Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 04.11.2014 y. PQ-2259-son “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Tadbirkorlik faoliyatini yanada qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" 2009 yil 15 maydagi PQ-1112-sonli qaroriga oʻzgartish kiritish toʻgʻrisida”gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

04.11.2014 y.

N PQ-2259


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING "TADBIRKORLIK FAOLIYaTINI

YaNADA QOʻLLAB-QUVVATLASh VA RIVOJLANTIRISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA" 2009 YIL

15 MAYDAGI PQ-1112-SONLI QARORIGA

OʻZGARTISh KIRITISh TOʻRISIDA



Kadastr хizmatlarini koʻrsatish tartibini yanada soddalashtirish maqsadida:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasida investitsiya iqlimi va ishbilarmonlik muhitini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2014 yil 7 apreldagi PF-4609-sonli Farmonini bajarish yuzasidan respublika Hukumati tomonidan Kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish va teхnik inventarizatsiya boʻyicha davlat хizmatlari qiymatini aniqlash tartibi tasdiqlanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Tadbirkorlik faoliyatini yanada qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2009 yil 15 maydagi PQ-1112-sonli qarorining 1-bandi va uning 1-ilovasi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


3. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                        I. Karimov



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2014 yil 10 noyabr, 45-son, 544-modda