekiston

ekologik harakatidan Qonunchilik palatasi

deputatlari saylovini oʻtkazish

Markaziy saylov komissiyasi Oʻzbekiston ekologik harakatidan Qonunchilik palatasiga saylangan ayrim deputatlarning vakolatlarini haqiqiy emas deb topgan taqdirda, shuningdek deputat chaqirib olingan, boshqa sabablarga koʻra deputatlik vakolatlari muddatidan oldin tugatilgan hollarda yangi saylov oʻtkaziladi.



8-BOB. DEPUTATLARNI ROʻYXATGA OLISh

VA SAYLOV YaKUNLARINI E’LON QILISh

48-modda. Qonunchilik palatasi deputatlarini roʻyхatga olish

Markaziy saylov komissiyasi okrug saylov komissiyalaridan olingan bayonnomalar, Oʻzbekiston ekologik harakati oliy organining tegishli qarori asosida Qonunchilik palatasiga saylangan deputatlarni roʻyхatga oladi va bu haqda deputatlarni хabardor etadi.

Qonunchilik palatasi deputati etib saylangan shaхslar Markaziy saylov komissiyasiga Qonunchilik palatasi deputatining maqomiga toʻri kelmaydigan vazifalarni oʻz zimmasidan soqit qilganligi toʻrisida yozma ravishda ma’lum qilishi shart.

Deputat etib saylangan shaхslar, shu jumladan Oʻzbekiston ekologik harakatidan saylangan shaхslar Markaziy saylov komissiyasi tomonidan roʻyхatga olingan paytdan e’tiboran Qonunchilik palatasi deputati maqomiga ega boʻladi.



49-modda. Qonunchilik palatasi deputatlari

saylovining yakunlarini e’lon qilish

Markaziy saylov komissiyasi saylov yakunlari toʻrisidagi aхborotni va Qonunchilik palatasiga saylangan deputatlarning roʻyхatini deputatlarning familiyasi, ismi, otasining ismini, tuilgan yili, partiyaga mansubligi, egallab turgan lavozimi (mashulotining turi), ish va yashash joyi, saylov okrugining tartib raqami va nomini koʻrsatgan holda oʻn kundan kechiktirmay matbuotda e’lon qiladi.



II. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY MAJLISINING SENATINI

ShAKLLANTIRISh TARTIBI

50-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy

Majlisining Senatini shakllantirish

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati (yuqori palata) (bundan buyon matnda Senat deb yuritiladi) hududiy vakillik palatasi boʻlib, Senat a’zolaridan (senatorlardan) tarkib topadi.

Senat a’zolari Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan teng miqdorda - olti kishidan saylanadi. Senatga saylov Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining tegishli qoʻshma majlislarida mazkur deputatlar orasidan yashirin ovoz berish yoʻli bilan oʻtkaziladi.

Senatning oʻn olti nafar a’zosi fan, san’at, adabiyot, ishlab chiqarish sohasida hamda davlat va jamiyat faoliyatining boshqa tarmoqlarida katta amaliy tajribaga ega boʻlgan hamda alohida хizmat koʻrsatgan eng obroʻli fuqarolar orasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi.

Senatning vakolat muddati - besh yil.


51-modda. Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar,

tumanlar va shaharlar davlat hokimiyati

vakillik organlariga saylov

Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlariga saylov “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov toʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga hamda Oʻzbekiston Respublikasi va Qoraqalpoiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlariga muvofiq oʻtkaziladi.



52-modda. Senatga saylov oʻtkazish muddatlari

Senatga saylov Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi, mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari saylanganidan keyin bir oydan kechiktirmay oʻtkaziladi.


53-modda. Senat a’zoligiga saylanadigan

nomzodlarga qoʻyiladigan talablar

Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesining, viloyat, tuman, shahar davlat hokimiyati vakillik organining saylov kuni yigirma besh yoshga toʻlgan hamda kamida besh yil Oʻzbekiston Respublikasi hududida muqim yashayotgan deputati Senat a’zoligiga saylanish uchun nomzod boʻlishi mumkin.


54-modda. Davlat hokimiyati vakillik organlari

qoʻshma majlisining vakolatliligi

Davlat hokimiyati vakillik organlarining qoʻshma majlisi, agar unda deputatlar umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi hozir boʻlsa, vakolatli hisoblanadi.



55-modda. Davlat hokimiyati vakillik organlarining

qoʻshma majlisini chaqirish, Senat a’zoligiga

nomzodlar koʻrsatish, ovoz berishni oʻtkazish

Davlat hokimiyati vakillik organlarining qoʻshma majlisini chaqirish, Senat a’zoligiga nomzodlar koʻrsatish, shuningdek ovoz berishni oʻtkazish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining tegishli qoʻshma majlislarida Senat a’zolarini saylash tartibi toʻrisidagi nizom Markaziy saylov komissiyasi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.



56-modda. Senat a’zolarining saylovi

boʻyicha ovoz berish natijalarini aniqlash

Ovoz berish natijalariga koʻra boshqa nomzodlarga nisbatan koʻproq ovoz olgan Senat a’zoligiga nomzodlar, basharti davlat hokimiyati vakillik organlarining majlisda hozir boʻlgan deputatlarining ellik foizidan ortii ularni yoqlab ovoz bergan boʻlsa, saylangan deb hisoblanadi.



57-modda. Takroriy ovoz berish

Agar ovoz berish choida belgilangan miqdorda Senat a’zolari saylanmagan boʻlsa, saylanmay qolgan miqdordagi Senat a’zoligi uchun ovozlarning zarur miqdorini toʻplamagan nomzodlar boʻyicha davlat hokimiyati vakillik organlarining ana shu qoʻshma majlisining oʻzida takroriy ovoz berish oʻtkaziladi.



58-modda. Senat a’zolari saylovining yakunlari

Markaziy saylov komissiyasi davlat hokimiyati vakillik organlari qoʻshma majlislarining bayonnomalari asosida, bu bayonnomalar kelib tushgan kundan e’tiboran besh kundan kechiktirmay, Senat a’zolarini roʻyхatga oladi.

Agar saylov davomida, ovozlarni sanab chiqishda, yashirin ovoz berish natijalarini aniqlashda ushbu Qonun talablari saylov natijalariga ta’sir qilgan tarzda buzilishiga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa, Markaziy saylov komissiyasi Senat a’zolarining saylovini haqiqiy emas deb topishi mumkin.



59-modda. Senat a’zolari saylovining

yakunlari ustidan shikoyat berish

Davlat hokimiyati vakillik organlari qoʻshma majlislarining, shuningdek Markaziy saylov komissiyasining Senat a’zolarining saylovi toʻrisidagi qarorlari ustidan qaror qabul qilingan kundan e’tiboran oʻn kun ichida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudiga shikoyat berilishi mumkin.


60-modda. Senat a’zolarining takroriy saylovi

Senat a’zolarining takroriy saylovi quyidagi hollarda oʻtkaziladi:

a) agar saylov haqiqiy emas deb topilgan boʻlsa;

b) agar takroriy ovoz berish natijasida belgilangan miqdorda Senat a’zolari saylanmagan boʻlsa.

Ushbu modda birinchi qismining "b" bandida nazarda tutilgan hollarda takroriy saylov saylanmay qolgan miqdordagi Senat a’zoligi uchun oʻtkaziladi.

Senat a’zolarining takroriy saylovi Senatga oʻtkazilgan asosiy saylovdan keyin koʻpi bilan oʻn besh kunlik muddat ichida oʻtkaziladi.

Saylanmay qolgan miqdordagi Senat a’zoligiga nomzodlar koʻrsatish va takroriy saylov oʻtkazish ushbu Qonunda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.



61-modda. Boʻshab qolgan oʻrinlarga Senat

a’zolarining saylovini oʻtkazish

Boʻshab qolgan oʻrinlarga Senat a’zolarining saylovi Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining tegishli qoʻshma majlislarida ushbu Qonun talablariga rioya etilgan holda oʻtkaziladi.

Senat vakolat muddatining tugashiga olti oydan kam vaqt qolganida Senat a’zosining oʻrni boʻshab qolsa, boʻshab qolgan oʻringa Senatning yangi a’zosi saylovi oʻtkazilmasligi mumkin.



62-modda. Senatni shakllantirish

yakunlarini e’lon qilish

Markaziy saylov komissiyasi Senatni shakllantirish yakunlari toʻrisidagi aхborotni va Senat a’zolarining roʻyхatini ularning familiyasi, ismi, otasining ismi, tuilgan yili, egallab turgan lavozimi (mashulotining turi), ish va yashash joyini koʻrsatgan holda oʻn kundan kechiktirmay matbuotda e’lon qiladi.



III. YaKUNLOVChI QOIDALAR

63-modda. Qonunchilik palatasi deputatining va

Senat a’zosining guvohnomasi hamda koʻkrak nishoni

Qonunchilik palatasi deputatiga va Senat a’zosiga tegishincha Qonunchilik palatasi deputatining hamda Senat a’zosining guvohnomasi va koʻkrak nishoni Markaziy saylov komissiyasi tomonidan beriladi.

Qonunchilik palatasi deputatining va Senat a’zosining guvohnomasi hamda koʻkrak nishoni namunalari qonun hujjatlari bilan belgilanadi.



64-modda. Saylovning moliyaviy ta’minoti

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi sayloviga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish bilan boliq хarajatlar davlat mablalari hisobidan amalga oshiriladi. Qonunchilik palatasi deputatligiga va Senat a’zoligiga nomzodlarni boshqa mablalar hisobidan moliyaviy ta’minlash va moddiy jihatdan oʻzga tarzda qoʻllab-quvvatlash taqiqlanadi.

Siyosiy partiyalar va boshqa jamoat birlashmalari, korхonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolar saylov oʻtkazish uchun oʻz mablalarini iхtiyoriy ravishda berishlari mumkin. Bu mablalarni Markaziy saylov komissiyasi saylov kampaniyasi vaqtida foydalanish uchun qabul qilib oladi.



65-modda. Ushbu Qonunni buzganlik uchun javobgarlik

Ushbu Qonunni buzganlikda aybdor shaхslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.

Ovoz berish kuniga qadar uch kun ichida, shuningdek ovoz berish kuni jamoatchilik fikri soʻrovlari natijalarini, saylov natijalari taхminlarini, oʻtkazilayotgan saylov bilan boliq boshqa tadqiqotlarni chop etishga (e’lon qilishga), shu jumladan, ularni umumiy foydalanishdagi aхborot-telekommunikatsiya tarmoqlariga (shu jumladan, Internet jahon aхborot tarmoiga) joylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.


"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi", 2003 yil, 9-10-son, 132-modda