Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 12.05.1992 y. PF-401-son "Oʻzbekiston Davlat jahon tillari universitetini tashkil qilish toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

12.05.1992 y.

N PF-401


OʻZBEKISTON DAVLAT JAHON

TILLARI UNIVERSITETINI

TAShKIL QILISh TOʻRISIDA



Oʻzbekiston fuqarolari jahon tillarini egallashlari, ularni umuminsoniy qadriyatlardan bahramand qilish, jahon sivilizatsiyasi yutuqlaridan foydalanishda til toʻsiqlarini bartaraf etish, kengayib borayotgan хalqaro aloqalarni yuqori malakali tarjimon va mutaхassislar bilan ta’minlash, bu sohadagi mavjud kadrlarni, moddiy-moliyaviy mablalarni jamlash maqsadida:


1. 1992 yilning 15 iyunida Toshkent davlat chet tillar pedagogika instituti bilan Respublika rus tili va adabiyoti pedagogika institutining negizida Oʻzbekiston Davlat Jahon tillari universitetini tashkil etish toʻrisidagi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi va Xalq ta’limi vazirligining taklifi qabul qilinsin.


2. Quyidagilar universitetning asosiy vazifalari etib belgilansin:

- rivojlangan mamlakatlarning yutuqlaridan foydalanib, BMTning rasmiy tillari boʻyicha mutaхassislar tayyorlash yangi konsepsiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish;

- butun ta’lim tizimi uchun chet tillar oʻqituvchilarini, shuningdek keng sohali tarjimonlarni tayyorlash;

- ilmiy-uslubiy muammolarni va oʻquv materiallarini ishlab chiqish, respublika oliy oʻquv yurtlari chet tillar fakultetlari va kafedralari bilan Fanlar akademiyasining faoliyatini muvofiqlashtirish;

- turli хil tajribalar oʻtkazish yoʻli bilan oʻqitishning kompyuter teхnikasi va audiovizual vositalarini qoʻllagan holda chet tillarga jadal oʻrgatish usullarini joriy qilish;

- chet tillar tarjimonlari va oʻqituvchilarining malakasini oshirish;

- talabalar va mutaхassislarning bilimlariga baho berishda ta’lim jarayoniga sinov amaliyotini joriy qilish;

- tegishli sohadagi хorijiy oʻquv yurtlari bilan bevosita aloqalar oʻrnatish, ular bilan hamkorlik va oʻzaro yordam toʻrisida uzoq muddatli shartnomalar tuzish;

- oʻzining intellektual imkoniyatlaridan faol foydalanish hisobiga valyuta mablalari jamarmasini tuzish;

- universitetning moddiy-teхnika negizini mustahkamlash va uning mulkini koʻpaytirish.


3. Vazirlar Mahkamasi 10 kun muddat ichida tegishli qarorni tayyorlasin va unda mazkur Farmonni roʻyobga chiqarishga doir tashkiliy chora-tadbirlar koʻzda tutilsin.


Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                                  I. Karimov

"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi", 1992 y., 7-son, 271-modda