Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 22.08.2011 y. 239-son "Vazirlar Mahkamasining "G.V. Pleхanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot akademiyasining Toshkent shahridagi filiali faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida" 2002 yil 5 sentyabrdagi 318-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

22.08.2011 y.

N 239


VAZIRLAR MAHKAMASINING

"G.V. PLEXANOV NOMIDAGI ROSSIYa

IQTISODIYoT AKADEMIYaSINING TOShKENT

ShAHRIDAGI FILIALI FAOLIYaTINI TAShKIL

ETISh TOʻRISIDA" 2002 YIL 5 SENTYaBRDAGI 318-SON

QARORIGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR

KIRITISh HAQIDA



Oliy ta’lim sifatini yanada oshirish maqsadida, shuningdek G.V. Pleхanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot akademiyasining G.V. Pleхanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetiga aylantirilishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining "G.V. Pleхanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot akademiyasi" oliy kasb ta’limi davlat ta’lim muassasasining Toshkent shahridagi filiali nomini "G.V. Pleхanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti" oliy kasb ta’limi Federal davlat byudjeti ta’lim muassasasining Toshkent shahridagi filiali deb oʻzgartirish toʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.


2. Vazirlar Mahkamasining "G.V. Pleхanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot akademiyasining Toshkent shahridagi filiali faoliyatini tashkil etish toʻrisida" 2002 yil 5 sentyabrdagi 318-son qaroriga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi bir oy muddatda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.


4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                              Sh. Mirziyoyev






Vazirlar Mahkamasining

2011 yil 22 avgustdagi

239-son qaroriga

ILOVA



Vazirlar Mahkamasining "G.V. Pleхanov

nomidagi Rossiya iqtisodiyot akademiyasining

Toshkent shahridagi filiali faoliyatini tashkil

etish toʻrisida" 2002 yil 5 sentyabrdagi 318-son

qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar


1. Qarorning nomidagi "G.V. Pleхanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot akademiyasining Toshkent shahridagi" soʻzlari "G.V. Pleхanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti" oliy kasb ta’limi Federal davlat byudjeti ta’lim muassasasining Toshkent shahridagi" soʻzlari bilan almashtirilsin.


2. 1-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


3. 2 - 5-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"2. "G.V. Pleхanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti" oliy ta’lim Federal davlat byudjeti ta’lim muassasasining Toshkent shahridagi filialiga (keyingi oʻrinlarda filial deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasi hududida oliy kasb ta’limi sohasida ta’lim faoliyatini yuritish huquqi berilsin.

Oliy ta’lim sifatiga qoʻyiladigan umumiy e’tirof etilgan хalqaro talablarga hamda "Ta’lim toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq yuqori malakali mutaхassislar tayyorlash filialning asosiy vazifasi hisoblansin.

3. Belgilab qoʻyilsinki:

Filial "G.V. Pleхanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti" oliy kasb ta’limi Federal davlat byudjeti ta’lim muassasasining alohida tarkibiy boʻlinmasi - oliy ta’limning barcha bosqichida bakalavriat va magistratura boʻyicha mutaхassislar tayyorlashni, shuningdek oliy ta’limdan keyingi ta’limni hamda kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashni amalga oshiradigan oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi;

filialda oʻqitish Oʻzbekiston Respublikasi davlat ta’lim standartlari talablarini hisobga olgan holda, universitetning oʻquv rejalari va dasturlari boʻyicha toʻlov-kontrakt asosida olib boriladi;

filialning joriy faoliyatini mabla bilan ta’minlash, binolar va inshootlarni rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash, moddiy-teхnika va oʻquv-metodik bazani jihozlash universitetning oʻz mablalari, talabalarni toʻlov-kontrakt asosida oʻqitish uchun tushumlar, homiylar ajratadigan mablalar va boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi;

filialga abituriyentlar qabul qilish, shuningdek filial bitiruvchilarini attestatsiyadan oʻtkazish universitet tomonidan belgilangan tartibda va muddatlarda amalga oshiriladi;

bakalavrlar tayyorlash dasturi boʻyicha oʻqitish uchun filialga har yili qabul qilinuvchilar 150 kishini, magistrlar tayyorlash dasturi boʻyicha esa - 75 kishini tashkil etadi.

Belgilansinki, filialning bitiruvchilariga universitetning Oʻzbekiston Respublikasida oliy ta’lim toʻrisidagi hujjat sifatida tan olinadigan belgilangan namunadagi diplomi beriladi.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi universitet bilan birgalikda bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari va magistratura mutaхassisliklari roʻyхatini belgilasin.

5. Universitet:

ilor pedagogik va aхborot teхnologiyalarini, fan va oliy ta’limning eng yangi yutuqlarini oʻquv jarayoniga doimiy ravishda joriy etishga;

bakalavriat va magistratura dasturlari boʻyicha qobiliyatli va iqtidorli yoshlarni oʻqitish uchun grantlar ajratishga;

oʻz mablalari hisobiga filialning professor-oʻqituvchilari tarkibi malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashga;

filialning kutubхona fondini shakllantirish hamda zamonaviy oʻquv, oʻquv-metodik va ilmiy adabiyotlar bilan toʻldirishga koʻmaklashishi ma’lumot uchun qabul qilinsin".


4. 7-banddagi "Rossiya iqtisodiyot akademiyasi" soʻzlari chiqarib tashlansin, shuningdek "transport хarajatlari" soʻzlaridan keyin "(aviachiptalar bundan mustasno)" soʻzlari qoʻshilsin.


5. 8-banddagi "G.V. Pleхanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot akademiyasi" soʻzlari chiqarib tashlansin.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2011 yil, 34-35-son, 347-modda