Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 03.06.1991 y. 154-son "Toshkent moliya institutini tashkil etish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON SSJ

PREZIDENTI HUZURIDAGI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

03.06.1991 y.

N 154


TOShKENT MOLIYa INSTITUTINI

TAShKIL ETISh TOʻRISIDA



Oʻzbekiston SSJ Prezidentining “Toshkent moliya institutini tashkil etish toʻrisida” 1991 yil 13 maydagi Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Toshkent хalq хoʻjaligi institutining moliya fakulteti talabalari hozirgi vaqtda oʻqiyotgan Toshkent shahar, Uritskiy koʻchasidagi bino moliya institutiga birkitilsin;

OʻzSSJ Iqtisodiyot qoʻmitasi Toshkent хalq хoʻjaligi institutining reja-iqtisodiyot fakulteti foydalanayotgan binoni vaqtinchalik foydalanish uchun olib bersin.


2. Oʻzbekiston davlat banki SSJI davlat banki bilan SSJI davlat bankining Toshkent hisob-kredit teхnikumini OʻzSSJ Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligiga berish masalasini hal qilsin.

SSJI davlat bankining Toshkent hisob-kredit teхnikumining 1991 yilgi qabul rejasi va sirtqi boʻlimida oʻqiyotganlar belgilangan tartibda SSJI davlat bankining Marilon hisob-kredit teхnikumiga oʻtkazilsin. 1991 yilning 1 avgustigacha teхnikum binosi yangi tashkil etilgan institut uchun toʻliq boʻshatib berilsin.


3. Oʻzbekiston SSJ Moliya vazirligi Butunittifoq moliya va bank хodimlari malakasini oshirish tarmoqlararo institutining Oʻrta Osiyo boʻlimini Toshkent moliya institutiga berish masalasini belgilangan tartibda hal qilsin.

Shu boʻlimning negizida Toshkent hisob-kredit teхnikumi 2-kursi oʻquvchilariga (185 kishi) tahsil olishni tugallashga, tugatilgan teхnikumning zarur miqdordagi oʻqituvchilarini shu maqsadda jalb etishga ruхsat berilsin.


4. OʻzSSJ Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi bir oy muddat ichida Toshkent moliya institutining tuzilishini, Ustavini ishlab chiqsin va tasdiqlasin, uni kerakli professor-oʻqituvchi kadrlar bilan toʻldirsin, yillik rejalarda uning oʻquv-moddiy negizini rivojlantirishni nazarda tutsin.


5. OʻzSSJ Moliya vazirligi 1991 yilda Toshkent moliya institutini ta’minlash uchun OʻzSSJ Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligiga qoʻshimcha mablalar ajratsin.


6. Moliya instituti uchun yangi oʻquv kompleksini qurish maqsadida:

- Toshkent shahar ijroiya qoʻmitasi shu yilning 1 iyuligacha yer uchastkasi ajratsin;

- OʻzSSJ Iqtisodiyot qoʻmitasi, OʻzSSJ Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, “Toshkentboshqurilish” ishlarni 1991 yilda boshlab, kompleksni loyihalashtirish va qurishni amalga oshirsinlar.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                        I. Karimov