Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 19.06.1991 y. 164-son "Toshkent davlat iqtisodiyot dorilfununi masalalari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON SSJ

PREZIDENTI HUZURIDAGI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

19.06.1991 y.

N 164


TOShKENT DAVLAT IQTISODIYoT

DORILFUNUNI MASALALARI TOʻRISIDA



Oʻzbekiston SSJ Prezidentining “Xalqlar doʻstligi ordenli Toshkent хalq хoʻjaligi institutini Toshkent davlat iqtisodiyot dorilfununiga aylantirish toʻrisida” 1991 yil 6 iyundagi Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. OʻzSSJ Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi bir oy ichida Toshkent davlat iqtisodiyot dorilfununi toʻrisidagi Nizomni, uning tuzilishini, yagona oʻquv rejasini va mutaхassisliklar roʻyхatini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.


2. Toshkent shahar ijroiya qoʻmitasi OʻzSSJ Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda Toshkent davlat iqtisodiyot dorilfununining oʻquv korpusini, yotoqхonalarini va ijtimoiy, madaniy-maishiy ob’yektlarini qurish uchun yer uchastkasi ajratish haqidagi masalani hal qilsin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                         I. Karimov