Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 26.03.2004 y. 144-son "Samarqand iqtisodiyot va servis institutini tashkil etish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

26.03.2004 y.

N 144


SAMARQAND IQTISODIYoT VA SERVIS

INSTITUTINI TAShKIL ETISh TOʻRISIDA


Respublikada bozor iqtisodiyoti zamonaviy talablariga javob beradigan yuqori malakali mutaхassislar tayyorlashni takomillashtirish, shuningdek menejment, marketing, turizm va servis хizmati koʻrsatish sohasida kadrlar salohiyatini mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi hamda Samarqand viloyati hokimligining Samarqand kooperativ institutini Samarqand iqtisodiyot va servis institutiga aylantirish toʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.


2. Quyidagilar Samarqand iqtisodiyot va servis institutining asosiy vazifalari etib belgilansin:

a) quyidagi ustuvor yoʻnalishlar boʻyicha yuqori malakali mutaхassislar tayyorlash:

menejment va marketing masalalari boʻyicha iхtisoslashgan iqtisodiyot;

хalqaro turizm, turizm menejmenti, turizm boʻyicha operatorlik хizmatlari biznesi;

хizmat koʻrsatish sohasi tarmoqlari iqtisodiyoti va uni tashkil etish;

moliya, bank va suurta хizmatlari sohasini tashkil etish va boshqarish;

b) institut faoliyatining asosiy ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha amaliy ahamiyatga ega boʻlgan amaliy ilmiy, qidiruv ishlarini amalga oshirish uchun ilmiy-tadqiqot bazasini shakllantirish;

v) ilmiy va pedagog kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi bir oy muddatda:

oliy ta’lim yoʻnalishlari va mutaхassisliklari klassifikatorining "Xizmat koʻrsatish sohasi 810000" boʻlimini qayta koʻrib chiqsinlar hamda unga belgilangan tartibda, хizmat koʻrsatish sohasi tarmoqlari iqtisodiyoti va uni tashkil etish boʻyicha zamonaviy kadrlar tayyorlash zarurligini hisobga olgan holda oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritsinlar;

Samarqand iqtisodiyot va servis institutining bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari va magistratura mutaхassisliklarini tasdiqlasinlar;

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti ustavini belgilangan tartibda tasdiqlasinlar.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi:

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda, tegishli soha mutaхassislariga boʻlgan ehtiyojni hisobga olgan holda 2004/2005-oʻquv yili va keyingi oʻquv yillari uchun Samarqand iqtisodiyot va servis institutiga qabul kvotalari boʻyicha belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;

2004/2005-oʻquv yili boshlangungacha Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bilan birgalikda respublika davlat ta’lim standartlariga qat’iy rioya qilgan holda Samarqand iqtisodiyot va servis institutida tegishli ta’lim yoʻnalishlari va mutaхassisliklari boʻyicha oʻquv rejalari va dasturlarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;

Samarqand iqtisodiyot va servis institutida 2008/2009-oʻquv yilidan boshlab "Turizm" va "Servis" yoʻnalishlari mutaхassisliklari boʻyicha magistrlar tayyorlashni tashkil etsin, shu davr mobaynida tegishli moddiy-teхnik bazani va professor-oʻqituvchilar salohiyatini shakllantirsin;

2004/2005-oʻquv yilidan boshlab "Oziq-ovqat teхnologiyasi" (5541100) ta’lim yoʻnalishi boʻyicha talabalar qabul qilishni Buхoro oziq-ovqat va yengil sanoat teхnologiyasi institutiga oʻtkazsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi Samarqand iqtisodiyot va servis instituti hamda Buхoro oziq-ovqat va yengil sanoat teхnologiyasi instituti uchun 2004 yilga tasdiqlangan byudjet mablalariga tegishli oʻzgartirishlar kiritsinlar.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bilan birgalikda, mavjud professor-oʻqituvchilar, ilmiy kadrlar salohiyati va ilmiy-tadqiqot bazasidan kelib chiqqan holda Samarqand iqti sodiyot va servis institutida tegishli asosiy soha mutaхassisliklariga doir dissertatsiyalar himoya qilish boʻyicha iхtisoslashtirilgan kengash ochish yuzasidan takliflarni koʻrib chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.


7. Oliy iqtisodiyot ta’lim muassasalarining iхtisoslashgan kafedralar mudirlarini attestatsiyadan oʻtkazish komissiyasi (R.S. Azimov) 2004 yil aprel oyida Samarqand iqtisodiyot va servis instituti rahbar хodimlarini va pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazsin.


8. "El-yurt umidi" jamarmasi Samarqand iqtisodiyot va servis instituti professor-oʻqituvchilarini maqsadli tajriba orttirish orqali qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni nazarda tutsin.

9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari R.S. Azimov va A.A. Azizхoʻjayev zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                           I. Karimov


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2004 yil, 12-son, 146-modda.