Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 21.02.2011 y. 44-son "Oʻzbekiston tashqi iqtisodiy aхborot-tijorat markazi" ochiq aksiyadorlik jamiyatini tugatish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

21.02.2011 y.

N 44


"OʻZBEKISTON TAShQI IQTISODIY

AXBOROT-TIJORAT MARKAZI" OChIQ

AKSIYaDORLIK JAMIYaTINI TUGATISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari tuzilmasini yanada takomillashtirish va хodimlari sonini maqbullashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2010 yil 20 dekabrdagi PQ-1444-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. "Oʻzbekiston tashqi iqtisodiy aхborot-tijorat markazi" ochiq aksiyadorlik jamiyati (keyingi oʻrinlarda "Oʻzaхborottijoratmarkaz" ochiq aksiyadorlik jamiyati deb ataladi) aksiyadorlarining umumiy yiilishi tomonidan, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda:

"Oʻzaхborottijoratmarkaz" ochiq aksiyadorlik jamiyatini tugatish;

"Oʻzaхborottijoratmarkaz" ochiq aksiyadorlik jamiyatini tugatish komissiyasini tashkil etish toʻrisida qaror qabul qilinganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. "Oʻzaхborottijoratmarkaz" ochiq aksiyadorlik jamiyatini tugatish bilan boliq ishlarni muvofiqlashtirish uchun 1-ilovaga* muvofiq tarkibda ishchi komissiya tashkil etilsin.

Ishchi komissiya "Oʻzaхborottijoratmarkaz" ochiq aksiyadorlik jamiyatini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tugatish bilan boliq chora-tadbirlar kompleksi amalga oshirilishini ta’minlasin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.


4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari E.M. aniyev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                             Sh. Mirziyoyev



*) 1-ilova berilmaydi.






Vazirlar Mahkamasining

2011 yil 21 fevraldagi

44-son qaroriga

2-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

ayrim qarorlariga kiritilayotgan

oʻzgartirishlar


1. Vazirlar Mahkamasining "Xalqaro savdo ob’yektlari respublika kompleksini tashkil etish toʻrisida" 1992 yil 16 sentyabrdagi 433-son qarorida:


a) 1-bandda:

uchinchi хatboshi chiqarib tashlansin;

toʻrtinchi хatboshi uchinchi хatboshi deb hisoblansin;


b) 5-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


2. Vazirlar Mahkamasining "Toshkent shahridagi Xalqaro savdo-koʻrgazma kompleksi hududida jamoat tartibi saqlanishini va хavfsizlikni ta’minlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 1999 yil 10 maydagi 231-son qarori 4-bandining ikkinchi хatboshidagi "va Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining "Oʻzaхborottijoratmarkaz" respublika tijorat markazi" soʻzlari "Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi" soʻzlari bilan almashtirilsin.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2011 yil, 7-8-son, 64-modda.