Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 28.04.2016 y. 224/6-son "Fan doktori ilmiy darajasini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Qarori (AV tomonidan 08.06.2016 y. 2795-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

08.06.2016 y.

N 2795




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI

OLIY ATTESTATsIYa KOMISSIYaSI

RAYoSATINING

28.04.2016 y.

N 224/6


QARORI



Fan doktori ilmiy darajasini berish tartibi

toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 28 dekabrdagi 365-son "Oliy oʻquv yurtidan keyingi ta’lim hamda oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosati QAROR QILADI:


1. Fan doktori ilmiy darajasini berish tartibi toʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2013 yil 31 yanvardagi 195/2-son "Fan doktori ilmiy darajasini berish tartibi toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi qarori (roʻyхat raqami 2441, 2013 yil 25 mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013 y., 13-son, 167-modda);

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2014 yil 26 dekabrdagi 211/2-son "Fan doktori ilmiy darajasini berish tartibi toʻrisidagi nizomning 83-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida"gi qarori (roʻyхat raqami 2441-1, 2014 yil 31 dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014 y., 52 (I)-son, 650-modda).


3. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Oliy attestatsiya komissiyasi raisi                                   A. Yusupov



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2016 yil 13 iyun, 23-son, 276-modda