Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 02.06.2016 y. 182-son "Respublika issiqlik ta’minoti tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

02.06.2016 y.

N 182



RESPUBLIKA ISSIQLIK TA’MINOTI

TIZIMINI YaNADA TAKOMILLAShTIRISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari toʻrisida" 2015 yil 24 apreldagi PF-4720-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlari, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Andijon, Buхoro, Qashqadaryo, Samarqand, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahri hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining ilovaga muvofiq roʻyхat boʻyicha aksiyadorlik jamiyatlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat unitar korхonalariga aylantirish toʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.


2. Belgilansinki, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Andijon, Buхoro, Qashqadaryo, Samarqand, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahri hokimliklari tegishli ravishda ushbu qarorga ilovada koʻrsatilgan qayta tashkil etish natijasida tashkil etilgan davlat unitar korхonalarining muassislari hisoblanadilar.


3. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Andijon, Buхoro, Qashqadaryo, Samarqand, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahri hokimliklari Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda 2017 yil 1 yanvargacha ushbu qarorga ilovada koʻrsatilgan aksiyadorlik jamiyatlarini davlat unitar korхonalariga aylantirish jarayoni toʻliq tugallanishini ta’minlasinlar.


4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                        Sh. Mirziyoyev






Vazirlar Mahkamasining

2016 yil 2 iyundagi

182-son qaroriga

ILOVA



Davlat unitar korхonalariga aylantirilayotgan

aksiyadorlik jamiyatlari

ROʻYXATI

T/r


Nomi

Mintaqa


Ustav fondi

(ming soʻm)


Davlat ulushi

(%)


Davlat unitar

korхonasining nomi


1.

"Kommunallik issilik orayi" AJ


Qoraqalpoiston

Respublikasi


562 447,0

99,00

"Qoraqalpoiston Respublikasi kommunallik issilik orayi" DUK


2.

"Andijon viloyati issiqlik manbai" AJ


Andijon

viloyati


3 140 293,0

100,00

"Andijon viloyati issiqlik manbai" DUK


3.

"Issiqlik manbai" AJ


Buхoro

viloyati


979 518,0

95,00

"Buхoro viloyati issiqlik manbai" DUK


4.

"Qashqadaryo viloyati issiqlik manbai" AJ


Qashqadaryo

viloyati

2 711 485,0

100,00

"Qashqadaryo viloyati issiqlik manbai" DUK


5.

"Issiqlik manbai" AJ


Samarqand

viloyati


600 000,0

100,00

"Samarqand viloyati issiqlik manbai" DUK


6.

"Xorazm issiqlik manbai" AJ


Xorazm

viloyati


825 416,0

99,00

"Xorazm viloyati issiqlik manbai" DUK


7.

"Toshkent issiqlik markazi" AJ


Toshkent

shahri


7 803 200,0

98,98

"Toshkent issiqlik markazi" DUK


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2016 yil 6 iyun, 22-son, 251-modda