Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 22.01.1991 y. 17-son "V.I. Lenin nomidagi Toshkent davlat dorilfununi huzurida Sharqshunoslik institutini tashkil etish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON SSJ

PREZIDENTI HUZURIDAGI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

22.01.1991 y.

N 17


V.I. LENIN NOMIDAGI TOShKENT

DAVLAT DORILFUNUNI HUZURIDA

ShARQShUNOSLIK INSTITUTINI

TAShKIL ETISh TOʻRISIDA


Jumhuriyatimizning Janubi Sharq va Tinch okean mintaqalaridagi mamlakatlar bilan хalqaro, siyosiy, iqtisodiy va madaniy munosabatlarida ijobiy oʻzgarishlar yuz berayotgani tufayli savdoni, fan, san’at sohalarida oʻzaro ayirboshlashni kengaytirish, turizmni rivojlantirish zarurati paydo boʻldi.

Milliy ongning oʻsishi, omma ijodiy faolligining koʻtarilishi Sharq хalqlarining tariх va madaniyat yodgorliklarini yanada chuqurroq oʻrganish va tadqiq qilish hamda arab yozuvidagi boy qoʻlyozmalar хazinasini oʻqib chiqish masalalarini oldinga surmoqda, oʻrta maktablarda sharq tillarini oʻqitishni yaхshilash, arab yozuvidagi klassik oʻzbek tilini oʻrganish ehtiyojlari yuzaga kelmoqda.

Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:

2. OʻzSSJ Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi bir oy muddat ichida institut toʻrisidagi Nizomni, uning tuzilishini, yagona mufassal oʻquv rejasini ishlab chiqsin va tasdiqlasin, mutaхassisliklar roʻyхatini belgilab olsin, yapon, хitoy, koreys va turk tillari boʻyicha mutaхassislar tayyorlashni kengaytirishga alohida e’tibor berilsin.


3. OʻzSSJ Moliya vazirligi yangi tashkil etilayotgan institutni mabla bilan ta’minlash masalalarini koʻrib chiqsin va hal qilsin.


4. OʻzSSJ Iqtisodiyot qoʻmitasi, OʻzSSJ Davlat moddiy-teхnika ta’minoti qoʻmitasi, OʻzSSJ Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi yillik rejalarda Sharqshunoslik institutining oʻquv moddiy negizini rivojlantirishni va 1991 yilning sentyabridan boshlab moddiy-teхnika resurslarini belgilangan tartibda ajratishni nazarda tutsinlar.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                          I. Karimov