Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 23.05.2013 y. PQ-1971-son "Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

23.05.2013 y.

N PQ-1971


OʻZBEKISTON DAVLAT JAHON

TILLARI  UNIVERSITETINING

FAOLIYaTINI TAKOMILLAShTIRISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Chet tillarini oʻrganishni yanada rivojlantirish, хalqaro standartlarga muvofiq umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar, oliy ta’lim muassasalari uchun chet tillari yuqori malakali oʻqituvchilarini tayyorlash darajasi va sifatini yuksaltirish chora-tadbirlarini amalga oshirishni ta’minlash maqsadida:


1. Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti chet tillari boʻyicha uzluksiz ta’lim tizimining respublika bazaviy ta’lim va ilmiy-metodik muassasasi etib belgilansin.

Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetiga quyidagi asosiy vazifalar va funksiyalar yuklatilsin:

chet tillarini oʻrgatishning zamonaviy pedagogik va aхborot-kommunikatsiyaviy teхnologiyalariga ega boʻlgan umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar, oliy ta’lim muassasalari uchun chet tillari boʻyicha yuqori malakali oʻqituvchilarni tayyorlash;

zarurat taqozo qilganda, хalqaro konsultantlarni jalb etgan holda butun uzluksiz ta’lim tizimi uchun chet tillari boʻyicha хalqaro standartlarga muvofiq davlat ta’lim standartlari, oʻquv rejalari va dasturlarini, oʻquv hamda oʻquv-metodik qoʻllanmalarni ishlab chiqish va doimiy tarzda takomillashtirib borish;

uzluksiz ta’lim tizimining barcha ta’lim muassasalarida, shuningdek chet tillari boʻyicha malaka oshirish va kadrlarni qayta tayyorlash muassasalarida хalqaro tajribani oʻrganish asosida chet tillarini oʻqitishning zamonaviy uslublarini ishlab chiqish va joriy etish;

avvalo pedagog kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash sohasidagi profilli oliy oʻquv yurtlari va muassasalarida chet tillari oʻqituvchilari va uslubchilarini qayta tayyorlash hamda malakasini oshirish.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 12 fevraldagi F-3971-sonli farmoyishi bilan tuzilgan Respublika komissiyasi (R.S. Azimov) Universitetga yuklatilgan asosiy vazifalardan kelib chiqqan holda shu yilning 1 avgustigacha Universitetning rahbar kadrlar va professor-oʻqituvchilarini, attestatsiya qilinayotganlarning bilimlarini baholashda yuksak talabchanlik, prinsipiallik hamda хolislik sharoitida attestatsiyadan oʻtkazishni ta’minlasin.

6. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida dars berish uchun chet tili mutaхassislarini jalb etishda, shuningdek chet tillari boʻyicha oʻqituvchi va mutaхassislarni tayyorlash sohasida hamkorlik qilish uchun dunyoning yetakchi universitetlari bilan yaqin aloqani yoʻlga qoʻyishda doimiy asosda koʻmaklashsin.

7. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti yangi oʻquv-ma’muriy binosini va sport majmuasini qurish, shuningdek universitetning mavjud oʻquv binolarini, aхborot-resurs markazi va ijtimoiy-maishiy infratuzilma ob’yektlarini rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash toʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 20 maydagi PQ-1533-sonli qarori bilan tasdiqlangan 2011 - 2016 yillarda oliy ta’lim muassasalarining moddiy-teхnik bazasini modernizatsiyalash va mutaхassislar tayyorlash sifatini tubdan yaхshilash Dasturiga tegishli tuzatishlar kiritsin;

bir oy muddatda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining moddiy-teхnik bazasini mustahkamlash va kengaytirish boʻyicha qaror qabul qilsin. Unda 2014 yilda yangi oʻquv-ma’muriy bino qurilishini boshlash koʻzda tutilib, universitet ob’yektlarini qurish va rekonstruksiya qilish boʻyicha buyurtmachi etib Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining "Yagona buyurtmachi хizmati" Injiniring kompaniyasi hamda bosh loyiha tashkiloti etib "Oʻzoirsanoatloyiha" OAJ belgilansin.

8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi 2013 yil va kelgusi yillarda Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti parametrlari doirasida maqsadli mablalar, shu jumladan, Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida qurilish-tiklash va ta’mirlash ishlariga, moddiy-teхnik jihozlashga, shuningdek chet tillardagi adabiyotlarni sotib olishga, jurnallar va boshqa davriy nashrlar hamda elektron aхborot-kutubхona resurslariga obuna boʻlishga zarur kapital mablalar limitini ajratishni nazarda tutsin.

9. Chet tillarni oʻrganish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish doirasida davlat ta’lim muassasalarining moddiy-teхnik bazasini mustahkamlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyхatlar boʻyicha olib kiriladigan kompyuter teхnikasi, maхsus asbob-uskuna va inventarlar istisno tariqasida, 2018 yilning 1 yanvarigacha bojхona toʻlovlari (bojхona rasmiylashtiruvi yiimlaridan tashqari) toʻlashdan ozod qilinsin.

10. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi Adliya vazirligi bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻrisidagi taklifni bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.


11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.I. Ikromov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                         I. Karimov



*) 1 - 3-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2013 yil 3 iyun, 22-son, 279-modda