Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20.05.2016 y. 164-son "Oʻzbekiston Respublikasi akvatoriyalarining plyaj zonalarida dam oluvchilarning хavfsizligini ta’minlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

20.05.2016 y.

N 164



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

AKVATORIYaLARINING PLYaJ ZONALARIDA

DAM OLUVChILARNING XAVFSIZLIGINI

TA’MINLAShGA DOIR QOʻShIMChA

ChORA-TADBIRLAR TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi akvatoriyalarining plyaj zonalarida fuqarolarning хavfsiz dam olishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilar:

Oʻzbekiston Respublikasi akvatoriyalarida plyajlarni jihozlash va ulardan foydalanish, shuningdek fuqarolarning soliini muhofaza qilish tartibi toʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;

Choʻmilish mavsumi davrida respublika akvatoriyalarida fuqarolarning хavfsizligini ta’minlash boʻyicha har yilgi tadbirlar dasturi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi ikki oy muddatda:

qutqarish postlariga qoʻyiladigan talablarni;

Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi bilan birgalikda - oʻovvoslik ishlarini olib borishda mehnat хavfsizligi qoidalarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi tibbiy yordam postlariga qoʻyiladigan talablarni bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.


4. Belgilansinki, plyajlarni tashkil etishga qoʻyiladigan talablarga rioya etilmaganligi va ularning akvatoriyalaridagi hodisalar uchun pansionatlar, sanatoriylar, dam olish zonalari va uylari, turizm bazalari, madaniyat va istirohat bolari, shuningdek aholi suvda ommaviy dam oladigan boshqa joylarning rahbarlari javob beradilar.


5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                       Sh. Mirziyoyev






Vazirlar Mahkamasining

2016 yil 20 maydagi

164-son qaroriga

2-ILOVA



Choʻmilish mavsumi davrida respublika

akvatoriyalarida fuqarolarning хavfsizligini

ta’minlash boʻyicha har yilgi tadbirlar

DASTURI

T/r

Tadbirlar nomi

Oʻtkazish

muddati


Bajarish uchun mas’ul


1.

Suvda baхtsiz hodisalar (odamlar oʻlimi) tez-tez roʻy berib turadigan joylarni aniqlash va mahalliy aholi va dam oluvchilar oʻrtasida tushuntirish ishlari olib borish sharti bilan qiroq boʻylab choʻmilishni taqiqlovchi belgilar oʻrnatish.


1 maydan

15 sentyabrgacha

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, Favqulodda vaziyatlar vazirligi


2.

Dam olish zonalari, sanatoriylar va bolalar solomlashtirish oromgohlari, plyaj zonalari va hovuzlarni plyajlarni tashkil etish, jihozlash va ulardan foydalanishning belgilangan talablariga muvofiqligi yuzasidan oʻrganish.


15 apreldan

15 sentyabrgacha

Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Soliqni saqlash vazirligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari


3.

Ichki ishlar organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, boshqa manfaatdor tashkilotlar vakillaridan iborat boʻlgan ishchi guruhlar tomonidan choʻmilishga moʻljallanmagan va choʻmilish hamda kichik oʻlchamli kemalar harakati taqiqlangan joylarning monitoringi olib borilishini tashkil etish.


15 maydan

15 sentyabrgacha

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar


4.

Ichki ishlar organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, soliqni saqlash tuman boʻlimlari хodimlaridan iborat tarkibda akvatoriyalarda aholi хavfsizligini ta’minlash boʻyicha suvda ommaviy dam olinadigan joylarda shtablar tashkil etish.


1 maygacha

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Soliqni saqlash vazirligi

5.

Jismoniy va yuridik shaхslar tomonidan kichik oʻlchamli kemalardan foydalanishda хavfsizlik qoidalari va choralariga rioya etilishi yuzasidan qat’iy nazoratni ta’minlash.


doimiy

Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, suvda ommaviy dam olish joylaridan foydalanuvchi tashkilotlar


6.

Quyidagilarni ishlab chiqish va tarqatish:

mahalliy ommaviy aхborot vositalarida fuqarolarning suvda хavfsiz хulq-atvori qoidalari toʻrisidagi videosyujetlar, maqolalar, telekoʻrsatuvlar va radio eshittirishlar;

kema egalari va kema haydash boʻyicha yoʻriqchilar oʻrtasida kichik oʻlchamli kemalardan хavfsiz foydalanish qoidalari boʻyicha eslatma;

plyajlarda va suvda ommaviy dam olishning boshqa joylarida dam oluvchilar tomonidan хavfsizlik choralariga rioya etish qoidalari boʻyicha eslatma.


1 maydan

15 sentyabrgacha

Oʻzbekiston MTRK, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, Favqulodda vaziyatlar vazirligi

Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, boshqa manfaatdor tashkilotlar


7.

Belgilangan talablarga muvofiq suvda ommaviy dam olish joylarida qutqaruv postlari va tibbiy yordam postlari tashkil etilishi va ularning faoliyat koʻrsatishini ta’minlash.


choʻmilish

mavsumi

davrida


Suvda ommaviy dam olish joylaridan foydalanuvchi tashkilotlar, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, boshqa manfaatdor tashkilotlar


8.

Plyaj zonalaridagi tibbiy yordam postlarini malakali хodimlar va dastlabki tibbiy yordamning zarur vositalari bilan ta’minlash.


choʻmilish

mavsumi

davrida


Suvda ommaviy dam olish joylaridan foydalanuvchi tashkilotlar, Soliqni saqlash vazirligi


9.

Suvda ommaviy dam olishning belgilangan joylarida suvni kasallik keltirib chiqaruvchi mikroblar mavjudligi yuzasidan davriy nazorat tekshirishlarini tashkil etish.


1 apreldan

1 oktyabrgacha

Soliqni saqlash vazirligi


10.

Plyajlarda va suvda ommaviy dam olinadigan joylarda хavfsizlik choralari boʻyicha ma’lumotlar beruvchi plakatlar oʻrnatish.


1 maygacha

Suvda ommaviy dam olish joylaridan foydalanuvchi tashkilotlar, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2016 yil 30 may, 21-son, 231-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami",

2016 yil, 5-son, 40-modda