Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 15.08.1995 y. 318-son "Oʻzmarkazimpeks", "Oʻzsanoatmashimpeks", "Innovatsiya", "Markazsanoateksport" davlat-aksionerlik tashqi savdo kompaniyalari, "Oʻrta Osiyo Trans" davlat-aksionerlik хalqaro avtotransportda yuk tashish kompaniyasi va "Oʻztashqitrans" davlat-aksionerlik transport-ekspeditorlik kompaniyasining faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

15.08.1995 y.

N 318


"OʻZMARKAZIMPEKS",

"OʻZSANOATMAShIMPEKS", "INNOVATsIYa",

"MARKAZSANOATEKSPORT" DAVLAT-AKSIONERLIK

TAShQI SAVDO KOMPANIYaLARI, "OʻRTA OSIYo TRANS"

DAVLAT-AKSIONERLIK XALQARO AVTOTRANSPORTDA

YuK    TAShISh    KOMPANIYaSI    VA    "OʻZTAShQITRANS"

DAVLAT-AKSIONERLIK TRANSPORT-EKSPEDITORLIK

KOMPANIYaSINING FAOLIYaTINI TAShKIL

ETISh MASALALARI TOʻRISIDA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining хoʻjalik hisobidagi boʻlinmalarini davlat hissadorlik kompaniyalariga aylantirish toʻrisida"gi Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi:

"Oʻzmarkazimpeks", "Oʻzsanoatmashimpeks", "Innovatsiya", "Oʻztashqitrans" хoʻjalik hisobidagi davlat tashqi savdo birlashmalari, "Markazsanoateksport" хoʻjalik hisobidagi respublika tashqi savdo firmasi, "Oʻrta Osiyo Trans" хoʻjalik hisobidagi respublika tashqi iqtisodiy transport-ekspeditorlik kompaniyasining binolari, pul mablalari va boshqa mol-mulkini tashkil etilayotgan davlat-aksionerlik kompaniyalarining ustav sarmoyasi sifatida bersin;

bir oy muddatda davlat-aksionerlik kompaniyalarining Ustavlarini ishlab chiqsin;

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi va Moliya vazirligi bilan birgalikda tashkil etilayotgan davlat-aksionerlik kompaniyalarining ustav sarmoyasi qiymatini baholasin va aksiyalar emissiyasi tartibini belgilasin;

bir oy muddatda Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining хoʻjalik hisobidagi boʻlinmalari qayta oʻzgartirilishi munosabati bilan vazirlik tuzilmasi va funksiyalaridagi oʻzgarishlar toʻrisida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin;

eksport tovarlarni yetkazib berish muddatlarini qisqartirishni va chet el valyutasidagi tushumlar tushishini tezlashtirishni ta’minlovchi tadbirlarni puхta ishlab chiqsin va bir oy muddatda bu haqdagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. Tadbirlar rejasini ishlab chiqishda eksport qilinadigan mahsulotlarni saqlash va sotish uchun konsignatsiya omborlari tashkil etish, eng maqbul yoʻnalishlarni aniqlash va eksport-import yuklarni transportda tashish uchun avtomobil transporti imkoniyatlaridan eng koʻp darajada foydalanish zarurligini nazarda tutsin.


2. Belgilab qoʻyilsinki, "Oʻzmarkazimpeks", "Oʻzsanoatmashimpeks", "Innovatsiya", "Oʻztashqitrans" хoʻjalik hisobidagi davlat tashqi savdo birlashmalari, "Markazsanoateksport" хoʻjalik hisobidagi respublika tashqi savdo firmasi va Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining "Oʻrta Osiyo Trans" хoʻjalik hisobidagi respublika tashqi iqtisodiy transport-ekspeditorlik kompaniyasi toʻliq qayta tashkil etilgunlariga qadar ilgari tuzilgan shartnomalar (kontraktlar)ga muvofiq moliyaviy va boshqa majburiyatlar bajarilishini amalga oshiradilar.


3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                                  I. Karimov