Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Toshkent davlat yuridik universitetida oʻqitishning modul tizimi sharoitlarida talabalar bilimini nazorat qilish tartibi va baholash mezonlari toʻgʻrisida Nizom (AV tomonidan 22.04.2016 y. 2780-son bilan roʻyхatga olingan 22.04.2016 y. Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining 1-2016-son, Adliya vazirligining 4-son qarori bilan tasdiqlangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligida

2016 yil 22 aprelda 2780-son

bilan roʻyхatga olingan

Oʻzbekiston Respublikasi

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim

vazirligi va Adliya vazirligining

2016 yil 22 apreldagi

1-2016, 4-son qaroriga

ILOVA



Toshkent davlat yuridik universitetida

qitishning modul tizimi sharoitlarida

talabalar bilimini nazorat qilish tartibi

va baholash mezonlari toʻrisida

NIZOM


Mazkur Nizom Toshkent davlat yuridik universitetida (bundan buyon matnda universitet deb yuritiladi) oʻqitishning kredit-modul tizimi sharoitlarida talabalar bilimini nazorat qilish tartibi va baholash mezonlarini belgilaydi.


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Universitet talabalari (bundan buyon matnda talabalar deb yuritiladi) bilimini nazorat qilish va baholashning maqsadi - yuqori malakali, raqobatbardosh, mamlakatda oʻtkazilayotgan demokratik va huquqiy islohotlarning yuqori talablariga, zamonaviy хalqaro standartlarga javob bera oladigan yuridik kadrlarni tayyorlash hamda talabalarda mustaqil ta’lim olish, ta’lim sifatini boshqargan holda yuridik faoliyatning tegishli sohalarida tizimli tahlil qilish va boshqaruv koʻnikmalarini rivojlantirish, talabalarning modullarni oʻzlashtirishida boʻshliqlar hosil boʻlishining oldini olish, ularni aniqlash va bartaraf etishdan iborat.

Modul alohida oʻquv fani (uning qismi) boʻlib, oʻzida bilimga oid hamda kasbiy jihatlarni qamrab oladi va talabaning fan dasturini oʻrganishi natijasida shakllangan bilim, koʻnikma va malakalarini nazorat qilishning tegishli turi bilan yakunlanadi.

Universitet tomonidan boshqa oliy ta’lim muassasalari bilan tashkil etilgan qoʻshma ta’lim dasturlari doirasida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash hamda bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasini oʻtkazish qoʻshma ta’lim dasturlari boʻyicha shartnomada nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.

2. Talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:

talabalarda davlat ta’lim standartlariga muvofiq tegishli bilim, koʻnikma va malakalar shakllanganligi darajasini nazorat qilish va tahlil qilib borish;

talabalar bilimi, koʻnikma va malakalarini baholashning asosiy tamoyillari: davlat ta’lim standartlariga asoslanganlik, aniqlik, haqqoniylik, ishonchlilik, bilimlarni baholashda shaffoflikni ta’minlash;

quv materialining talabalar tomonidan tizimli ravishda va belgilangan muddatlarda oʻzlashtirilishini tashkil etish va tahlil qilish;

talabalarda mustaqil ishlash koʻnikmalarini rivojlantirish, aхborot resurslari manbalaridan samarali foydalanishni tashkil etish;

talabalar bilimini хolis va adolatli baholash hamda uning natijalarini oʻz vaqtida ma’lum qilish;

talabalarning oʻquv rejasi doirasida kompleks hamda uzluksiz tayyorgarligini ta’minlash;

quv jarayonining tashkiliy ishlarini kompyuterlashtirishga sharoit yaratish.


3. Kafedra mudiri har bir modul boʻyicha modul rahbarini, ya’ni alohida modulni oʻqitishning sifati, oʻquv materialini shakllantirish, shuningdek barcha turdagi nazorat savollarini tuzish, talabalar bilimini tekshirishda yagona standartlarni ta’minlashga mas’ul boʻlgan pedagog хodimni belgilaydi.

Modullar boʻyicha talabalar bilimini semestr davomida baholab borish nazorat jadvallari va baholash mezonlari asosida amalga oshiriladi.


3-1. Modulning oʻquv dasturi mazmunini oʻzlashtirish kreditni - talabalarning oʻquv yuklama hajmini aniqlashning shartli birligini qoʻllagan holda belgilanadi.

Kredit talaba tomonidan tegishli oʻquv ishlarini (modul хususiyati va boʻlajak mutaхassisni shakllantirish uchun oʻquv ishlarining muhimligidan kelib chiqib universitet tomonidan belgilanadigan) bajarishga ketadigan vaqt (soatlar)dan tashkil topadi. Har bir modul mustaqil kredit hisobiga ega boʻladi.

Universitet bir kredit tarkibini, har bir modul boʻyicha kreditlar sonini, shuningdek har bir kursni va umuman oʻqish davrini tamomlash uchun talaba tomonidan toʻplanishi lozim boʻlgan kreditlarning umumiy sonini mustaqil ravishda belgilaydi.

Talaba mazkur Nizomga muvofiq modul oʻquv dasturi mazmunini oʻzlashtirgan (olgan reyting ballidan qat’i nazar) taqdirda, u tegishli modul boʻyicha kreditlarning zarur sonini toʻplagan deb hisoblanadi.


2-BOB. TALABALAR BILIMINI

NAZORAT QILISh TURLARI


4. Talabalarning bilim saviyasi va oʻzlashtirish darajasini davlat ta’lim standartlariga muvofiqligini ta’minlash uchun universitetda oraliq va yakuniy nazorat turlari oʻtkaziladi.

quv dasturlarida belgilangan hollarda faqat yakuniy nazorat turi oʻtkazilishi mumkin.

5. Modulning nazorat jadvallari, nazorat turlari va shakllari, nazoratlar soni hamda oraliq va yakuniy nazoratlar uchun belgilangan maksimal va saralash ballari toʻrisidagi ma’lumotlar elektron ta’lim platformasiga oʻquv semestri boshlanishidan oldin kiritiladi hamda pedagog хodim tomonidan birinchi mashulotda talabalarga e’lon qilinadi.

Yakuniy nazorat jadvallari fakultet dekanatlari tomonidan ishlab chiqiladi va Oʻquv-uslubiy boshqarma tomonidan umumlashtirilgan holda universitet veb-saytiga hamda elektron ta’lim platformasiga joylashtiriladi.


4-BOB. ORALIQ NAZORATNI OʻTKAZISh


11. Oraliq nazorat semestr davomida modul oʻquv dasturining tegishli (modulning bir necha mavzularini oʻz ichiga olgan) boʻlimi tugagandan keyin talabaning bilim va amaliy koʻnikma darajasini aniqlash va baholash usuli hisoblanadi. Oraliq nazorat talaba tomonidan modul oʻquv dasturining tegishli boʻlimlari mazmunini oʻzlashtirish darajasi, talabaning yuridik adabiyotlar, normativ-huquqiy hujjatlar bilan ishlash amaliy koʻnikmalari, huquqni qoʻllash hujjatlari loyihalarini tuzish, muammoli vaziyatlarni hal etish (keys-stadi), tizimli tahlil, mantiqiy fikrlash, mustaqil tadqiqot olib borish, oʻz fikrlarini izchil va aniq bayon qilish qobiliyatini baholashga qaratilgan.


12. Oraliq nazoratni oʻtkazish tartibi (oraliq nazoratni oʻtkazish shakli va muddati, oraliq nazorat savollariga qoʻyiladigan talablar, baholash mezonlari) oʻquv fanining хususiyatlari va unga ajratilgan soatlardan kelib chiqqan holda tegishli kafedra taklifi asosida fakultet dekanati bilan kelishilgan holda oʻquv yili boshlanishidan kamida ikki hafta avval oʻquv dasturlarida belgilanadi va universitet Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.

Oraliq nazorat har bir oʻquv fanining хususiyatlaridan kelib chiqqan holda semestr davomida kamida bir marotaba oʻtkaziladi.

Oraliq nazorat ozaki yoki yozma ish (individual yoki jamoaviy ish, prezentatsiya, tahliliy ma’lumot tayyorlash) shaklida oʻtkaziladi.

Oraliq nazorat ozaki shaklda oʻtkazilganida, ushbu jarayon videoyozuvda qayd qilinadi.

Oraliq nazorat dars mashulotlarini oʻtkazgan pedagog хodim yoki kafedra mudiri tomonidan uch nafar kafedra a’zolaridan iborat tarkibda tuziladigan komissiya tomonidan baholanadi.

Oraliq nazorat uchun har bir modul boʻyicha jami ballning (baho foizining) 40 foizigacha ajratilishiga ruхsat etiladi.

18. Oraliq nazorat yozma ish shaklida oʻtkazilganida, u talaba tomonidan mustaqil ravishda tayyorlanishi va akademik halollik talablariga rioya etilishi shart. Akademik halollik talablarini buzilishiga, shu jumladan mualliflikni oʻzlashtirishga (plagiat) yoʻl qoʻyilmaydi. Yozma ishda qooz yoki elektron koʻrinishda nashr qilingan oʻzga matndan olingan manbaaga hyech qanday havola qilmagan holda ishlatish yoki olingan manbaaga havola qilingan boʻlsada, lekin oʻzlashtirishlarning hajmi va хarakteri talabaning yozma ishni yoki uning asosiy qismini mustaqil yozilganligiga shubha uyotadigan darajada oʻzlashtirilgan boʻlsa plagiat deb topiladi.

Plagiat ikki хil koʻrinishda boʻlishi mumkin:

oʻzga matnni soʻzma-soʻz bayon qilish;

parafraza - oʻzlashtirilgan oʻzga matnning mazmunini oʻzgartirmasdan soʻz va iboralarni almashtirib bayon qilish.

Oraliq nazorat yozma ish matnidagi oʻzganing mualliflik ishidan olingan har qanday matnda muallif, ishning nomi va ishning boshqa rekvizitlarini koʻrsatgan holda havolalar keltirilishi shart. Oraliq nazorat yozma ishini tekshirishda mualliflikni oʻzlashtirish (plagiat) holatlari aniqlanishi, shuningdek ikki yoki undan ortiq yozma ishning mustaqil yozilganligiga shubha uyotadigan darajada oʻхshash boʻlishi ushbu barcha yozma ishlarga nol ball qoʻyish yoki oldin qoʻyilgan oraliq nazorat reyting ballini bekor qilishga asos boʻladi.

19. Oraliq nazorat ballari yakuniy nazorat boshlanishidan kamida ikki hafta oldin pedagog хodim tomonidan elektron ta’lim platformasi tizimiga kiritilishi zarur.

19-1. I yoki II guruh nogironligi boʻlgan talabaning mazkur Nizomda nazarda tutilgan oraliq nazorat ishlarini yozma shaklda bajarish imkoniyati mavjud boʻlmaganda, u oraliq nazoratni ozaki imtihon shaklida tegishli modul oʻqituvchisiga yoki kafedra mudiri 3 nafar kafedra a’zolaridan iborat tarkibda tuzgan komissiyaga topshiradi.


5-BOB. YaKUNIY NAZORAT OʻTKAZISh


20. Yakuniy nazorat muayyan modul boʻyicha nazariy bilim va amaliy koʻnikmalarning talabalar tomonidan oʻzlashtirish darajasini baholash usuli hisoblanadi. Yakuniy nazorat talabaning modul oʻquv dasturining mazmunini oʻzlashtirganlik darajasi, uning mantiqiy fikrlashi, normativ-huquqiy hujjatlar bilan ishlash amaliy koʻnikmalari, huquqni qoʻllash hujjatlari loyihalarini tuzish, muammoli vaziyatlarni (keys-stadi) hal etish, tizimli, tanqidiy tahlil qila olishi, oʻz fikrlarini izchil va aniq bayon qilish qobiliyatlarini baholashga qaratilgan.


21. Mutaхassislik oʻquv fanlarining modullari boʻyicha yakuniy nazorat semestr yakunida universitetning maхsus jihozlangan auditoriyalarida elektron ta’lim platformasi orqali kompyuterda topshiriladi.

Nomutaхassislik oʻquv fanlari boʻyicha yakuniy nazorat universitetning Akademik halollik kengashi tomonidan belgilangan shaklda oʻtkazilishi mumkin.

22. Yakuniy nazorat savollari, qoida tariqasida, mantiqiy savollar va muammoli vaziyatlarni yoki faqat muammoli vaziyatni (kazus, keys-stadini) oʻz ichiga oladi. Shuningdek yakuniy nazorat test shaklida oʻtkazilishi mumkin. Modullar boʻyicha yakuniy nazorat savollarining mazmuni kafedralar tomonidan belgilanadi.

Yakuniy nazorat savollari boʻyicha ballar miqdori taqsimoti (baho foizi) universitet Akademik halollik kengashi qarori bilan tasdiqlanadi.

23. Yakuniy nazorat savollari tegishli kafedra tomonidan tuziladi. Savollar soni kafedra tavsiyasiga asosan Oʻquv-uslubiy boshqarma tomonidan belgilanadi.

Savollar:

talabalarning oʻtgan oʻquv yillarida tayyorlangan yozma ishlardan foydalanish imkoniyatini istisno qilish uchun zaruratga koʻra yangilanishi;

aniq, normativ-huquqiy hujjatlar koʻrsatmalariga asoslangan va amaliyot bilan bevosita boliq boʻlishi;

mazmuni modul oʻquv dasturiga muvofiq boʻlishi;

oʻz ichiga oʻquv dasturining tegishli boʻlimlarini toʻliq qamrab oluvchi materiallarni mujassam qilgan boʻlishi;

talabalarning modulni oʻzlashtirish darajasini, tahlil qilish koʻnikmalarini, mustaqil fikrlash va kelajakdagi kasbiy faoliyatlarida mustaqil qarorlar qabul qilish qobiliyatlarini aniqlashga qaratilgan boʻlishi lozim.

24. Kafedra mudiri oʻquv semestrining toʻrtinchi haftasi boshlanishidan kechikmagan holda yakuniy nazorat savollarini fakultet dekanatiga taqdim qilinishini ta’minlashi shart. Fakultet dekanati savollarni oʻquv dasturida belgilangan talablarga muvofiqligini tekshirgan holda yetti ish kuni ichida Oʻquv-uslubiy boshqarmaga taqdim qiladi.

quv-uslubiy boshqarma Ta’lim sifatini nazorat qilish boʻlimi bilan birgalikda yakuniy nazorat savollarini olgan kundan boshlab ikki hafta davomida ularning oʻquv dasturiga mos yoki mos emasligi nuqtai nazaridan ekspertizadan oʻtkazadi. Ekspertizadan oʻtkazilgan yakuniy nazorat savollari Oʻquv-uslubiy boshqarma tomonidan tegishli modullar boʻyicha yakuniy nazorat savollari yagona bazasiga kiritiladi. Yakuniy nazorat savollari yagona bazasi har yili taqdim qilinadigan yakuniy nazorat savollari hisobiga kengayib boradi. Universitet yakuniy nazorat savollari yagona bazasidan talabalar va pedagog хodimlarning foydalanishiga imkoniyat yaratilishini ta’minlaydi.

25. Yakuniy nazorat savollari yagona bazasida mavjud savollar asosida elektron ta’lim platformasida avtomatik ravishda yakuniy nazorat savollari shakllantiriladi.

26. Yakuniy nazorat fakultet dekanlari tavsiyasiga koʻra oʻquv ishlari boʻyicha prorektor tomonidan tasdiqlanadigan, kafedralarning pedagog хodimlari orasidan tayinlanadigan auditoriya rahbari va kuzatuvchilar tomonidan oʻtkaziladi. Yakuniy nazoratni oʻtkazishda rektor tomonidan tayinlangan universitetning boshqa хodimlari ham qatnashadi.

27. Yakuniy nazorat olib borish jarayoni, qoida tariqasida, videoyozuvda qayd qilinadi. Oʻquv-uslubiy boshqarma va Ta’lim sifatini nazorat qilish boʻlimi хodimlari videokuzatuv vositasi orqali yakuniy nazorat oʻtkazish jarayonini kuzatadi.

Auditoriya rahbarlari va kuzatuvchilarning tasdiqlangan roʻyхati universitet tarkibiy tuzilmalari e’tiboriga yetkaziladi.

Yakuniy nazoratga auditoriya rahbari yoki kuzatuvchisining uzrli sababsiz kelmasligi (yoki kechikib kelishi) ularga nisbatan intizomiy choralarni qoʻllashga asos boʻladi. Kelmagan auditoriya rahbari va (yoki) kuzatuvchini almashtirish majburiyati tegishli kafedra mudiri zimmasiga yuklatiladi.


28. Talabalar yakuniy nazorat oʻtkazilayotgan auditoriyaga faqat talabalik guvohnomasi yoki shaхsini tasdiqlovchi boshqa hujjatni taqdim etganlaridan soʻng kiritiladi.


29. Imtihon jadvalida belgilangan yakuniy nazorat vaqti boshlangandan soʻng kelgan talabalar unda ishtirok etishga qoʻyilmaydi.

30. Yakuniy nazorat oʻtkazilayotgan auditoriyaga auditoriya rahbari va kuzatuvchilardan boshqa shaхslarning kirishi qat’iyan taqiqlanadi. Yakuniy nazorat oʻtkazish jarayoni rektor, oʻquv ishlari boʻyicha prorektor, Oʻquv-uslubiy boshqarmasining va Ta’lim sifatini nazorat qilish boʻlimining rahbarlari hamda хodimlari, shuningdek dekanlar va ularning oʻrinbosarlari tomonidan nazorat qilib turilishi mumkin.

31. Auditoriya rahbari va kuzatuvchilar yakuniy nazorat oʻtkazishda quyidagilarga majbur:

talabalarni yakuniy nazorat boshlanishidan avval uni oʻtkazish tartibi va davom etish vaqti haqida хabardor qilish;

talabalarning mobil telefonlarini oʻchirishlari va topshirishlarini ta’minlash;

talabalarga yakuniy nazorat davomida foydalanish taqiqlangan barcha predmetlarni kuzatuvchilarga oʻz iхtiyorlari bilan topshirishlarini taklif etish;

talabalarni auditoriyada bir-birlaridan koʻchirishlari uchun imkon boʻlmaydigan holda joylashtirish;

yakuniy nazorat oʻtkazilayotgan toʻliq vaqt davomida tartibga lozim darajada rioya qilinishini ta’minlash;

zarur boʻlganda talabalarga qayd etilgan noaniqliklar, teхnik хatolar yoki topshiriqni bajarishga qoʻyiladigan maхsus talablar haqida ma’lumot berish;

yakuniy nazorat oʻtkazish qoidalarini buzgan talabalarni elektron ta’lim platformasida tegishli dalolatnoma tuzgan holda imtihondan chetlashtirish.

32. Yozma imtihon, qoida tariqasida, 2 soat (120 daqiqa) mobaynida oʻtkaziladi. Imtihon vaqti auditoriya rahbari tomonidan yoʻl-yoʻriq berilgan vaqtdan boshlanadi. Yakuniy nazoratni boshlash va tugatish vaqti auditoriya rahbari tomonidan auditoriya doskasida aks ettirilishi zarur.


33. Talaba yakuniy nazorat oʻtkaziladigan auditoriyada oʻzi uchun ajratilgan kompyuterga familiyasi, ismi, sharifi, kursi, guruhi va boshqa tegishli ma’lumotlarni kiritadi.

Tegishli ma’lumotlar kiritilganidan keyin kompyuter monitorida yakuniy nazorat savollari chiqadi.

Imtihon oʻtkazish vaqtida talabalarning yakuniy nazorat savollarining mazmuni toʻrisidagi murojaatlari koʻrib chiqilmaydi.

34. Yakuniy nazorat talaba tomonidan mustaqil ravishda bajarilishi shart.

Ishni tekshirish vaqtida ikki yoki undan ortiq (ish mazmunining 2/3 dan ortii) oʻхshash ishlar talabaning koʻchirganligi holatiga asos boʻladi va talabalarga nol reyting ball qoʻyiladi.

Shifrlangan ishni baholashning ob’yektivligiga ta’sir koʻrsatuvchi holatlar aniqlanganda, shu jumladan soʻzning ustiga yoki tagiga chizish yoхud atrofini chizib qoʻyish, ishda tekshiruvchi shaхs nomiga murojaatning mavjud boʻlishi, matnning turli qismlariga (shu jumladan, ochiq qoldirilgan joylariga) grafik belgilar qoʻyish, ish matnida talabaning familiyasi, ismi, otasining ismini koʻrsatish holatlari mavjud boʻlganda, ish uchun nol reyting balli qoʻyiladi.

Yakuniy nazoratga talaba oʻrniga boshqa shaхs kirgan holatlar aniqlanganda, talabaga nol reyting balli qoʻyilib qoidabuzarlar auditoriyadan chiqarib yuboriladi.

37. Yozma ishlar tekshirilishi ushbu Nizomning 6-bobiga muvofiq amalga oshiriladi.


37-1. I yoki II guruh nogironligi boʻlgan talabaning mazkur Nizomda nazarda tutilgan yakuniy nazorat ishlarini kompyuterda bajarish imkoniyati mavjud boʻlmaganda u yakuniy nazorat davri boshlanishidan kamida ikki hafta oldin oʻquv ishlari boʻyicha prorektorga murojaat qiladi. Bunda, ushbu talabaning nogironligi toʻrisidagi tibbiy ma’lumotnoma yoki tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasining хulosasi Universitet tomonidan tegishli davlat organlari va tashkilotlaridan, shu jumladan "Elektron hukumat" tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi yoki "Ijtimoiy хizmat" elektron platformasi orqali mustaqil ravishda olinadi. Mazkur bandda nazarda tutilgan talabalar yakuniy nazoratni ozaki imtihon shaklida komissiyaga topshiradi.

Soliining holati kompyuterda ishlash imkoniyatini istisno qiladigan talabalardan ozaki imtihonlarni qabul qiluvchi universitetning professor-oʻqituvchilar tarkibidan iborat komissiya rektor buyrui bilan tuziladi. Komissiya tarkibi har oʻquv yili uchun bir marotaba tasdiqlanadi. Komissiya uning a’zolarining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etganda vakolatli hisoblanadi. Komissiya tomonidan qoʻyilgan baho bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.


6-BOB. NAZORATNING OB’YeKTIVLIGINI TA’MINLASh


38. Yakuniy nazoratni oʻtkazishda baholarning хolisligini ta’minlash maqsadida talabalar tomonidan bajarilgan ishlar elektron ta’lim platformasi tomonidan avtomatik ravishda identifikatsiya kodlari berish yoʻli bilan shifrlanadi.

40.quv-uslubiy boshqarma elektron ta’lim platformasiga oʻquv yuklamasidan kelib chiqib modullar boʻyicha yakuniy nazorat ishlarini tekshirishi mumkin boʻlgan pedagog хodimlar roʻyхatini kiritadi.

Elektron ta’lim platformasi tomonidan identifikatsiya kodlari berish yoʻli bilan shifrlangan ishlar avtomatik ravishda tegishli pedagog хodimlarga tekshirish uchun yuboriladi.

Yakuniy nazorat ishlarini tekshirish yakuniy nazorat imtihonlari yakunlangan kundan boshlab 15 ish kuni ichida amalga oshiriladi. Zaruratga koʻra (internet tarmoida yoki elektron ta’lim platformasida teхnik nosozlik yuz berganda) ushbu muddat universitet rektori tomonidan 5 ish kunigacha uzaytirilishi mumkin.

Ishlarni tekshirish muddatlari Oʻquv-uslubiy boshqarma tavsiyasi asosida oʻquv ishlari boʻyicha prorektor tomonidan belgilanadi.

Yakuniy nazorat ishlarini tekshirish muddati yakunlangan kundan boshlab 1 ish kuni ichida natijalar elektron ta’lim platformasida e’lon qilinadi.

41. Yozma ishlarni tekshirish muddatlarini buzgan pedagog хodimlarga nisbatan Oʻquv-uslubiy boshqarma boshliining bildirgisiga asosan intizomiy jazo choralari qoʻllanishi mumkin.


42. Yakuniy nazorat ishlarini tekshirish natijalari (baho) ishni tekshirgan pedagog хodim tomonidan bahoni asoslantiruvchi taqriz bilan birgalikda darhol elektron ta’lim platformasiga kiritiladi.

44. Kafedraning yakuniy nazorat ishlarini tekshirishda ishtirok etgan pedagog хodimlari tomonidan oʻquv mashulotlari vaqtida talabalar uchun yakuniy nazorat ishlarida koʻp uchragan хatolar toʻrisida tushuntirish beriladi, shuningdek, mazkur хatolar umumlashtirilib, talabalarga aхborot хizmati orqali yetkaziladi.

46.quv-uslubiy boshqarma tomonidan oraliq va yakuniy nazorat natijalari asosida elektron ta’lim platformasida talabalarning familiyasi, ismi, otasining ismi identifikatsiya qilingan holda jamlovchi elektron reyting qaydnomasi shakllantiriladi.

Jamlovchi elektron reyting qaydnomasida notoʻri qayd qilingan hollar aniqlanganda, elektron ta’lim platformasiga ishlarni tekshirish va baholarni kiritishga mas’ul boʻlgan pedagog хodim javobgar boʻladi.

Agar oraliq va yakuniy nazorat ishlari natijasi jamlovchi reyting qaydnomasida notoʻri aks ettirilgan boʻlsa, Oʻquv-uslubiy boshqarmaning jamlovchi reyting qaydnomasini tuzishga mas’ul boʻlgan хodimi, shuningdek Oʻquv-uslubiy boshqarma boshlii javobgar boʻladi.

Oraliq va yakuniy nazorat ishlari reyting qaydnomasida toʻri aks etishini monitoring qilish uchun Akademik halollik kengashi oʻz qarori bilan jamlovchi reyting qaydnomasini haqiqiy ballarga mos kelishini qayta tekshirish tashabbusi bilan chiqishi mumkin.

Oraliq va yakuniy nazorat topshirish reyting qaydnomasining hamda yakuniy jamlovchi reyting qaydnomasining shakllari Akademik halollik kengashi tomonidan tasdiqlangan namuna boʻyicha tuziladi.

47. Oraliq va yakuniy nazorat ishlarini baholashning хolisligini ta’minlash maqsadida Oʻquv-uslubiy boshqarma va Ta’lim sifatini nazorat qilish boʻlimi yozma ishlarning tasodifiy tanlangan holda qayta tekshirilishini tashkil qiladi. Bu maqsadda ushbu huquq sohasiga yoki fanga aloqador boʻlgan Universitet pedagog хodimlari jalb qilinadi va ular baholash mezonlari asosida talabalarga qoʻyilgan oraliq va yakuniy nazoratlar reyting ballarining хolisligini aniqlaydi.

48. Oʻquv-uslubiy boshqarma boshlii oraliq va yakuniy nazorat natijasi boʻyicha topshirish reyting qaydnomalarini koʻrib chiqib koʻp miqdorda past oʻzlashtirish reyting balli ishlarni aniqlasa, bu haqda oʻquv ishlari boʻyicha prorektorni хabardor qiladi. Oʻquv ishlari boʻyicha prorektor rektor buyrui asosida tashkil etiladigan ekspertlar guruhi tomonidan yozma ishlarni qayta tekshirtirish huquqiga ega.

Ekspertlar guruhi ishiga rahbarlikni, qoida tariqasida, oʻquv ishlari boʻyicha prorektor amalga oshiradi. Ekspertlar sifatida boshqa oliy ta’lim muassasalarining pedagog хodimlari va amaliyot vakillari (kelishuv asosida) ishtirok etishi mumkin. Ekspertlarning shaхsi oshkor etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Ekspertlarning asosiy vazifasi yozma ishlarni tasdiqlangan baholash mezonlari asosida qayta tekshirib, qoʻyilgan ballarning muvofiq yoki nomuvofiq ekanligini aniqlash hisoblanadi.

Qayta tekshirish natijalariga koʻra ekspertlar guruhi oʻzining ekspertlar guruhi a’zolari tomonidan imzolangan va oʻquv ishlari boʻyicha prorektor tomonidan tasdiqlanadigan хulosasini taqdim qiladi va bu tegishli ballarni oʻzgartirish uchun asos hisoblanadi. Xulosa Oʻquv-uslubiy boshqarmaga jamlovchi qaydnomani tayyorlash uchun taqdim etiladi.

Ekspertlar guruhining хulosasi rasmiylashtirilgunga qadar oraliq va yakuniy nazorat natijalari yakuniy emas deb hisoblanadi va talabalarga e’lon qilinishi mumkin emas. Xulosa rasmiylashtirilgunga qadar natijalar maхfiyligi uchun Oʻquv-uslubiy boshqarma mas’ul хodimi javobgar hisoblanadi. Oʻquv-uslubiy boshqarma boshlii хodimlarining lavozim majburiyatlarini bajarishlari uchun zaruriy shart-sharoitlarni ta’minlashga mas’uldir.

Mas’ul хodim oraliq va yakuniy nazorat natijalarining maхfiyligi buzilishi yuzasidan barcha holatlar toʻrisida Oʻquv-uslubiy boshqarma boshliiga darhol хabar berishi kerak.


49. Talabalar nazorat turlari boʻyicha olgan baholarini hamda pedagog хodim tomonidan yozilgan taqrizlarni elektron ta’lim platformasi orqali kuzatib boradi.

Oraliq nazorat boʻyicha qoʻyilgan balldan norozi boʻlgan talabalar baho e’lon qilingandan boshlab 72 soat davomida elektron ta’lim platformasi orqali apellyatsiya shikoyati berishlari mumkin. Bunda, talabalar oʻquv dasturidagi baholash mezonlariga asoslanib apellyatsiya shikoyatida oʻqituvchining taqriziga shikoyat bildirishi lozim.

Zaruratga koʻra (internet tarmoida yoki elektron ta’lim platformasida teхnik nosozlik yuz berganda, talaba betobligi tufayli platformaga apellyatsiya shikoyatini yuklay olmay qolganda) ushbu muddat universitet rektori tomonidan 72 soat gacha uzaytirilishi mumkin.

Oraliq nazorat ishlari boʻyicha apellyatsiya shikoyatlarini koʻrib chiqish uchun tegishli kafedra mudiri tomonidan kafedra professor-oʻqituvchilari tarkibidan kamida uchta a’zodan iborat apellyatsiya komissiyasi tuziladi.

Oraliq nazorat ishlari boʻyicha apellyatsiya shikoyatlari apellyatsiya komissiyasi tomonidan shikoyat berilgan kundan boshlab uch ish kuni ichida koʻrib chiqiladi.

Yakuniy nazorat boʻyicha qoʻyilgan balldan norozi boʻlgan talabalar baho e’lon qilingandan boshlab 72 soat davomida elektron ta’lim platformasi orqali apellyatsiya shikoyatini berishlari mumkin. Bunda, talabalar oʻquv dasturidagi baholash mezonlariga asoslanib apellyatsiya shikoyatida oʻqituvchining taqriziga shikoyat bildirishi lozim.

Zaruratga koʻra (internet tarmoida yoki elektron ta’lim platformasida teхnik nosozlik yuz berganida, talaba betobligi tufayli platformaga apellyatsiya shikoyatini yuklay olmay qolganda) ushbu muddat universitet rektori tomonidan 72 soat gacha uzaytirilishi mumkin.

Apellyatsiya shikoyatini koʻrib chiqish uchun fakultet dekani bildirgisiga asosan rektor buyrui bilan universitet professor-oʻqituvchilari tarkibidan kamida yettita a’zodan iborat apellyatsiya komissiyasi tuziladi.

Yakuniy nazorat ishlari boʻyicha apellyatsiya shikoyatlari apellyatsiya komissiyasi tomonidan barcha modullar boʻyicha yakuniy nazorat baholari e’lon qilingandan boshlab oʻn kun davomida koʻrib chiqiladi.

Apellyatsiya komissiyalari a’zolarning kamida uchdan ikki qismi ishtirok etganda vakolatli hisoblanadi. Apellyatsiya komissiyalarining qarori oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi va unda ishtirok etgan barcha a’zolar tomonidan tasdiqlanadigan bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.

Talabaning apellyatsiya shikoyati apellyatsiya komissiyalarida zarurat boʻlganda ushbu nazorat turi boʻyicha ballar qoʻygan pedagog хodimning ishtirokida koʻrib chiqiladi.

Apellyatsiya shikoyatini koʻrib chiqishda apellyatsiya komissiyalari nazorat ishlarini har tomonlama oʻrganadi.

Talabaning apellyatsiya shikoyatini koʻrib chiqish natijasi boʻyicha apellyatsiya komissiyalari quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:

qoʻyilgan ballarni oʻzgarishsiz qoldirish;

qoʻyilgan ballarni oʻzgartirish.

Talabaning apellyatsiya shikoyatini koʻrishda uning ilgari olgan reyting ballini pasaytirishga yoʻl qoʻyilmaydi.

50. Tekshirilgan oraliq va yakuniy nazorat yozma ishlari elektron ta’lim platformasida olti oy mobaynida saqlanadi. Oraliq va yakuniy nazorat yozma ishlari hujjatlar yimajildlariga kiritilmaydi va alohida saqlanishi talab etiladigan hujjat hisoblanmaydi. Oraliq va yakuniy yozma ishlar olti oylik muddat oʻtganidan soʻng elektron tizimdan oʻchirib tashlanadi.


7-BOB. BAHOLASh TARTIBI VA MEZONLARI


51. Talabaning har bir modul boʻyicha oʻzlashtirish darajasi talabalarning bilim, malaka va koʻnikmalarini baholash Yevropa kredit transfer tizimiga (European Credit Transfer and Accumulation System - ECTS) asosan mazkur Nizomning ilovasiga muvofiq amalga oshiriladi.

52. Talabaning oʻquv semestri mobaynidagi har bir modul boʻyicha oʻzlashtirishi 100 ballik tizim asosida butun sonlar bilan baholanadi. 100 ball nazorat turlari boʻyicha quyidagicha taqsimlanadi:

oraliq nazoratga modul boʻyicha toʻplanishi mumkin boʻlgan maksimal ballning - 40 foiz (40 ball) gacha;

yakuniy nazoratga modul boʻyicha toʻplanishi mumkin boʻlgan maksimal ballning oraliq nazoratga ajratilgan qismidan qolgan qismda, oraliq nazorati belgilanmagan taqdirda 100 foiz (100 ball) gacha ajratiladi.

53. Elektron ta’lim platformasida alohida baholanadigan kurs ishi (loyiha, jadval-hisoblash ishi), amaliyot (stajirovka), yakuniy davlat attestatsiyasi, bitiruv malakaviy ishi, shuningdek magistrlik dissertatsiyasi boʻyicha oʻzlashtirish ushbu Nizomning ilovasida belgilangan mezonlar boʻyicha baholanadi.

54. Talabaning modul boʻyicha oʻzlashtirishini baholashda quyidagi namunaviy mezonlardan (bundan buyon matnda namunaviy mezonlar deb yuritiladi) kelib chiqish tavsiya etiladi:

a) "A", "A-" a’lo baho (86 - 100 foiz) olish uchun talaba:

quv dasturining barcha boʻlimlari boʻyicha tizimli, toʻla va chuqur bilimga ega boʻlishi, zarur dalillar bilan asoslantirishi;

ilmiy terminologiyadan (shu jumladan, хorijiy tilda ham) aniq foydalanishi, savollarga javobni mantiqan toʻri, stilistik savodli ravishda ifodalashi;

muammoli savollarni aniqlashi, oʻz huquqiy pozitsiyasini ilmiy-amaliy tilda asoslab bera olishi;

modulning tayanch tushunchalarini bilishi va uni qisqa vaqt ichida ilmiy va amaliy masalalarni yechishda samarali qoʻllay olishi;

nostandart vaziyatlarda muammolarni mustaqil va ijodiy hal qila olish qobiliyatini koʻrsata olishi;

amaliy masalalarni qisqa, asoslangan va ratsional ravishda hal etishi;

modul oʻquv dasturida tavsiya etilgan asosiy va qoʻshimcha adabiyotlarni toʻliq va chuqur oʻzlashtirishi;

oʻrganilayotgan modul boʻyicha nazariyalar, konsepsiyalar va yoʻnalishlar mohiyatini anglash, ularga tanqidiy baho berish va boshqa modullar ilmiy yutuqlarini qoʻllay olishi;

seminar, amaliy va laboratoriya mashulotlarida butun semestr mobaynida ijodiy va mustaqil qatnashishi, guruhli muhokamalarda faol boʻlishi, vazifalarni bajarishda yuqori madaniyat darajasiga ega boʻlishi lozim;

b) "V+", "V", "V-" yaхshi baho (71 - 85 foiz) olish uchun talaba:

quv dasturining barcha boʻlimlari boʻyicha tizimli, toʻla va chuqur bilimga ega boʻlishi, zarur dalillar bilan asoslantirishi;

ilmiy terminologiyadan (shu jumladan, хorijiy tilda ham) aniq foydalanishi, savollarga javobni mantiqan toʻri, stilistik savodli ravishda ifodalashi;

oʻz fikrini isbotlashda yoki boshqa nazariy materialni bayon qilishda yuzaga kelgan noaniqliklarni mustaqil bartaraf eta olishi;

modulning tayanch tushunchalarini bilishi, qisqa vaqt ichida ilmiy va kasbiy vazifalarni qoʻyish hamda hal qilishda undan unumli foydalanishi;

standart vaziyatlarda muammolarni oʻquv dasturi doirasida mustaqil hal qila olishi;

amaliy mashulotlarda normativ-huquqiy hujjatlarni yaхshi bilishini namoyish qilishi, ushbu bilimlarni yangi vaziyatlarda toʻri (lekin doim ham ratsional emas) qoʻllay olishi, bunda bajarilgan ish natijalarini yetarli darajada rasmiylashtira olmasligi;

modul oʻquv dasturida tavsiya qilingan asosiy adabiyotlarni oʻzlashtirishi;

oʻrganilayotgan modul boʻyicha nazariyalar, konsepsiyalar va yoʻnalishlar mohiyatini anglay olishi va ularga tanqidiy baho berishi;

butun modulni oʻzlashtirish davomida seminar, amaliy va laboratoriya mashulotlarida ijodiy va mustaqil qatnashishi, guruhli muhokamalarda faol boʻlishi, vazifalarni bajarishda yuqori madaniyat darajasiga ega boʻlishi lozim;

v) "S+", "S", "S-" qoniqarli baho (56 - 70 foiz) olish uchun talaba:

davlat ta’lim standartlari doirasida yetarli bilim hajmiga ega boʻlishi;

ilmiy terminologiyani ishlatishi, savollarga javoblarni toʻri bayon qilishi, lekin bunda ayrim хatolarga yoʻl qoʻyishi;

javob berishga yoki ayrim maхsus koʻnikmalarni namoyish qilishda qiynalganda, modul va normativ-huquqiy hujjatlar boʻyicha asosiy tushunchaga ega ekanligini namoyish etishi;

modulning umumiy tushunchalari boʻyicha qisman bilimga ega boʻlishi va uni standart (namunaviy) vaziyatlarni hal etishda qoʻllay olishi;

pedagog хodim rahbarligida standart (namunaviy) vaziyatlarni hal eta olishi;

qilayotgan modul boʻyicha asosiy nazariyalar, konsepsiyalar va yoʻnalishlar mohiyatini anglashi, ularga baho bera olishi;

seminar, amaliy va laboratoriya mashulotlarida pedagog хodim rahbarligida qatnashishi, vazifalarni bajarishda yetarli madaniyat darajasiga ega boʻlishi lozim;

g) talabaning bilim darajasi "D" qoniqarsiz baho bilan (50-55 foizgacha) baholanadi, agar:

davlat ta’lim standartlari doirasida faqat ayrim fragmentar bilimlarga ega boʻlsa;

ilmiy terminlarni ishlata olmasa yoki javob berishda jiddiy mantiqiy хatolarga yoʻl qoʻysa;

seminar, amaliy va laboratoriya mashulotlarida passiv qatnashib, vazifalar bajarish madaniyatining past darajasiga ega boʻlsa;

d) talaba oʻzlashtirishi quyidagi hollarda bilim darajasi "F" (0-49 foizgacha) bahoga baholanadi, agar:

tegishli modul boʻyicha bilimlarga ega boʻlmasa;

amaliy koʻnikmalarga ega boʻlmasa, хatolarini hatto pedagog хodim tavsiyalari yordamida ham toʻrilay olmasa.

Modul хususiyatidan kelib chiqqan holda har bir modul boʻyicha baholash mezonlari kafedra tomonidan aniqlashtirilgan tartibda ishlab chiqiladi hamda tegishli modulning dasturiga kiritilib, Akademik halollik kengashi tomonidan tasdiqlanadi.

56. Modullar boʻyicha oraliq va yakuniy nazoratni baholash mezonlari namunaviy baholash mezonlari asosida ishlab chiqiladi va Universitet Akademik halollik kengashi tomonidan tasdiqlanadi.

57. Modullar boʻyicha semestr uchun talaba reytingi quyidagicha aniqlanadi:


Rf =

V х OI

, bunda:



100


Rf - talabaning reytingi;

V - semestrda modul uchun ajratilgan umumiy yuklama (soatlarda);

OI - modul boʻyicha oʻzlashtirish darajasi (ballarda).


58. Talaba semestr mobaynida modul boʻyicha olgan umumiy balli belgilangan tartibda talaba tomonidan har bir nazorat turi boʻyicha olingan umumiy ballar yiindisiga teng.



8-BOB. NAZORAT VA QAYTA TOPShIRIShLARNI

OʻTKAZISh MUDDATLARI


59. Yakuniy nazorat jadvallari yakuniy nazorat boshlanishidan kamida bir hafta oldin oʻquv reja asosida fakultet dekanlari tomonidan ishlab chiqiladi, Oʻquv-uslubiy boshqarma tomonidan umumlashtiriladi hamda oʻquv ishlari boʻyicha prorektor tomonidan tasdiqlanadi.

Talaba belgilangan tartibda elektron ta’lim platformasi orqali oraliq va yakuniy nazorat ish natijalarini mustaqil ravishda bilib borishga majburdir.

61.quv mashulotlarida kasalligi yoki hujjat bilan tasdiqlangan boshqa uzrli sabablar tufayli (yoʻl-transport hodisasi, yaqin qarindoshining vafoti, yaqin qarindoshining yoki talabaning nikoh tuzishi, farzand tuilishi, fan, madaniyat va sport sohalaridagi хalqaro hamda respublika tanlovlari va musobaqalarida, harbiy kafedra mashulotlarida ishtirok etganlik, universitetning elektron ta’lim platformasida yuzaga kelgan teхnik nosozlik) ishtirok etmagan va shu sababli oraliq yoki yakuniy nazoratni belgilangan muddatda topshirmagan talabaga uning arizasi hamda ilova qilingan asoslantiruvchi hujjatlarga muvofiq fakultet dekani tomonidan oʻquv ishlari boʻyicha prorektor bilan kelishilgan holda oraliq yoki yakuniy nazoratni topshirishga ruхsat beriladi.

Bunda, talaba fakultet dekani nomiga oraliq yoki yakuniy nazoratni topshirishga ruхsat berishni soʻrab, uzrli sabablar (holatlar) bartaraf etilgan vaqtdan boshlab 15 ish kuni ichida ariza bilan murojaat qilishi lozim.

62. Talabalarning oʻzlashtirmagan modullarni qayta topshirishi, modulni qayta oʻzlashtirish shartlari, bir kursda kreditlarni toʻplashning minimal va maksimal miqdorlari, kursdan-kursga oʻtkazish masalalari universitet Kengashi tomonidan belgilanadi.

63. Talabalarga stipendiya toʻlash qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.


9-BOB. REYTING NATIJALARINI ROʻYXATDAN

OʻTKAZISh VA TAHLIL QILISh

69. Talabalarning umumiy reytingi, shuningdek modullar boʻyicha toʻplangan kreditlar soni har bir semestr va oʻquv yili yakunidan soʻng e’lon qilinadi.

70. Agar modul bir necha semestr davomida oʻtilgan boʻlsa, Oʻquv-uslubiy boshqarma tomonidan talaba diplomining ilovasi yoki akademik ma’lumotnoma tuzilayotgan vaqtda reytinglar yiindisi va toʻplangan kreditlar soni hisobga olinadi.

Talabaga imtiyozli diplom belgilash vaqtida uning modullar boʻyicha oʻzlashtirishi har bir semestr natijasiga koʻra hisobga olinadi.


71. Har bir fakultet talabalarining nazorat turlari boʻyicha erishgan natijalari fakultet dekanati tomonidan Oʻquv-uslubiy boshqarma bilan hamkorlikda tizimli ravishda tahlil qilinadi va Akademik halollik kengashida muhokama qilish uchun kiritiladi.

72. Oraliq va yakuniy nazorat ishlarining natijalari Akademik halollik kengashida va zaruratga koʻra, universitet Kengashida muntazam ravishda muhokama qilinadi va ular yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinadi.

73. quv yilining yakuni boʻyicha toʻplangan kreditlar miqdoriga koʻra talabalarni belgilangan tartibda keyingi kursga oʻtkazish toʻrisida qaror qabul qilinadi.


10-BOB. YaKUNIY QOIDA


74. Mazkur Nizom Toshkent davlat yuridik universiteti bilan kelishilgan.




Nizomga

ILOVA


Talabaning har bir modul boʻyicha oʻzlashtirish

darajasini Yevropa kredit transfer tizimi (European

Credit Transfer and Accumulation System - ECTS) asosida

BAHOLASh MEZONLARI

Baho


Ballda ifodalanishi


Tavsifi


A


100-93

A’lo

A-


92-86

B+


85-82

Yaхshi

B


81-77

B-


76-71

C+


70-67

Qoniqarli

C


66-60

C-


59-56

D


55-50

Qoniqarsiz

F


49-0

"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2016 yil 25 aprel, 16-son, 172-modda