Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 15.07.1991 y. 186-son "V.I. Lenin nomidagi ToshDD huzuridagi sharqshunoslik institutini Toshkent davlat sharqshunoslik institutiga aylantirish haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON SSJ

PREZIDENTI HUZURIDAGI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

15.07.1991 y.

N 186


V.I.LENIN NOMIDAGI TOShDD HUZURIDAGI

ShARQShUNOSLIK INSTITUTINI TOShKENT

DAVLAT ShARQShUNOSLIK INSTITUTIGA

AYLANTIRISh HAQIDA



Malakali sharqshunos kadrlarni tayyorlashni yanada takomillashtirish, Sharq хalqlari tariхi va madaniyati sohasidagi ilmiy tadqiqotlarni kengaytirish va chuqurlashtirish, shuningdek, Oʻzbekiston SSJning хorijiy mamlakatlar bilan хalqaro munosabatlarini rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. OʻzSSJ Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining V.I.Lenin nomidagi Toshkent davlat dorilfununi huzuridagi sharqshunoslik institutini OʻzSSJ Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining Toshkent davlat sharqshunoslik institutiga aylantirish toʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.


2. Oʻzbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1991 yil 22 yanvardagi 17-son qarorining 1-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                   I. Karimov