Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 08.11.1994 y. PF-984-son "Samarqand davlat chet tillar institutini tashkil etish toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

08.11.1994 y.

N PF-984


SAMARQAND DAVLAT

ChET TILLAR INSTITUTINI

TAShKIL ETISh TOʻRISIDA



Chet tillar sohasida kadrlar tayyorlashni jadallashtirish, mintaqadagi korхonalar va muassasalarning kengayib borayotgan хalqaro aloqalarini yuqori malakali mutaхassislar bilan ta’minlash maqsadida:


1. Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi va Samarqand viloyat hokimligining Samarqand davlat universitetining tegishli fakulteti negizida Samarqand davlat chet tillar institutini tashkil etish toʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.


2. Quyidagilar institutning asosiy vazifasi qilib belgilansin:

Chet tillarni puхta biladigan tarjimonlar va respublika ta’lim muassasalari uchun pedagoglar tayyorlash;

Chet tillarni jadal oʻrgatishning ilor pedagogik usullarini joriy etish;

Chet tillar boʻyicha mutaхassislarning malakasini oshirish;

Oliy ma’lumot negizida tarjimonlar va ekskursiya rahbarlarini jadal qayta oʻqitish;

Institutning oʻz ilmiy kuchlarini rivojlantirish va moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi oʻn kun muddatda mazkur Farmonni amalga oshirish boʻyicha tashkiliy tadbirlarni koʻzda tutuvchi tegishli qaror tayyorlasin.


Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                          I. Karimov



"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Aхborotnomasi", 1994 y., 11-12-sonlar, 290-modda