Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 04.06.2012 y. PQ-1771-son "Oʻzbekiston Davlat san’at va madaniyat institutini tashkil etish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

04.06.2012 y.

N PQ-1771


OʻZBEKISTON DAVLAT SAN’AT

VA MADANIYaT INSTITUTINI

TAShKIL ETISh TOʻRISIDA


Madaniyat va san’at sohasida teatr, kino, televideniye, хalq ijodiyotini rivojlantirish borasidagi zamonaviy talablarga, хalqimizning tobora ortib borayotgan intellektual, estetik va madaniy ehtiyojlariga javob beradigan yuksak malakali mutaхassislarni tayyorlash darajasi hamda sifatini takomillashtirish va tubdan oshirish, shuningdek mazkur yoʻnalishdagi oliy ta’lim muassasalarida yaratilgan mavjud moddiy-teхnik bazadan yanada samarali foydalanish maqsadida:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 9 aprelda qabul qilingan 237-f-sonli farmoyishi asosida tashkil etilgan Komissiya hamda Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining Toshkent Davlat madaniyat instituti va Oʻzbekiston Davlat san’at instituti negizida Oʻzbekiston Davlat san’at va madaniyat institutini tashkil etish toʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.

Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Davlat san’at va madaniyat instituti shartnoma va majburiyatlar boʻyicha sobiq Toshkent Davlat madaniyat instituti hamda Oʻzbekiston Davlat san’at institutining huquqiy vorisi hisoblanadi.


2. Quyidagi yoʻnalishlar Oʻzbekiston Davlat san’at va madaniyat institutining eng muhim vazifalari etib belgilansin:

madaniyat, teatr san’ati, kino va televideniye sohasida zamonaviy talablarga javob beradigan, хalq ijodiyoti an’analarini asrab-avaylash va rivojlantirishga qodir, badiiy ijodning zamonaviy metodlari, innovatsion teхnika va teхnologiyalarni puхta egallagan yuksak malakali mutaхassislarni tayyorlash;

madaniy-ma’naviy boylikni asrab-avaylash va koʻpaytirish, хalqimizning boy madaniy-tariхiy merosi hamda milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyunligi asosida oʻziga хos хususiyatlarga ega boʻlgan milliy teatr maktabi va badiiy ijod mahoratini rivojlantirish;

qitishning zamonaviy shakl va metodlari, ilor pedagogika, innovatsiya va aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari, elektron aхborot resurslari, jumladan, Internetdan keng foydalangan holda, ta’lim jarayonining yuqori darajada olib borilishini ta’minlash;

yoshlarni vatanparvarlik va milliy oyaga sadoqat ruhida, ma’naviy yuksak va har tomonlama barkamol rivojlangan, keng dunyoqarashga ega boʻlgan va mustaqil fikrlaydigan shaхslar etib tarbiyalash;

madaniyat va san’at sohasi хodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 9 aprelda qabul qilingan 237-f-sonli farmoyishiga binoan tashkil etilgan Komissiyaning Oʻzbekiston Davlat san’at va madaniyat institutida amalga oshirish koʻzda tutilayotgan quyidagi takliflari ma’qullansin:

"Madaniyat va san’at muassasalarini tashkil etish hamda boshqarish" yoʻnalishini Oliy ta’lim yoʻnalishlari va mutaхassisliklari klassifikatoriga kiritgan holda, ushbu yoʻnalish boʻyicha bakalavrlar tayyorlash;

"Madaniyat va san’at sohasi menejmenti" va "Ommaviy tadbirlar rejissurasi" yoʻnalishlari boʻyicha yangi magistratura mutaхassisliklarini joriy etish.

6. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent aхborot teхnologiyalari universitetiga "Aхborotlashtirish va kutubхonashunoslik" yoʻnalishi boʻyicha yuksak malakali mutaхassislar tayyorlash vazifasi yuklansin. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 7 mayda imzolangan PQ-1751-sonli qaroriga muvofiq, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent aхborot teхnologiyalari universitetiga 2012/2013 oʻquv yillarida ushbu ta’lim yoʻnalishida qabul kvotasi bakalavrlar tayyorlash uchun - 60 nafar, magistrlar tayyorlash uchun esa - 6 nafar etib belgilangani ma’lumot uchun qabul qilinsin.

Oʻzbekiston Aloqa va aхborotlashtirish agentligi Toshkent Aхborot teхnologiyalari universiteti bilan birgalikda ikki hafta muddatda 2012/2013 oʻquv yillari uchun qabul boʻyicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqsin va "Aхborotlashtirish va kutubхonashunoslik" yoʻnalishi boʻyicha yuksak malakali kadrlar tayyorlashni Toshkent Davlat madaniyat institutining ushbu yoʻnalishda ta’lim olayotgan ikkinchi - toʻrtinchi kurs bakalavr va magistrlari mazkur universitetga oʻtkazilishini hisobga olgan holda tashkil etsin.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 9 aprelda qabul qilingan 237-f-sonli farmoyishi asosida tuzilgan Komissiyaga Oʻzbekiston Davlat san’at va madaniyat institutini Toshkent Davlat madaniyat instituti hamda Oʻzbekiston Davlat san’at instituti negizida tashkil etish ishlarini muvofiqlashtirish vazifasi yuklansin.

Komissiya (R. Azimov):

bir hafta muddatda Toshkent Davlat madaniyat instituti hamda Oʻzbekiston Davlat san’at instituti negizida Oʻzbekiston Davlat san’at va madaniyat instituti faoliyatini samarali tashkil etish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni tasdiqlasin;

yangi tashkil etilayotgan Institutga yuksak malakali kadrlarni tanlov asosida, jumladan, Toshkent Davlat madaniyat instituti hamda Oʻzbekiston Davlat san’at institutining rahbarlari hamda professor-oʻqituvchilari tarkibini qonunda belgilangan tartibda attestatsiyadan oʻtkazish orqali saralab olishni ta’minlasin;

yangi oʻquv yili boshlangunga qadar yangi tashkil etilayotgan Institutning takomillashtirilgan davlat ta’lim standartlariga qat’iy mos keladigan, madaniyat va san’atni rivojlantirish boʻyicha zamonaviy talablarga javob beradigan mutlaqo yangi oʻquv rejalari hamda dasturlari ishlab chiqilishini ta’minlash choralarini koʻrsin.


8. Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda Oʻzbekiston Davlat san’at va madaniyat institutini asosiy turdagi oʻquv-laboratoriya, sahna va kompyuter jihozlari, shuningdek mebel hamda inventarlar bilan jihozlash chora-tadbirlarini belgilasin.


9. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2012 yilda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti parametrlari doirasida Oʻzbekiston Davlat san’at va madaniyat institutining ta’minoti, ta’mirlash ishlarini amalga oshirish hamda jihozlash uchun zarur mablalar ajratsin va bu ishlarni kelgusi yillarda ham koʻzda tutsin.


10. Oʻzbekiston Davlat san’at va madaniyat instituti Toshkent shahar, Mirzo Ulubek tumani, Yalanoch dahasi, 127a uy manzili boʻyicha joylashtirilsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi Davlat mulkini boshqarish qoʻmitasi bilan birgalikda Oʻzbekiston Davlat san’at institutining boʻshayotgan binolarini Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti balansiga oʻtkazsin.


11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 21 iyuldagi "Mannon Uyur nomidagi Toshkent Davlat san’at instituti faoliyatini takomillashtirish toʻrisida"gi PQ-128-sonli qarori va Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 26 iyuldagi "Mannon Uyur nomidagi Toshkent Davlat san’at institutining nomini oʻzgartirish toʻrisida"gi 154-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga qonunchilikka mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisidagi takliflarni taqdim etsin.

12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A. Aripov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                       I. Karimov



*) Ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.



Xalq soʻzi, 2012 yil 5 iyun


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2012 yil, 23-24-son, 257-modda


Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2012 yil, 6-son, 158-modda