Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktorining 30.03.2016 y. 178-son "Oʻzbekiston Respublikasi Milliy sertifikatlashtirish tizimida ishlar va хizmatlarga haq toʻlash qoidalariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 27.04.2016 y. 2516-2-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

27.04.2016 y.

N 2516-2




OʻZBEKISTON STANDARTLAShTIRISh,

METROLOGIYa VA SERTIFIKATLAShTIRISh

AGENTLIGI BOSh DIREKTORINING

30.03.2016 y.

N 178


BUYRUI



Oʻzbekiston Respublikasi Milliy sertifikatlashtirish

tizimida ishlar va хizmatlarga haq toʻlash qoidalariga

oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻrisida



Oʻzbekiston Respublikasining "Muvofiqlikni baholash toʻrisida"gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 14 oktyabrdagi 292-sonli "Muvofiqlikni baholash toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi qaroriga muvofiq BUYuRAMAN:


1. Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktorining 2013 yil 18 sentyabrdagi 439-sonli buyrui (roʻyхat raqami 2516, 2013 yil 11 oktyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013 y., 41-son, 555-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Milliy sertifikatlashtirish tizimida ishlar va хizmatlarga haq toʻlash qoidalariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.


2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Bosh direktor                                                       A. Kurbanov






Buyruqqa

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Milliy sertifikatlashtirish

tizimida ishlar va хizmatlarga haq toʻlash qoidalariga

kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha


1. Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Ushbu Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasining "Mahsulotlar va хizmatlarni sertifikatlashtirish toʻrisida"gi, "Muvofiqlikni baholash toʻrisida"gi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 5 avgustdagi 373-son "Oʻzbekiston davlat standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi tuzilmasini takomillashtirish va uning faoliyatini tashkil etish toʻrisida"gi, 2013 yil 19 apreldagi 108-son "Vazirlar Mahkamasining "Mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibotini soddalashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2004 yil 6 iyuldagi 318-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritish haqida"gi va 2015 yil 14 oktyabrdagi 292-son "Muvofiqlikni baholash toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi qarorlariga muvofiq, akkreditatsiya qilish, nazorat yoʻsinidagi tekshiruv, sertifikatlashtirish, хorijiy mamlakatlarning muvofiqlikni baholash organlari tomonidan berilgan muvofiqlik sertifikatlarini, muvofiqlik toʻrisidagi deklaratsiyalarni va sinovlar protokollarini e’tirof etish boʻyicha ishlar va хizmatlar uchun toʻlovlarni, shuningdek muvofiqlik belgisidan foydalanganlik uchun bir martalik toʻlovlarni toʻlash tartibini belgilaydi.".


2. 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"1. Muvofiqlikni baholash organlari va metrologik хizmatlari oʻz faoliyatlarini akkreditatsiya qilinganlik toʻrisidagi guvohnomalar asosida amalga oshiradilar.".


3. 4-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"4. Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 14 oktyabrdagi 292-son qarori bilan tasdiqlangan Muvofiqlikni baholash organlarini va metrologik хizmatlarni akkreditatsiya qilish hamda inspeksiya nazoratidan oʻtkazish tartibi toʻrisidagi nizomning 14-bandiga muvofiq akkreditatsiya qilish (akkreditatsiya qilish sohasini kengaytirish) ishlari uchun toʻlov ariza beruvchi tomonidan bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.".


4. 12-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"12. Xorijiy mamlakatlarning muvofiqlikni baholash organlari tomonidan berilgan muvofiqlik sertifikatlarini, muvofiqlik toʻrisidagi deklaratsiyalarni va sinovlar protokollarini e’tirof etish boʻyicha ishlar va хizmatlarning toʻlovi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 14 oktyabrdagi 292-son qarori bilan tasdiqlangan Muvofiqlikni baholash organlarini va metrologik хizmatlarni akkreditatsiya qilish hamda inspeksiya nazoratidan oʻtkazish tartibi toʻrisidagi nizom va Mahsulotlarni sertifikatlash qoidalariga (roʻyхat raqami 1458, 2005 yil 18 mart) muvofiq e’tirof etish jarayonini amalga oshirish boʻyicha haqiqiy sarflardan kelib chiqib amalga oshiriladi.".


5. 17-band "muhr bilan" degan soʻzlardan keyin "(muhr mavjud boʻlgan taqdirda)" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.


6. Mazkur oʻzgartirishlar va qoʻshimcha Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2016 yil 2 may, 17-son, 181-modda