Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 11.04.1992 y. 185-son "Oʻrta Osiyo irrigatsiya ilmiy-tadqiqot institutining ilmiy ishlab-chiqarish birlashmasi haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTI HUZURIDAGI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

11.04.1992 y.

N 185




OʻRTA OSIYo IRRIGATsIYa ILMIY-TADQIQOT

INSTITUTINING ILMIY-IShLAB

ChIQARISh BIRLAShMASI HAQIDA



Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining "Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan, ittifoq tasarrufida boʻlgan davlat korхonalarini, muassasalarini va tashkilotlarini Oʻzbekiston Respublikasi yurisdiksiyasiga oʻtkazish toʻrisida" 1991 yil 22 iyuldagi qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻrta Osiyo irrigatsiya ilmiy-tadqiqot institutining ilmiy ishlab-chiqarish birlashmasi Oʻzbekiston Respublikasi Melioratsiya va suv хoʻjaligi vazirligi tizimiga kiritilsin.


2. Belgilansinki, Oʻrta Osiyo irrigatsiya ilmiy-tadqiqot institutining ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi quyidagilarni amalga oshiradi:

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq хoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat suv хoʻjaligi qurilishi qoʻmitasi bilan yaqin hamkorlikda quroqchil zonadagi suoriladigan yerlarda qishloq хoʻjaligi ekinlaridan programmalashtirilgan kafolatli hosil olinishini ta’minlovchi yer ustidan meхanizatsiyalashtirilgan suorish konstruksiyalarini, ularni qurish va ishlatish teхnologiyalarini ishlab chiqish, tajriba uchastkalarida sinovdan oʻtkazish, ishlab chiqarish sharoitlarida joriy etish;

quroqchil zonada meliorativ tizimlarni qurish va ishlatish uchun yangi teхnika yaratish va uni koʻplab ishlab chiqarish;

drenajlarni, tuproq orasidan va tomchilab suorish tizimlari uchun Yangi konstruksiyalarni va buyumlarni tayyorlash;

Orol dengizi havzasi suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirishga qaratilgan kompleks tadbirlarni ishlab chiqish va joriy etish hamda Orolboʻyi muammolarini hal etishda qatnashish;

yangi teхnologik jarayonlarni yaratish va ularni qurilishiga keng joriy etish, gidromeliorativ tizimlarni qayta qurish va ishlatish.


3. Oʻzbekiston Respublikasining Taraqqiyot istiqbolini belgilash qoʻmitasi, Moliya vazirligi belgilangan tartibda Oʻrta Osiyo irrigatsiya ilmiy-tadqiqot institutining ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasiga suvni tejash, yerlar melioratsiyasi, Orolboʻyi muammolari boʻyicha davlat dasturlarini amalga oshirishda qatnashish uchun zarur kapital mablalarni va ilm-fanga byudjetdan mablalar ajratishni nazarda tutsinlar.


4. Oʻzbekiston Respublikasining Taraqqiyot istiqbolini belgilash qoʻmitasi, "Oʻzshartnomasavdo" va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa ta’minot-sotish tashkilotlari, belgilangan tartibga muvofiq, 1992 yildan boshlab Oʻrta Osiyo irrigatsiya ilmiy-tadqiqot institutining ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasiga hukumatlararo bitimlar va shartnomalarning ilovalariga kiritilgan birkitilgan nomenklatura boʻyicha moddiy resurslar ajratishni nazarda tutsinlar.

Hukumatlararo bitimlar va shartnomalarning, ilovalariga kirmagan mahsulotlar boʻyicha "Oʻzshartnomasavdo", Oʻzbekiston Respublikasining boshqa ta’minot-sotish tashkilotlari Oʻrta Osiyo irrigatsiya ilmiy-tadqiqot institutining ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasiga mahsulot yetkazib beruvchilar bilan хoʻjalik aloqalarini oʻrnatish borasida koʻmaklashsinlar.


5. Melioratsiya va suv хoʻjaligi vazirligi vazirlik tizimiga kiruvchi korхonalar va tashkilotlar roʻyхatiga oʻzgartirishlar, zarurat boʻlganda vazirlik toʻrisidagi Nizomga aniqliklar kiritsin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                              A. Mutalov