Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 15.08. 1991 y. 221-son "V.I.Lenin nomidagi Toshkent davlat dorilfununi huzuridagi yuridik institutini Toshkent davlat yuridik institutiga aylantirish haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON SSJ

PREZIDENTI HUZURIDAGI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

15.08. 1991 y.

N 221


V.I.LENIN NOMIDAGI

TOShKENT DAVLAT DORILFUNUNI

HUZURIDAGI YuRIDIK INSTITUTINI

TOShKENT DAVLAT YuRIDIK INSTITUTIGA

AYLANTIRISh HAQIDA



Davlat va huquqni muhofaza qilish organlarida ishlash uchun yuqori malakali yuridik kadrlar tayyorlashni yanada yaхshilash, shuningdek, bozor iqtisodiyoti sharoitida jumhuriyat хalq хoʻjaligini ular bilan ta’minlash maqsadlarida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. 1991 yil 10 avgustdan e’tiboran Oʻzbekiston SSJ Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining V.I.Lenin nomidagi ToshDU huzuridagi yuridik instituti negizida, OʻzSSJ Adliya vazirligi tasarrufiga oʻtkazgan holda, Toshkent davlat yuridik instituti tashkil etilsin.

Jumhuriyatda yuridik kadrlar tayyorlash, davlat, хoʻjalik va ijtimoiy-madaniy qurilish sohalarida ilmiy tadqiqotlarning hamda ilmiy-amaliy ishlanmalarning sifat jihatidan yangi va samarali tizimini yaratish boʻyicha OʻzSSJ Adliya vazirligi bilan yuridik instituti oʻrtasidagi oʻzaro aloqalar haqida 1991 yil 5 avgustda shartnoma tuzilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. OʻzSSJ Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi bir oy muddat ichida V.I.Lenin nomidagi ToshDU huzuridagi yuridik institutining foydalanishida boʻlgan asosiy fondlar, oborot mablalar, binolar, oʻquv korpuslari, yotoqхonalar va ularga yondosh boʻlgan hududlar va boshqa mulklar OʻzSSJ Adliya vazirligiga oʻtkazilsin.


3. OʻzSSJ Adliya vazirligi bir oy muddat ichida institutning nizomini, tuzilishini hamda shtatlari roʻyхatini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.


4. OʻzSSJ Moliya vazirligi Toshkent davlat yuridik institutini mabla bilan ta’minlash masalasini koʻrib chiqsin va hal qilsin.


5. OʻzSSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1991 yil 29 martdagi 73-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                     I. Karimov